Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265579 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 191 192 193 194 195 196 197 198 199 200 201 ... 270 B

siddiqa  22 Aprel 2010, 12:34:26

]Mahdiyah, Muslima, G_u_l_i, Muhseena, Siddiqaga

Sizning dunyoqarashingizni tubdan o'zgartirgan, haqni tanishingiz va hayotga qarashingizni o'zgartirgan voqea?
 :as:

Inson izlanib ko'p narsaga erishadi ,
inson uchib yurganida yoki hayot faqat shu oddiy yashashdan iborat ekanda deb o'ylaganida bilmasdan oyoqlari yerda ekanligi biror voqea bn eslatib qo'yiladi .
Tubdan o'zgarishimga Ramazon oyi tasir qilgan ,to'grrirog'i men hazrati umar ra ning hayotlarini eshitib shunaqa odamlar bo'lganmii men kimman o'zi  degan savol o'zimga kelgan ,atrofdagi insonlar ham katta tasir ko'rsatishgan Alloh rozi bn .

Qayd etilgan

AbdulAziz  22 Aprel 2010, 14:53:36

Shokirbek akaga savol:

Ba'zi diniy istilohlarni ko'p eshitamiz, o'qiymiz, lekin lug'aviy va boshqa ilmiy ma'nolarining anig'ini bilmaymiz. Shunaqa so'zlardan ba'zilarini sizdan so'rab, aniqlashtirish niyatida savol beryapman. Zero, inshaalloh, bu boshqalarga ham foydalik bo'lar.

1. Fisq nima? Fosiq kim? Bu so'zlarning lug'aviy ma'nosi nima? Aqida ilmiga ko'ra, kimlarni fosiq deyiladi? Fosiqning amali qanday bo'ladi?
2. Fujur nima? Fojir kim? Bu so'zlarning lug'aviy ma'nosi nima? Aqida ilmiga ko'ra, kimlarni fojir deyiladi? Fojirning amali qanday bo'ladi?

Inshaalloh, javobni olgandan so'ng, yana boshqa istilohlarni ham so'rab, ilmimizni oshirib boramiz.

Qayd etilgan

AbdulAziz  22 Aprel 2010, 14:58:28

Abu Muso akaga savol:

Siz yashab turgan Nasaf shahri qadimdan o'z olimlari bilan mashhur bo'lgan. Bu shahardan ko'plab mufassir, muhaddis, faqih oilimlar yetishib chiqqan.

1. Siz o'zingiz buyuk Nasafiylardan qaysilarini bilasiz? (kitob titkilamasdan, albatta)
2. Sizningcha, hozirgi Nasafiylar avlodlari bo'lgan yoshlar ulardan kimlarni biladi?

Qayd etilgan

AbdulAziz  22 Aprel 2010, 15:03:37

Kapalak opaga:

Siz hozirda istiqomat qilayotgan diyorda birqancha sahobai kiromlar so'nggi makon topganlar. Shulardan hazrat Abu Ayyub al-Ansoriyning qabrlari Istambulda ekanligini bilaman. Yana Diyorbakirda ham bir qancha sahobalar qabrlari mavjud ekan.

1. Turkiyada qabrlari qolgan qaysi sahobalarni bilasiz?
2. O'zbekistonda, Samarqanddagi Shohizindada - Qusam ibn Abbos r.a.ning qabrlari borligi  biz uchun sharaf. Chunki Rasululloh SAVga ko'rinishda juda o'xshagan, u zot s.a.v. vafotlarida yuvishda qatnashgan zotning bizning zaminimizda vafot etishlari, u zotning tarixlarini o'rganayotgan toliblar uchun xavasdir. Turklarda qanday?

Qayd etilgan

Abu Muso  22 Aprel 2010, 15:26:03

Abu Muso akaga savol:

Siz yashab turgan Nasaf shahri qadimdan o'z olimlari bilan mashhur bo'lgan. Bu shahardan ko'plab mufassir, muhaddis, faqih oilimlar yetishib chiqqan.

1. Siz o'zingiz buyuk Nasafiylardan qaysilarini bilasiz? (kitob titkilamasdan, albatta)
2. Sizningcha, hozirgi Nasafiylar avlodlari bo'lgan yoshlar ulardan kimlarni biladi?

 :as:
1. Afsuski, Abul Mu'iyn An-Nasafiy va Abu Hafs Nasafiylarni bilaman... :(
2. Hozirgi yoshlar ham, deyarli ma'lumotga ega emas. Chunki shaxrimiz
tarixi haqida ma'lumotlar juda oz edi. O'z tariximiz maktablarda ham ta'lim
berilmaydi. Yaqinda shaxarning 2700 yilligi munosabati bilan, butun
respublikamiz tarixchilari ancha ma'lumot yig'ib berishdi. Ammo u ma'lumotlar
qog'ozlarda qoldi, hali xalq o'rganib ulgurmagan...

Qayd etilgan

AbdulAziz  22 Aprel 2010, 17:01:52

Abu Muso ака, мен ҳам озроқ китоб титкилаб 5 та буюк Аасафийлар тсғрисидаги маълумотлари Buyuk Nasafiylar мавзусида қолдирдим:

1. Абу ал-Мутиъ Аасафий
2. Абу Ҳафс Аасафий
3. Абул Баракот Аасафий
4. Азизиддин Аасафий
5. Аурмуҳаммад Аасафий

Абулбаракот Аасафийнинг «Мадорикут-танзил ва ҳақоиқут-таъвил» тафсири ҳақида шу ердан сқишингиз мумкин.

