Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265849 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 252 253 254 255 256 257 258 259 260 261 262 ... 270 B

Donishmand  13 Iyul 2012, 19:13:57

Mahdiyahning sharofatlari bilan bu mavzu hit-paradda birinchi o'ringa ko'tarilibdiyu!
Rahmat! Qani endi, hamma o'zi ochgan mavzusini mana shunaqa reklama qilib aktivlashtirsa! Forum bozorning o'zginasi bo'lardi-qo'lardi. Birov zerikdim demasdi.
Aqoidning savoliga kelsak (savol berilganda indamaslik hurmatsizlik bo'lsa kerak), men bir qush uyqusi odam bo'lganman yoshligimda. Kechasi soat 2:45 da uhlab 3:00 da uyg'onvoladigan bog'cha yashar bolani ancha-muncha odam yoqtirmasa kerak :-)
Qorong'ulikni yoqtirmasdim, men uchun 24 soat kunduzi bo'lsa edi! Dadamdan Shimoliy qutbga yaqin joyda 6 oy kunduzi bo'lishini eshitib, o'sha yoqlarga ketvorgim kelgandi.
Mana shu "rasvo" odatim (manimcha bu odat emas, ne'mat edi) tufayli o'sha paytlarda ro'za tutishni boshlaganman...

Onam ikkiga bo'lib tutishni uqtirardilar. Ammo mendek qaysar o'g'illarining fe'li o'zlarga ayon edi. Bilmadim shu sababmi, menimcha u paytlarda men kattalarning e'tiborini tortish uchun, boshqalardan ajralib turish uchun ro'za tutarmidim... Ammo, ichimda bir muhabat bor edi, mavhum muhabbat! Shu narsa meni undardi. Vaqt o'tgan sari katta bo'ldik. U muhabbat bir sustlashdi, bir kuchaydi, bir sustlashdi... Nima ekanligini tushunib yetganimda esa fikr qildim, shukur qildim... Ammo yoshlikdagidek bo'lolmadim. Hamon o'sha ruhiyatni qidiraman....

Qayd etilgan

Aqoid  13 Iyul 2012, 21:30:12

Ha, yoshlikdagi ishtiyoqni ancha bo'ldi yo'qotganimizga.
Ayniqsa kitob o'qishda juda bilinadida. Mirzo bilan Admin janoblariga havas qilaman kitob o'qishlariga xolos albatta.
Iye, qachon ro'za tutganimni yozmoqchiydim, mayli keyinroq yozarman.
(Belle uslubidagi post bo'pketdi o'ziyam devordilarmi?-desam-a?)

Qayd etilgan

Mufazzala  14 Iyul 2012, 00:12:29

 :asl3:

Agar beodoblikdan hisoblanmasa meni ham savollarim bor edi.
Ruxsat bersanglar bittasini o'rtaga tashlasam.
Bu savolga "ko'zi tushgan"dan birrovga javob berib o'tib ketishlarini
iltimos qilib qolardik.

Savol:

Siz uchun qiyin bo'lib ko'ringan ish qaysi ish?

Men uchun qiyin bo'lib tuyulgan(aslida qiyin emasdir) ish bu
yaxshi odatlarga odatlanishdir. Masalan: bir necha yil avval
har kuni bittadan bo'lsa ham oyat yod olib ketaman endi, deb niyat
qilib boshlagandim. Bir haftaga qolmay qilmay qo'ydim.
Yana, hech bo'lmasam 3 oyda bir marta bo'lsa ham Qur'on hatm qilishga
odatlanaman, dedim. Bir marta hatmdan keyin u ham tugadi.
Eng osoni, shunga ta'aluqli bir hadisni o'qiganimdan keyin, har namozdan avval
tishlarimni misvok qilaman, deb ahd qildim...afsus uni ham umri qisqa bo'ldi.
Ezmalarni yomon ko'rardim, o'zimam ezildim rosa, hullas menga shunday yaxshi
fazilatlarga odatlanish qiyin bo'lib ketyapti oxirgi paytlarda.

