Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264784 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 239 240 241 242 243 244 245 246 247 248 249 ... 270 B


Ansora  17 Fevral 2011, 14:23:36

Assalom aleykum. Bu savolim ko'proq erkak forumdoshlarga ta'luqli, lekin ayol forumdoshlar ham fikr bildirsalar bo'ladi.
 Ohirgi kunlarda ko'p guvoh bo'lyapman, ketma ket qiz tug'ilgan oilalarda ayol kishiga bo'lgan bosim kuchayib boraverar ekan, hamma oilalardayamas lekin juda ko'pchiligida.Yaqinda bir  yangi chaqaloqi bor ayol kelib dardini aytib qoldi. Bu jajji chaqaloq 4- qizi ekan qiz tug'ilganini eshitgan turmush o'rtog'i hattoki shifohonadan olib chiqishgayam bormabdi. 1 hafta shifohonada yotgan bo'lsa ham atigi bir martagina borib kelibdi.O'zini aytishi bo'yicha bu qiziga o'zining ham unchalik "ko'ngli issimayapti" emish. Honadonnida ham juda sovuq  "ob havo" ekan................
Forumdoshlarga savolim siz bunday holatlarga qanday qaraysiz? Oilangizda ketma-ket qiz farzand tug'ilsa qanday yo'l tutasiz? Javoblar uchun oldindan rahmat.



 :vslm:

Afsuski "johiliyat" davri insonlari hali ham oramizdalar.

Qiz farzand xohlamagan insonlarga iloji bo'lsa alohida seminar berish kerak.

Aslida Allohga ishonchi bo'lgan inson bola yaratilgan daqiqadan e'tiboran bu kuch-qudrat qarshisida ezilishi kerak. Va xatto!!! İshonmagan inson ham bu mo'zijani qarshisida iymonga kelishi kerak.

Yo'qdan bor etgan Egam, boladan asar yo'q edi, yo'q...unga ruh ufladi, bir tomchi suvdan o'nlab organ yaratdi...bir necha hafta bo'lgandayoq yurak urishlarini eshitishingiz mumkin...o'zi mittigina loviya donasiday azizlar...lekin uning yuragi gum gum urganida sizning yuragingiz urishdan to'htab qolay deydi...
Tug'ilgandan keyin bir necha kunlik og'zini ochib esnaganida tomog'ini ustidagi tomirlarini ko'rib yum yum yig'ladim, Ey Rabbim men oddiygina rasm chiza olmas ekanman, sen qatma qat qilib yaratding bu qulingni...
tilini qanday qilib joylashtirdin Ya Robbim...men ojizni aqli olmas...

Murg'ak yurak, sen bizlarni kechir, biz kattalar shundaymiz, Yaratganni unutib, o'zimizcha hukm beramiz....

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Fevral 2011, 19:30:06

Assalom aleykum. Bu savolim ko'proq erkak forumdoshlarga ta'luqli, lekin ayol forumdoshlar ham fikr bildirsalar bo'ladi.

Ohirgi kunlarda ko'p guvoh bo'lyapman, ketma ket qiz tug'ilgan oilalarda ayol kishiga bo'lgan bosim kuchayib boraverar ekan, hamma oilalardayamas lekin juda ko'pchiligida.Yaqinda bir  yangi chaqaloqi bor ayol kelib dardini aytib qoldi. Bu jajji chaqaloq 4-qizi ekan qiz tug'ilganini eshitgan turmush o'rtog'i hattoki shifohonadan olib chiqishgayam bormabdi. 1 hafta shifohonada yotgan bo'lsa ham atigi bir martagina borib kelibdi. O'zini aytishi bo'yicha bu qiziga o'zining ham unchalik "ko'ngli issimayapti" emish. Honadonnida ham juda sovuq  "ob havo" ekan...
Forumdoshlarga savolim siz bunday holatlarga qanday qaraysiz? Oilangizda ketma-ket qiz farzand tug'ilsa qanday yo'l tutasiz? Javoblar uchun oldindan rahmat.

Go'zal savol uchun tashakkur!
Yaqinda biz tomonlarda shunday voqea yuz beribdi:
Oltinchi qizdan so'ng ayol yana xomilador bo'libdi. Hammaning umidi - o'g'ilda ekan. Ayniqsa, badjahl er endiyam qiz tug'sang, o'zingdan ko'r der emish. Xomila olti-yetti oylikka yetganda betavfiq er: "endi borib, tekshirtiramiz, agar yana qiz bo'lsa, operatsiya qilib bo'lsa-da, bolani oldiramiz!" debdi.
Shifoxonada tekshirishibdi. Ichki ko'ruv apparatlari xomilaning o'g'il ekanligini tasdiqlabdi va plenkalarga muhrlabdi...
Xudoyim chevar zot, har kimning amaliga yarasha ne'matlarini ato etadi.
9 oydan so'ng farzand tug'ilibdi. Ota-onasi ne ko'z bilan ko'rishsinki, yana qiz ekan.
Alloh taolo shunday zotki, o'ziga isyon qilgan otaning qilmishi sabab, ona qornidagi o'gilni qizga ham aylantirib qo'yaveradi...

