Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264984 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 178 179 180 181 182 183 184 185 186 187 188 ... 270 B

Akbarjоn  22 Yanvar 2010, 19:28:53

Iqtibos
Uylanmaganlar / turmushga chiqmaganlar / zaynatlargayam   savol:

1. Siz uchun uning avvalgi hayoti rol o'ynaydimi?

Avvalgi hayoti deganda nima nazarda tutilganini tushunmadim, Agarda avval birovni sevgan ma'nosi bo'lsa unda, bilmasam qarshi bo'lsam kerak. Rashk degan narsa baribir tinsh qo'ymiydi odamni, lekin qiziqish bo'lib svgi darajasiga ko'tarilmagan bo'lsa unda boshqa gap, chunki ko'pchilikda qiziqish bo'ladi, qiziqish o'tginchi tuyg'u o'tadi ketadi, sevgi esa ancha vaqtga qoladi.
Ammo boshqa ma'noda bo'lsa bilmadim
Iqtibos

2. Siz oila qurishni istagan qiz yoki yigit siz hoxlagandek inson, lekin oilaviy kamchilik va muammolari kam emas, bu siz uchun ahamiyatlami? Qanchalik?

Oilaviy kamchilik deyilganida moliyaviy xolat nazarda tutilayotgan bo'lsa aksincha bu yaxshi, chunki qiyinchilik ko'rgan kishi sabr toqatli, tejamkor va boshqa ijobiy hususiyatli bo'ladi, Agarda oilaviy kamchilik deyilganida Oila azolarining axloqiy nosog'lomligi nazarda tutilayotgan bo'lsa unda, zinhor yaqinlashmagan bo'lardi, O'rni kelganida rivoyat va boshqa narsalar ilan sababini tushuntirib berarman
Ammo bu narsada fikrim qatiiy :)

Iqtibos
3. Tasavvur qiling siz uni sevasiz, u ham sizni sevishi (sizdek) siz uchun shartmi?
Hali qurilmagan oilada (ikki yosh o'rtasida) sevgi bo'lishi kerakmi yoki yo'q?
Nikoh qalblarni isitadi degan ekan ulamolar, Sevgi degan narsa nikohdan keyin xam bo'laveradi, orzi havas deganlarining xamasiga nikohdan keyinga qoldirilsa yaxshi bo'lardi,
Musulmon kishi sevgani uchun Turmush qurmiydi Turmush qurganidan keyin sevadi degan chiroyli gap eshitgandim

PS: Bu shunchaki mening dunyoqarashim, va bu narsalarga xech kini majburlayotganim yoki targ'ib qilayotganim yoq, gapinga dalilar qani, qayerdan olgansan deb kishini qiynamanglar, iltimos :)

Qayd etilgan

Robiya  22 Yanvar 2010, 19:41:42

Assalamu alaykum!

Mahdiyah, savollariz ancha o'ylantiradigan ekanuu.. Ha mayli,harakat qilamiz,inshaALLOH!

1. Oldingi hayoti ahamiyatli emas,magar ko'ngil ishi bilan bog'liq bo'lmasa... Rashk masalasi..!

Qayd etilgan

Robiya  22 Yanvar 2010, 19:52:02

2. Oilaviy kamchilik ahamiyatga ega emas.

3. To'ydan oldin iliqlik, mehr bo'lishi yaxshiroq,menimcha.. Hadislarda yozilgani bo'yicha yoshlarning uchrashishlari ham shu maqsadda bo'lgan (ko'ngli ozroq moyil bo'lishi to'yning debochasi bo'ladi,ko'pincha)...

Qayd etilgan

EMIL_  22 Yanvar 2010, 20:24:36

 HAMMAGA   RAHMAT ABDUL AZIZ SIZGA KOTTA RAHMAT MAN 1 KIRSHIM BU SAYTGA MAZZA QILIB UQIVOMAN  GAP YUQ

Qayd etilgan

Muhammad Amin  22 Yanvar 2010, 22:53:41

Uylanmaganlar / turmushga chiqmaganlar / zaynatlargayam  ;) savol:

1. Siz uchun uning avvalgi hayoti rol o'ynaydimi?

2. Siz oila qurishni istagan qiz yoki yigit siz hoxlagandek inson, lekin oilaviy kamchilik va muammolari kam emas, bu siz uchun ahamiyatlami? Qanchalik?

3. Tasavvur qiling siz uni sevasiz, u ham sizni sevishi (sizdek) siz uchun shartmi?
Hali qurilmagan oilada (ikki yosh o'rtasida) sevgi bo'lishi kerakmi yoki yo'q?

1. Uning avvalgi hayoti oz bo'lsada ro'l o'ynaydi. Faqat qanday bo'lishiga qarab. Akbarjonning va AbdulAziz akaning gaplariga qo'shilaman.

2. Oilaviy kamchilligi ya'ni moliyaviy kamchilligi men uchun umuman ro'l o'ynamaydi. Mebellar qolgan hamma narsa boylik hammasi asta sekin bo'laveradi. Muhumi baxt.

