Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264117 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 248 249 250 251 252 253 254 255 256 257 258 ... 270 B


Хадича  11 Iyul 2012, 11:44:17

Mufazzala, Safida, Humayro, Zulfina, Muslima Zinnura, Rabella, Maysara,  Ummu Muslima, AsiRa, Хадича ga savol:

Ilk namozingiz esingizdami? Qachon va qayerda, necha yoshingizda o'qigansiz?


Avvalambor Assalamu alaykum. Savol uchun rahmat. Ilk namoz o'qishni kollejga kirganimda birinchi kursda o'qib yurgan paytim boshlaganman qish payti. Joynamoz yoniga suralar yozilgan daftarni ochib quyib, asta o'rganman. Bunda Opacham yordam berganlar kotta.orada hecham tashlap quymaganman.ushandan beri qoldirmi davom etib kelmoqdaman.

Qayd etilgan


Ҳанафий  11 Iyul 2012, 11:48:39

Abdulhafizaka, Best friend, Muhammad Said, Муслимшухрат, UzMuslim, Fayzulloh, Abdumuhaymin, Bir birodar, Chustiy,  Abdulhafiz, Ziyovuddin, Safida, AsiRa, zakiyyah, Bilmasoy, Хадича, Зайнабga savol:

Sizni tafakkur qilishga chorlaydigan 1 yoki 2 ta hadis?


 :asl3:

Ochig'i men hadislarni yod olib yurmayman, hadisdan chiqadigan hukmga ko'proq ahamiyat beraman. Meni "Albatta, amallar niyatga bog'liqdir' hadisi ko'pincha tafakkur qilishga chorlaydi hamda qori, shahid, olimning buzuq niyatda amal qilgani haqidagi hadis ham hushyorlikka chorlab turadi.

Qayd etilgan


Aqoid  11 Iyul 2012, 11:49:54

Hamma forumdoshlarga!
Ilk tutgan ro'zangiz esingizdami?
Tafsilotlari bilan?

Qayd etilgan


Best friend  11 Iyul 2012, 12:07:48

Muhammad Amin, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdulaziz, Muhammad Yusuf, Jees, Sofdil, UzMuslim, Muhammad Sanjar, Мухаммад Сохиб, Best friend, ан-Насафий ga savol:

Ilk masjidga qadam qo'ygan kuningizni eslay olasizmi? Taasurotlaringiz? Qaysi masjid edi?


 Mana bu masjid edi. O'shdagi Shahid tepa masjidi.

 Bu masjid bor paytda aaancha kichkina edim, shuning uchun uncha taasuratlar yo'q, sal sal esalyman xolos ikkinchi uchunchi qavatlarda yurganimni...

Qayd etilgan


_IYMONA_  11 Iyul 2012, 15:34:43

Hamma forumdoshlarga!
Ilk tutgan ro'zangiz esingizdami?
Tafsilotlari bilan?
Ilk bora ro'zani 4 chi sinfda o'qigan paytimda edi adashmasam. Adamlaga qo'shilib, qiziqib manam ro'za tutardim, keyin kunduzi qorin ochib ochvorardim   :7
Keyinchalik qoldirmasdan tutadigan bo'ldim. Ro'zaniyam, namozniyam o'sha vaqtlardan boshlaganman, lekin namozni to'liq 17 yoshimdan o'qiy boshlaganman.

Qayd etilgan


_IYMONA_  11 Iyul 2012, 15:49:47

Mufazzala, Humayro, Zulfina, Muslima Zinnura, Rabella, Maysara, _dadasining erkatoyi_, Ummu Muslima, _IYMONA_ga savol:

Oxirgi bor sizni ta’sirlantirib, yig’lashingizga sabab bo’lgan voqea? (xoh hayotdan xoh internet orqali oq’ilgan biror mavzuingizdan)

O'zi tabiatan ko'nglim bo'sh, ta'sirchanman. Yaqin insonlarim mani "yig'loqi" deyishadi  ;D
Internetda ko'rgan bir videorolik mani judayam ta'sirlantirdi.
Makkayu Mukarramada bir oyoqda ruku', sajda, qiyom holatda turib o'tirib, xuddi biz kabi  namoz o'qiyotgan qariyani ko'rib  ta'sirlanib kettim...  Allohning qudratini.
Yana boshqa ta'sirlantirgani Shayh hazratlarini "Ruhiy tarbiya" diskini eshitib, Qur'on tafsirlaridan ham ta'sirlandim.

Qayd etilgan


Хадича  11 Iyul 2012, 16:03:18

Aybga buyurmisizlar,bir savol kelib qoldi.

Bu savol barchaga...

Tarixda o'tgan insonlardan kimlarga judayam havas qilasiz,o'rnak olishga intilasiz. Hozirgi zamondayam o'rnak olgulik insonlar bormi? Misol sifatida o'zingiz hurmat qilib,o'rnak oladigan insonni xislat fazilatlarini keltirib o'tsangiz...

Hammaga javob uchun rahmat.

Qayd etilgan


_IYMONA_  11 Iyul 2012, 16:26:41

 Rasululloh s.a.v. ning jamiki hislatlariga havasim keladi...
 Ulardan xulq-atvor jihatdan ham, va boshqa ko'plab taraflardan o'rnak olsa arziydi.
 Keyin Amir Temur tarixini o'qiganimda Amir Temurning shijoati, bir so'zligi, mardligiga havas qilganman.
 Hozirgi zamonamizdan Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini judayam hurmat qilaman.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  11 Iyul 2012, 16:52:21


Yo'q dimasela yana 1-2 ta savollar bn boshilani qotirsak  :D

Abdulhafizaka, ga savol:

Toshkent yoki O'zbekistondagi sizga eng ma'qul-har tomonlama, sizga eng yoqadigan masjid? Va nima sababdan?

avvalo Andijon shahridagi yangi qurilgan Devonaboy jome masjidi chunki unda doim namoz o'qiyman, yana Toshkentdagi Hast imom va Samarqanddagi Imom Buhoriy masjidlari vatanimiz ko'rki. Umuman olganda hozirgi obodonlashtirish davrida hatto tuman vaqishloq masjidlari ham juda go'zal va gavjum bo'lib har qancha maqtasa kam Alhamdulillah

Qayd etilgan


Mufazzala  11 Iyul 2012, 16:57:51

Mufazzala, ga savol:

Ilk namozingiz esingizdami? Qachon va qayerda, necha yoshingizda o'qigansiz?


 :asl3:

Kichkinaligimizdan nomoz o'qishni doim mashq qildirishardi Opodadamlar. Kichkina suralarni ham hammasini o'shanda yodlatishgan hammamizga.(Hammamiz- deganda kamida 25-30 ga yaqin nevaralar))
Haqiqiy ma'noda esa Onam bilan yonma-yon turib, o'z uyimizda(mexmonhonamizda)), kuz oylari edi adashmasam, 8 yoki 9 yoshligimda boshlaganman. Onam o'rtada ikki chekkasida esa men va akalarim turib o'rganganlarimizni o'qirdik. Esimizdan chiqqan yerlarini daftarga qarab olardik.
O'sha paytlarda 4 vaqt nomoz o'qirdim, huftonga esa uxlab qolardim doim. Keyin onamdan "Huftonni o'qimasam ham bo'laveradimi?", deb so'raganimda Onam, "Bitta qanoti yo'q qush ucha oladimi?", deb javob bergani haliyam qulog'imni tagida jaranglab turadi. O'sha javobdan keyin huftonni ham o'qishga va namozlarimni to'kis qilishga harakat qilganman.

Qayd etilgan