Y_U_R_I_S_Tga savollar:
1. Maktabda o'qib yurgan kezlaringiz kimyo fanidan bilimingiz qanaqa edi?
2. Zakovat klubiga qanday a'zo bo'lgansiz? Kim taklif etgan?
3. Zakovatchilardan kim bilan qalin do'stona munosabatdasiz?
4. Kelajagingiz uchun rajalashtirayotgan eng katta rejangiz?
1. Maktabda barcha fanlarni yaxshi o'qishga harakat qilganman. Kimyoni a'loga bilardim. Formulalarni qo'llagan holda masalalarni yechishni juda yoqtirardim. Xozir qanchalik bilimga egaman, buni aytolmayman.
2. Zakovat efirga uzatilishni boshlagandan muxlislik qilganman. Bironta sonini qoldirmasdan ko’rardim. Bilimdonlarga judayam xavas qilardim. O’zim ham orzu qilganman ishtirok etishni. Bir kuni ekran orqali boshlovchi litseylar o'rtasida musobaqa bo'lishni e'lon qilgandi. Ishtirok tishni xohlagan jamoalarni Milliy Universitetga taklif etganlar. O’shanda Toshkentga o’qishga kelgan edim. Tavakkal dedimu, kursdoshlarimdan bitta jamoa tuzib, aytilgan joyga bordim. Borsam, boshlovchining shaxsan o’zi o’tirib suhbat uyushtirayapti. Shunaqa hayajonlanganmanki"¦ Keyin suhbat qilib ko’rdilar. Undan muvaffaqiyatli o’tdim. Yillar mobaynida tayyorgarlik ko’rib, tinimsiz mehnat qilgandan so’ng, men ham klubning bilimdonig aylandim. Buning uchun Ollohga behisob shukurlar bo’lsin.
3. Zakovatda bizning jamoamiz eng qalin va inoq jamoalardan hisoblnadi. Bobur Yoqubov, Umid Valiyev, Saidkamol Abdurazzoqov, Zafar Mirzaboyev, Akmalxon Amilov. Biz aka-uklardek bo’lib ketgnmiz. Shaxsan o’zim Bobur Yoqubov bilan ancha erkin suhbatlashaman. O’zimning tug’ishgan akamdan ham yaqinroq. (Chunki hayotda tug’ishgan akam yo’q-da!)
4. Rejalarim ko’p. Ularning katta-kichigi yo’q. Har bir rejam amalgam oshishi uchun birdek harakat qilaman. Ammo eng katta orzuyim haqida aytadigan bo’lsam, bu O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yurist maqomini olib, akademik unvoniga ega bo’lish. Nasib qilsa, shu orzuyim yo’lida mehnat qilaman.