Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264663 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 250 251 252 253 254 255 256 257 258 259 260 ... 270 B


Sayyid90  11 Iyul 2012, 19:23:02

Javob berganlarga tashakkur.
Qolgan userlardan ham savollarga javob berib qo'yishlarini kutib qolamiz.
(PM qilib ham javob ololmagandan keyin...  :D  hazil)

Yo'q dimasela yana 1-2 ta savollar bn boshilani qotirsak  :D

Abdulhafizaka, Mo'min Mirzo, Sayyid90, Mirоlim,  azizbek_mx, Mузаффар, Abdulloh_8800, ан-Аасафий, Muhammad Said, Musannif Adham, Sadulla, Муслимшухрат, Muhsin Umarov, Shuhrat_ ga savol:

Toshkent yoki O'zbekistondagi sizga eng ma'qul-har tomonlama, sizga eng yoqadigan masjid? Va nima sababdan?

Menga toshkentdagi "Hasti imom masjidi yoqadi,memoriy ham tarihiy jihatdan go'zal

Qayd etilgan


Muhammad Said  11 Iyul 2012, 19:51:37

Manga yoqadigan masjidlar, katta jamoat bo'lib nomoz o'qiladigan masjidlar yoqadi.(uzur savolning mazmuni tashqari chiqibketgan bo'lsam.telefondan kirganim uchun iqtibos ollolmadim.)   

Qayd etilgan


BelleQizcha  11 Iyul 2012, 22:24:18

Chustiy, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdulaziz, Мухаммад Сохиб, BelleQizcha, Kapalak, registan ga

Forumga kirmay qolgan eskilardan kimlarni yana forumda ko’rishni xohlar edingiz?

Tashekur sevel uchen..
hm.. quydagi userlarni oziyam forumga kirmayaptiyoow.. omadlarini bersin..


hm...kopchilik activ userlar kirmiy qoyishgan porumga.. masalan lobar kenayamiza, Usmon BANKER, Chehmik tentak, chustiy-ku oshi minan band.. Manimcha forumga yoqolgan userlar mas, Shavq yetishmayapti.. qiziqarli mavzular ancha kamaygan, qizishi bilan ustiga qulp solib qoyadigan oddat chiqarganmiza.. Taraqiyotni hidi kelyapti..
taaak..forum qizi-g'u lekin mapzular qizu mas..
yana bilmadim.. hammani omadini bersin man borib noxotga qaray aa labbbeey?

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  11 Iyul 2012, 22:39:57

Savol uchun rahmat Mahdiyah.
Telefondan kirganim bois iqtibos ololmadim.
Menga yo'l ustidagi masjidlar yoqadi. Namoz vaqti bo'lsayu qayerda ado qilishni bilmay turgan bir vaqtda yo'lda masjid ko'rinib qolsa tilla topganday quvonib ketaman.
Toshkentda ko'p masjidlar yoqadi. Hastimomning kengligi va ustozlarim har juma namozni o'sha yerda ado qilishgani uchun, tevarak atrof ajoyib, laylaklar doim salom berib turadi.
Chorsudagi Hoja Ahror ham juda yoqadi, namozlarimni asosan o'sha yerda o'qiyman. Ish bo'lmay bekor vaqtlarimda, uyda o'tirgim kelmay shu chorsudagi masjidga yo'l olaman. Kitob bozori ham shundoq biqinida joylashgan.
Olmazordagi Termiziy ham salqin bo'lgani va honalari ko'p bolgani uchun yoqadi. Termiziyda bir necha marta e'tikofda o'tirgan edik, har tomonlama qulay masjid.
Andijonda Pustamozor masjidi yoqadi. ham uyimizga yaqin, ham bahavo joyda joylashgan. Yozning issiq kunlarida ham Bog'ishamoldan yengil yoqimli shamol esib turadi.

Qayd etilgan


Safida  11 Iyul 2012, 23:34:32

Mufazzala, Safida, Humayro, Zulfina, Muslima Zinnura, Rabella, Maysara,  Ummu Muslima, AsiRa, Хадича ga savol:

Ilk namozingiz esingizdami? Qachon va qayerda, necha yoshingizda o'qigansiz?

