The_Alchemistga savol
Fotogallereyadagi olgan rasmlaringizni ko'rdim.
Dunyoning nechata va qaysi davlatlarida bo'lgansiz?
Uzur savolingizni kurmagan ekanman forumga kamroq kirganim uchun.
Savolingizga javob: Uzoq vaqt qolgan davlatlarim:
AQSH, BAA, Turkiya va Malaysia
Qisqa vaqt tashrif buyurgan davlatlarim:
Rossiya,Armaniston,Ozorbayjon, Angliya va Germaniya
Savol:
Mana shu davlatlardagi sizga yoqqan va yoqmagan jihatlar nima bo'ldi?
Qaysidir mamlakatga yoki millatga baho berishda inson uz fikrlashidan, dunyoqarashi va usha mamlakatga bulgan shaxsiy munosabatidan kelib chiqib munosabat bildiradi.
Shunday ekan savolizga qisqaroq qilib javob berishga iloji boricha harakat qilaman:
AQSHda insonlarning qattiq mehnat qilishlari va Musulmonlarga toqatli ekanliklari maqul keldi. Musulmon ekan deb ajratib quyishganini yoki galati qarashganiga guvoh bulmadim.
Yoqmagan tarafi esa hozirgi kunda ota-ona va farzand urtasidagi uzaro munosabatlarni yomonlashib ketgani. Hozirgi kunda kupchilik yoshlar ota-ona hurmatini joyiga quyishmas ekan (Balki man shunaqa holatga kuproq guvoh bulganim uchun shunaqa tuyulgandir)
BAAda esa savdo sotiqni tugri yulga quyganliklari va mamlakatning iqtisodiga katta etibori maqul keldi.
BAAdagi Arablarning bazi muammolarga befarq bulib qolayotganliklari yani fohishalik, qullikni bila turib indamay turishlari va turizm deb Evropaliklarning ahloqsizlik tula madaniyatini indamay tomosha qilib turishlari esa maqul kelmagan tarafi buldi.
Turkiyada esa insonlarning uz tarihi bilan, millati bilan faxrlanishlari maqul keldi, bazi odamlaring salgina aldamchilik va ayyorliklari esa maqul kelmadi.
Malaysiada maqul kelmagan narsalar deyarli bulmagan (balki uchramandir omadim kelib) Odamlari judayam mehmondust, insofli, dinga etibor katta, har bir insonni hurmat bilan qabul qilishadi va begaraz yordam berishadi. Judayam erkin his qiladi insonlar uzini.
Qolgan davlatlarda esa qisqa vaqt bulganman shuning uchun munosabatim holis bulmasligi mumkin deya munosabat bildirmaslikni maqul kurdim.
The Alchemist
PS:Javobimni qisqa qilishga iloji boricha harakat qildim