Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263915 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 192 193 194 195 196 197 198 199 200 201 202 ... 270 B


Mahdiyah  28 Aprel 2010, 07:49:55

Kapalak, Shokirbek, ZUBAYR, Chehmik, Musannif Adham, saltanat, birodar, Shoxjahon12, AbdulAziz, Abu Muso ga...

Bir millatning qaysidur odati sizga juda yoqadi va siz hamisha shu odat (urf) ni ko'rganingizda "Qani edi biz o'zbeklarda ham shu odat bo'lsa qanday yaxshi bo'lardi" dib, qaysi odat o'zbeklarda ham bo'lishini juda xohlardiz?

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Aprel 2010, 07:53:55

Foniy, salmon forsiy, Abu Muso, Muhibb, Hassan, Abdulaziz ga

Sizni shahar hokimi qilib tayinlashdi.
Birinchi kiritadigan eng asosiy 3 ta o'zgartirishingiz?

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Aprel 2010, 07:56:06

Y_U_R_I_S_T, Musannif Adham, birodar, Muhseena, siddiqa ga

Sizni matbuot va TV ga mas'ul qilishdi.
Avvalo o'zgartiradigan yoki yangilik kiritadigan 3 ta narsa?

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Aprel 2010, 07:57:32

Muhammad Amin, Mr. Twister, Shoxjahon12 ga

Sizni sport ishlari bo'yisha vazir etib tayinlashdi.
Eng avvalo 3 ta kiritadigan o'zgartirishingiz?

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Aprel 2010, 08:00:16

Akbarjon, HMF, Robiya, Chehmik, Nurillobek, javik_0770_lito ga

Siz "Madaniyat ishlari bo'yicha" vazirsiz.
Eng avvalo kiritadigan 3 ta yangilikingiz?

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Aprel 2010, 08:03:02

Abdulloh, Y_U_R_I_S_T, TITAN-UZ, registan, Fatima, Munavvara, BelleQizcha, Zulfina, Mexriniso larga

Sizni ta'lim vaziri etib tayinlashdi.
Ta'lim sohasida kiritadigan eng asosiy 3 ta o'zgartirishingiz?

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Aprel 2010, 08:06:17

ibrohim, Chustiy, Ruzibayev, G_u_l_i, Muxsinaon

Sizni shahar obodonlashtirish ishlariga ma'sul etib tayinlashdi.
Avvalo kiritadigan 3 ta yangilikingiz?

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Aprel 2010, 08:08:56

saltanat, Muslima.bgm, Munavvara, Hadija, Muhseena, siddiqa

sizni Sog'liqni saqlash vaziri etib tayinlashdi.
Eng avvalo kiritadigan 3 ta yangiligingiz?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  28 Aprel 2010, 08:11:32

Muhammad Amin, Mr. Twister, Shoxjahon12 ga

Sizni sport ishlari bo'yisha vazir etib tayinlashdi.
Eng avvalo 3 ta kiritadigan o'zgartirishingiz?


Savol uchun katta rahmat!
Agar yuqorida aytgan holat bo'lsa  :), ya'ni, sport vaziri etib tayinlashsa:
1) Chekka xududlardagi iste'dodli bolalar uchun sportga ixtisoslashgan maktablar ochardim;
2) Stadionlarning chimini yaxshilardim;
3) Har xil turnirlar tashkil etardim.

Qayd etilgan


saltanat  28 Aprel 2010, 08:16:56

Kapalak, Shokirbek, ZUBAYR, Chehmik, Musannif Adham, saltanat, birodar, Shoxjahon12, AbdulAziz, Abu Muso ga...

Bir millatning qaysidur odati sizga juda yoqadi va siz hamisha shu odat (urf) ni ko'rganingizda "Qani edi biz o'zbeklarda ham shu odat bo'lsa qanday yaxshi bo'lardi" dib, qaysi odat o'zbeklarda ham bo'lishini juda xohlardiz?



Assalomu laykum forum ahli.
Mahdiyah savol uchun rahmat, qo'ldan kelgancha javob beraman.
  Manga koreys xalqining xushmuomalaligi judayam yoqadi, har qanday tashkilot, savdo markazlari, banklar, yoki davlat tashkilotlari, kasalxonalar barcha-barcha joyda agar sizning bir yumushingiz bo'lib savol so'rasangiz judayam muloyimlik bilan, xushmuomalalik bilan javob beradilar. Va barcha xizmatlarini samimiy bajaradilar, adashmasam barcha chet davlatlarda shunday.  Bunga asosiy sabab mijozlarni yo'qotmaslik, chunki mijozlar tufayli kompaniyalar va tashkilotlarga pul qirib keladi. Va yana bir yoqqan xarakterli taraflari ular odamning kiyimiga qarab muomala qilmaydilar, pullari ko'p bo'lgan millionerlari ham o'zining qo'l ostida chang yoki, kompaniyasidagi yoqqa bulanib ishlagan ishchisiniyam, bemalol shu ish kiyimida ishdan so'ng o'zining palon millionlik mashinasiga o'tqizib uyining oldiga olib borib qo'yib "yaxshi dam ol, ertaga ko'rishguncha" deya jilmayib xayrlashib ketadi. Xuddi shu kiyimda savdo markazlariga yoki kasalxonalarga borib qolsayam xushmuomalaik bn xizmat qilishadi. Agar yomg'ir sharros quyib turgan bo'lsayu siz oyoq kiyimingiz nobopligi sabab payafzal magaziniga kirib poyafzal xarid qilsangiz va yangini shu joyda kiysangiz suvga bo'kib ivib yotgan eski poyafzalingizni olib paketlab qo'lingizga berishdan or qilmaydilar va xizmatlarini ochiqko'ngillikk bilan bajaradilar,xushmuomalaik bn kuzatib qo'yadilar. Endi ana shunday xolatlarni bizdagi muomalar bn o'zingiz solishtirib olaverasiz.... Qani endi bizdayam barcha odamlar bir-birlariga shunday xushmuomala bo'lsalar...

Qayd etilgan