Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263659 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 245 246 247 248 249 250 251 252 253 254 255 ... 270 B


Mufazzala  09 Iyul 2012, 03:24:01

Mufazzala,..... ga savol:

O’qigan kitoblaringizdan siza yoqadigan qahramon? V anima sababan?
[/color]

 :asl3:

Diniy kitoblardan Payg'ambarimiz va ashoblar doim meni sevgan qahramonlarim bo'lib kelgan.
Dunyoviy kitoblardan esa, "Cho'qitirgan ota"dagi Don Carleone ni hurmat qilaman. Sababi, bir erkakka lozim bo'lgan atvorlar mujassam bo'lgani uchun.
Balki men sevgan qahramonlar ko'pdir, o'qigan kitoblarimda. Hozir esa aynan shunisi esimga keldi.

Qayd etilgan


Зайнаб  09 Iyul 2012, 09:11:53

..... Зайнабga savol:

Sizni tafakkur qilishga chorlaydigan 1 yoki 2 ta hadis?


 :asl3:
Мени ҳар сқиганим ҳадис тафаккур қилишга чорлайди. Бир ёмон томони сқилганда жуда сйлантириб, таъсир қиладику, лекин, кейинроқ таъсирини йсқотгандек бслади. Қайтариб туришни кспайтириб кераклигига далолат бслса керак.

Ҳозир ссимга келган қаттиқ сйлантирган ҳадислардан бу - бомдод ва хуфтонни қазо қилиш мунофиқлар белгисидан сканлиги маъносидаги ҳадис сди.

Кейингиси Қуръон сқувчининг тиловати бсғиздан нарига стмаслик ҳавфи бслиши ҳақидаги ҳадис. Аллоҳ сақласин бундай бслишдан.

 

Qayd etilgan


AsiRa  09 Iyul 2012, 09:24:39

Abdulhafizaka, Best friend, Muhammad Said, Муслимшухрат, UzMuslim, Fayzulloh, Abdumuhaymin, Bir birodar, Muvahhid, Chustiy,  Abdulhafiz, Ziyovuddin, Safida, AsiRa, zakiyyah, Bilmasoy, Хадича, Зайнабga savol:

Sizni tafakkur qilishga chorlaydigan 1 yoki 2 ta hadis?


يقول الرسول صلى الله عليه وسلم: (إن لله تسعةً وتسعين اسماً، لا يحفظها أحد إلا دخل الجنة)

Rosululloh (sav) aytdilar: Alloh taoloning 99 ismi bordir, kimki ularni yod olsa, jannatga kiradi. (Muttafaqun alayh)

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  09 Iyul 2012, 12:06:20

Chustiy, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdulaziz, Мухаммад Сохиб, BelleQizcha, Kapalak, registan ga

Forumga kirmay qolgan eskilardan kimlarni yana forumda ko’rishni xohlar edingiz?

Savol uchun tashakkur! Ochigi shu kabi masalani kun kelib uzim órtaga tashlayman deb yurgandim. Sizga rahmat, ayni dildagi narsalarni aytishga turtki buldingiz. Avvalgi userlardan barchalarini qaytishlarini hohlardim. Ayni men sababli ham forumga kirmay qóyganlar bor. Buni ham bilaman. Qaysidir joylarda noxaq ba'zilarni dilini ogritganim bor. Ammo bu kabi holatlar forumdan ketishga asos bulmasligi kerak. Umuman forumni yana qayta jonlanishini, bunda usha kirmay qóyganlarning ham hissalari bulishini juda juda hohlardik.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  09 Iyul 2012, 12:21:52

Chustiy, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdulaziz, Мухаммад Сохиб, BelleQizcha, Kapalak, registan ga

Forumga kirmay qolgan eskilardan kimlarni yana forumda ko’rishni xohlar edingiz?

:asl3:
Savol uchun rahmat. Hozir o'ylab ko'rsam rostdan ham anchagina odam kirmay qo'yibdi forumga. Ularni hammasini yana forumda ko'rishni xohlar edim; Muniraxonim, Muhyiddin (Uzmus), ORIF, shoir. Yozaman desam forumni deyarli yarmini yozish kerak  :)

Qayd etilgan


Ziyovuddin  09 Iyul 2012, 12:40:04

Abdulhafizaka, Best friend, Muhammad Said, Муслимшухрат, UzMuslim, Fayzulloh, Abdumuhaymin, Bir birodar, Muvahhid, Chustiy,  Abdulhafiz, Ziyovuddin, Safida, AsiRa, zakiyyah, Bilmasoy, Хадича, Зайнабga savol:

Sizni tafakkur qilishga chorlaydigan 1 yoki 2 ta hadis?


يقول الرسول صلى الله عليه وسلم: (إن لله تسعةً وتسعين اسماً، لا يحفظها أحد إلا دخل الجنة)

Rosululloh (sav) aytdilar: Alloh taoloning 99 ismi bordir, kimki ularni yod olsa, jannatga kiradi. (Muttafaqun alayh)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Kim Allohga va Oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa,yaxshi so'zlarni gapirsin yoki sukut saqlasin. Kim Allohga va Oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, qo'shnisini izzat-ikrom qilsin. Kim Allohga va Oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, mehmonini izzat-ikrom qilsin.

Qayd etilgan


Safida  09 Iyul 2012, 19:07:20

Abdulhafizaka, Best friend, Muhammad Said, Муслимшухрат, UzMuslim, Fayzulloh, Abdumuhaymin, Bir birodar, Muvahhid, Chustiy,  Abdulhafiz, Ziyovuddin, Safida, AsiRa, zakiyyah, Bilmasoy, Хадича, Зайнабga savol:

Sizni tafakkur qilishga chorlaydigan 1 yoki 2 ta hadis?


