Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264072 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 181 182 183 184 185 186 187 188 189 190 191 ... 270 B


Ansora  29 Yanvar 2010, 13:26:39

:as:
Savol:

Kishi ba'zan yaqin do'stidan janjallashmay turib ham,
o'z-o'zidan uzoqlashib ketadi. Sizda ham shunday hol
yuz berganmi? Unga nima sabab bo'lgan, deb o'ylaysiz?


V.assalom. Bunday holat ko'p bo'lgan. Oraga masofalar kirganligi uchun deb o'ylayman. Demirda birga ishlagan dugonam bor edi, Amerikaga kelin bo'lib ketdi. Boshlarda internet orqali gaplashib turardik. 2 yilcha bo'lgandi aloqamiz uzilgandi, sababi msn adresimdan virus kelganmish...Yaqinda uni topdim yana internetdan, hatto qizi tug'ilib, 20 oylik ham bo'libdi.... : )

Keyin telefonlar qimmat, to'yib bemalol gaplashmagandan keyin aloqalar ham sustlashadi va nihoyat afsus, uziladi....

Mehr ko'zda, azizlar....

Qayd etilgan


Ansora  29 Yanvar 2010, 16:21:09

Abu Muso, ZUBAYR, Ziyovuddin, Abdulloh, Mr. Twister, Abdulhafiz, shoir, AbdulAziz, Chusty, Muhammad Amin, Y_U_R_I_S_T, CheMik, braupov, TITAN-UZ, Jalol Ahmad, , OnLine, Birodar, Bahrom Qori, Umar ibn Abdul-Aziz, registan, Salmoni Forsiy, Musannif Adham, Shoxjahon12, Akbarjon, Shokir63, Samarqandiy, AbdurRohman, Abu Muslim, Abdul_Malik, uzmus, Ulug’bek-Uz, Ikbaljohn, nodirshoh, Murod_bek...

Hadija, Munira xonim, Saltanat opa, Imlaah opa, Kamalak, Kapalak opa, siddiqa, Muhseena, G_u_l_i, Muslima, Munavvara, mutaallimah, lolo, Robiya, Fatima, Nurzoda, Afruza, Kumush...

Va barcha bekorchilarga ....
  :D

1. Yaqinlaringiz oilangizdagilardan sizni ko’proq kimga o’xshatishadi tashqi ko’rinishingizdan?

2. Yaqinlaringiz oilangizdagilardan sizni ko’proq kimga o’xshatishadi harakter jihatidan?

3. Oilada ko’proq kimga o’xshashni xohlardingiz (otangiz, onangiz, tog’angiz...) va qaysi hislatlari cuhun?

4. Shunday bo’ladiki insonlar "œMana shu jixati xuddi otasini (onasini) o’ziya" deyishadi, sizda ham shunday jixat bormi? Qanday?



A.alaykum. Mahdiyah, savol uchun rahmat...


1. Biz 4 qiz to'rttalamiz 4 hilmiz. Meni biroz ayamga o'hshatishadi...

2. Mehribonligim, shafqatliligim tutganda ayamga, jahlim chiqqanda dadamga  : )

3. Ayamlarga-sabrlari, mehribonliklari uchun. Dadamga esa jahllari tezda tushgani uchun  : )

4. Hech kimga 100 da 100 o'hshatishmagan....

Qayd etilgan


Muhseena  29 Yanvar 2010, 19:00:16

:as:
Savol:

Kishi ba'zan yaqin do'stidan janjallashmay turib ham,
o'z-o'zidan uzoqlashib ketadi. Sizda ham shunday hol
yuz berganmi? Unga nima sabab bo'lgan, deb o'ylaysiz?

