Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264024 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 247 248 249 250 251 252 253 254 255 256 257 ... 270 B


azizbek_mx  10 Iyul 2012, 22:14:05

...azizbek_mx... ga savol:

Oxirgi kunlarda forumda o’qigan, sizga ta’sir qilgan post?

assalomu alaykum!
Payg'ambarimiz s.a.v dan kelgan har bir hadis tafakkur qilishga chorlaydi albatta...
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Alloh taolo azza va jalla haqida bunday deb aytdilar: «Alloh taolo xayrli ishlar birlan yomon ishlarni bandalarining peshonasiga taqdiri azal qilib bitgach, ular haqida bunday deb birma-bir bayon qildi: «Kimdakim bir savob ish qilmoqni qasd aylagaydiru, ammo (biror sababga ko‘ra) qilolmay qolgaydir, Alloh taolo o‘sha qilinmay qolgan xayrli ishni qilingan hisoblab, unga o‘z dargohida to‘liq savob yozib qo‘ygaydir. Kimdakim bir xayrli ishga bel bog‘lagaydiru, uni amalga oshirgaydir, Alloh taolo unga o‘z dargohida o‘ndan yetti yuzgacha va bundan bir necha barobar ko‘p savob yozib qo‘ygaydir. Kimdakim bir yomon ish qilmoqni qasd aylagaydiru, ammo o‘zini tiyib qilmagaydir, Alloh taolo (yomonlikdin qaytgani uchun) unga o‘z dargohida to‘liq savob yozib qo‘ygaydir. Kimdakim bir yomonlikni ko‘zlagaydiru, uni amalga oshirgaydir, Alloh taolo unga o‘z dargohida bir yomonlik qilganlik gunohini yozib qo‘ygaydir».

Buxoriy rivoyati


Qayd etilgan


Sayyid90  11 Iyul 2012, 08:09:58

Mузаффар, eng_ojiz_banda, Donishmand, Margiloniy, azizbek_mx, Sayyid90, ZeroHero, IbnUyayna ga savol:

Oxirgi kunlarda forumda o’qigan, sizga ta’sir qilgan post?

menga Abdulaziz akani bir kitobdan keltirgan kichik qismi yoqdi.

Qayd etilgan


Maysara  11 Iyul 2012, 09:46:35

Mufazzala, Sevarahon, Humayro, Zulfina, Muslima Zinnura, Rabella, Maysara, _dadasining erkatoyi_, Ummu Muslima, _IYMONA_ga savol:

Oxirgi bor sizni ta’sirlantirib, yig’lashingizga sabab bo’lgan voqea? (xoh hayotdan xoh internet orqali oq’ilgan biror mavzuingizdan)



:asl3:
Balki adashayotgandurmanu, bu savol go'yo menga berilganday! (Chunki yaqin orada shu mavzuda biroz fikr almashingan edik). Raxmat savol uchun.
Umr o'tib borar ekan, hayotda turfa ishlarni guvohi bo'lib boraverar ekansiz. Hozirgi kunda Dindan faqat o'z manfaati yo'lida foydalanadigan, birovning haqqidan zarracha qo'rqmaydigan kimsalar tobora ko'payib ketmoqda. Ba'zi birlari bo'lyaptiki hatto dinini sotishga ham tayyor"¦ Astag'firullah! Bundaylarga aldanishdan ko'ra ko'proq ularni dinga berayotgan zarari sizni tashvishga solishi tabiiy. Shunda din g'amida yig'lar ekansiz. Din g'amida!

Qayd etilgan


registan  11 Iyul 2012, 10:55:14

Chustiy, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdulaziz, Мухаммад Сохиб, BelleQizcha, Kapalak, registan ga

Forumga kirmay qolgan eskilardan kimlarni yana forumda ko’rishni xohlar edingiz?


Shokirbek akani, Abu Muso aka ham ko'rinmaydilar oxirgi vaqtlarda, Lu'lu'lu' opani, ChakPukni bemaza postlari bilan, Yurist ham turist bo'lib qoldi oxirgi vaqtlarda, aslida bunaqalar anchagina, lekin hozir hayolimga kelmayapti.