Абу Ҳафс Аасафийнинг «Ақоиди Аасафис» рисоласини шу ердан сқишингиз мумкин.

Qayd etilgan

Muzayyana  24 Aprel 2010, 14:24:26

AbdulAziz, Mahdiyah, Muslima, Kapalak, Hadija ga savol:

- Ko'z o'ngizda bir kishi, misol uchun qarindoshingiz sizga yomonlik qilayotganini bilib turasiz, uning qilayotganlaridan ozor chekasiz, lekin unga yoki qilayotganlaridan kimgadir shikoyat qila olmaysiz, mana shunday hollarda qanday yo'l tutgan bo'lardizgiz?

(Javoblar uchun oldindan tashakkur...)

Qayd etilgan

Ansora  25 Aprel 2010, 14:09:58

A.alaykum. Savol uchun rahmat. Bunday holatga tushganman, orada haliyam tushib turibman. Begona bo'lsa yoki yaxshilab haddini bildirasiz, yoki e bor-e deb ketaverasiz. Lekin qarindosh bo'ldimi, nima bo'lsa ham yaxshi muomala qilishga majbursiz. Chunki bu qarindoshlik iplari bizni bir-birimizga o'rgimchak og'iday bog'lab tashlagan.
Men bunday holatda: Hammasini Alloh ko'rib turibdi, deyman va Rabbimga havola qilaman. Chunki o'zimni haqligimni isbotlash uchun harakatga o'tsam, gap kavlashtiryabdi, yoki gapni orqasidan quvyabdi, deyishadi. Bir tarafdan haqlar, chunki, gap quvgan bir kuni balosini topadi, deyishadi-ku.
Shunday holatlarda o'zimga o'zim, demak bir yerlarda xato ishlayabman, Rabbim meni ogohlantiryabdi, deyman va sabr qilaman.
Xudo yomonlarga fursat bermasin, zolimlardan O'zigina qo'risin inshalloh...

Qayd etilgan

Ansora  25 Aprel 2010, 14:21:46

Kapalak opaga:

Siz hozirda istiqomat qilayotgan diyorda birqancha sahobai kiromlar so'nggi makon topganlar. Shulardan hazrat Abu Ayyub al-Ansoriyning qabrlari Istambulda ekanligini bilaman. Yana Diyorbakirda ham bir qancha sahobalar qabrlari mavjud ekan.

1. Turkiyada qabrlari qolgan qaysi sahobalarni bilasiz?
2. O'zbekistonda, Samarqanddagi Shohizindada - Qusam ibn Abbos r.a.ning qabrlari borligi  biz uchun sharaf. Chunki Rasululloh SAVga ko'rinishda juda o'xshagan, u zot s.a.v. vafotlarida yuvishda qatnashgan zotning bizning zaminimizda vafot etishlari, u zotning tarixlarini o'rganayotgan toliblar uchun xavasdir. Turklarda qanday?

A.alaykum. Aslida bir kitob yozsa bo'ladigan savol beribsiz. Balki vaqti bilan yana ham yo'liq ma'lumot berarman inshalloh.

İstambulda dafn etilgan sahobiylar:

Haz. Ebu Zar Gifari

Muhammed Ensari

Haz. Sube

Jabir Abdullah Haz.

Abdullah Hisham Haz.

Jabir Muhammed Haz.

Haz. Ebu Seybe Hamdullah

Haz. Edhem

Haz. Jabir Semure

Haz. Ebu Derda

Haz. Kab

Diyarbakirda dafn etilgan sahobiylar:

1- Suleyman İbn-i Halid (radıyallahu anh)

2- Amir b. Ehves (radıyallahu anh)

3- Huzeyde b. Sabit (radıyallahu anh)

4- İmran b. Bishr (radıyallahu anh)

5- Selem b. Yes’ub (radıyallahu anh)

6- Macid b. Talha (radıyallahu anh)

7- Musanna b. Asim (radıyallahu anh)

8- Salim b. Adiyy (radıyallahu anh)

9- Malik b. Hafiz (radıyallahu anh)

10- Hattab b. Jerir (radıyallahu anh)

11- Efleh b. Saide (radıyallahu anh)

Bu ro'hyatlarni uzundan-uzun davom ettirish mumkin....

Bu shahislarni qabrlari doimo ziyoratchilar bilan to'la. Qolaversa ularning shaxsiyatlari bilan bog'liq ilmiy ishlarni İlohiyot bo'limlari talabalari olib borishmoqda. Balki vaqti bilan bu ilmiy ishlar haqida ham ma'lumot berarman inshalloh....

Qayd etilgan

Mahdiyah  26 Aprel 2010, 06:48:29

AbdulAziz, Mahdiyah, Muslima, Kapalak, Hadija ga savol:

- Ko'z o'ngizda bir kishi, misol uchun qarindoshingiz sizga yomonlik qilayotganini bilib turasiz, uning qilayotganlaridan ozor chekasiz, lekin unga yoki qilayotganlaridan kimgadir shikoyat qila olmaysiz, mana shunday hollarda qanday yo'l tutgan bo'lardizgiz?

(Javoblar uchun oldindan tashakkur...)

Rosti man uchun juda qiyin savol...

Ko'pincha o'sha insonni hafa qilib qo'yishim mumkin :D (muomilasiga yarasha...)
Yoki chidashga majburman (bunaqasi kam bo'ladi)
Odamiga qarab  ;D

Odatda mandan kattaroq, hayotni ko'rganlardan maslahat so'riman.

Qayd etilgan