Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265406 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 ... 270 B


Muzayyana  31 Mart 2009, 11:43:48

shoirga savol:
mana shu mavzu ochilgandan beri qaysi yuserning bergan savoli va qaysi yuserning bergan javobi sizga juda yoqqan?

Qayd etilgan


mutaallimah  31 Mart 2009, 18:14:26

Javob berilmagan savollar:

Mutaallimaga savol:
1. Siz sevgan O'zbekistondagi 3 ta shahar? Nima uchun siz bu shahrlarga mehr qo'ygnasiz?
2. Siz sevgan jahondagi 3 ta shahar (Makka, Madina, Quddusdan tashqari)? Nima uchun bu shahrlarni yoqtirasiz?

Assalamu alaykum.
Savolga kech javob berayotganim uchun uzr..

1. O'zbekistondagi biror shahar yoki viloyatga alohida mehr qo'ymaganman.. Hammasi o'zicha chiroylik va go'zal tabiatga ega..
2. 1.O'zim u yerda bo'lgan bir qancha yashagan joylardan  Qohira (Misr) u yerdagi eng yaqin insonlar go'zal xotiralar maroqli o'tgan vaqtlar sabab bo'lsa kerak...
2.Hali u yerda bo'lmaganman lekin kelajakda albatta borishni niyat qilaman Mansura (Misr) Mansuradagi o'qishlarda o'qishni judayam hohlayman.. : )

Qayd etilgan


siddiqa  01 Aprel 2009, 06:46:31

Muslimaa, Dilsora, Muhseena, Siddiqa, G_u_l_iga:
1. Siz yoqtirgan 3 ta erkaklar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
2. Siz yoqtirgan 3 ta ayollar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
1Ayyub sabrda o'rnak bo'luvchi payg'ambarimiz Ayyub (as) ismlari ,bu ismli insonlarni bosiq ,sobur  ,shokir holatga ko'rganman .
Abubakr tarifga hojat yo'q ,siddiq va atiyq ,sevikli rasulimizning  :sw:sevikli birodarlari.
Zayd ilk iymon keltirgan ,Rasulullohning saqlab olgan o'g'illari .bu ismni juda yahshi ko'raman .

Osiyo,isyonkor Fir'avnning ,zokira va sobira ayoli ,o'rnak bo'luvchi ayollarning biri .
Siddiqa yahshi ko'ramanda bu ismni  :D :D
Sora Ibrohim (as)ning zavjalari ,yana ko'pi smlarni yahshi ko'raman ,faqat 3 so'rabsizda . :D :D

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Aprel 2009, 12:02:34

Javob berilmagan savollar:

Akbar, Rais, Usmon, YURIST, Jasonnur, Ikbaljohn, Shoxjahon12ga:
1. Siz hurmat qilgan 3 ta o'zbekistonlik sportchi? Nima uchun hurmat qilasiz.
2. Siz havas qilgan 3 ta ajnabiy sportchi. Xavasingiz sababi?

1. Artur Taymazov (Har doim faqat g'alaba qozonadi va O'zbek bayrog'ini baland ko'taradi)
2. Jasur Hasanov (O'yinda jon berib o'ynaydi)
3. Sherzodbek Karimov (Yosh bo'lsada unda juda ham ishtiyoq baland)

1. Krishtiyano Ranaldo (Juda ham profassional va kerak paytda o'zini ko'rsata oladi)
2. Stifon Jerard (Har doim jamosining yuragi, jamosi uchun har narsaga tayyor)
3. Ranaldinyo (Havas qilsa arzigulik fintlari va ajoyib tabassumi)


Qayd etilgan


Hadija  01 Aprel 2009, 14:12:32

Muslimaa, Dilsora, Muhseena, Siddiqa, G_u_l_iga:
1. Siz yoqtirgan 3 ta erkaklar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
2. Siz yoqtirgan 3 ta ayollar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?

 :as:

1. Mustafo, Abdulloh, Rahmatulloh
2. Islom shariyatiga to'g'ri keladigan barcha muslimalar ismi o'ziga yarasha jozibali va go'zal, ajratmayman...
Nimani yoki kimnidir yoqtirish yoqtirmasdligimni sabablarini aniq aytolmayman, chunki o'zim ham bilmayman sabablarini... Asosan shariyatga to'g'ri kelsin.


P.S: Ko'nlingizga olmang-u, fikrimcha savollar anketniy savollarga o'hshabdi, sal jonliroq, asosan din yoki juda bo'lmasa hayotga to'g'ri keladigan savollardan bo'lsa, InshaAlloh nur ustiga a'lo nur bo'lardi...

Qayd etilgan


Abdullоh  01 Aprel 2009, 15:53:00

AbdulAziz, Abdulloh, Abdulhafizga:

1. Siz sevib o'qigan badiiy 3 ta asardagi 3 ta zo'r iqtibosni keltira olasizmi?
2. Siz sevib o'qigan 3 ta jahon adabiyotidan 3 ta zo'r iqtibos yoki baytni keltira olasizmi?

Assalamu alaykum. Javob berishni kechiktirganim uchun uzr. Buiong o'ziga yarasha sabablari bor.

