Abdulazizga savol: Bir kishi sizga xiyonat qildi. Sizni ishonchingizdan, mehringizdan foydalanib sizni aldab ustingizdan kuldi. Siz unga qattiq ishinardingiz. Buni anchadan keyin sezib qoldingiz. Ko'nglingiz qattiq og'ridi. Lekin u sizdan kechirim so'ramadi.
Savol:Uni kechira olasizmi? Va bu tafayli barcha insonlarga bo'lgan ishonchingiz yo'qoladimi?
Assalomu alaykum!
Kechira olardim. Chunki biz hammamiz insonmiz, xato qilamiz.
Lekin o'sha insonga bir umr ishonmay qo'yardim. Ishonchdan chiqadi u odam. Chunki xiyonat, yolg'on o'z-o'zidan boshqa gunohlarni ham orqalovchi katta ayb hisoblanadi. Sizni bir marta qattiq aldagan insonning ikkinchi marta aldashiga kafolat yo'q. O'sha insonga tavba qilishini, bundan keyin bunaqa ishlarini qilmasligini bir marta tushuntirishga harakat qilardim. Chunki Alloh Rahmdil, Mehribon zot.
“Abu Farva ismli bir odam kelib Janobi Payg‘ambarimizdan:
— Boshdan-oyoq gunohga botgan, qilmagan noma’qulchiligi qolmagan bir kimsa tavba qilsa bo‘ladimi? — deb so‘radi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, unga:
— Sen musulmon bo‘lganmisan? — dedilar.
— Ha.
— Unday bo‘lsa, bundan keyin yomonliklarni tashlagin-da, hamisha yaxshilik qil. Alloh taolo sening avval qilgan gunohlaringni yaxshiliklarga aylantiradi.
— Barcha xiyonatu soxtakorliklarimni hammi?
— Ha.
U odam takbir ayta boshladi va chiqib ketdi. Keta-ketgunicha (bizga ko‘rinmay qolgunicha) takbir aytdi».
Bir xiyonat yoki yolg'on tufayli boshqa kishilarga ishoncha yo'qolmaydi. Chunki hammaning hayotda o'z yo'li bor, hammaning o'ziga xos xulqi, harakteri bo'ladi.