Maniyam anchadan beri shu savol qiynar edi.Darhaqiqat shu kabi holatlar uchrab turar ekan.Erkaklarda qanday bilmaymanu ammo ayollarda ko'p kuzatdim.Asosiy sabab o'z shaxsiy ishlari bilan mashg'ul bo'lib,do'stlarini kam yo'qlashlaridan uzoqlashadi do'stlar degan fikrga keldim.Alloh bizga haqiqiy do'st bo'larkan.Chunki har qanday vaziyatda biz bilan.Ammo insonlar orasida do'stimiz bo'lmasa hayotda qiynalib qolishimiz tabiiy.Do'st juda zarur.Hozirda haqiqiy do'stni topish mushkul bo'lib qolgandek nazarimda.Sizni doimo eshitishga tayyor yohud sizni tushunishga tayyor insonlar kamdek.Chunki ularning o'z muammolari bor.Man do'stlarim bilan har kuni ko'rishishni xohlardim,taassufki buning har doim ham iloji bo'lmaydi.Ayrimlarini bir oyda bir marta ko'rsam katta gap,ayrimlari har kuni yonimda.Ko'pchilikdan eshitaman Biz qiyomatlik do'st bo'lamiz deyishadi.Ammo do'stning qadr-qimmati uning eng og'ir damlaringizda qanday munosabat qilishiga bog'liq bo'lar ekan.Har qanday holatda do'stimizga bo'lgan tuyg'ularimiz o'zgarmasligi kerak.Uning quvonchiga ham g'amiga ham sherik bo'lishimiz darkor.Uni og'ir damida yolg'iz qoldirmasligimiz kerak,quvonchi vaqtida bizga g'am kelgan vaqt bo'lsa ham uning uchun hursand bo'la olishimiz kerak  (negaki ko'plarda hasad tuyg'ulari paydo bo'lib qolish havfi bo'lishi mumkin).Shunday ekan,man uchun hayotim do'stlarim bilan go'zal,ular bilan dildan suhbatlashish,iymonlashish manga zavq bag'ishlaydi.Do'stim mandan uzoqlashishi mumkindir,ammo man haqiqiy do'stimdan hecham uzoqlashmiman,inshaAlloh....

Qayd etilgan


Hadija  29 Yanvar 2010, 22:32:47

:as:
Savol:

Kishi ba'zan yaqin do'stidan janjallashmay turib ham,
o'z-o'zidan uzoqlashib ketadi. Sizda ham shunday hol
yuz berganmi? Unga nima sabab bo'lgan, deb o'ylaysiz?


Savol uchun tashakkur.

Ha bu bunday holatlar bo'lib turgan va bo'layapti ham. Ko'p hollarda vaqt masalasi tig'iz bo'lgandan biroz uzoqlashish m-n. Yoki shaxsiy muammolar ham sabab bo'lib yuz bergan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  29 Yanvar 2010, 23:16:41

Kishi ba'zan yaqin do'stidan janjallashmay turib ham,
o'z-o'zidan uzoqlashib ketadi. Sizda ham shunday hol
yuz berganmi? Unga nima sabab bo'lgan, deb o'ylaysiz?


Janjallashish shartmasdur.
Lekin har bir narsani tagida bir sabab bo'ladi...
Bunaqa hol manimcha ko'pchiligimizda (ayniqsa net olamida do'stlashganlarda) yuz bergan bo'lsa kerak.
Bunaqa vaziyatda insonga turli fikrlar keladi.
Lekin hammasini vaqt atalmish oliy hakamga tashlashdan boshqa chora yo'q...
Hammasi vaqt o'tishi bilan aniqlanadi...
Balki sabab o'zimizdadur... balki uning ko'ngli qoladigan ish qilgandurmiz... balki biroz vaqt kerakdur ikki tarafga ham...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  31 Yanvar 2010, 00:02:28

Rahmat savolla uchun.
Iqtibos
1. Siz tush ko'p ko'rasizmi? Har kuni ko'rasizmi yoki kun ora?
har xil, ba'zan kun ora, ba'zan har kun.
Iqtibos
2. Ko'rgan tushingizning qancha foizini aniq eslab qolasiz?
foizini bilmadimu, eslab qolsamam 1-2 kundan keyin esdan chiqib ketadi.
Iqtibos
3. Ko'rayotgan tushingizning qancha foizi siz uchun tushunarsiz?

tushunarsiz tushlar bo'p turadi,foizini bilmayman.
Iqtibos
4. Siz ko'rgan eng yaxshi tush qaysi edi?
Esda qogani 3-4 kun oldin ko'rganim.
Iqtibos
5. Sizga biron voqelikdan bashorat bo'lgan tushlar bo'lganmi?
aniq eslolmayman(xotira chatoqroq). : )
Iqtibos
6. Siz oxirgi marta ko'rgan xayrli tush qanday edi?
Esda qogani 3-4 kun oldin ko'rganim: Yuzlarini aqiq ko'rmadimu, lekin men yaxshi ko'rgan, g'oyibona oshiq bo'gan, ulug' zot ekanliklari bilinib turibti, hamma ikki qo'llab so'rashib o'tyapti, men borib yig'lab quchoqlab oldim, u kishi menga tasalli berib turuvdila uyg'onib ketdim.