Sizga qiyin ko'ringan ish qaysi?

Qayd etilgan

Sadulla  14 Iyul 2012, 07:24:13

Assalomu alaykum.

Mufazzala opa siz aytgan yaxshi fazilatlarga odatlanish ishi ko'pchilik uchun qiyin ish meni fikrimcha(o'zimdan misol qilib aytyapman).Men uchun oxirgi paytlarda vaqtni to'g'ri taqsimlash ozgina qiyin bo'lyapti.Qilmoqchi bo'lgan ishlarimni hammasiga ulgura olmayapman.Biron ishni qilmoqchi bo'lganimda kimdir yoki nimadir halaqit qilib qoladi va qilmoqchi bo'lgan ishim orqaga surilib ketadi.Buni oqibatida boshqa ishlarga ham ba'zida vaqt yetkaza olmayman.(Shunday paytlarda"hamma narsa faqat biz xohlaganchalik bo'lmas"ligini bir-bir o'ylab qolaman )Axir ojiz bandamiz))

Qayd etilgan

Mahdiyah  14 Iyul 2012, 16:55:55

Erinmay javob berganlarga tashakkur.

Vatandan yiroqda, boshqa yurtda ish, o'qish, boshqa yumush bn yurgan forumdoshlarga savol:

O'zga yurtda vatandagi eng ko'p nimani (kimni emas, nimani) sog'inasiz?

Qayd etilgan

Mahdiyah  14 Iyul 2012, 17:19:07

Javob bermoqchi bo'lgan barchaga savol:

Biror vaziyatda, yo biror ishni boshlamoqchi bo'lsangiz, siz asosan kim bn maslaxatlashib ish ko'rasiz?

Qayd etilgan

Музаффар  14 Iyul 2012, 18:13:07

Javob bermoqchi bo'lgan barchaga savol:

Biror vaziyatda, yo biror ishni boshlamoqchi bo'lsangiz, siz asosan kim bn maslaxatlashib ish ko'rasiz?

Аввало Онажонимга маслахат соламан...

Qayd etilgan

Abdulhafizaka  14 Iyul 2012, 22:31:32

Asosan yigitlarga savol; Eng birinchi necha yoshizda haqiqiy peshona teri bilan pul topgansiz va nimaga ishlatgansiz?

Qayd etilgan

Aqoid  14 Iyul 2012, 23:47:34

Yaxshi savol bo'pti. Men birinchi marta 6 yoshimda pul topganman. Bugun marg'ilonliklar ko'rgan yerlarda oldin tarvuz-qovun ekilardi. Tarvuz tashiganmiz, tashiganimizga tarvuz berishgan. Uni ko'chada sotganmiz. 3 so'mlik sotgandim. Keyin bir "niva" da biq kishi to'xtab,  tarvuzlarni hammasini olib, senlar tarvuzni o'g'irlagansanlar- melisaga aytaman- deb pulini bermay survorgan. Rosa qarg'aganimiz ham esimda. Farg'ona nomer ediyov adashmasam o'sha niva. :-)

Qayd etilgan

Sadulla  15 Iyul 2012, 06:22:34

Assalomu alaykum.
Javob bermoqchi bo'lgan barchaga savol:

Biror vaziyatda, yo biror ishni boshlamoqchi bo'lsangiz, siz asosan kim bn maslaxatlashib ish ko'rasiz?

Ko'pincha onamlardan maslahat so'rayman,ba'zan akamlar bilan ham maslahatlashib turaman.

Asosan yigitlarga savol; Eng birinchi necha yoshizda haqiqiy peshona teri bilan pul topgansiz va nimaga ishlatgansiz?

Birinchi marta 18 yoshimda pul topganman.Topgan pulimni onamlarga olib kelib berganman.Bu hol hozir ham davom etyapti.Agar biron narsa kerak bo'lsa onamlardan so'rab olaman,pul o'zimizda tursa kerak-kerakmas narsalarga ketib qolishi mumkinda   :D

Qayd etilgan