Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265322 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 270 B


Munira xonim  10 Noyabr 2007, 20:34:35

Munira opajon: Forumning eski a'zolaridan kimlarni o'zgacha bir quvonch bilan eslaysiz?

Forumning eski va hozirda oramizda yo'q bo'lgan az'olardan Maknunani o'zgacha quvonch bilan eslayman...

Qayd etilgan


mutaallimah  11 Noyabr 2007, 03:25:32

Mastura: Sizni g'iybat qilishganini bilsangiz nima qialsiz?
Assalomu alaykum!
Hech narsa...
Bilmadim nega lekin insonlar bilan yuzma yuz turganda kamdan kam hollarda ichimdagini ochiq ayta olaman... Ko'pincha ichimdagi gapim ichimda qolib ketadi.  Orqasidan gapirishni esa foydasi yo'q...

Qayd etilgan


mutaallimah  11 Noyabr 2007, 03:47:48

Mastura: Islomiy birodarchilikni qanday tushunasiz? Oddiy do'stlikdan Alloh yo'lidagi do'stlikni qanday farqi bor sizningcha?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytgan ekanlar:
"Agar dunyoda do'st kerak bo'lganida Abu Bakrni tanlar edim lekin menga Islomiy Birodarlikni o'zi kifoya" deb.
Insonlar "mening eng yaqinim, "ishonganim" haqiqiy do'stim" degan insonlaridan ham ko'p narslarni sir tutadilar..
Alloh yo'lidagi haqiqiy BIRODARlar orasida esa hech qachon hech qanday sir bo'lmaydi!
Chunki ular "Mo'min mo'minga ko'zgu" deb birodarlarini hamma yaxshi va yomon tomonlarini bir birlariga ko'rsatib turadilar!!!
Allohim faqat va faqat o'zing yo'lingda birodar bo'lgan bandalaringni qiyomat qoim bo'lgan kunda ham o'zing yo'lingdagi eng sevimli birodarlar holida turgizgin!!! ularni Jannatul Firdavsda ham birga jamlagin!!! (amin!!)

Qayd etilgan


mutaallimah  11 Noyabr 2007, 03:59:48

Mastura: Forum sizga nimalarni o'rgatdi.
Forum menga ko'p narsalarni o'rgatdi..
Eng asosiysi insonlarni o'rgandim..
undan ham muhimi: Hayotda xar-hil insonlarga hech qachon qattiq ishonmaslik kerakligini ham o'rgandim lekin buni forumdan emas undagi bir userdan o'rgandim ......... U insonni Alloh o'zi to'g'ri yo'lga boshlasin........

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Noyabr 2007, 07:14:45

AbdulAziz: "O'tkan kunlar"dagi qaysi personajning qaysi gapini yaxshi ko'rasiz?

"O'tkan kunlar"ni har safar sevib mutolaa qilaman. ... "O'tkan kunlar" garchi muallif yozganidek, yangi zamon ro'monchilig'i bilan tanishish yo'lida kichkina bir tajriba, yana to'g'risi bir xavas bo'lsa-da, hali shu kunga qadar o'zbek adabiyotida unga yetadigan asar yaratilmadi...
Asarda Marg'ilondagi suhbatlardan birida Otabek o'sha paytdagi (hozirgi davrimizga ham xos) xalqning holatidan achinib shunday deydi:
"Darhaqiqat, mozoristonda "hayya alal-falah" xitobini kim ham eshitardi?"

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Noyabr 2007, 07:16:50

Yana AbdulAzizga: Zararli adabiyot ham bo'ladimi? Misol keltira olasizmi?

Ha, zararli adabiyotlar ham bo'ladi.
Bunday adabiyotlar ko'pincha odamlarni buzish uchun maxsus yoziladi va tarqatiladi.
Bu turdagi kitoblar tarkibiga, yoshlarning ongini zaharlaydigan syujeti faqatginam fahshu jinoyatlardan iborat sariq kitoblar, qissa va hikoyalar ham kiradi.
Bunday hikoyalar, qissalar ayni paytda matbuotda juda ko'p e'lon qilinyapti. Bu turdagi kitoblarning bozori judayam chaqqon.

Yana bir zararli adabiyot turi ba'zi buzuq aqidalarni targ'ib qiladigan diniy adabiyotlardir. Missionerlik harakatining tashabbusi bilan o'zbek tilida xristianlikni targ'ib qiluvchi birqancha adabiyotlar hali hamon tarqatilmoqda. Bularning eng asosiy buzadigan usuli, ular o'z kitoblarini Qur'on oyatlari bilan boshlaydilar. Qur'onni, payg'ambar alayhissalomni tan olishlarini aytadilar, asta-sekin o'quvchi qalbiga kirib, xristianlik ham Islomning bir bo'lagi degan fikrni o'rtaga tashlaydilar. Asrlar davomida juda ko'p tahrirga uchragan va aziz zotlarga katta bo'hton qilingan "Injil"larning o'zbekcha nashrlari ham juda xatarlidir.

Yana konkret misol keltirsam, so'nggi yillarda juda mashhur bo'lgan Abdulhay Abdurahmonovning "Saodatga eltuvchi bilim" kitobi ham e'tiqodga ta'sir ko'rsatuvchi xatarli kitoblardandir. Chunki bu kitobda Islom e'tiqodi masalalari juda chalkashtirilib, xristian, yahudiy dinlari bilan aralashtirib yuborilgan. Muallif asosan, eski yahudiy kitoblari, hind, xitoy falsafasi fikrlari, xristianlikdagi turli rivoyat-qissalarni islom nomidan beradi. Aynan shu muallifning "Ruhiyat sirlari" deb nomlangan kitobida ham islom e'tiqodiga putur yetkazadigan bir qancha jihatlar o'tib ketgan. Kitobda muallif Islomga yot bo'lgan odam o'lgandan keyin uning ruhi boshqasiga o'tadi degan g'oyani isbotlamoqchi bo'ladi. Ruh bilan bog'liq bo'lgan birqancha e'tiqodiy masalalarni toptashga urinadi.
Shu kitoblardan ehtiyot bo'lish lozim.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2007, 10:08:30

Diydor opa: Farzand tarbiyasi uchun ularga ba'zan qattiqqo'llik qilish mumkinmi yoki doimo yaxshi so'z bilna tushuntirish afzalmi?

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2007, 10:10:34

Mastura: Qalb zanglab qolmasligi, iymon sustlashmasligi, nafs va shayton yo'liga kirib qolmaslik uchun qaysi amalni ko'proq qilgan afzal?

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2007, 10:11:51

Laylo: Sizningcha, ayol va qizlarni ilm o'rganish uchun mahramsiz boshqa joylarda musofirva yolg'iz bo'lib yurishlar yaxshimi? Garchi bu diniy ilm bo'lsa ham...

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2007, 10:13:04

Fazilat: Hayotda sizni quvnoqligingiz pand bergan va bu fe'lingizdan hafa bo'lgan vaqtingiz bo'lganmi?

Qayd etilgan