Assalomu alekum
Savol uchun Rahmat,
Birinchi marta namozdi 8- yoshimda oqigandim adawmasam ,bir kuni ukam bn oynayotganimiz da ayam chaqirgandi "Qani tahorat qililar man bn namoz oqisilar" degandi  Peshin namozini  kn tahorat qigandi 2-3 qaytadan tahorat qildirgandi ayamla, kamchiliklarini toldirgunimizcha)))))))
Namozdi bowladi man ong tarafda ukam chap tarafda ayam ortamizda sajdaga borganimizda ukam  koylegini chontagidan towlari to'kilib ketsa bo'ladimi ))))) kulib yuborganman (Qizim namoz paytida........)albatta))))
 1 chisi wunaqa bogandi ,hufton namoziga uhlab qolardim ,bomdodga bosa sajdada uhlab qolardim ayam turtib uyg'otib qoyardila))))
hullas sekin sekin qonun qoidalarini  tushunib oqib kelmoqdamiz  Hudoga shukr !!!

Qayd etilgan


Sadulla  12 Iyul 2012, 08:54:04

 :asl3:



Abdulhafizaka, Mo'min Mirzo, Sayyid90, Mirоlim,  azizbek_mx, Mузаффар, Abdulloh_8800, ан-Аасафий, Muhammad Said, Musannif Adham, Sadulla, Муслимшухрат, Muhsin Umarov, Shuhrat_ ga savol:

Toshkent yoki O'zbekistondagi sizga eng ma'qul-har tomonlama, sizga eng yoqadigan masjid? Va nima sababdan?


Menga kichkina va oddiy bo'lsa ham mahallamizdagi masjid yoqadi,ko'proq osha yerda namozlarni o'qiganim uchun bo'lsa kerak.Yana Qo'yliqdagi "Jurabek",Chorsudagi "Xo'ja Ahror Valiy"(hozir ta'mirlanyapti) masjidlari ham yoqadi.Oxirgi paytlarda Toshkentdagi ko'p masjidlar ta'mirlanib,namozxonlarga ko'plab qulayliklar yaratilmoqda Alhamdilulloh.

Bu savol barchaga...

Tarixda o'tgan insonlardan kimlarga judayam havas qilasiz,o'rnak olishga intilasiz. Hozirgi zamondayam o'rnak olgulik insonlar bormi? Misol sifatida o'zingiz hurmat qilib,o'rnak oladigan insonni xislat fazilatlarini keltirib o'tsangiz...

Hammamiz o'rnak olishimiz kerak bo'lgan zot shubhasiz Payg'ambarimiz (s.a.v.).Yana sahobalardan hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) yoqadilar.Ularning qatiyatlari,shijoatlari dinimizga ko'p foyda keltirgan Mahdiyah opa aytganlaridek.

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  12 Iyul 2012, 10:31:59

Abdulhafizaka, Best friend, Muhammad Said, Муслимшухрат, UzMuslim, Fayzulloh, Abdumuhaymin, Bir birodar, Chustiy,  Abdulhafiz, Ziyovuddin, Safida, AsiRa, zakiyyah, Bilmasoy, Хадича, Зайнабga savol:

Sizni tafakkur qilishga chorlaydigan 1 yoki 2 ta hadis?

Albatta har bir hadis odamni tafakkur qilishga undaydi. Ohirgi eshitgan va  taffakkur  qilishga sababchi bo'lgan hadis quydagi:
Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi: Payg’ambar s.a.v  Odam va Muso alayhumassalomlar robbilari huzurlarida tortishib qoldilar. Bas tortishuvda Odam Musodan g’olib keldi. Muso: Alloh seni o’z qo’li bn yaratgan, ichinga o’z ruhidan puflagan, farishtalarni senga  sajda qildirgan, seni jannatiga joylagan, so’ng o’z hatoying ila odamlarni yerga tushirgan Odam senmisan? Dedi. Shunda Odam: Alloh seni o’z payg’ambarligiga va kalomiga tanlab olgan, ichida har bir narsaning bayoni bor lavhlarni bergan va murojat ulchun o’ziga yaqinlashtirgan Muso senmisan ?  Alloh tavrotni meni halq qilinishimdan qancha oldin yozgan deb bilding? dedi.  Qirq yil dedi Muso. Unda -   Odam robbisiga isyon qildi va adashdi deganini ko’rdingmi dedi Odam. Ha dedi Muso. Sen menga Alloh Taolo meni yaratishidan qirq yil  oldin yozip qo’ygan amalni qilganimni malomat qilasanmi dedi Odam. Rasululoh s.a.v: Bas Odam tortishuvda Musodan g’olib keldi dedilar. Imom Buhoriy, Muslim va boshqalar rivoyat qilgan.
Ushbu hadisga qilinga sharhdan iqtibos:
Muso a.s. insoniyatning mashaqqat chekishini Odam a.s. ga yuklamoqchi bo’lmoqdalar. Agar sen o’sha mash’um xatoni qilmaganingda, insoniyat jannatdan chiqmay yuraverar edi. Bunchalik qiyinchilik, azob-uqubat va mashaqqatlar bo’lmas edi demoqchi bo’ladilar. Odam a.s. esa, insoniyatning dunyoga kelishi va mazkur holatda yashashiga o’z xatolarining aloqasi yo’qligini isbot qilmoqchi bo’ladilar. Alloh Taolo Odam a.s. ni xatosi tufayli bu odamlarni yaratgani yo’q, insonlarni bu shaklda yashashini taqdir qilgani yo’q. Bu narsa oldindan belgilab qo’yilgan edi. Odam a.s. tortishuvda shu dalilni keltirdilar. Muso a.s. ham unga qanoat hosil qildilar. Shu tariqa Odam a.s. Muso a.s. ni tortishuvda yengdilar. (iqtibos: Shayx MSMY, sunniy aqiydalar)