3. Sevishi shart emas. Ozgina mehr va hurmat bo'lsa yetarli. Bir birini tushunish va yaxshi bilsa, ya'ni kamchilliklarini bir-biridan yashirmasa shuning o'zi yetarli.

Qayd etilgan

Mahdiyah  23 Yanvar 2010, 07:24:42

Uylanmagan/turmushga chiqmagan/endi farzand kutayotganlarga:

3. Sizga ma'qul keladigan eng go'zal 6 ta ism (3 tasi o'g'il bolalar, 3 tasi qiz bolalar ismi bo'lsin.)

3. Mustafo, Mujohid, Safiyulloh, Mahdiyah, Maknuna, Muhsina[/color]

Mujohid ism emas, maqom bo'lishi kerak, Jihodga chiqqan (chiquvchi) kabi ma'nolarni anglatsa kerak, huddi mutakif, muqallid, muhojir kabil.. wAllohu a'lam.

Mujohidni ism sifatida ham ishlatilaveradi

Shaxsan o'zim shu ismni ko'p marotaba eshitganman, albatta o'zbeklarda emas...

Qayd etilgan

Mahdiyah  23 Yanvar 2010, 07:46:16

Musulmon kishi sevgani uchun Turmush qurmiydi Turmush qurganidan keyin sevadi degan chiroyli gap eshitgandim

Juda chiroyli javob beribsiz rahmat.
Ayniqsa mana shu oxirgi gap maqsadga muvofiq chiqibdi.
Alloh rozi bo'lsin shu gapni etgandan ham yetkazganlardan ham.

Savollarni umumiy xolda berishim bejiz emas... Kimning fikriga avvalo nima kelarkin dib umumiy bergandim savollarni.

O'zim ham javob beraman.
1. Siz uchun uning avvalgi hayoti rol o'ynaydimi?

Bu savolni umuman hidoyatsiz yurgan vaqti... balki qizlar bn (yigitlar bn) oddiy xol tutib gaplashib yurgani... ko'p narsaga yengillik bn qaraganini nazarda tutgandim

Man uchun uning avvalgi hayoti rol o'ynamaydi deya olmayman, albatta ro'l o'ynaydi.
Lekin inson o'zgaradi... balki o'sha vaqtda juda yosh bo'lgan, ko'p narsani tushunmagandur. Kn shu xatolarini tan olib qaytmabdimi uni muhokama qilishga mandek gunohkorni zarracha haqqi YO'Q!

2. Siz oila qurishni istagan qiz yoki yigit siz hoxlagandek inson, lekin oilaviy kamchilik va muammolari kam emas, bu siz uchun ahamiyatlami? Qanchalik?

Bu savolga ham misol aytmoqchidim, lekin ko'pchilik oilaviy harajatlarni nazarda tutishibdi  :) Misol akasi yo otasi qamalgan, yoki onasi yo'q

Shaxshan manga uning ota-onasi bormi yo'qmi, kimduri qamalganmi yoqmi ahamiyatli emas. Ya'ni o'sha inson bn oilaviy hayota birga ISLOMga muvofiq yashay olishimga ko'zim yetsa bo'lgani, qolgani man uchun muhimmas.
Afsuski ko'pchiligimiz bu narsada noqislik qilayabmiz.
Bir qizni yaxshi taniman, o'zi yaxshi qiz... lekin onasiz o'sgan.
Bu albatta uni xarakterida bilinadi, hayotda ko'p qoqilgani sababli hayotga qattiq boqadi.
Lekin birovga gina saqlaydigan, ichi qora qizlardan emas.
Shu qizni mana shu "aybi" uchun ...

3. Tasavvur qiling siz uni sevasiz, u ham sizni sevishi (sizdek) siz uchun shartmi?
Hali qurilmagan oilada (ikki yosh o'rtasida) sevgi bo'lishi kerakmi yoki yo'q?

Mani fikrim oila qurilishidan avval sevgiga BALO BORMI?  :D diydiku... (hazil)
Bu savolga Akbarjonni keltirgan oxirgi gaplari yetarli, hech qanaqa mehr muhabbat oila qurilishidan avval bo'lishi mumkin emas!
Bu albatta mani fikrim, isbot-hujjat talab qilselar ham hujjat yo'q bunga!  :D

Qayd etilgan

Mahdiyah  23 Yanvar 2010, 07:47:05

Uylanmaganlar/ turmushga chiqmaganlar/ zaynatlardan boshqa yo'qmi diman?  :D

1. Siz uchun uning avvalgi hayoti rol o'ynaydimi?

2. Siz oila qurishni istagan qiz yoki yigit siz hoxlagandek inson, lekin oilaviy kamchilik va muammolari kam emas, bu siz uchun ahamiyatlami? Qanchalik?

