Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265622 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 190 191 192 193 194 195 196 197 198 199 200 ... 270 B


Abdulhafiz  06 Aprel 2010, 22:33:14

Kapalak opa, Abdulhafiz, Mahdiyah, Muhseena, Foniy, Nurillobek, Munisaxon, Javlonbekka:
Ko'cha. har kim har xil yumush bilan uyoqdan buyoqqa chopayapti. Birdan kimningdir qo'lida kitob, yo o'tirib, yo turib yig'lab ketayotganini ko'rib qoldingiz.
Bir qarashdan g'alati holat. Men bunga shaxsan guvoh bo'lmaganman. Lekin do'stim o'zida shunday holat bo'lganini, o'shanda "Saodat asri qissalari"ni qiziqqandan hatto ko'chada ham o'qib borganini, uning ho'ngrab yig'lashiga sabab bo'lgan voqea Hazrati Umarning johiliyat paytida o'z qizlarini tiriklayin ko'mishlari... bo'lganini aytgandi.

Savol:
1. Siz shunday holatga tushganmisiz? Ko'rganmisiz? Eshitganmisiz?
2. Siz ko'chada kitob o'qimaysiz. Lekin agar o'qiganingizda shunday holatga tushirishi mumkin bo'lgan kitob va undagi voqea qaysi bo'lishi mumkin?

Savol uchun rahmat!
1. Bunday holga tushmaganman.
Ko'chada o'qib yurganlarni emasu, bozorda o'qib o'tirishganini ko'rganman.
2. Men ham aynan "Saodat asri qissalari"dan yig'lab o'qiganim voqealar juda ko'p, lekin hozir bu yerda keltirish imkonim yo'q uzr!
:as:

Qayd etilgan


saltanat  07 Aprel 2010, 13:12:56

Saltanat opa, Robiya, Hadijaga:

Tasavvur qiling: (Alloh saqlasin) Turmush o'rtog'ingiz namoz o'qimay qo'ydi. O'zingiz rosa gapirib, tushuntirdingiz, foydasi bo'lmadi. Qanday chora qo'llardingiz?


  Assalomu-alaykum forumdoshlar, AbdulAziz uzr anchadan beri forumga kirmayotgandim shu sabab savolingizga kechroq javob beryapman.
   Avvalo Allohim barchamizni ibodatlarimizda qoyim bo'lishligimizni nasib etsin,omiyn. Agar shunday xolat yuz beradigan bo'lsa, man avvalo xo'jayinimning nima sababdan namozdan uzoqlashganini o'rganardim, u kishining ko'ngliga og'ir botmaydigan bir xolatda nasixat qilardim, shundayam o'zgarishsiz qolsalar u xolda oilamiz davrasida bolalarim bn dadamizning oldilarida faqat iymonli-diyonatli kishilar xaqida, yana Allohning bizga bergan ajoyib ne'matlari va oxiratdagi bandalarning xolatlari va jannat xaqida yanada ko'proq gaplashishga o'tardim, albatta bolalarni ogohlantirib dadajonlariga "siz nimaga namoz o'qimayabsiz?" deb emas, balki Allohning bandasiga buyurganlari va bergan ne'matlari xaqida, iymonni mustahkamlash uchun tasirli voqealar va hadislardan aytib berishlarini so'rashlarini tayinlardim. O'ylaymanki farzandlarning bu xolatlari dadajonimizni yana ibodatda qoyim bo'lishliklariga sabab bo'ladi. "Qurratun ayyun" bo'lgan farzandlar albatta har qanday ota-onani ko'nglini eritib Allohga beixtiyor shukronalar keltirishga  undaydi, inshaAlloh.

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Aprel 2010, 21:32:54

Kapalak opa, Abdulhafiz, Mahdiyah, Muhseena, Foniy, Nurillobek, Munisaxon, Javlonbekka:
Ko'cha. har kim har xil yumush bilan uyoqdan buyoqqa chopayapti. Birdan kimningdir qo'lida kitob, yo o'tirib, yo turib yig'lab ketayotganini ko'rib qoldingiz.
Bir qarashdan g'alati holat. Men bunga shaxsan guvoh bo'lmaganman. Lekin do'stim o'zida shunday holat bo'lganini, o'shanda "Saodat asri qissalari"ni qiziqqandan hatto ko'chada ham o'qib borganini, uning ho'ngrab yig'lashiga sabab bo'lgan voqea Hazrati Umarning johiliyat paytida o'z qizlarini tiriklayin ko'mishlari... bo'lganini aytgandi.