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Iyul 2012, 11:07:27

Javob berganlarga tashakkur.
Qolgan userlardan ham savollarga javob berib qo'yishlarini kutib qolamiz.
(PM qilib ham javob ololmagandan keyin...  :D  hazil)

Yo'q dimasela yana 1-2 ta savollar bn boshilani qotirsak  :D

Abdulhafizaka, Mo'min Mirzo, Sayyid90, Mirоlim,  azizbek_mx, Mузаффар, Abdulloh_8800, ан-Аасафий, Muhammad Said, Musannif Adham, Sadulla, Муслимшухрат, Muhsin Umarov, Shuhrat_ ga savol:

Toshkent yoki O'zbekistondagi sizga eng ma'qul-har tomonlama, sizga eng yoqadigan masjid? Va nima sababdan?

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Iyul 2012, 11:11:50

Muhammad Amin, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdulaziz, Muhammad Yusuf, Jees, Sofdil, UzMuslim, Muhammad Sanjar, Мухаммад Сохиб, Best friend, ан-Аасафий ga savol:

Ilk masjidga qadam qo'ygan kuningizni eslay olasizmi? Taasurotlaringiz? Qaysi masjid edi?

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Iyul 2012, 11:21:54

Mufazzala, Safida, Humayro, Zulfina, Muslima Zinnura, Rabella, Maysara,  Ummu Muslima, AsiRa, Хадича ga savol:

Ilk namozingiz esingizdami? Qachon va qayerda, necha yoshingizda o'qigansiz?

Qayd etilgan


Sofdil  11 Iyul 2012, 11:26:15

...Sofdil ... ga savol:

Ilk masjidga qadam qo'ygan kuningizni eslay olasizmi?


 :asl3:

Mustaqillik yillani boshilarida 92-93 yillaridi adashmasam, Mahallada 1 honadonni stovolip masjid qilishganidi - Hozir Alhamdullilah Kuzimiz oldida Jom'e masjidga aylandi.
Mahalladi bolla Fajrda bir birimizani uygotip chiqardik ertalap. Hozir kimdir haliyam sobit bu yulda ammo kupchilik qaytip ketgan orqaga. Ohirida kim qoladi Alloh biladi.

Qayd etilgan


Mirоlim  11 Iyul 2012, 11:32:02



savol:

Toshkent yoki O'zbekistondagi sizga eng ma'qul-har tomonlama, sizga eng yoqadigan masjid? Va nima sababdan?


:asl3:
Савол учун раҳмат... Хар бир масжидда Ҳудога шукурки хар томонлама шароитлар схши, Масжидларимиз чиройлик бслиб кетспти.
Масжидлар Аллоҳнинг уйи, снг ёқадигони ҳам шу  :).


Лайғамбар с.а.в айтдилар: «Масжид ҳар бир тақводорнинг уйидир.
Масжид уйи бслган кишиларга Аллоҳ таоло роҳатни, марҳаматни ва сирот устидан Аллоҳ розилигига — жаннатга стишни кафолатлаган».


Табароний ва Баззор ривости.




Qayd etilgan


azizbek_mx  11 Iyul 2012, 11:42:19

Abdulhafizaka, Mo'min Mirzo, Sayyid90, Mirоlim,  azizbek_mx, Mузаффар, Abdulloh_8800, ан-Аасафий, Muhammad Said, Musannif Adham, Sadulla, Муслимшухрат, Muhsin Umarov, Shuhrat_ ga savol:

Toshkent yoki O'zbekistondagi sizga eng ma'qul-har tomonlama, sizga eng yoqadigan masjid? Va nima sababdan?

Assalomu alaykum! Savol uchun rahmat.
Özbekiston böyicha masjidlarni bilmayman. Men har tomonlama ma'qul deb bilganim Namangan shahri markazidagi, Kurashxona deyishadi, Mulla Bozor Oxund masjidi. Sababi, gavjum joyda, yöl böyida joylashgan. Haydovchi, yölovchilargayam qulay, ichi keng, köp kishilik, salqin va qadimiy masjid.

Qayd etilgan