Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265063 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 238 239 240 241 242 243 244 245 246 247 248 ... 270 B


yoqutxon  16 Fevral 2011, 21:49:10

Assalom aleykum. Bu savolim ko'proq erkak forumdoshlarga ta'luqli, lekin ayol forumdoshlar ham fikr bildirsalar bo'ladi.
 Ohirgi kunlarda ko'p guvoh bo'lyapman, ketma ket qiz tug'ilgan oilalarda ayol kishiga bo'lgan bosim kuchayib boraverar ekan, hamma oilalardayamas lekin juda ko'pchiligida.Yaqinda bir  yangi chaqaloqi bor ayol kelib dardini aytib qoldi. Bu jajji chaqaloq 4- qizi ekan qiz tug'ilganini eshitgan turmush o'rtog'i hattoki shifohonadan olib chiqishgayam bormabdi. 1 hafta shifohonada yotgan bo'lsa ham atigi bir martagina borib kelibdi.O'zini aytishi bo'yicha bu qiziga o'zining ham unchalik "ko'ngli issimayapti" emish. Honadonnida ham juda sovuq  "ob havo" ekan................
Forumdoshlarga savolim siz bunday holatlarga qanday qaraysiz? Oilangizda ketma-ket qiz farzand tug'ilsa qanday yo'l tutasiz? Javoblar uchun oldindan rahmat.


Qayd etilgan


ibnUyayna  16 Fevral 2011, 22:00:20

Oilangizda ketma-ket qiz farzand tug'ilsa qanday yo'l tutasiz? Javoblar uchun oldindan rahmat.


Man hursand bolaman.Qanchafarzandlarim kop bosa shuncha hursand bolaman.Qani end 100-200 ta farzandlarim bosa...

Qayd etilgan


azizbek_mx  16 Fevral 2011, 22:10:17

Qiz bola farzand emasmi? U ham yaratganning inomi. Shaxsan men singlim bo'lishini orzu qilardim. Qiz farzand bersa xursand bo'laman. O'g'illi bo'lishni ham juda hoxlayman, lekin berganiga shukr qilish kerak. Oldin to'y bo'sinchi, ungacha qancha qovun pishig'i boru...

Qayd etilgan


siddiqa  16 Fevral 2011, 22:55:55




U ham yaratganning inomi. Shaxsan men singlim bo'lishini orzu qilardim.



men ham singlim bo'lishini hohlardim ,o'zbekni kichigi hmm ishqilib .hamma uyda kichiklar erkatoy ,kichiklar o'qqa nishon .llekin ukam ham bo'lishini orzu qiganman ,bo'g'irsoq bo'seydi dirdim ))) ishlar buyurib ,qulog'idan cho'zib cho'zib ishlatsamidi dip orzu qilardim .hmm boriga shukr ,kichik bolish ham yahshi .









Qayd etilgan


Abdulhafiz  16 Fevral 2011, 23:49:05


 
Forumdoshlarga savolim siz bunday holatlarga qanday qaraysiz? Oilangizda ketma-ket qiz farzand tug'ilsa qanday yo'l tutasiz? Javoblar uchun oldindan rahmat.




Alloh kimga xohlasa o'g'il beradi, kimga xohlasa qiz beradi, kimga xohlasa ham o'g'il, ham qiz beradi yoki ikkalasini ham bermaydi, albatta bu Allohni xohishi.
Bunga norozilik qilib osiy bo'lmaslik kerak. Bunday holatlar ko'proq dindan uncha xabari yo'q oilalarda bo'ladi. vallohu a'lam.
Bir o'zimizi xolamizda 8ta qizlari bor, 6tasini turmushga berib 2tasi qoldi. Nevaralarni ko'pi esa o'g'il, hatto katta qizlarida 5ta o'g'illari bor, qizlari yo'q. Hali biror marta noliganlarini bilmaymiz. Allohning taqdiri...
Iqtibos
Oilangizda ketma-ket qiz farzand tug'ilsa qanday yo'l tutasiz?
Xudoni bergan ne'matiga shukr qilib, soliha haqiqiy muslimalardan bo'lib ulg'ayishini  Allohdan so'rab shunga harakat qilamiz InshaAlloh.

PS: Savol uchun tashakkur.

Qayd etilgan


Nurilla  17 Fevral 2011, 07:44:32

Qiz bola ham Allohni ne'matiku ahir. Soliha qizlari sabab jannatga kirishi mumkinu. Shukr qilish kerak, tirnoqqa zor bo'lishi ham mumkin ediku. Masalan man tug'ishgan opam yoki singlim bo'lishini juda xohlardim, Allohni hikmati hammamiz o'g'il bolamiz oilada.