"Rasululloh  (s a v) duo qilganlarida ko'pincha;
"Allohim! Men sendan sihat-salomatlikni,iffatni,omonatni,husni hulqni va Qadarga rozi bo'lishni so'rayman"- der edilar"
Sharh;'Albatta,husni hulq yahshi narsa,mo'min musulmon odam doimo bunga intilishi kerak,bunga erishish uchun esa Alloh taologa 'Meni husni hulq bilan hulqlantir"deb duo ham qilish kerak.
 Rasululloh (s a v)Alloh taolodan har bir mo'min,har bir musulmonga nihoyatda zarur narsalarni so'rar ekanlar.
Bu narsa biz uchun o'rnak,biz ham ana shu narsalarga ahamiyat berib,Alloh taolodan shu narsalarni so'rab yurishimiz kerak ekan.
B,R,R
Yazid  ibn Bobanusdan rivoyat qilinadi;
"Oishaning huzurlariga kirgan edik va;
"Ey mo'minlarning onasi!Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hulqlari qande edi?"-deb so'radik.
"Ul zotning hulqlari Qur'on edi."Muminun"surasini o'qiysizlarmi? 'Qod aflahal mu'minun"ni o'qi',-dedi.
Yazid aytdi;
"Qod aflahal mu'minun" ni "li furujihum haafizuun" gacha o'qidim.
" Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hulqlari ana shunday edi,"- dedi.
Yazid ibn Bobanusdan "Qodlahal mo'minunni' ni "li furujihum haafizuun' gacha o'qidi;
" Batahqiiq ,mo'minlar najot topdilar.
Ular namozlarida hushu' qilguvchilardir.
Ular behuda narsalardan yuz o'giruvchilardir.
 Ular farjlarini saqlovchilardir."
"(Odoblar hazinasi) 2 juz.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  09 Iyul 2012, 22:02:39

Abdulhafizaka, Best friend, Muhammad Said, Муслимшухрат, UzMuslim, Fayzulloh, Abdumuhaymin, Bir birodar, Muvahhid, Chustiy,  Abdulhafiz, Ziyovuddin, Safida, AsiRa, zakiyyah, Bilmasoy, Хадича, Зайнабga savol:

Sizni tafakkur qilishga chorlaydigan 1 yoki 2 ta hadis?

Savollar va ushbu ajoyib mavzuni jonlantirganingiz uchun tashakkur!
Payg'ambarimiz s.a.v dan kelgan har bir hadis tafakkur qilishga chorlaydi albatta...
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Alloh taolo azza va jalla haqida bunday deb aytdilar: «Alloh taolo xayrli ishlar birlan yomon ishlarni bandalarining peshonasiga taqdiri azal qilib bitgach, ular haqida bunday deb birma-bir bayon qildi: «Kimdakim bir savob ish qilmoqni qasd aylagaydiru, ammo (biror sababga ko‘ra) qilolmay qolgaydir, Alloh taolo o‘sha qilinmay qolgan xayrli ishni qilingan hisoblab, unga o‘z dargohida to‘liq savob yozib qo‘ygaydir. Kimdakim bir xayrli ishga bel bog‘lagaydiru, uni amalga oshirgaydir, Alloh taolo unga o‘z dargohida o‘ndan yetti yuzgacha va bundan bir necha barobar ko‘p savob yozib qo‘ygaydir. Kimdakim bir yomon ish qilmoqni qasd aylagaydiru, ammo o‘zini tiyib qilmagaydir, Alloh taolo (yomonlikdin qaytgani uchun) unga o‘z dargohida to‘liq savob yozib qo‘ygaydir. Kimdakim bir yomonlikni ko‘zlagaydiru, uni amalga oshirgaydir, Alloh taolo unga o‘z dargohida bir yomonlik qilganlik gunohini yozib qo‘ygaydir».

Buxoriy rivoyati

Qayd etilgan


Abdulhafiz  09 Iyul 2012, 22:32:44

Chustiy, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdulaziz, Мухаммад Сохиб, BelleQizcha, Kapalak, registan ga

Forumga kirmay qolgan eskilardan kimlarni yana forumda ko’rishni xohlar edingiz?

Ziyovuddin aytganlaridek
forumni yarmini yozishimizga
to'g'ri keladi.., lekin ba'zi esga
kelgan forumdoshlar niklarini
keltirishni lozim topdim:
Chehmik, Abdusalom, ikbaljohn,
Munavvara, Hadija, siddiqa,
Muhseena, Muslima..,
qaytishinglarni barchamiz
xohlaymiz!

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  09 Iyul 2012, 23:46:52

Abdulhafizaka, ga savol:

Sizni tafakkur qilishga chorlaydigan 1 yoki 2 ta hadis?

Assalomu alaykum avvalo savol uchun rahmat.
Rosululloh (SAV)ning har-bir so'zlari qulog'imizga kirar ekan u bilan hamohang qalbimizga bir nur oqib kirganday bo'ladi go'yo.  Rosululloh(SAV) ning; Men insonlarni duoibat qilish uchun kelmadim, men olamlarga RAHMAT olib keldim. degan ma'nodagi so'zlari bor har bir hadisni eshitganimda qalbimni chuqur muhabbat va farah egallaydi, va o'zimni shunday oliyjanob zotga ummat bo'lganim uchun bahtiyor his qilaman.

Qayd etilgan