Savol:
1. Siz shunday holatga tushganmisiz? Ko'rganmisiz? Eshitganmisiz?
2. Siz ko'chada kitob o'qimaysiz. Lekin agar o'qiganingizda shunday holatga tushirishi mumkin bo'lgan kitob va undagi voqea qaysi bo'lishi mumkin?


1. Man ham ko'chada kitob o'qib yig'laganman lekin boshqalarga seziltirmasdan. Ho'grab yig'lamaganman lrkin ko'chada :)
Ko'pincha avtobusda... qiziq kitob bo'lsa yurib keta turib ham o'qiy veraman... agar qiziqib qolsam kitobga :D

Lekin siz etgandek xolat guvohi bo'lmaganman.
Umuman ko'chada kitob o'qiganlarni yaxshi ko'raman :)

2. Kitob o'qiman ko'chada. Har doim ham emasu lekin o'qiman. Ayniqsa boradigan joyim uzoqroq bo'lsa kamida kichkina taqvim kitobchalaridan birini o'zim bilan olvolaman.
Chunki taqvimlarda turli narsalar qisqa yozilgan, tez-tez... orada bo'linish bo'lsa ham o'qib olsa bo'ladi  :)
Ko'chada ho'ngrab yig'lolmasam kerak...  :) yig'lasam albatta ko'zlarimni odamlardan yashiraman...
Lekin Islom tarixidagi har bir voqea (hox qayg'uli, hox quvonchli bo'lsin) hayajon bilan o'qishga arzidi.
Ayniqsa ko'pchilikka yoqadigan "Saodat asri qissalari"ni o'qigan inson o'zini shu asr vakili deb his qiladi.

Ho'ngrab yig'lashimga sabab bo'lgan va dunyoqarishimni o'zgartirgan ilk o'qigan kitoblarimdan biri "OXIRATDAN MAKTUB" edi.
Lekin ko'chada emas uyda o'qiganman...



Qayd etilgan


JaviK  08 Aprel 2010, 09:07:02

Kapalak opa, Abdulhafiz, Mahdiyah, Muhseena, Foniy, Nurillobek, Munisaxon, Javlonbekka:
Ko'cha. har kim har xil yumush bilan uyoqdan buyoqqa chopayapti. Birdan kimningdir qo'lida kitob, yo o'tirib, yo turib yig'lab ketayotganini ko'rib qoldingiz.
Bir qarashdan g'alati holat. Men bunga shaxsan guvoh bo'lmaganman. Lekin do'stim o'zida shunday holat bo'lganini, o'shanda "Saodat asri qissalari"ni qiziqqandan hatto ko'chada ham o'qib borganini, uning ho'ngrab yig'lashiga sabab bo'lgan voqea Hazrati Umarning johiliyat paytida o'z qizlarini tiriklayin ko'mishlari... bo'lganini aytgandi.

Savol:
1. Siz shunday holatga tushganmisiz? Ko'rganmisiz? Eshitganmisiz?
2. Siz ko'chada kitob o'qimaysiz. Lekin agar o'qiganingizda shunday holatga tushirishi mumkin bo'lgan kitob va undagi voqea qaysi bo'lishi mumkin?

PS. Yuqoridagi savollarga boshqa yuzerlar ham javob berishlari mumkin.

savol uchun rahmat:
men ko`chada kitob o`qiganlarni ko`rmaganman, lekin bir kuni  uyda opamlarni Pirimqul Qodirovning yulduzli tunlar asarini ko`zi yoshlanib o`qiyotganini ko`rganman.

Men kecha kitob do`koniga borgandim va qo`limga olgan kitobimni 66 sahifasida qabr azobi to`g`risadigi shu voqeani o`qib ko`zimdan yosh oqa boshladi, yonimdagilar hayron bo`lib menga qarashdi, ko`z yoshlarimni artimda kitobni olib chiqib ketdim.

