Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265841 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 251 252 253 254 255 256 257 258 259 260 261 ... 270 B


Ziyovuddin  12 Iyul 2012, 15:31:10

Muhammad Amin, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdulaziz, Muhammad Yusuf, Jees, Sofdil, UzMuslim, Muhammad Sanjar, Мухаммад Сохиб, Best friend, ан-Аасафий ga savol:

Ilk masjidga qadam qo'ygan kuningizni eslay olasizmi? Taasurotlaringiz? Qaysi masjid edi?

:asl3:
Ilk masjidga chiqqan paytlarimni eslayman. Mahallamizda joylashgan kichikroq masjid, tokchalarida turadigan kitoblari. Masjiddan qandaydir shirin hid taralardi. Juda yoqardi  :) Namoz o'qishni o'sha yerda o'rganganman.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  12 Iyul 2012, 21:16:35

Muhammad Amin, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdulaziz, Muhammad Yusuf, Jees, Sofdil, UzMuslim, Muhammad Sanjar, Мухаммад Сохиб, Best friend, ан-Аасафий ga savol:

Ilk masjidga qadam qo'ygan kuningizni eslay olasizmi? Taasurotlaringiz? Qaysi masjid edi?


Albatta eslayman. Birinchi marta Bodomzor masjidiga Hayit namozini o'qishga borganmiz. Odam rosa ko'p bo'lgan o'shanda. Ta'surotlarni uyda aytib beraman.


Qayd etilgan


Rabella  12 Iyul 2012, 23:23:24

...Rabella ga savol:

O’qigan kitoblaringizdan siza yoqadigan qahramon? V anima sababan?


 :asl3:
Savollar uchun tashakkur..
Oxirgi 2 yil ichida badiiy kitoblar o`qish ancha kamayib, ilmiy kitoblar bilan band bo`lib qolganman..
Lekin shunday bo`lsa-da, yaqin orada o`qigan kitoblarimdan biri A.Konan Doylning "Sherlok Xolms haqida hikoyalar" ,
qahramon esa shubhasiz - Sherlok Xolms.. :)   Sababi - ziyrakligi, donoligi, topqirligi....

Qayd etilgan


Rabella  12 Iyul 2012, 23:31:07

..Rabella ga savol:

Oxirgi bor sizni ta’sirlantirib, yig’lashingizga sabab bo’lgan voqea? (xoh hayotdan xoh internet orqali oq’ilgan biror mavzuingizdan)


Kompyuterimda papkalarni tartibga solayotganimda, ushbu faylni qayta ko`rib beixtiyor ko`zimga yosh kelgandi..

http://www.4shared.com/office/lvh9wEdo/oyijon.html

Qayd etilgan


Rabella  12 Iyul 2012, 23:54:06

..Rabella ga savol:

Ilk namozingiz esingizdami? Qachon va qayerda, necha yoshingizda o'qigansiz?


Yo`q, ilk o`qigan namozimni eslay olmayman..
Lekin yuqoridagi boshqalarga berilgan savollarni o`qib, masjidda o`qigan ilk namozim esimga tushib ketdi..
O`shanda chamasi 2,5-3 yoshlarda edim.. Akalarimga taqlidanmi, bilmayman, o`g`il bolacha kiyinib, do`ppila kiyib yurardim.. :)
Bir kun bobom rahmatlik, mahallamiz masjidiga olib chiqqanlar.. Kichkinagina masjid edi..   Hammasi nuroniy chollar..
O`qigan namozimiz esa taroveh namozi edi.. O`shanda to`rt rakat o`qib so`ng aytiladigan salovatni menga o`qittirishgandi...

Namozni oxirigacha uxlab qolganmanmi, yo`qmi bilmayman-u, lekin shu salovatni o`qiganim hali haligacha esimda..

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  12 Iyul 2012, 23:57:07

Muhammad Amin, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Abdulaziz, Muhammad Yusuf, Jees, Sofdil, UzMuslim, Muhammad Sanjar, Мухаммад Сохиб, Best friend, ан-Аасафий ga savol:

Ilk masjidga qadam qo'ygan kuningizni eslay olasizmi? Taasurotlaringiz? Qaysi masjid edi?