Qayd etilgan


BelleQizcha  19 Fevral 2011, 00:25:40

HOnodanimimda ket-ketma qiz tugulsa..
Shaxsan, bu sovol oylantiradi lekin bu bolishi mumkin bolgan hodisa ..
Lekin hursand bolmasdim..
aytishlariga qaraganda, oldin oilada qiz tugulsa onalar chaqoloq qizlariga qarab, qizim ogil bolib tugulsen bolardi diyirisharkan,.. ..
manimcha eng qiyin narsa ham qiz bolani baxt, qizlarni baxti ochilishi qiyiin, ochilsayam ancha qiyinchilik korib ochilarkan..
nima qilardik..
bizam Allohni bandasi bolsak, tugulyotgan jaji qizlar ham Allohni banadasi.....
..

Qayd etilgan


Nurilla  19 Fevral 2011, 04:07:46

Johiliyat davrida onalar tug'adigan payt yaqinlashganda, uyidan uzoq joyga borib, chuqurcha qazir ekan. Qiz tug'ilsa o'shatga ko'mib ketar, o'g'il tug'ilsa uyiga obkelar ekan.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  19 Fevral 2011, 09:30:16

Johiliyat davrida onalar tug'adigan payt yaqinlashganda, uyidan uzoq joyga borib, chuqurcha qazir ekan. Qiz tug'ilsa o'shatga ko'mib ketar, o'g'il tug'ilsa uyiga obkelar ekan.
U paytlarda islom yo'q edi, hozirda o'zini musulmon hisoblaydigan ba'zi johillar shu bolani tug'ilishiga ham qo'yishmayapti.....

Qayd etilgan


Muzayyana  19 Fevral 2011, 16:31:55

Qiz farzand hususida gap ketayotganga o'xshaydi...
Qizmi o'g'ilmi ikkalasi ham Allohning nemati. Axir tirnoqqa zor o'tayotganlar kammi bu hayotda!
Xazrati Umar :ra: ni hikoyalarini har gal, ayniqsa mp3 sini eshitsam, ezilib ketaman...
Farzand...xaqiqatdan ham juda bir shirin ne'mat, unga qarab ko'z quvonadi, dil yayraydi, charchoqlar unutiladi...shu bilan birga juda buyuk omonat...

Qayd etilgan


Nurdinboy  20 Fevral 2011, 14:09:35

Qizmi, o'g'ilmi, farqsiz. Ikkisiham bir. Ikkisiham farzand.

Qayd etilgan


yoqutxon  24 Fevral 2011, 21:44:13

 :as:

Javoblar uchun rahmat. Fikrim ko'pchilikning fikri bilan mos tushar  ekan. Rostan ham Ollohning ishlaridan norozi bo'lish,  muhokama qilish bandasining ishi emas! Chunki Olloh hammadan bilguvchiroq zotdir. Qiz farzanddan ham faqatgina eng katta johil, noshukur, aqlli kalta odamlargina norozi bo'lishadi. Afsuski bunday insonlar juda ham ko'p.................

Qayd etilgan


UzMuslim  24 Fevral 2011, 22:32:02

HUrmatLI Forumdosh Brodaru Azizlar,Opayu Singillar Sizlarga BIr Savolim BOr edi:
MAsalan Bir Inson Ikkinchi Insonni BAxtli Bo'lishini Hohleydi,LEkiN O'sha Ikkinchi Insonni O'zi Baxtli Qila Olmasligini Bilib,Undan Uzoqlashsa,BU Surbetlik Yoki Qo'rqoqlik bo'ladiMI?

P/s:Mani Juda ham Qiynamoqda Hozirgi Kunda Aynan Shu Savol...

Qayd etilgan


_IYMONA_  25 Fevral 2011, 07:06:59

Assalamu alaykum. Hayot faqat g'alabalardan iborat emas! Alloh taolo ham biror narsani bizga beriwdan avval nimanidir olib keyin beradi. Kurashish kerak, tushkunlikka berilmaslik kerak. Erkak kishi sabrli va matonatli bo'la olmasa bir ojizani qanday himoya qiladi? Baxt uchun qanday harakat qiladi? Tushkunlik va umidsizlik erkak kishiga hos hislatlar emas, g'alaba va yutuqlarga erishmoq uchun ikkala tarafdan ham birdek harakat kerak!

Qayd etilgan