Payg`ambarimiz Rasululloh  :sw: ikki qabrning yonidan o`tib ketayotib :
"Albatta bu ikkovi azoblanmoqda. Azoblanishlari katta narsadan emas, Ulardan biri siydikdan toza bo`lishga e`tibor bermas edi, Boshqasi esa chaqimchilik qilib yurar  edi " dedilar. Bir  hurmoning ho`l shoxini olib kelib, ikkiga  bo`lib, ikki qabrga  bittadan suqib qo`ydilar.
Kishilar:
"Ey ollohning Rasuli,  nega bundoq qildingiz" dedilar 
U zot  :sw::
"Shoyadki, bular quruguncha ikkovlaridan azob yengillatilsa" dedilar.
(Buhoriy va Muslim rivoyat qilishgan )

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf "Din nasihatdir" kitobi edi.

Qayd etilgan


munisaxon  09 Aprel 2010, 00:21:59

Kapalak opa, Abdulhafiz, Mahdiyah, Muhseena, Foniy, Nurillobek, Munisaxon, Javlonbekka:
Ko'cha. har kim har xil yumush bilan uyoqdan buyoqqa chopayapti. Birdan kimningdir qo'lida kitob, yo o'tirib, yo turib yig'lab ketayotganini ko'rib qoldingiz.
Bir qarashdan g'alati holat. Men bunga shaxsan guvoh bo'lmaganman. Lekin do'stim o'zida shunday holat bo'lganini, o'shanda "Saodat asri qissalari"ni qiziqqandan hatto ko'chada ham o'qib borganini, uning ho'ngrab yig'lashiga sabab bo'lgan voqea Hazrati Umarning johiliyat paytida o'z qizlarini tiriklayin ko'mishlari... bo'lganini aytgandi.

Savol:
1. Siz shunday holatga tushganmisiz? Ko'rganmisiz? Eshitganmisiz?
2. Siz ko'chada kitob o'qimaysiz. Lekin agar o'qiganingizda shunday holatga tushirishi mumkin bo'lgan kitob va undagi voqea qaysi bo'lishi mumkin?

PS. Yuqoridagi savollarga boshqa yuzerlar ham javob berishlari mumkin.
Savol uchun rahmat.
1.Ko`chada yig`lab mutolaa qilishganini ko`rmaganman, lekin uyda kutubxonada ko`rganman.
2.Oybekning "Navoiy" romanidagi Mo`min Mirzoning vafotini yig`lab o`qiganman,lekin yig`lab o`qiganlarim ko`p. Birinchi hayolimga kelgan kitobni keltirdim

Qayd etilgan


Robiya  11 Aprel 2010, 12:15:15

Assalamu alaykum! AbdulAziz akaning savollariga javob bersam:

Kelajakda oilada shunaqa holat yuz bersa (yuz bermasinu), ya'ni maslahat ham, nasihat ham foyda qilmasa, nafl namozlarida, duo mahalida, yursam ham, tursam ham U kishini yana ibodatda qoim qil, deya Allohdan so'rardim... Kishi uchun ba'zida hikmatlar, hadislar ham malol kelib qolishi mumkin (ayniqsa bilganlarini qayta - qayta eshitaversa). Shu sababli, birinchi marta e'tiborga olinmadimi, qayta aqllilik qilmasdan, yuqorida aytgan yo'lni qo'llayman...


Qayd etilgan


Muhseena  11 Aprel 2010, 18:40:24

Kapalak opa, Abdulhafiz, Mahdiyah, Muhseena, Foniy, Nurillobek, Munisaxon, Javlonbekka:
Ko'cha. har kim har xil yumush bilan uyoqdan buyoqqa chopayapti. Birdan kimningdir qo'lida kitob, yo o'tirib, yo turib yig'lab ketayotganini ko'rib qoldingiz.
Bir qarashdan g'alati holat. Men bunga shaxsan guvoh bo'lmaganman. Lekin do'stim o'zida shunday holat bo'lganini, o'shanda "Saodat asri qissalari"ni qiziqqandan hatto ko'chada ham o'qib borganini, uning ho'ngrab yig'lashiga sabab bo'lgan voqea Hazrati Umarning johiliyat paytida o'z qizlarini tiriklayin ko'mishlari... bo'lganini aytgandi.

Savol:
1. Siz shunday holatga tushganmisiz? Ko'rganmisiz? Eshitganmisiz?
2. Siz ko'chada kitob o'qimaysiz. Lekin agar o'qiganingizda shunday holatga tushirishi mumkin bo'lgan kitob va undagi voqea qaysi bo'lishi mumkin?

