Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265195 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 246 247 248 249 250 251 252 253 254 255 256 ... 270 B


UzMuslim  10 Iyul 2012, 00:07:27

Abdulhafizaka, Best friend, Muhammad Said, Муслимшухрат, UzMuslim, Fayzulloh, Abdumuhaymin, Bir birodar, Muvahhid, Chustiy,  Abdulhafiz, Ziyovuddin, Safida, AsiRa, zakiyyah, Bilmasoy, Хадича, Зайнабga savol:

Sizni tafakkur qilishga chorlaydigan 1 yoki 2 ta hadis?

Har Bir Hadisi Sha'rif insonni Taffakkur qilishga chorlaydi,Mani eng ko'p eslaydigan va Taffukrga chorlaydigan 2 hadisni yozib qoldirmoqchiman...

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
   "œNabiy sollallohu alayhi vassallam:
   "œQalbida zarra og’irligida kibriyosi bor kishi jannatga kirmaydi", dedilar".
   "œ Ey Allohning Rasuli! Kishi kiyimi go’zal bo’lishini, poyafzali go’zal bo’lishini yoqtiradi-ku?" dedi bir odam.
   "œAlbatta, Alloh go’zaldir va go’zallikni sevadir. Kibr haqni inkor qilish va odamlarni past sanashdir", dedilar".

Muslim va Termiziy rivoyat qilishgan.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
    "œNabiy sollallohu alayhi vassallam:
    "œAlloh azza va jalla: "œMen sening umattingga besh vaqt namozni farz qildim. Men o’zimga o’zim, kim ularni muhofaza qilib o’z vaqtida o’qib kelsa, albatta, jannatga kiritaman, deb ahd berdim. Kim ularni muhofaza qilmasa, Mening huzurimda unga ahd yo’qdir, dedi", deb aytdilar".
Abu Dovud rivoyat qilgan.

Qayd etilgan


AsiRa  10 Iyul 2012, 07:11:01

Menam menam menamm biyta berayy  ::)

Qizlarga:

Eng ohirgi marta qachon sovg'a ogansilar?

Yigitlarga:

A silarchi, silar qachon enggg ohirgi marta kimgadurrr sovg'a bergansilar?


Savol berib o'zi javob bermasa uyat bo'larra. Hmm men o'tgan yili oktyabrda oganman, chiroylii yurakchalari bor toshli yaltur yultur telifonga taqadigon. 2 ta juftli qilib bergandi,bechoraa rahmim keladi bittasi egasiz qolib keti  :D

Ps: Bu savol juda ko'p berilgandur lekin har doim bir hil javob bo'lavermaydiku to'g'rimi shunga berdim. Kimgadur yoqmagan bo'lishim mumkunnn =)

Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Iyul 2012, 10:33:52

Qizlarga:

Eng ohirgi marta qachon sovg'a ogansilar?


Adashmasam oxirgi marta ro'mol oldim sovg'aga  :)

Qayd etilgan


Хадича  10 Iyul 2012, 10:41:24

Abdulhafizaka, Best friend, Muhammad Said, Муслимшухрат, UzMuslim, Fayzulloh, Abdumuhaymin, Bir birodar, Muvahhid, Chustiy,  Abdulhafiz, Ziyovuddin, Safida, AsiRa, zakiyyah, Bilmasoy, Хадича, Зайнабga savol:

Sizni tafakkur qilishga chorlaydigan 1 yoki 2 ta hadis?

Har Bir Hadisi Sha'rif insonni Taffakkur qilishga chorlaydi,Mani eng ko'p eslaydigan va Taffukrga chorlaydigan 2 hadisni yozib qoldirmoqchiman...

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
   "œNabiy sollallohu alayhi vassallam:
   "œQalbida zarra og’irligida kibriyosi bor kishi jannatga kirmaydi", dedilar".
   "œ Ey Allohning Rasuli! Kishi kiyimi go’zal bo’lishini, poyafzali go’zal bo’lishini yoqtiradi-ku?" dedi bir odam.
   "œAlbatta, Alloh go’zaldir va go’zallikni sevadir. Kibr haqni inkor qilish va odamlarni past sanashdir", dedilar".

Muslim va Termiziy rivoyat qilishgan.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
   "œNabiy sollallohu alayhi vassallam:
    "œAlloh azza va jalla: "œMen sening umattingga besh vaqt namozni farz qildim. Men o’zimga o’zim, kim ularni muhofaza qilib o’z vaqtida o’qib kelsa, albatta, jannatga kiritaman, deb ahd berdim. Kim ularni muhofaza qilmasa, Mening huzurimda unga ahd yo’qdir, dedi", deb aytdilar".
Abu Dovud rivoyat qilgan.