Тсғрисини айтсам, сслай олмайман. Сабаби, жуда кичкина сдим. Адашмасам 3 ёшлар атрофида бслсам керак ёки 4.
6 ёшимда 30-40 кишилик жамоатда Хуфтон намозидан кейин Мулк сурасини тиловати насийб қилган. Ажойиб сди сша болалик. Катталарнинг салласига ҳавас қилиб, сзимга ҳам саллалик матоҳ олдиргандим. Саллада чиқардим масжидга :)
Шунинг учун ҳозир ҳам сша ёшликни сслаганимизда айрим қсшниларимиз "Мавлоно" деб ҳазил қилишади.

Qayd etilgan


Best friend  13 Iyul 2012, 09:22:46

Mana bu masjid edi. O'shdagi Shahid tepa masjidi.

Best Friendga:
Siz yashaydigan Shahidtepa mavzesi nega shunday nomlangan?

 O'sh Qirg'izstonga o'tishidan avvalgi tarixi deyarli yo'q bo'lib ketgani uchunmi, bu haqida aniq ma'lumotga ega emasman. Lekin, topishga harkat qilaman. Ba'zi katta odamlarning aytishiga qaraganda bu yerda jang bo'lgan va ko'p insonlar shahid ketgan ekan, bu yer biroz do'nglik bo'lgani boismi, tepalik deyilib, odamlarni ko'pi shahid bo'lgandan keyin "Shahid tepa" deyilgan ekan. Inshaalloh bu haqida aniq ma'lumot topib albatta forumga joylayman.

 Xozirda bu yerning nomi "Шейит Добо" deb qirg'izcha yoziladi. O'zbekcha va ruscha manbalarda esa "Шахид Тепа" deb yoziladi. Shevamizda esa bu yer "Shaytepa" ))).

Qayd etilgan


_dadasining erkatoyi_  13 Iyul 2012, 11:26:22

Iqtibos
Oxirgi bor sizni ta’sirlantirib, yig’lashingizga sabab bo’lgan voqea? (xoh hayotdan xoh internet orqali oq’ilgan biror mavzuingizdan)

Hammaga salom! Uzr, savollarga kechroq javobh beryabman.

Bir odam 3-4 kun oldin ichimni qattiq og'ritdi, qattiq yig'ladim. O'sha voqea esimga tushsa xozir xam yig'layabman :'(

Qayd etilgan


_dadasining erkatoyi_  13 Iyul 2012, 11:43:21

Iqtibos
Qizlarga:

Eng ohirgi marta qachon sovg'a ogansilar?

1-Iyun dadam uyga judayam katta ayiqcha ko'tarib keldi. Men bunaqa yumshoq ayiqchalarni yaxshi ko'raman. "Dada, bu kimga" - desam, "Sizga-da, qizim, yana kimga bo'lar edi!" - dedi. Men xursand bo'lib o'lib, bugun qanaqadur bayrammi, desam, "Bugun "Bolalar kuni"" - dedi ;D Kirib ayamga aytib berdim, ayam "shu yoshingda ham dadangni kichkina qizchasisanda!" - dedi.

Qayd etilgan


_dadasining erkatoyi_  13 Iyul 2012, 11:58:33

Iqtibos
Ilk tutgan ro'zangiz esingizdami?
Tafsilotlari bilan?

7-8 yoshlarimda ilk bor ro'za tutganman. Dadam hamisha ro'za tutib yurardi(hozir sog'liqlari yomon, tutolmaydi) iftor uchun alohida go'shtli va tansiq taomlar qilinardi. Dadam iftorlik qilganda boshqacha tuyular edi. Biz ham shu ovqatdan erdik, lekin men ro'za tutmaganim uchun oddiy ovqat eganday bo'lar edim. Keyin dadamni iftor duosini o'qishlari ham ko'zimga juda sirli va salobatli ko'rinar edi. Shu sirlilik va salobatga erishish uchun men ham ro'za tutishni niyyat qildim. Birinchi kuni tutdim, ertasiga obedga zo'rg'a etib bordim. Lekin dadam bilan iftorlikka teppa-teng o'tirdim. Akam hazillashib " Qizingiz bir kunda 2-3 marta iftorlik qilar ekan," dedi. Shunda rosa uyalganman :-[ Shular esimda qolgan.

Qayd etilgan