PS. Yuqoridagi savollarga boshqa yuzerlar ham javob berishlari mumkin.

 :as:
1.To'g'risini aytsam shaxsan kitob o'qib ketayotib,yig'lagan insonni ko'cha-kuyda ko'rmaganman.Ammo ta'sirli voqealar bo'lsa forumdagi yaqin dugonalarimdan birinchi bo'lib Guli yig'lay boshlaydi.Hatto ko'chada bo'lsa ham farqi yo'q.Ko'zlaridan oqib tushadi.Alloh rozi bo'lsin..
2.O'zim avvallari kitob o'qib ketardim.Lekin oxirgi vaqtlar ma'ruza,salovatlar tinglab ketgan vaqtim ich-ichimdan xo'ngrab yig'lagim keladi,hatto tezroq avtobusdan tushishni,uyimga tezroq kirib yig'lab olishni istayman.Man ko'proq Qur'on oyatlarini o'qigan vaqtim ko'zimga yosh keladi.Saodat qissalarida eng ta'sir qilgani Habibimiz s.a.v.ga kofirlarning qilgan munosabati va u zotning qilgan sabrlari.Agar ko'cha-kuyda shu voqealarni eslatishsa yig'lab yuborishim mumkin.Wallohu a'lam.

Qayd etilgan


Shokirbek  12 Aprel 2010, 14:06:01

Shokirbek akaga savol:
Muhaddislar ichida Imom Buxoriy quvvayi hofizalari, Imom Ahmad ibn Hanbalning taqvolari butun Islom ummati uchun havaslidir.
Muhaddis ulamolar hayotida yuz bergan ibratli voqealardan, o'zingiz o'qib juda ta'sirlanganlaringizdan bizni ham bahramand etsangiz.

Darhaqiqat, yuqorida siz ko'rsatgan zotlar muhaddis ulamolar ichida quvvai hofizasi va taqvosi bilan tanilgan kishilardan edilar.

Muhaddislar ichida yana bir kishi borki, u kishining sabri haqidagi hikoyani o'qigan odam hayronu lol qoladi. Bu zot ulug' tobeiy Abdulloh ibn Zayd Jarmiydirlar. Bu kishi 104 yil Shomda vafot etganlar, Ibn Abbos va Anas ibn Molik kabi buyuk sahobiylarning shogirdlari bo'ladilar.

