Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265293 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 ... 270 B


Shoxjahon12  16 Mart 2009, 17:35:28

Shohjahon12ga:
Eski forumdoshlardan kimlarni xotirlab turasiz?


Eski forumdoshlardan hozirda deyarli hech kim qolmadi (adashmasam). Lekin Nargiza85, Bonu, Dimon degan userlarni eslab turaman. Ayniqsa, Bonu forum va saytning rivoji uchun jon kuydirardilar. Hozirgilardan Muslima (Rohatoy) ning forumdagi faolliklari menga Bonuni eslatib yuboryapti. Dimon (Dilshod)  garchi forumga onda-sonda kirib tursa ham forumga o'zgacha fayz kiritib turardilar. Shunaqa userlar bor ekan forum va sayt yanada ommalashaveradi.

Qayd etilgan


Mashhura  16 Mart 2009, 18:01:39

Javob berilmagan savollar:

Mashhura:
Siz sevgan va o'zingiz o'shanga o'xshashni orzu qilgan badiiy asar qahramoni kim?

Men sevgan badiiy asar qahramonlari (agar ayol kishini nazarda tutgan bo`lsangiz) ko`p. Kumush (O`tgan kunlar), Ra`no (Mehrobdan chayon), Ferede (Choliqushi)...... Ammo hech biriga o`xshashni orzu qilmaganman.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  16 Mart 2009, 19:42:46

Javob berilmagan savollar:
Y_U_R_I_S_Tga savol:
Tasavvur qiling, institutda ishlayotgan paytingizda sizni boshqa davlat organiga ishga taklif qilishdi. Rad etishning iloji yo'q. Siz ishlay boshladingiz. Ish shu darajada ko'pki, boshqa mehnat bilan shug'ullanishga imkon yo'q. Lekin oylik kam... Nima qilardingiz?


Buni tasavvur qilish qiyin emas. Axir deyarli hamma davlat organida, ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ish huddi shunaqa. Ya'ni ish judayam ko'p. Ammo men baribir ishlagan bo'lardim. Axir duch kelgan ilk qiyinchilik va mashaqqatlarni bahona qilib tashlab ketaversak bu dunyoda aniq ishsiz qolib ketamizku. Chunki bu dunyoda oson ishning o'zi yo'q!

Qayd etilgan


Zamiraxon  16 Mart 2009, 21:31:22

zamiraxonga savol:
Oxirgi marta kimgadir qilgan sovg'angiz?

 :as:
Kompyuter mishkasi :)

Qayd etilgan


Zamiraxon  16 Mart 2009, 22:34:23

Iqtisodchilarga savol: O'zbekistonga krizis qachon kirib keladi va qachon chiqib ketishi mumkin? Umuman, "Krizis" so'zining ma'nosi nima? Qaysi sohalarga ko'proq ta'sir qilishi mumkin?

Qayd etilgan


Abdulhafiz  16 Mart 2009, 23:36:32

Abdulhafizga savol:
Hech chatga kirganmisiz? O'zbekcha chatlar haqida fikringiz?
Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur. Chatga biror marta ham kirmaganman. Shu narsaga qiziqmadim to'g'risi, shuning uchun fikr bildira olmayman.

Va alaykum assalom!
Umuman, biron marta ham kirmaganmisiz? Qiziqishga ham, nima ekan bu chat deganlari deb ham umuman kirmaganmisiz?
Haqiqatdan ham shunaqa bo'lsa, unda yana boshqa savollar bor.
Haqiqatdan ham biron marta kirib ko'rmaganman.

Qayd etilgan


Usmon  16 Mart 2009, 23:39:46

Usmonga:
Sizningcha iqtisodiy krizisdan chiqishning qanday yo'llari bor?

Assalomu alaykum. Savolingiznni ko'rganimdan beri ancha vaqt o'tgan bo'lsa-da, javob yozishga endi fursat topdim. Buning uchun ming bor uzr.
Javobga keladigan bo'lsak.