Qayd etilgan


_IYMONA_  17 Fevral 2011, 08:03:04

Biz oilada 3 ta qizmiz. Adajonim, ko'proq bizni, ya'ni qizlarini yaxwi ko'radilar, singillarimni erkalaydilar haligacha... 1 ta ukamdan ham ko'ra ko'proq menga maslahat soladilar. Nimaiki olib bering desak, yordam so'rasak beradilar.      3 ta qizlariga har doim bir xil sovg'a oladilar... Duo qiladilar hamisha qizlarini... Noliganlarini hech ewitmaganman.

Qayd etilgan


Aqoid  17 Fevral 2011, 08:16:57

Bir qo'shnimning 2ta qizi boridi. Ayoli 3-farzandiga homilador bo'lganda yana baribir qiz bo'ladi deb abort qildirishdi. Keyinroq, har xil davolar qilishdi og'il ko'rish uchun. Ayoli homilador bo'ldi. UZI apparatida ham jinsini o'g'il ko'rsatgan, natija yana qiz.
Berguvchi Allohku deb andak nasihat qilgandik o'shanda qo'shnimizga. Johiliyatning johilliklaridan haliyam borda bizda.
Qiz farzand Allohning rahmati!

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Fevral 2011, 09:51:41

Taqsir topganim anshi Bo'ldi, Ko'z hastaliklari un ekan.

  1   yaxshilab joylashib oling.Endi kaftlarimizni bir=biriga tez ishqaymiz.
  2  qizigan kaftlarimizni kozimizga qoyamiz.
  3  kozlar yumuq xolda yaxshi narsalarni eslang
  4  kozlarni tez-tez pirpirating,xuddi kapalak qanot qoqqandek
  5  kozimiz bilan kvadrat chizamiz 5-soniya
  6  yana pirpiratamiz    5-6 marta
  7 osha kvadratni teskari chizamiz sekin shoshilmeng
  8 yana pirpiratamiz      5-6 marta
  9  endi soat strelkasini yurgizing    12   3   6   9  12
  10 yana tez-tez pirpiratamiz
  11  soat teskari yonalishga yuradi   12   9   6   3   12
  12  yana pir-pir
  13   endi qollarimiz bilan ishqalaymiz xuddi yosh bola uyqudan uygongandek
  14 ochgan xolda pir-pir
  15 u yoq bu yoqqa sekin koz tashlaymiz
ana endi sal yonboshlab oling.bu birinchi martaga etadi.

Bu mashq rossiyalik professor Vladimir Georgievich Jdanovning "Верни себс зрение" dasturidan olingan ekan.

Men ham bir qiziqib ko'rdim. Lekin hali oxirigacha olib borganim yo'q.
Professor Jdanovning aytishicha, ko'zida - va + xiraliklar borlar maxsus psixologik va jismoniy mashqlar, tabiiy mahsulotlar (masalan, propolis) yordamida 1 haftada sog'lom ko'zga ega bo'lishlari, ko'zoynakdagidek, hatto undan yaxshi ko'ra olishlari, ko'zoynakni butunlay tashlab yuborishlari mumkin ekan.

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=ipy-DO1gQSs" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=ipy-DO1gQSs</a>

Qayd etilgan


AbdurRohman  17 Fevral 2011, 11:11:17

Assalom aleykum. Bu savolim ko'proq erkak forumdoshlarga ta'luqli, lekin ayol forumdoshlar ham fikr bildirsalar bo'ladi.
Forumdoshlarga savolim siz bunday holatlarga qanday qaraysiz? Oilangizda ketma-ket qiz farzand tug'ilsa qanday yo'l tutasiz? Javoblar uchun oldindan rahmat.


Va alaykum assalom.
Savol uchun rahmat.
Hozirgi kunda Alloh tomonidan berilgan aziz ne'matlardan birini ayrim otalar tragediyaga alantirishyapti.

Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ""œUchta qizni shar’iy qonunlardan chiqarmay, tarbiya qilib voyaga yetkazgan kishi jannatda men bilan birgadir" deb marhamat qilgan ekanlar.

InshaAllah manam bundan umidvorman. Allohim bizlarga ham go'zal xuqli, chin muslima, soliha qizlardan nasib etsin!

Qayd etilgan