Bu kishining hayotlarining oxiri haqida imom Abu Hotim ibn Hibbon Bustiy o'zlarining mashhur "as Siqot" (Ishonchli roviylar) kitobida (5-jild, 2-5- sahifalar) o'z sanadlari ila imom Avzoiydan, u zot esa Abdulloh ibn Muhammad degan kishidan ushbu g'aroyib ta'sirli hikoyani keltiradilar:
Abdulloh ibn Muhammad aytadi:
"Men dengiz sohiliga ribot uchun (ya'ni, musulmonlar chegarasini qo'riqlab jihod qilish niyatida) chiqdim, o'sha paytlar ribot uchun tikkan qarorgohimiz Misr chodiri (ya'ni Misr diyoriga yaqinlashib qolgan yerdagi chodir) edi. Sohilga yetay degan yerimda bir soyni, soy chetida esa tikilgan bir kapani ko'rdim. Unda bir odam yotar, qo'l-oyog'i ketgan (ya'ni shal bo'lib qolgan), ko'zi ojiz bo'lib, qulog'i og'ir edi (buni gaplashganimda sezdim). Qaraganingizda uning biror a'zosi salomat ekanini ko'rmas edingiz, faqat tili burro bo'lib, shunday deya hamdu sano aytar edi:
"Ey Allohim! Menga shunday hamdu sanoni tilimga joriy etgilki, menga bergan sanoqsiz ne'matlaringga, o'zing yaratgan ko'p bandalaringdan afzal qilib qo'ygan behisob fazlu karamingga mos zikr etsam, zotingni ulug'lasam" der edi.
Avzoiy deydilar: Abdulloh ibn Muhammad shunday deydi:
Men shunda u odamning oldiga borib, undan bunday hamdu sanoni nega aytayotganini so'rayman, deb o'zimga ahd qildimda, unga yaqinlashib salom berdimda shunday dedim:
- Hozir sizning falonday qilib (yuqoridagi duoni aytib) hamdu sano aytayotganingizni eshitdim. Ha bu Allohning berib qo'ygan qaysi ne'matlariga hamd aytayotirsiz, qaysi fazlu karamiga shukr etayotirsiz?
- Allohning menga bergan ne'matini ko'rmayapsanmi?! Allohga qasamki, agar osmondan o't yog'dirib kuydirganda ham, tog'larga amr etib bostirganda ham, dengizga buyurib g'arq etganda ham, yerga farmoyish berib yutdirganda ham menga mana shu zikr etuvchi tilni berib qo'ygani uchun shukru irfonni, hamdu sanoni ziyoda qilgan bo'lur edim! Endi, ey Allohning bandasi, mana kelib qolibsan bu yerlarga, mendan senga bir kichkina iltimos bor. Mening holimni ko'rib turibsan, hech narsaga yaramayman. Ahvolimdan xabar olib turadigan birgina bolam bor edi, namoz mahali tahorat oldirib, yuvib tarab qo'yar edi, qornim ochganida yedirib, ichirib qo'yar edi. Mana uch kundirki, daragi yo'q. Baraka topkur, shu bolani bir izlab kelsang..
Shunda men:
- Sizdek kishining hojatini ravo qilishdan ham ko'ra savobli ish bo'lmasa kerak, albatta izlayman, dedimda yo'lga tushdim. Ko'p yurmay qumloqlar, barxanlar orasiga tushdim. Qarasam, bir bola yotar, yirtqichlar uning bir tomonini g'ajib yeb ketgan edi.. "Inna lillahi va inna ilayhi rojiun" dedimda, ortga qaytdim. Endi bu shum xabarni u bechora cholga qanday qilib aytish g'amiga tushgan edim.. Kelar ekanmanda xayolimga lop etib Ayyub alayhissalomning qissalari tushdi.. Oldiga kelib salom berdim, salomga alik oldida:
- Haligi kishimasmisan? dedi.
- Ha, dedim.
- Iltimosim nima bo'ldi? dedi.
Shunda men savoliga savol bilan javob berdim:
- Allohga siz azizmi yo payg'ambar Ayyub?
- Albatta, Ayyub payg'ambar.
- Allohning u kishiga yuborgan balolarini bilasizmi, moli, ahli, bola-chaqalariga balo-ofat yetdi..
- Ha, albatta.
- Ayyubni qay holda topdi Alloh taolo?
- Uni sabr qilgan, shukr etgan holda topdi.
- Bu ham yetmagandek, undan qarindosh-urug', yor-do'stlarini ham yuz o'girtirdi.
- Ha.
- shunda ham parvardigori qay holda topdi?
- Sabr etgan, hamdu shukr etgan holda topdi.
- Bu ham yetmagandek yo'ldan o'tgan ketganlarga kulgi va masxara ham qildirmadimi?
- Shunday.
- Qay holda topdi shunda ham?
- Sabru shukr etgan holda. Qisqa qilgin, Allohning rahmati bo'lsin..
- Siz meni izlashga yuborgan bolani topdim, uni qumlar ichida yirtqichlar yeb ketibdi, Alloh sizga ajrni ziyoda etsin, sabr bersin..
Bu baloga yo'liqqan bechora shunda:
- Zuryodimdan O'ziga ma'siyat qilib, do'zaxga loyiq bo'ladigan kishini yaratmagan Alloh taologa hamdu sanolar bo'lsin, deb "inna lillahi va inna ilayhi rojiun" dedida, bir hiqillab, o'sha joyda jon taslim qildi..
Men o'zimga o'zim: "inna lillahi va inna ilayhi rojiun, musibatni qarang, tashlab ketsam yirtqichlar yeb ketadi, tashlamay desam, ko'mishga asbobim yo'q" dedimda, ustini bir kiyim bilan yopib boshida yig'lab o'tirdim.
Shu holda o'tirar ekanman, to'rt kishi bosib kelib qolishdi, "nima gap?" deyishdi, ular. Voqeani aytib berganimdan keyin "yuzini ko'raylikchi qani" deyishdi. Yuzini ochishim bilan ular egilishib, ko'zidan qo'llaridan o'pishdida: "Otamiz fido bo'lsin, bu ko'zlar doim haromdan ko'z yumgan, bu jism odamlar uyquda ekan, doim sajdada bo'lgan" deyishdi. "Allohning rahmati bo'lsin sizlarga, bu kishi kim?" dedim.
"Bu kishi Ibn Abbos sohiblari Abu Qiloba Jarmiy bo'ladilar, Alloh va payg'ambariga juda muhabbatli edilar" dedilar.
Yuvib tarab, kafanlab, janoza o'qib ko'mdik. Ular ketdilar, men ham ribotimga ketdim. Kech kirgach uyquga ketdim. Tush ko'ribman. Tushimda bir o'xshashi yo'q bir go'zal bog'da (Jannat ravzalaridan birida) u kishini ko'rdim. Jannat abolaridan (kiyimlaridan) kiyib olgan ekanlar, ushbu oyatni o'qiyotganini eshitdim: "Sizlarga sabringiz tufayli salom bo'lsin, oqibat hovlisi (jannat) qanday ajoyib yer". "Haligi kishimasmisiz?" dedim. "Ha" deb, o'zining sabru shukri orqali faqat sobirlaru shokirlargina yeta oladigan darajalarga yetganini gapirdi, deb hikoyasini tugatadi.