Wikipediaga murojaat qilsak, hozirgi inqirozga quyidagicha ta'rif berilgan:
2008 yilning Umumjahon moliya inqirozi - 2008 yilda yuz bergan, aksariyat mamlakatlarda asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlarning pasayishi va shu yilning oxirida global retsessiya bilan davom etgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz. (http://ru.wikipedia.org/wiki/А­кономический_кризис_(2008))

Bir qarashda, inqiroz ko'rinishidan arzimagan narsa bilan boshlanib (2006 yil AQSH ipoteka inqirozi), endilikda o'ta jiddiy ko'rinish olgandek.
Lekin, fikrimcha, bu tabiiy jarayon edi va ipoteka inqirozi bilan bo'lmasa, boshqa omil natijasida yuzaga kelardi. Bir tomondan iqtisodiy o'sishning siklliligi, ikkinchi tomondan esa ko'pgina bozorlarning, ayniqsa yoqilg'i xom ashyosi bozorining o'ta "qizib" ketganligi inqiroz uchun yetarli shart-sharoit edi.

Moliyaviy sektordagi "ko'pik"ning "yorilish"i, albatta, real sektorga ham tas'ir o'tkazmay qo'ymasdi. Shuningdek, joriy xalqaro integratsiya darajasini hisobga olsak, AQSHda yuz bergan bunday inqiroz dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida o'z aksini topishi ham tabiiy holat edi.

Bundan chiqishning yo'llariga kelsak, menimcha, faqat vaqt talab qilinadi. E'tibor berayotgan bo'lsangiz, aksariyat davlatlar iqtisodiyotni sog'lomlashtirish uchun bir necha 10-100 milliard dollar sarflamoqdalar. Bu pullarning asosiy qismi inqirozdan eng ko'p jabr ko'rgan yirik banklar, kompaniyalarning bir qismini sotib olish yoki ularni imtiyozli kreditlashga sarflanmoqda.

O'zbekistonga keladigan bo'lsak, 2008 yil yakunlari bo'yicha iqtisodiy o'sish 9%ni tashkil qilibdi. Buning ustiga, sanoat, qishloq xo'jaligi, xizmatlar va qurilish sohalari - istisnosiz ravishda barchasida faqat o'sish kuzatilibdi. Birorta sohada hatto turg'unlik ham kuzatilmabdi. Davlat budjeti profitsit bilan amalga oshirilgan, inflatsiya ham prognozdagidan oshmagan. Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar joyidami, demak hali inqiroz biz tomonga qadam ranjida qilmagan yoki..

Xalqaro moliya tizimiga juda chuqur integratsiyalashmaganimizni inobatga olsak, agar inqiroz bizga ta'sir qilsa ham, asosan, mahsulotimiz importerlari sotib olish qobiliyatlarining pasayishi hamda xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizdan keladigan pul tushumlarining kamayishi orqali, ya'ni bilvosita ta'sir qilishi mumkin deb o'ylayman.

Uzoqqa borib o'tirmay, har birimiz o'zimizga savol bersak bo'ladi: "Turmush darajamda inqiroz paytida qandaydir o'zgarish bo'ldimi?"

Shaxsan men: "Yo'q!" deb javob bergan bo'lardim, "men inqirozdan oldin qanday yashayotgan bo'lsam, hozir ham shunday yashamoqdaman"... ;)

Qayd etilgan


Hadija  16 Mart 2009, 23:39:58

Iqtisodchilarga savol: O'zbekistonga krizis qachon kirib keladi va qachon chiqib ketishi mumkin? Umuman, "Krizis" so'zining ma'nosi nima? Qaysi sohalarga ko'proq ta'sir qilishi mumkin?

Aniq bir narsa diyish qiyin, ammo Uzbga shu yilning May oylarida degan tahminiy gumon ham yo'q emas...

Qayd etilgan


ZUBAIR  16 Mart 2009, 23:43:27

shoir aka, menga bergan savolizga ikkinchi javob   :7

Qayd etilgan


Chustiy  17 Mart 2009, 00:57:09

Iqtibos: Shoir
Chustiyga:
Pazandalik ota kasbmi yoki keyinroq paydo bo'lganmi?

Yog'e, uyda hozircha bitta biz chiqib qolganmiz holos, agar keyinchalik yana ubu kim qo'shilmasa.

P/S: Uzr savolga oldinroq diqqat qilmagan ekanman.
 

Qayd etilgan