3. Tasavvur qiling siz uni sevasiz, u ham sizni sevishi (sizdek) siz uchun shartmi?
Hali qurilmagan oilada (ikki yosh o'rtasida) sevgi bo'lishi kerakmi yoki yo'q?

Qayd etilgan

shoir  23 Yanvar 2010, 16:57:24

Shokirbek, Salmon Forsiy, Abu Muso, Nirillobek, AbdulAziz, Akbarjоn, Chustiy, Muslima, Robiya, Munira xonim, Saltanat opa, Muhammad Sohib, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

Payg'ambarimiz SAVdan kelgan hadisga ko'ra, xayrli tushlarni yaqinlarga aytish mumkin ekan. Shunga ko'ra, bugungi savollarimiz mavzusi tushlar haqida bo'ladi.

1. Siz tush ko'p ko'rasizmi? Har kuni ko'rasizmi yoki kun ora?
2. Ko'rgan tushingizning qancha foizini aniq eslab qolasiz?
3. Ko'rayotgan tushingizning qancha foizi siz uchun tushunarsiz?
4. Siz ko'rgan eng yaxshi tush qaysi edi?
5. Sizga biron voqelikdan bashorat bo'lgan tushlar bo'lganmi?
6. Siz oxirgi marta ko'rgan xayrli tush qanday edi?
7. Siz tanimagan, ko'rmagan insonni (masalan forumdoshlar) hech tush ko'rganmisiz?

Qayd etilgan

Ansora  23 Yanvar 2010, 21:30:24

Savol uchun katta rahmat. Men tushlarga juda ishonaman...Hech narsa bekorga tushga kirmaydi...

1.
Men juda ko’p tush ko’raman. Hatto o’rtog’larim : "Seni tushlaring huddi teleserialga o’hshaydi", deb kulishardi, chunki bazan uzundan-uzun bo'ladi.  : )
1 soat uhlasam ham tush ko’raveraman.
Masalan O'zbekistondagi oilamni har kuni tushimda ko'raman. Ular uydagi voqealarni aytishmasa ham menga tushimda ayon bo'laveradi. Asosan ayamni kunda ko'raman, meni juda ko'p o'ylaganlari uchun bo'lsa kerak...

2.
Tushni mavzusiga qarab esimda qolaveradi. Keyin o’sha paytdagi ruhiy holatimga bog’liq. Uyqumni yaxshi olgan bo’lsam, tushimni hammasini eslayman.
 
3.
Bu ham kayfiyatimga bog’liq.

4.
Ularni soni juda ko’p"¦ To bolaligimda ko’rgan tushlarimni ham eslayman, eslab mazza qilaman. Eng yaxshi ko’rgan tushlarim meni dinimga, iymonimga chaqirgan ilohiy tushlar bo’lgan. Payg'ambarimizni (S.A.V)ovozlarini tushimda eshitganim shulardan biri...

5. Tush ko'p ko'rganim uchun doimo menga istihora qildirishardi...Va qizig'i tushimdagi narslar ro'yobga chiqardi.
Bundan 3-4 yil oldin yana bir oila uchun istihora qilgandim. O'qituvchimiz mahsus maktab ochmoqchi edi, shuning uchun. Tushimda u kishini maktab koridorida ko'rdim, lekin hammayoq ahlat ichida, koridordan o'ta olmayabdilar.
Tushimni aytdim, maktabni ochmadilar, kutdilar. Ko'p o'tmay o'qituvchimizga bir o'quvchi qiz tuhmat qildi. O'qituvchi bechora sudma-sud yugirgandi...Buni hech unutmayman.  
Yana bir oilani o'g'li uchun istihoraga yotganimda qip-qizil daraxt va yaproqlarida qora rangda yozilgan Arabcha yozuvlar ko'rgandim...Bilasizlar istihorada qora va qizil ranglar yomon, yashil va oq ranglar hayir alomatidir. Men to'lig'icha aytmadim, cho'chidim, lekin ko'p o'tmay o'g'illari o'limdan qaytdi, infarkt bo'ldi...Xozir Amerikada davolanyabdi...Alloh shifo bersin...

6.
Bo’lajak farzandim bilan bog’liq tushlarim juda qiziq va ma’noli edi. Har bir narsaning bir ma'nosi bor. Masalan tushlarimdan birida devorda osilgan ho'rjinni ichidan qo'zichoq sakrab chiqqandi. 2 haftadan keyin doktorlar o'g'limiz bo'lishini aytishgandi...

7.Forum a’zolaridan Robiyani, Mahdiyahni ko’rganman tushimda.
Mahdiyahni-yu rasmlarini ko'rgandan keyin tushimda ko'rgandim, Robiyani esa hali ko'rmasdan tushimda ko'rishim g'alatiroq bo'lgan....Lekin menga qandaydir ovoz bu kishining Robiya ekanligini aytgandi...Juda yaxshi tush edi, Robiyaga ham aytgandim:) Alloh hayirlarga vasila qilsin inshalloh...

Qayd etilgan