Bu zot - Abu Qiloba Abdulloh ibn Zayd Jarmiy olti kitob (sahehayn, to'rt sunan)lardagi hadislarni rivoyat etgan roviylar qatoriga kiradigan ulug' muhaddislardan bo'ladilar.

Alloh taolo balo kelganida sabr etib, ne'mat kelganida shukr qiluvchi insonlardan qilsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Aprel 2010, 14:38:52

Shokirbek aka, Alloh rozi bo'lsin! Judayam go'zal va ibratli hikoya ekan.
Hikoyangizni o'qib, men ham o'zim eshitgan, siz azizlarga ham ravo ko'rgan ibratli hikoyani aytib bersam...

Bu hikoya ham bu faqih, Abu Bakr Siddiqning nevaralari Urva ibn Zubayr haqlarida

TO’RT BOLAKAY DUOSI

Makkai mukarramada 4 nafar yosh bolakaylar - Hazrat Abu Bakr Siddiqning nevaralari Abdulloh ibn Zubayr, Urva ibn Zubayr, Mus’ab ibn Zubayr hamda ummaviylardan Abdulmalik ibn Marvon Baytullohda o’tirib, "œkelinglar, shu yerda bir duo qilishaylik, zero Ka’batullohdagi duolarni Alloh qabul qilar ekan" deb maqsadlarini bayon qilishibdi.
Mus’ab ibn Zubayr aytibdi: "œAlloh menga imkoniyat bersa-yu, Iroqqa hokim bo’lsam..."
Abdulloh ibn Zubayr aytibdi: "œAlloh menga imkoniyat bersa-yu, Makkaga hokim bo’lsam..."
Abdulmalik ibn Marvon aytibdi: "œSizlarning himmatingiz past ekan. Men butun dunyoga xalifa bo’lishni so’rayman".
Urva ibn Zubayr aytibdi: "œAlloh menga shunday ilm bersaki, odamlar kelib Kalomullohni mendan o’rgansinlar".
Alloh taolo ularning duolarini qabul qildi.
Haqiqatan ham Abdulmalik dunyoga xalifa bo’ldi. Abdulloh ibn Zubayr Makkada hokim bo’ldi. Urva ibn Zubayr esa, Madinaning eng katta yetti faqihidan biri bo’ldi.

