Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265592 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 253 254 255 256 257 258 259 260 261 262 263 ... 270 B


Donishmand  15 Iyul 2012, 09:24:28

Asosan yigitlarga savol; Eng birinchi necha yoshizda haqiqiy peshona teri bilan pul topgansiz va nimaga ishlatgansiz?
To'g'risi eslolmayman. Manimcha, yonimizdagi eski masjidda (u paytda ishlamas edi) pomidor zagotovka qilinardi, yashiklarga terilib vagonda anavi "og'alarimizga" jo'natilardi. O'sha yerda yashikka pomidor tergan bo'lsam kerak. Har bir yashikka uch tiyindanmiyey berilardi. Pulini, endi besh-olti yashar bola nima ham qilardi, marojniy olib yeydida. :-)

Javob bermoqchi bo'lgan barchaga savol:

Biror vaziyatda, yo biror ishni boshlamoqchi bo'lsangiz, siz asosan kim bn maslaxatlashib ish ko'rasiz?

Haligacha birortasi bilan maslahatlashmaganakanman, bir marta qo'shnimiz bilan maslahatlashib ish qilib bir milion zarar qilibmiz :)
O'zim bilan maslahatlashib qo'yaveraman.

Qayd etilgan


JeeS  15 Iyul 2012, 12:24:54

Asosan yigitlarga savol; Eng birinchi necha yoshizda haqiqiy peshona teri bilan pul topgansiz va nimaga ishlatgansiz?

 Oddiy ishchilar oilasidan kamina, boshlang`ich sinfda o`qib yurgan kezlarim perashki sotaganman.  :)

Qayd etilgan


XurshidbekUZ  15 Iyul 2012, 13:17:11

:asl3:

Agar beodoblikdan hisoblanmasa meni ham savollarim bor edi.
Ruxsat bersanglar bittasini o'rtaga tashlasam.
Bu savolga "ko'zi tushgan"dan birrovga javob berib o'tib ketishlarini
iltimos qilib qolardik.

Savol:

Siz uchun qiyin bo'lib ko'ringan ish qaysi ish?

Men uchun qiyin bo'lib tuyulgan(aslida qiyin emasdir) ish bu
yaxshi odatlarga odatlanishdir. Masalan: bir necha yil avval
har kuni bittadan bo'lsa ham oyat yod olib ketaman endi, deb niyat
qilib boshlagandim. Bir haftaga qolmay qilmay qo'ydim.
Yana, hech bo'lmasam 3 oyda bir marta bo'lsa ham Qur'on hatm qilishga
odatlanaman, dedim. Bir marta hatmdan keyin u ham tugadi.
Eng osoni, shunga ta'aluqli bir hadisni o'qiganimdan keyin, har namozdan avval
tishlarimni misvok qilaman, deb ahd qildim...afsus uni ham umri qisqa bo'ldi.
Ezmalarni yomon ko'rardim, o'zimam ezildim rosa, hullas menga shunday yaxshi
fazilatlarga odatlanish qiyin bo'lib ketyapti oxirgi paytlarda.

Sizga qiyin ko'ringan ish qaysi?
men uchun ko'ngil g'am anduhlarimni unutishim qiyin kechyabdi. Hamma narsadan ko'nglim sovushiga sabab bo'lyabdi. Agar bu narsalarni unuta olsam edi eng katta ish bo'lgan bo'lardi.

Qayd etilgan


Музаффар  15 Iyul 2012, 13:46:06

Asosan yigitlarga savol; Eng birinchi necha yoshizda haqiqiy peshona teri bilan pul topgansiz va nimaga ishlatgansiz?
аниқ ссимга тушгани шу бслди: Бозорни икки жойида амакимни кийим кечак ва пойабзал билан савдо қилувчи  растаси бсларди. Ўша ерда пайшанба ва скшанба кунлари савдога қарашгани чиқардим. у растда қолмаган нарсани бу ёққа ташиб келиб, ёки стоснкада турган машинадан олиб келиб турардим. шунга амаким пул берган. пулни асосан бозорни сзида сарфлаб юборардим. шоколад ва ширинликларни схши ксрганимдан вслимга пул тушса дархол ширинлик олиб ердим. Буниси барибир майда чуйда, пешона тери деб бслмаса керак. Лекин хақиқий сз мехнатим билан пул топганим инстутга кирганимдан кейин бслган. Контрактга пул йиғаман деб сзимни турли ишларда ишлаб ксрганман. Хусусан, бир сзига тсқ бой оиланинг 4 нафар сғлига компьютерда ишлашни сргатганман. 6 ойлик хизмат хаққим учун келишув бйича 600 минг пул олганман ва камини қсшиб контрактга тслаб юборганман. сшанда контракт 681 минг сди шекилли...