Maniyam ismim borakan. Mani javobim. Ushbu o'gitni doim eslap amal qilishga harakat qilaman.agar savolizga noto'g'ri javob bergan bulsam uzr

" Shayh Harisi Muhosibiy (quddisa sirruhu) aytganlar:
"Allohning muhabbatiga loyiq zotlarda 12 hislat saqlanmog'i lozim:
1. Na yolg'on,na rost gapga qasam ichmaslik.
2. Yolg'ondan saqlanmoqlik.
3. Va'dasidan qaytmaslik.
4. Maxluqqa la'nat o'qimaslik.
5. Hech kimni duoyi bad qilmaslik ( ya'ni qarg'amaslik )
6. Zulm ko'rsa tahammul ( sabr ) etmoqlik.
7. Xaromlardan saqlanmoqlik.
8. O'zini hech kimsadan ulug' kurmaslik.
9. Hech kimsaning xotirini sindirmaslik ( ranjitmaslik )
10. Muridni injitmaslik.
11. Qazo kelsa sabr va shukr etmoqlik.
12. Alloh farzlarini bajo keltirmoqlik. "

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Iyul 2012, 11:00:57

Yigitlarga:

A silarchi, silar qachon enggg ohirgi marta kimgadurrr sovg'a bergansilar?

Men ko'proq kitob sovg'a qilishni yoqtiraman. So'nggisi ham kitob bo'lgan edi.
Sen nimani ko'p sovg'a qilsang, senga ham o'shani ko'p sovg'a qilishadi shekilli. Menga qilingan sovg'alarning eng ko'pi ham kitoblardir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Iyul 2012, 11:08:55

Chustiy, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdulaziz, Мухаммад Сохиб, BelleQizcha, Kapalak, registan ga

Forumga kirmay qolgan eskilardan kimlarni yana forumda ko’rishni xohlar edingiz?


Shokirbek akaning ma'noli mulohazalarini sog'indik. U kishi kirib turibdilar. Lekin kam-da. Aka, bizga ham ilinganlaringizdan hadya qilib turing.
Ulugbek75 akamiz ham mulohazakor postlar qilardilar.
Salmon Forsiy akamiz ham hayotiy postlari bilan qatnashib turardilar. Sog'indik ularni ham.
Lu'lu' opa internetda kamnamolar shekilli. FBda ham kam ko'rinyaptilar. Opa, Ramazonlar boshlanib qoladi, inshaalloh. Kirib turing, xatmlarda qatnashib duoingizni olaylik.
Saltanat opa ham mulohazakor edilar. Ayni shu mavzuda juda ibratli javoblar berardilar.
Abdulloh, Nodirbek, Usmon ukalarimiz o'zlari alohida ajrab, sayt ishlari bilan band bo'lib ketishdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Iyul 2012, 11:14:46

IXLOS, Nurilla, Habib, Mузаффар, Aqoid, Abdulaziz, Mufazzala, Kapalak, Rabella, Maysaraga savol:

O’qigan kitoblaringizdan sizga yoqadigan qahramon? Va nima sababan?

So'nggi o'qiganim Xurshid Do'stmuhammadning "Mirkomilboyning qazo bo‘lgan namozi" hikoyasi menga juda ma'qul keldi. O'z yurtdoshlari, dindoshlari g'amida mehnat qilgan, yangilikka intilgan rostgo'y tijoratchi andijonlik Mirkomilboyni o'zimizning millatdoshlarimiz, uning o'z yaqinlari o'ris jallodlariga topshiradilar. Umrining so'nggi daqiqalarida Mirkomilboy, bomdod namozini o'qib, jonini taslim etishni maqsad qiladi.

Shu hikoyadan parcha:

— Menga suv keltir, tahorat olay!—cho‘rt kesdi uning gapini boy.
Askarcha bir zum vaysashdan to‘xtadiyu, ovozini baralla qo‘yib xaxolab yubordi. Zum o‘tmay qo‘qqnsdan kulgini bas qildi, birdan jiddiy tortdi. Turqi gezarib, jussasi inqilobiy tus oldi.
— Nimalar deyapsiz, boy! Buyruq qiladigan davringiz o‘tdi. Endi po‘pisangiz ketmaydi!
Mirkomil og‘ir burilib, askar va askarcha tomon o‘girildi, uning mosh-gurunch mo‘ylabi asabiy titrar edi. Afsus-nadomat o‘rnini adoqsiz va og‘ir o‘ychanlik egallayotgan nigohini ko‘tarib askarchani bosh-oyoq kuzatdi. Mahbusdagi bunday o‘zgarishni ko‘rib hayratini yashirolmagan moviy ko‘z soqchi, nihoyat, askarchaga qarab do‘rilladi:
— Nima deyapti?
— «Suv keltir» emish! Tahorat qilarmishlar! Tahoratni ashiyoqda qiladi, endi!..
Moviy ko‘z soqchi tutaqib ketdi.
— Odamning bolasimisan, mol?! O‘zingning sarting bo‘lsa, musulmon bo‘lsalaring, oxirgi iltimosini bajarsang o‘lib qolasanmi, enag‘ar!..