MA’SUM OYOQ

Urva ibn Zubayr Madinada faqihlik qilgan vaqtlarida xalifa Valid ibn Abdulmalik Suriyaga ziyoratga chaqirtiribdi. Urva u yerga kichik o’g’illari bilan birga boribdilar. Faqih xalifa bilan suhbatda ekan, otlarga qiziquvchan o’g’illarini otxonada ot tepib o’ldirib qo’yibdi. Urva o’gillarini ko’mib bo’lmayoq, qorason kasalligiga duchor bo’libdilar. Qorason tobora kengayib borar, tabiblar oyoqni kesib tashlash kerakligini aytishibdi. Urva rozilik bergach, tabiblar:
- Ozroq aroq ichkazsak-da, uning ta’sirida og’riqni sezmay turasiz, tezda kesib olamiz.
- Alloh taolo menga ato etgan salomatlik ne’matini saqlab qolish uchun u harom qilgan aroqni ichmayman.
Tabib avval katta pichoq, so’ng suyakni kesdigan arrani u zotning oldiga qo’yib, so’ng 3-4 kishini chaqiribdi. Shunda Urva so’ragan ekanlar:
- Bu odamlarni nima qilasiz?
- Ular sizning oyoq-qo’llaringizni bosib turishadi.
- Ularning o’rniga men xizmat qilaman. Allohni zikr qilib turaman. Siz esa kesavering.
Hazrat "œLa ilaha illalloh" deb zikrga tushishi bilan ishga kirishishibdi. Kesib bo’lingach qonni to’xtatish uchun oyoqlarini qaynab turgan yoqqa solishibdi. Shunda u zot xushlarini yo’qotibdilar.
Urva ibn Zubayrning odatlari kunduz kuni 8 pora, kechasi 2 rakaat naflda yana 8 pora Qur’onni umr bo’yi tark qilmagan ekanlar. U kishing odatlari faqatgina shu kuni tark bo’lgan ekan.
Xushlariga kelib so’raganlari: "œOyog’im qani?" — bo’lgan ekan. Kesilgan oyoqlarini olib kelib berishsa, u zot uni o’pib shunday der ekanlar:
"œEy oyog’im, kechalari seni ustingda meni masjidga yurgizgan Allohga qasamki, men seni hargiz haromga bosmaganman. Mendan rozi bo’lgin".

MUSIBAT USTIGA MUSIBAT

Huzuriga tashrif buyurgan paytdagi Urvaning musibatlaridan ko’zlari yoshlangan xalifa yana mehmon qabul qilibdi: bir ko’r kishi. Undan musibati sababini so’raganda, ko’r kishi shunday hikoya qilibdi:
"œMen shahrimdagi eng boy odam edim. Eng bola-chaqasi ko’pi ham men edim. Alloh har jihatdan menga ne’matni komil ato etgan edi. Bir shahardan ikkinchisiga ko’chish maqsadida mollarni tuyalarga yuklab keta boshladik. Bir joyda bola-chaqalarim dam olish uchun to’xtashimni iltimos qilishdi. O’sha yerga chodir tikib, mollarni tushirib dam oldik. Bilmagan ekanman, u yer selning yo’li bo’lib, kechqurun sel kelib hamma narsamni yuvib ketdi. Teparoqqa beshikka ilingan bolam va bir tuyadan boshqa hech nima qolmabdi. Tuyadan ham ajrab qolmay deb uni quvsam, qochib ketdi. Shunda bolam chinqirab qoldi. Tuyadan kechdim deb bolamning oldiga borsam, uni bo’ri g’ajib qo’yibdi. Boladan ajrab, endi tuyani tutib olay deb yugursam, tuya orqa oyog’i bilan tepib ko’zimni ko’r qildi. Bir soatning ichida bola-chaqa, mol-dunyo va sog’ligimdan ajraganman."
Shunda xalifa: "œBu kishini Urva ibn Zubayrning oldiga olib boringlar. Zero, Urvaning musibati oldida bu kishiniki hech narsamas" — debdi.

JANNATDAGI IFTORLIK

Xalifa Urva ibn Zubayrni uylari Madinaga kuzatibdi. Urva uylari eshigini taqillatar ekan, shunday debdilar:
- Ayolim, eshikni ochma, toki senga bir gapni aytib olay. Ochganingdan so’ng ko’rganing seni qo’rqitmasin. Menga to’rtta o’gil berib, bittasini olgan Allohimga hamd bo’lsin! Menga 4 taraf (ikki qo’l, ikki oyoq) berib, endi bittasini olgan Allohimga maqtovlar bo’lsin!
Butun Madina xalqi u kishiga ta’ziya bildirib, aytgan gaplari quloqlariga kirmas ekan-u, illo Muhammad degan bir zotning fikrlari u kishiga taskin bergan ekan:
"œEy, Urva! Bashorat, xursandliklar sizga bo’lsinki, siz shunaqangi baxtli insonsizki, sizning 1 o’g’lingiz bilan, bir a’zoingiz sizni jannatda kutib o’tirsa... Umidim borki, kesilgan bir oyog’ingiz, jannatda ikkinchisi bilan birlashadi".
Kasalliklari avjiga chiqqan mahalda ham u zor ro’zador ekanlar. Shunda qizlari shunday degan ekan:
- Alloh taolo bandaning toqati yetmaydigan narsaga da’vat qilmaydi. Nega ro’za tutyapsiz?
- Ey qizim, umidim borki, iftorlikni havzi kavsarning bo’yida hurlar bilan qilsam...
O’g’illari bizga so’nggi bor nasihat qiling, deb so’raganda, u zot shunday degan ekanlar:
- Ey o’g’lim, dunyodagi hech bir ifloslik beilm qarib qolishga teng kelmaydi.
Shu kuni asrdan so’ng Urva ibn Zubayr vafot etgan ekanlar. Alloh u kishidan rozi bo’lsin!

