Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264482 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 263 264 265 266 267 268 269 270 B


Хадича  31 Dekabr 2012, 11:28:46

Assalomu alaykum.

Lu'lu, Ansora,AbdulAziz,Mahdiyah, Mufazzala, Mo'min Mirzo, Best Friend, Sadulla, Hadija,Zulfina,Abdulhafizaka,Rabella, Bir Birodar, Shokir,Abdurrohman,  Aqoid, Abdulloh_88,Salsabil, Ossiyobinti, Ummu Muslima, soliha_siddiq,bir qizcha. Barchangizga savolim:

1. Qur'ondan sizni ta'sirlantirib,ko'z yosh to'kishingizga sababchi bo'lgan eng birinchi sura yoki oyat qaysi?

2. Yillar o'tsa ham xotirangingizga mangu muhrlangan,ta'sirlantirgan Islomga oid  rivoyat yoki hayotiy voqea haqida...

Javoblar uchun tashakkur.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  31 Dekabr 2012, 15:30:53

Qaysi suralarda ekanligini aniq aytish qiyin, lekin yoshligimda Ar-Rohman surasida "Yer yuzidagi barcha narsa foniydir" oyatiga yetganda yig'laganim esimda, birinchisi esda qolarli bo'larkan.

2. Bunday voqealar juda ko'p bo'lgan. O'zimning hayotimdan aytsam bo'lmas. Islom tarixida ta'sirlantirgan nuqtalar juda ko'p.
Rasululloh s.a.v.ning mehribonliklari, Oisha onamiz bilan bo'lgan suhbatlari, Hazrati Hamza r.a. shahid etilganda yig'lashlari
Hazrati Umar haqidagi rivoyatlar ko'proq tasirlantirgan, qizini tiriklayin ko'mgan johil va qahrli Umar Islomga kirgandan so'ng Islomning hassasiga aylanishi...
Usmon va Ali r.anhomlar davridagi ulkan fitnalar, Jamal voqeasi, so'ngra Rasululloh s.a.v.ning suyukli nabiralarining daxshatli tarzda shahid etilishlari.

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  31 Dekabr 2012, 16:33:29

Meni  birinchi yig'latgan sura Voqea surasi bo'lgan desam adashmagan bo'lsam kerak yana bilmadim.

Islomiy voqealardan qalbimni larzaga keltirgani Hazrati Umarning qizini ko'mishi va shu zot bilan bo'lgan barcha hodisalar. Umuman olganda hayotda ham shu zotga o'xshashga harakat qilaman. Sahobaning darajasini avliyo ham topa olmaydi. Lekin noumid shayton

Qayd etilgan


Aqoid  31 Dekabr 2012, 20:37:43

1. Yosin surasidagi Salamun qovlam mir robbir rohiym oyatini tafsirini har gal eshitsam yuqoridagi holatga tushaman.
2. Bunaqa holatlar juda ko'p.
Bir qo'shnimning 2ta qizi bor edi.(hozir esa 3 ta )
Ayoli 3 marta homilador bo'lganda apparatga ko'rsatganda qiz ko'rsatgan inson kashf qilgan apparati. U bolani oldirtirgan -menga qiz kerak emas,-deb. Abort vaqtida chaqoloq o'g'il ekanligi ma'lum bo'lgan.
Bunaqa voqealarni eshitardig-u, Alloh ko'zimizning o'ngida mo'jizasini ko'rsatdi.
Alloh bergan omonatiga hiyonat qilmaydigan bandalardan qilsin! Befarzandlarga , o'g'il talablarga, qiz talablarga ko'z quvonchi nasib etsin!

Qayd etilgan


soliha_siddiq  31 Dekabr 2012, 20:56:59

Va alaykum assalom.....
Opajon maniyam eslabsizzmi,hursand bolim
1.Man jannat va dozah tasvirlangan oyatlada yigliyman,jannatni oqib umid qilib yigliman,dozahdan qorqib, va Fotiha surasini oqisam har doimmasu lekin kozimga yosh keladi....