Qayd etilgan


Humayro  12 Iyul 2012, 10:42:30

Mufazzala, Humayro, Zulfina, Muslima Zinnura, Rabella, Maysara, _dadasining erkatoyi_, Ummu Muslima, _IYMONA_ga savol:

Oxirgi bor sizni ta’sirlantirib, yig’lashingizga sabab bo’lgan voqea? (xoh hayotdan xoh internet orqali oq’ilgan biror mavzuingizdan)


O'tgan dam olish kuni uyimizga O'shlik ikki opaxon kelishdi. 2010 yil voqealarida O'shni tark etishgan ekan.

Sodda, ochiq, xushmuomila opalar edi. Bir biri bilan inoqliklarini ko'rib yaqin do'st yoxud qarindosh bo'lsa kerak degan gumonga bordim.

Anchagina iymonlashib o'tirdik. Gap asnosida tanishingiz biz haqimizda yana nimalar dedi, deb so'rab qo'yar edilar (tanishimning tanishi bo'lganlilari bois). Oxiri, - so'rashimizning sababi, bizlar kundoshmiz,sizga aytmaganmidilar? - deyishdi. Lol qoldim to'g'risi........, agar ular orasidagi samimiyatni o'z ko'zlarim bn ko'rmaganimda ishonishim qiyin bo'lardi bu so'zlarga.

Subhanallah meni hayron qoldirgan narsa ularning kundoshliklari emas, balki shu holatda o'zaro samimiy, aynan islom talab qilgan meyordagi munosabatlarini saqlay olganlilari edi.

Bugungi kunda nafaqat ko'pchilgimiz muslimalar, balki nufuzli islom universitetlarini tugatib qaytayotgan muslimalar ham, afsus, anglab yetmagan (anglashdan bosh tortayotgan) oddiy haqiqatga sabr va sadoqat bn bosh eggan, va bu haqiqatni sodda va oddiygina opalarning gap so'zsiz hayotlariga tatbiq eta olganliklari meni qattiq hayratga soldi.

Qachonlardir o'tmishda namoz o'qigan kishini, hijob o'rgan muslimani, Quron qiroat qilgan qorini kor'ganimda (o'zim shunday bo'lmagan holda) bo'g'zimga tiqiladigan bir tanish hisni tuydim.

Allohning kalomini hurmat qilganliklari va ko'pchilik amalda oqsayotgan bir og'ir zamonada hech ikkilanmay amalda ibrat bo'layotganliklari uchun, Alloh rizoligga yetish uchun bir-biri bn yaxshi muomilada bo'lganliklari uchun Alloh ulardan rozi bo'lsin.  :amn3:

Qayd etilgan


Humayro  12 Iyul 2012, 10:53:34

Mufazzala, Safida, Humayro, Zulfina, Muslima Zinnura, Rabella, Maysara,  Ummu Muslima, AsiRa, Хадича ga savol:

Ilk namozingiz esingizdami? Qachon va qayerda, necha yoshingizda o'qigansiz?


Kichik maktab yoshida bo'lsa kerak aniq esllay olmayman. Ammo avvaliga qog'ozga qarab o'qir edim men ham. turtinib-surtinib, chala-chulpa yotib turardim ko'pchilikka qiziqib )), halovat bn o'qimaganman shekilli shunga esda qolmagan bolsa kerak

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2012, 13:04:55

Mana bu masjid edi. O'shdagi Shahid tepa masjidi.

Best Friendga:
Siz yashaydigan Shahidtepa mavzesi nega shunday nomlangan?

Qayd etilgan