1-savolingizga javoblarim:

1. O’tkir Hoshimovning "œDunyoning ishlari" qissasidan.

ILTIJO
Oyi, men keldim... Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim...
Qarang, oyi tag‘in ko‘klam kirdi. Esingizdami, har yili bahor kirishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmonni, ko‘m-ko‘k maysalarni ko‘rib quvonardingiz. Esingizdami, nevaralaringiz terib kelgan boychechaklarni ko‘zingizga surtib, «omonliq-somonliq» qilardingiz...
Bugun... o‘zingizning ustingizdan boychechak o‘sib chiqibdi... Yo‘q, yo‘q, oyijon... Yig‘layotganim yo‘q. Bilaman, men yig‘lasam, siz bezovta bo‘lasiz. Hozir... hozir o‘tib ketadi. Mana, bo‘ldi...
Ertalab-chi, oyi, yomg‘ir yog‘di. Qattiq yomg‘ir yog‘di. Siz bahor yomg‘irini yaxshi ko‘rardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi... Esingizdami, siz menga oftob to‘g‘risida cho‘pchak aytib bergan edingiz. O‘sha oftob charaqlab yotibdi... Ko‘ryapsizmi...
Esingizdami, oyi, siz ukamga alla aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bo‘lib uxlab qolardim. O‘sha beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman.
Nima qilay, oyi, men alla aytishni bilmayman. Qabringizni silab qo‘ysam orom olasizmi...
Mana, oyijon, mana... Yo‘q, yo‘q, yig‘layotganim yo‘q. Hozir, hozir o‘tib ketadi. Esingizdami, oyi, siz bir marta, atigi bir marta, o‘shandayam hazillashib: «Meniyam kitob qilib yozsang-chi, o‘g‘lim», degandingiz. Men: «Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?» degan edim. Xafa bo‘lmang, men hazillashgan edim. Mana, o‘sha kitob. Yo‘q, uni men yozganim yo‘q. Uni siz yozgansiz. Men uni qog‘ozga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o‘qishini xohlayman. Bilaman, dunyodagi
hamma onalar yaxshi. Shundoq bo‘lsayam, ularning hammasi Sizga o‘xshashini xohlayman...

2. Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.

O’zgaga jahannam "œgullari" nasib bo’lishini istayotgan odam buning o’rniga o’zi uchun jannat rohatini tilagani afzal emasmikin? O’zganing jahannam o’tida kuymog’i uning duosi bilan bo’lmaganidek, o’zining jannat bog’larida sayr qilishi yaxshi niyat va amallari bilan ekanligini bilishi ham bir baxtdir.

3. Hayrulla hamidovning "Mehribone topmadim" qissasidan.

Dunyo shunaqa ekan, hamma bilishi shart bo’lmagan haqiqatlar bor ekan. Ular shu kecha-kunduzda oshkor bo’lmasa ham, kun kelib kattaroq auditoriya oldida fosh etiladi.  Shuning uchun ham musibat holida ko’p kuyinmang. "Mehribone topmadim" deb hazrat Navoiy umuman boshqa ma’noda aytgan edilar:

Mehr ko’p ko’rguzdim, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.

To'g'risini aytsam, ikkinchi savolingizga javob bera olmayman. Chunki jahon adabiyotidan unchalik ham ko'p kitob o'qimaganman.

Qayd etilgan


Muzayyana  02 Aprel 2009, 09:56:40

 :as:

Forumning barcha yuser va yuserkalarida savol:

Siz kimni o'zingizga ideal deb bilasiz va nima  cuhun?

Qayd etilgan


Zamiraxon  02 Aprel 2009, 13:07:02

 :as:
:as:

Forumning barcha yuser va yuserkalarida savol:

Siz kimni o'zingizga ideal deb bilasiz va nima  cuhun?

Men uchun Oisha onamiz idealdir. Chunki, Oisha onamiz sababli juda ko'p oyatlar tushirilgan. Ularga tuxmat qilishganda unga bag'ishlab to'liq bir sura tushirilgan, bundan tashqari suv yo'qligida tayammum qilish mumkinligi ham Oisha onamiz sababli tushirilgan. Umuman olganda, Payg'ambarimizning barcha xotinlari - bizning onalarimiz men uchun idealdir :)

Qayd etilgan


Fatima  02 Aprel 2009, 14:32:05

Javob berilmagan savollar:

Zamiraxon  bergan savollar:

Fatimaga savollar:

1. Eng yaqin do'stingizda qaysi xislatlar bo'lishini xohlaysiz?
2. Joynamoz ustida namoz o'qib turgan paytingizda yig'laganmisiz? Nima sababdan?
3. Siz do'stingiz qaysi xatosini umuman kechira olmaysiz?
4. Issig'ingiz ko'tarilganda termometr ko'rsatgan eng yuqori daraja necha bo'lgan?
           Assalomu alaykum.
1. Eng yaqin do`stimni... Eng asosiysi mani tushuna oladigan bo`lishini xohlayman.
2. Ha, yig`laganman. Sababi hammaga ayon.
3. Nima xato qilgandayam baribir kechirardim.
4. Juda ajoyib savol bo`libdi, Allohga shukr hech qachon termometr k`orsatkichi manda uncha yuqori b`olmagan. Eng balandi 37-38.
 
PS: Savol uchun Rahmat, Zamiraxon.

Qayd etilgan


Abdullоh  02 Aprel 2009, 16:41:02

:as:

Forumning barcha yuser va yuserkalarida savol:

Siz kimni o'zingizga ideal deb bilasiz va nima  cuhun?

U paytlar ziyouz.com sayti haqida endi bila boshlagan edim. Shunda saytda adminimiz AbdulAziz akaning qisqacha biografiyasini ko'rgan edim. U kishi Hayotdagi idealim - Muhammad :sw: deb juda maqbul javob bergan edilar. O'zi har bir musulmon uchun Rasuli Akram  :sw: hayotda ideal bo'lishi kerak. To'gri u zot  :sw: ga hech kim o'xshay olmaydi. Lekin biz U zot  :sw: ning sunatlariga amal qilib yashashimiz kerak. Qandaydir kino yulduzi yoki qandaydir sportchini o'zimizga ideal qilib olmasligimiz kerak.

Qayd etilgan