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  15 Iyul 2012, 14:43:35

Asosan yigitlarga savol; Eng birinchi necha yoshizda haqiqiy peshona teri bilan pul topgansiz va nimaga ishlatgansiz?
o'zim ham javob berib qo'yay. Mayda chuydalari esimda yo'g'u anig'i 1995 yillari kosibchilik qilganman har yakshanbaga 10 juft tufli tayorlab chiqardim sotilganicha sotib dushanba kuni hom ashyoga borardim, yana 10 juftga olib ortgan pulni dadamga topshirardim. Bir kuni hamma qulga narsa olib keyin 10 kilometrga piyoda ketganimni hech unutmayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2012, 20:55:00

Asosan yigitlarga savol; Eng birinchi necha yoshizda haqiqiy peshona teri bilan pul topgansiz va nimaga ishlatgansiz?

Men ham kosibchilikdan topgan edim. O'sha paytlarda Xitoy deb atalmish ajdarhoning hiylalari hali unchalik o'tmagan, kosiblar esa eng oldi kasb egalari edi. O'sha paytlarda tepasi qoviladigan (qo'lda guldor qilib tikiladigan) tuflilar moda bo'lgan edi. Shuning qoviladigan qismini tayyorlardim. Bir jufti 5 yoki 15 so'mdan edi, adashmasam. Nimaga sarflaganimni eslolmayman. Maktabda sarflagan bo'lsam kerak.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  15 Iyul 2012, 22:39:25

Asosan yigitlarga savol; Eng birinchi necha yoshizda haqiqiy peshona teri bilan pul topgansiz va nimaga ishlatgansiz?

Aniq eslolmayanu , lekin yoshligimda uyimiz yonidagi bozorga narsa sotgani chiqqandim shekili. Lekin qancha topkanman, nimaga ishlatganman bunisi noma'lum..

Esimda qolganlari asosan aqlni ishlatib pul topganlarim.. 4-sinfda shaharda o'tkazilgan olimpiadada 2-o'rinni egallab, o'sha paytdagi eng obro'li o'quv dargohlaridan biriga bepul yo'llanma, "Faxriy yorliq" va konvertda 100 so'm pul mukofoti olgandim. Shuni 80 so'miga "olifta" soat oldirganim esimda. :)
Yana oltinchi yo yettinchi sinfdaligimda  "Tasvir" gazetasidan krossvord yechib, 5000 so'm pul yutganman va o'sha paytda futbol fanati bo'lganligim sababli pulning yarmiga "Inter" komandasining qimmatbaho formasini oldirganman.

Asosan pulni repititorlik qilib topardim. 9-sinfgacha deyarli har yoz tengdoshlarim yoki kattalarga repititorlik qilib, topgan pulimga yangi o'quv yili uchun kiyim-kechak va o'quv qurollari sotib olardim..

Lekin baribir o'qishni bitirib, ishga joylashib olgan 1-maoshimchalik esda qolarlisi va barakalisi bo'lmagan..

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  15 Iyul 2012, 22:50:38

Javob bermoqchi bo'lgan barchaga savol:

Biror vaziyatda, yo biror ishni boshlamoqchi bo'lsangiz, siz asosan kim bn maslaxatlashib ish ko'rasiz?


Eng avval o'zim o'ylab ko'rib, vaziyatdan kelib chiqqan holda qaror qabul qilaman. O'ta muhim va jiddiy masalalar bo'lsa, qarorning ijrosi uydegilarning roziliklari asosida amalga oshiriladi..

Qayd etilgan


JeeS  16 Iyul 2012, 02:24:11

Javob bermoqchi bo'lgan barchaga savol:

Biror vaziyatda, yo biror ishni boshlamoqchi bo'lsangiz, siz asosan kim bn maslaxatlashib ish ko'rasiz?


Agar bron bir bizness yuzasidan bo`lsa, usha ish bilan shug`ullangan bron tanishim bilan maslahatlashaman, so`ng o`zim qaror qabul qilaman.

Qayd etilgan


Abdullоh  17 Iyul 2012, 10:49:13

Javob bermoqchi bo'lgan barchaga savol:

Biror vaziyatda, yo biror ishni boshlamoqchi bo'lsangiz, siz asosan kim bn maslaxatlashib ish ko'rasiz?


Ko'pincha, dadam bilan maslahatlashib olaman, ikkinchi navbatda esa eng yaqin tanishlarimga maslahat solaman.

Qayd etilgan