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


G_u_l_i  21 Aprel 2010, 22:39:46

Mahdiyah, Muslima, G_u_l_i, Muhseena, Siddiqaga:

Sizning dunyoqarashingizni tubdan o'zgartirgan, haqni tanishingiz va hayotga qarashingizni o'zgartirgan voqea?

 :as:
Savol u-n tashakkur, kech javob yozayotganim u-n uzr so`rayman.

Bir birodarimizning Ahmaf Lutfi Qozonchi tomonidan yozilgan "Qaynona" kitobi judayam qattiq ta`sir qilgan.Birinchi bor ushbu kitobni o`qib hijob tutgan qizlar, islom b-n hamnafas yashash kabi tushunchalar b-n birinchi bor shunaqa go`zal tarzda tanishganman desam ham bo`ladi.Kitobni o`qishni tavsiya qilgan insondan Alloh rozi bo`lsin.
Kitobdan ba`zi iqtiboslar:

Tashqi chiroy ikki kunda o’tib ketadi,birovga vafo qilmaydi. Qarigach bizni hech kim yoshlikda go’zal bo’lganimiz uchun hurmat qilmaydi. Ammo ko’ngil go’zalligi o’tkinchi emas. Muhimi ham shu — ichki go’zallik, qalb go’zalligidir. Men kelinimning tashqi chiroyidan ziyodaroq ichki go’zalligi, odobi va tarbiyasi cuhun oldim. Mayli, mening kelinim qoramag’iz, bug’doyrang bo’lsinu, go’zallik boshqlaarga qolsin. Bug’doyrang chirkinlik alomati emasku! Birov oqni, birov sariqni yaxshi ko’radi. Men esa qoramag’iz, bug’doyrangni yoqtiraman.
***
Bizning ham andozalarimiz bor. Bizning ham o‘rnak oladigan ulug‘larimiz bor, qizim. Faqat ularni yaxshi bilmaysizlar. Sizlar amrini bajo keltirganlaringiz, bir kuni kelib sizlarni har kimning ayoliga aylantirajak, zotan vaziyat shuni ko‘rsatmoqda. Biz amrini tutgan buyuklar esa bizga faqat erlarimizga qarashli ekanimizni, ulardan boshqa hech kimning oldida ochilmasligimiz kerakligini bildirmoqda. Ochiq-sochiq yurganlar qimmatli hayosini yo‘qotdilar, biz esa, Xudoga shukr, bugungacha nomus bilan yashadik. Ota-bobolarimiz shu yo‘lda jon berdilar. Bizning birgina "moda"miz bor qizim, lekin u bugungacha o‘zgarmadi, qiyomatga qadar o‘zgarmaydi, inshaalloh. Bu "moda" sohibiga sharafdan boshqa narsa keltirmaydi. Bizning "moda"chilarimiz sha’n va sharafni boshlariga toj qilgan, har kim ularni o‘z onasiday ko‘rgan, o‘z onasiday hurmat etgan, yoshu qari ehtirom bilan tilga oladigan xonimlardir ular. Sizning modachilaringiz tonggacha mayxonalarda, qimorxonalarda begonalar qo‘ynida safolat bilan ovunadilar. Biznikilar esa fazilatli turmushi bilan ko‘ngillarda taxt qurganlar, har bir harakati Allohdan qo‘rquv hissi bilan to‘la, har ishi Alloh rizosi uchun bo‘lgan, sharafli hayot kechirgan ayollardir.




Qayd etilgan