Iqtibos
7. Siz tanimagan, ko'rmagan insonni (masalan forumdoshlar) hech tush ko'rganmisiz?
ko'rgan bo'lsam kerak, lekin xotira pand beryapti.

Qayd etilgan


siddiqa  01 Fevral 2010, 08:30:41

Abu Muso, ZUBAYR, Ziyovuddin, Abdulloh, Mr. Twister, Abdulhafiz, shoir, AbdulAziz, Chusty, Muhammad Amin, Y_U_R_I_S_T, CheMik, braupov, TITAN-UZ, Jalol Ahmad, , OnLine, Birodar, Bahrom Qori, Umar ibn Abdul-Aziz, registan, Salmoni Forsiy, Musannif Adham, Shoxjahon12, Akbarjon, Shokir63, Samarqandiy, AbdurRohman, Abu Muslim, Abdul_Malik, uzmus, Ulug’bek-Uz, Ikbaljohn, nodirshoh, Murod_bek...

Hadija, Munira xonim, Saltanat opa, Imlaah opa, Kamalak, Kapalak opa, siddiqa, Muhseena, G_u_l_i, Muslima, Munavvara, mutaallimah, lolo, Robiya, Fatima, Nurzoda, Afruza, Kumush...

Va barcha bekorchilarga ....
  :D

1. Yaqinlaringiz oilangizdagilardan sizni ko’proq kimga o’xshatishadi tashqi ko’rinishingizdan?

2. Yaqinlaringiz oilangizdagilardan sizni ko’proq kimga o’xshatishadi harakter jihatidan?

3. Oilada ko’proq kimga o’xshashni xohlardingiz (otangiz, onangiz, tog’angiz...) va qaysi hislatlari cuhun?

4. Shunday bo’ladiki insonlar "œMana shu jixati xuddi otasini (onasini) o’ziya" deyishadi, sizda ham shunday jixat bormi? Qanday?


Savollar un tashakkur .
1Onamga deyarli hamma o'hshatadi.

2Yana onamga  :D :D dadmning ham yarim harakterlari o'tgan .

3Opog'dodam va buvimga ,ayniqsa aptimis bo'lishlik jihatdan dadam aytganlaridek   Nina opaga (rahmatli buvim ) ohshashni hohlaganmiz
hammamiz . .

4Qaysarlik yana onamdan o'tgan sal :) :) :)

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  02 Fevral 2010, 06:01:21

Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Men anchadan beri ushbu savolni siz azizlarga berishni niyat qilib yurgan edim. Savolim hamma hammaga, men yuqoridagi birodorlarimizga o'xshab nomma nom yozib chiqmadim. Forumning barcha a'zolariga savolim quyidagicha:

Nimani birodaringizdan iymanmasdan, tortinmasdan so'ray olasiz, qaysiki siz unga muhtoj? Hojat yoki ehtiyojdan emas. Hoh u tanish bo'lsin, hoh u notanish, ammo musulmon bo'lishi kerak. Bekorga birodaringizdan demadim. E'tibor bering!

Javoblar uchun oldindan katta rahmat! Olloh sizga hamisha, har joyda madadkor bo'lsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


Abu Muso  02 Fevral 2010, 09:50:08

Forumning barcha a'zolariga savolim quyidagicha:

Nimani birodaringizdan iymanmasdan, tortinmasdan so'ray olasiz? Hoh u tanish bo'lsin, hoh u notanish, ammo musulmon bo'lishi kerak.
:as:
1. Qaerda namoz o'qib olsam bo'ladi.
2. Biror bir nomozni o'qib bo'lganmisiz.
3. Tahoratingiz bormi va umuman namoz
o'qishga oid savollar va hokazo...

Qayd etilgan


siddiqa  03 Fevral 2010, 00:55:04

:as:
Savol:

Kishi ba'zan yaqin do'stidan janjallashmay turib ham,
o'z-o'zidan uzoqlashib ketadi. Sizda ham shunday hol
yuz berganmi? Unga nima sabab bo'lgan, deb o'ylaysiz?


 :as:
Shunaqa holatda inson qalbi qiynaladi ,eng yaqin ikki litseydoshim barcha quvnoq kunlar o'tgan birga ,

uchrashsak gap topilmaydi ,faqat sog'liq ,uydagilar ...................

hozir men uchun muhim mavzu ularga yoqmaydi ularniki menga ........Gohida do'stlarimni sog'inib ketaman ,keyin ularsiz menga yahshiroqmikin deb o'ylab qolaman ,bilmadim .

Qayd etilgan