Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263658 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 249 250 251 252 253 254 255 256 257 258 259 ... 270 B


Abdulhafizaka  11 Iyul 2012, 17:03:07

Hamma forumdoshlarga!
Ilk tutgan ro'zangiz esingizdami?
Tafsilotlari bilan?
adashmasam 89 yil edi shekilli apreldami yo martdamidi tafsilotl esimda yoq ancha kichkina edim. Ro'za yangi farz bo'lganda eslayman navro'z bayramida ro'za to'g'ri kelgan.

Qayd etilgan


Mufazzala  11 Iyul 2012, 17:15:24

Hamma forumdoshlarga!
Ilk tutgan ro'zangiz esingizdami?
Tafsilotlari bilan?

 :asl3:

Necha yoshligimni aniq eslolmayman, har qalay kichkina edik.
Ramazon ro'zasini tutishdan boshlaganman ro'za tutishni.
Maktabda sinfimizni ovqatga olib chiqishardi maktab oshxonasiga.
2-3-sinfgacha shunaqa ikki mahal ovqat berilardi bolalarga.
O'qituvchimiz hammani "stroysa" qilib olib chiqib ketardi, men esa sinfda qolardim. O'qituvchimiz(Alloh rahmat qilsin) menga yaxshi munosabat bildirardi.
Hali iftoringda yeysan qizim, deb menga tegishli bo'lgan bulochkalarni o'rab sumkamga solib berardi.
Uyda esa "Bu ro'zador", deb ko'p ishlardan ozod qilinardik :))
Va yaxshi ko'rgan ovqatlarimiz bizni "zakazimizga" binoan qilinardi.
Balki shunisiga ham qiziqib tutarmidik ro'zani. Balki kattalarimiz shunday qilib astalik bilan bizga ro'zani sevdirgandir... Nima bo'lgandayam ulardan Alloh rozi bo'lsin. Ashnaqa gaplar.

Qayd etilgan


Mufazzala  11 Iyul 2012, 17:53:32

Aybga buyurmisizlar,bir savol kelib qoldi.

Bu savol barchaga...

Tarixda o'tgan insonlardan kimlarga judayam havas qilasiz,o'rnak olishga intilasiz. Hozirgi zamondayam o'rnak olgulik insonlar bormi? Misol sifatida o'zingiz hurmat qilib,o'rnak oladigan insonni xislat fazilatlarini keltirib o'tsangiz...

Hammaga javob uchun rahmat.

 :asl3:

Barcha chiroylik fazilat va hislatlar mujassam bo'lgan inson Payg'ambarimizdir. U zot (s.a.v) dek hech kim bo'la olmaydi.
Bir insonni biz ko'ra bilganimiz qadar yaxshi taraflari, fazilatlari bo'ladi.
Biz faqat yaxshisini olib yomonini tashlashni bilishimiz kerak xolos.

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Iyul 2012, 17:59:51

Bu savol barchaga...

Tarixda o'tgan insonlardan kimlarga judayam havas qilasiz,o'rnak olishga intilasiz. Hozirgi zamondayam o'rnak olgulik insonlar bormi? Misol sifatida o'zingiz hurmat qilib,o'rnak oladigan insonni xislat fazilatlarini keltirib o'tsangiz...
Man nimaga bilmadimu Umar ibn Xattob roziyallohu anhuni juda juda yaxshi ko'raman.
Judayam havas qilaman. Farzandlarim shu insonga o'xshashini Allohdan so'riman.
Shu insonning shijoati sabab Qur'onda ko'p oyatlarni Alloh taolo aniq qilib belgilab qo'ygan.
Shu insonning rashki tufayli hijob oyati nozil bo'lgan.

Xozirda ham o'rnak olsa bo'ladigan insonlar bor oramizda albatta.
Misol dugonalarim orasida sabriga qoyil qoladiganlarim bor.
Ayrimlarini odobiga havasim keladi, ayrimlarini yana qaysidur xislatlariga.


Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Iyul 2012, 18:01:59

Muhammad Amin, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdulaziz, Muhammad Yusuf, Jees, Sofdil, UzMuslim, Muhammad Sanjar, Мухаммад Сохиб, Best friend, ан-Аасафий ga savol:

Ilk masjidga qadam qo'ygan kuningizni eslay olasizmi? Taasurotlaringiz? Qaysi masjid edi?


Mahallamiz masjidi edi. Tarovih namozi edi. Yosh bola edim. Namoz o'qishni endi o'rganayotgan edim. Safning eng orqasida turardik. Yonimdagi bolalar namozning duolarini o'qishsa, ularga havas qilardim. Mana shunday namoz duolarini o'qiyotgan bolaga qarab, (namoz vaqtida) "iye, siz namoz o'qishni bilasizmi?" deganim hamon esimda...

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Iyul 2012, 18:05:51

Hamma forumdoshlarga!
Ilk tutgan ro'zangiz esingizdami?
Tafsilotlari bilan?

Yosh bola edim. Bizni yosh bola deb saxarlikka uyg'otishmasdi.
Lekin saxarlikda eng tansiq taomlar tortilishi bois, ko'zni ishqalagancha chiqaverardim. Buvim "san yosh bolasan, obedgacha tutaver" desalar ham, oxirigacha oborardim. Lekin bir marta yozning chillasida o'zimcha nafl ro'za tutganman. Saxarlik paytiga bo'rka non bilan suvni ichganman-u, niyat qilganman. Ittifoqo, shu kuni hovlida rosa ish qilganmiz. Tashnalikdan tillarim osilib qolgan. O'sha kuni iftorlikka yetolmaganman...

Qayd etilgan


Ummu Muslima  11 Iyul 2012, 18:12:09

Mufazzala, Humayro, Zulfina, Muslima Zinnura, Rabella, Maysara, _dadasining erkatoyi_, Ummu Muslima, _IYMONA_ga savol:

Oxirgi bor sizni ta’sirlantirib, yig’lashingizga sabab bo’lgan voqea? (xoh hayotdan xoh internet orqali oq’ilgan biror mavzuingizdan)

yaqindagina bo'lgan voqea:
20yildan buyon farzand ko'rmay yashab kelyatgan bir tengdosh dugonam bn shahar markazida uchrashib qoldik,bir oz suhbatlashdik.
farzand umidi bn yashayatgani hakida gapirib qoldi
o'g'il bola ukasini ayoli homilador bo'lgan va : "opa bolam yo'q deb hafa bumang biz keliniz bn kelishib shu farzandimizni sizga beramiz"deyishgan edi

dugonam kelinni tuqqunga qadar qarab,tuqqandan keyin ham hama harajatlarni bo'yniga oldi,bolani berishdi,oq yuvib tarab mehr berib kotta qilyatudi ,2 oydan keyin kelinni holasi bn onasi kelib chaqaloqni olib ketishdi  "qizimiz bolasini sog'inib yiglab kasal bup qolyapti"deb...

hullas o'ksigan ko'nglini battar sindirishdi...
Dugonam tirnoqqa zor bo'lib, umid bn yashayapti..
Dugonam boshqalarga o'hshab "manga nega farzand bermadi,nima gunohim bor ekan,voy undoq voy bundoq"deb shikoyat qiladiganlardan emas,juda sabrlik,hushmuomala,tarbiyalik ayol..
 
gaplashib ketdik,serqatnov mashina yo'ldan o'tayatib man shoshqaloqlik qilib oraliqdan  yo'lni tez kesib o'tmoqchi bo'ldim,shunda ikki neksiya birdaniga harakatlangan edi,shunda dugonam tezzlik bn mani itarvorib o'zini mashina urvorishiga   sal qoldi...