* * *

Shu alfoz xiyla fursat hayalladi, ikki rakaat sunnat namozini o‘qimoqqa niyat qildi, qo‘llarini quloqlari maqomiga ko‘tarib, «Allohu akbarr!» dedi baralla. Subhi sodiq sukunatida uning ovozi gurillab chiqdi, ovozining favqulodda mahobatli eshitilganidan ich-ichidan g‘ururlandi. Shu o‘yda yana bir karra «Allohu akbarr!» degisi, shu kalomning sehrli jarangiga uzoq tin olib quloq tutgisi keldi-yu, o‘yi oxiriga yetmay qattiq siltanib ketdi. Shoshilib, «Allohu akbar!» deb yubordiyu, ushbu kalom sehrini yana bir bor vujudiga singdirish umidida irodasini jamladi. Ikki kuragining qoq o‘rtasidan yana bir qattiq zarb yedi — qanday bo‘lmasin, muvozanatni saqlashga tutindi — xayollari yanayam sokinlashdi: u namozni boshlash uchun niyat qilib ulgurdi, xolos... Parvardigorning buyuklik sifatini zikr etdi, ha, baralla yod etdi... Endi sunnatni, so‘ng farzni ado etadi... Mirkomil yelkasi, beli aralash ustma-ust sanchilayotgan, a’zoi badanini o‘pirib-qo‘porib o‘tayotgan qo‘rg‘oshin sochmasining go‘yo o‘ziga daxli yo‘qdek bomdod namozini ado etish niyatida tinimsiz «Allohu akbarr!» der, basharti, bir soniya ortiga o‘girilsa, keyingi kunlarda tilidan tushmay qolgan «Nahotki?» degan qattol savolga javob topar — zero, moviy ko‘z soqchi boyagi-boyagi chekkada turganicha tamaki tutatayotgan, bosar-tusarini yo‘qotgan o‘zbek askarcha esa talvasada ustma-ust tepki bosayotgan edi... ammo-lekin Mirkomil uchun o‘zidan chiqqan va butun umr ta’qib etgan dushmanini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish orzusi ham nihoyatda arzimas nimarsaga aylangan — uning uchun bu yorug‘ dunyoda xolis niyat-la boshlagan so‘nggi ibodatini ado etishdan muqaddasroq maqsad-muddao qolmagan edi, biroq aqlsiz o‘q uzilaverdi-uzilaverdi...
Mirkomilning tilka-pora bo‘lgan jasadi o‘zi qazigan xandaqqa gursillab ag‘darildi...

Qayd etilgan


Donishmand  10 Iyul 2012, 12:12:03

... Donishmand ... ga savol:

Oxirgi kunlarda forumda o’qigan, sizga ta’sir qilgan post?

Mana shu, AbdulAzizning postida keltirilgan, hikoyadan parcha.

Qayd etilgan


AsiRa  10 Iyul 2012, 16:21:13



Men ko'proq kitob sovg'a qilishni yoqtiraman. So'nggisi ham kitob bo'lgan edi.
Sen nimani ko'p sovg'a qilsang, senga ham o'shani ko'p sovg'a qilishadi shekilli. Menga qilingan sovg'alarning eng ko'pi ham kitoblardir.

AbdulAziz aka har doim meni havasim keltirib yurasiza sizz  :D
Yuqsin-yuqsin qivolay to'htab turing desamii  ::)



Qayd etilgan


Aqoid  10 Iyul 2012, 21:10:51

Aqoid ga savol:

O’qigan kitoblaringizdan siza yoqadigan qahramon? V anima sababan?

Biz bermoqchi bo'lgan javobni Mufazzala opamiz berib qo'yibdilar, faqat dunyoviy adabiyot o'qishlikda ancha sustlashib ketganman. Oxirgi o'qigan kitobim Graf Monte Kristo (if qal'asining maxbusi) Monte Kristodaqa irodamiz yo'q. Albatta bu kitob, lekin shunday insonlar judayam ko'p. Menga aynan shu hislat jichcha yetishmaydi, qat'iyat...

Qayd etilgan