2. Qaynona romanini(turk adabiyotiga mansub) va ogay ona  oqib judayam tasirlangqnman ....
Kelini qaynoq suvni bilmay qayni ukasini ustiga tokvoradi,shunda qaynonasi kelinini itarib orniga ozi turvoladi, ogliga huddi ozi tokvorganday korsqtish uchun,chunki onam tokdi deb onasidan oksimiydi,agar kelin oyisi tokkanida unda hafa boladi deb shu ishni qilgani hecham esimdan chiqmiydi,
Ogay ona 2 yetimni biror karta urushmay kotta qilgani....
Va yana bir narsa bolgan voqeami yoki yoqmi bilmiman, ammo gezetada oqigandim, kichkina qizchaga ogay onasi goshni qurtlatib,qizchani qulogidan osha qurtlani kirizishini oqib juda juda tasirlanganman, otasi korib qoladibu holatni....
Mana shular esimdan chiqmaydi kop oyliman ....
Rosululloh s a v ni oldilariga ochlikdan shikoyat qilib kelishadi,ochlikdan  qorinlariga 1 tadan tosh boylab olganliklarini etishadi,shunda rRosululloh s a v koynaylarini kotarib korsatalla , butun olamlar sarvari 2 ta tosh boylab olgan boladila ...

Allohim ozing Rosululloh s a v ga mos ummat bolishligimizni nasib ayla .

Qayd etilgan


Mufazzala  01 Yanvar 2013, 13:38:48

Assalomu alaykum.

Men yig'lamay qo'yganman dinim uchun, ya'ni ta'sirlanish,
iymon lazzati yo'qolib ketyapti sekin-sekin.
Qalb qoraysa shunaqa bo'larkan.
Avvallari shunaqa yig'lardim, shu-shu oyatlarga, shu-shu voqealarga, desam
judayam kulgili holat bo'ladi.
Ha aytganchi, yig'lab turaman xozir ham, faqat o'zimni o'ylab, qadrimni, deb yig'layman, afsus...:(

Menga o'xshab qolmanglar.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  01 Yanvar 2013, 18:38:05

Best friend   сртага МарÒ“илонда форумдошлар балиÒ›хсрлик Ò›илишспти. Бир келмайсизми?


Qayd etilgan


kamoliddinov  08 Yanvar 2013, 07:23:33

 :as:
Bir savolum bor edi. man forumga ancha yangiman. Forumdan foydalanshi haqida.
Forumda bitta thread borda shu yerdga juda ko'p javoblar yoziladi.
Masalan man shu thread(Forumdoshdan Forumdoshga savol bor) ga savol qoldirsam, so'ng ertasi kuni kelsam mani postimdan so'ng  boshqa postlar qoldirilib mani postim oldingi pagelar o'tib ketadi. Chunki shu threadni juda ko'p narsa uchun ishlatamiz. Shu sizlarga qiyinchilik qilmaydimi? Foydalanish? Postingni qidir, Undan shu postga tegishlik javoblarni qidir, Masalan shu threadni o'zida 180 ta page bo'lib ketgan. Bu yerdagi narsdalani o'qilsa 100 ta hil bir biridan farlqik postlar bor. Shularni bo'lib mayda mayda thread larda qilinsa onsonroq bo'lmaydimi Nima deysizlar?

Qayd etilgan


Bechora_Bandang_  10 Mart 2013, 16:13:51

:as:
Bir savolum bor edi. man forumga ancha yangiman. Forumdan foydalanshi haqida.
Forumda bitta thread borda shu yerdga juda ko'p javoblar yoziladi.
Masalan man shu thread(Forumdoshdan Forumdoshga savol bor) ga savol qoldirsam, so'ng ertasi kuni kelsam mani postimdan so'ng  boshqa postlar qoldirilib mani postim oldingi pagelar o'tib ketadi. Chunki shu threadni juda ko'p narsa uchun ishlatamiz. Shu sizlarga qiyinchilik qilmaydimi? Foydalanish? Postingni qidir, Undan shu postga tegishlik javoblarni qidir, Masalan shu threadni o'zida 180 ta page bo'lib ketgan. Bu yerdagi narsdalani o'qilsa 100 ta hil bir biridan farlqik postlar bor. Shularni bo'lib mayda mayda thread larda qilinsa onsonroq bo'lmaydimi Nima deysizlar?


Forumdagilar hali ham o'ylash bilan band ekan  ;D ;D

Qayd etilgan


Ansora  12 Mart 2013, 18:55:59

kamoliddininov, bu savolni Fikrlar va mulohazalar bolimiga yozsangiz, tezroq javob olasiz.

Qayd etilgan