"o'rtoq nega undoq qildiz,mani qutqaraman deb sal qoldi sizga jabr bo'lishiga ,Alloh saqladiya"desam
o'ylaniib qoldi-da "ey o'rtoqjon, sizi bolalariz bor,ular bahtiga sog' bo'ling,mani qo'yavering...mani hech kimga keragim yo'q,

o'lsam ham orqamdan "onam"lab yig'laydigan bolam ham yo'q"  :'( desa bo'ladimi.......

shunda ta'sirlanib ketdim..ko'zimga yosh keldi.. :'(

"yana qizmi? :o :(..manga o'g'il kk o'g'g'il"deydigan erkaklarni ,qaynanalarni ko'rsam shu topda  nima desam devorardim,mana bunaqa tirnoqqa zor o'tayotganlar dardini ular qayoqdan ham his qilsin...

***
birinchi marta namozni boshlang'ich sinfligimda onamdan o'rganib o'qiganman,
ro'zani ham o'sha davrda boshlaganmiz ,lekin oralatib tutardik,
u davrlarda hammadan berkitib tutganmiz.
maktabda bilib qolishmasin deb o'zimizni suv ichgandek kb ko'rsatardik.
bizni yoshligimizda ham ramazon qoq yozda togri kelgan,shunichunmi biroz qiynalardik,iftorgacha oh voh  qilaverib",qachon og'zimizni  ochamiiiiz"deyaverib hammani charchatardik :13

biz ozgincha besabr bo'lgan ekanmiz, bizni hozirgi zamon bolalari anchayn aqillik bo'lishyapti Alhamdulillahi

Qayd etilgan


zakiyyah  11 Iyul 2012, 18:23:15

Abdulhafizaka, Best friend, Muhammad Said, Муслимшухрат, UzMuslim, Fayzulloh, Abdumuhaymin, Bir birodar, Chustiy,  Abdulhafiz, Ziyovuddin, Safida, AsiRa, zakiyyah, Bilmasoy, Хадича, Зайнабga savol:

Sizni tafakkur qilishga chorlaydigan 1 yoki 2 ta hadis?

                 Abu hurayradan(r.a) rivoyat qilinadi. Paygambarimiz (s.a.v) marhamat qiladilar: Ayollar bilan emizakli gudaklarni bexuzur bulishini o'ylamasaydim, o'rnimga vakil bir imom tayin etar, tong va hufton nomozlarini vaqtida o'qimasdan, qazo qiluvchilarni taqib etar(izlab topar), ularni uylariga o't quyib o'rinlarida qoldirmasdim.

Qayd etilgan


Музаффар  11 Iyul 2012, 19:01:59

бу сухбатдан четда қолаёзибман...
Hamma forumdoshlarga!
Ilk tutgan ro'zangiz esingizdami?
Tafsilotlari bilan?

Илк рсза тутганим 7 ёки 8 ёшлигимда сди. ман сзи ёшлигимдан жуда хушёр (қуш уйқуси) ухлайман, азгина шарпага уйғониб кетаман. сахарликка катталар туришганида албатта уйғониб олиб тановулга шерик бслар сдим ...
биринчи марта тутганимда аниқ ссимда сахарлик вақтида чироқ йсқ сди, амакимлар шам ёруғлигида қсл сосларини деворга тушириб хар хил хайвон ва фигураларини хосил қилишгани аниқ ссимда. кейин мани катталар авраб, рсзани бслиб-бслиб тутса бславеради ёш бола деб ишонтиришган, сртада обед, кейин полдник қилиб тутганман...

насиб стса бу йил хам А амазон рсзасини кандасиз тслиқ тутиш хаммизга насиб стсин...!

Qayd etilgan


Музаффар  11 Iyul 2012, 19:09:36


Abdulhafizaka, Mo'min Mirzo, Sayyid90, Mirоlim,  azizbek_mx, Mузаффар, Abdulloh_8800, ан-Аасафий, Muhammad Said, Musannif Adham, Sadulla, Муслимшухрат, Muhsin Umarov, Shuhrat_ ga savol:

Toshkent yoki O'zbekistondagi sizga eng ma'qul-har tomonlama, sizga eng yoqadigan masjid? Va nima sababdan?

Марғилондаги Хонақохни , Қувасойдаги жомеъни, Марғилондаги Хожа Лорсо масжидларини меъморий жихатлари жудасм маъқул келган...

Qayd etilgan