Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265349 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 ... 270 B


AbdulAziz  08 Aprel 2009, 07:07:23

Abdulazizga savol.
Savollar hayot va oila undagi islom mavzusi ekan davomi ham shunday bo'la qolsin. :)
Siz o'zingiz hayotingizda ko'rmagan uchrashmagan bir chet elda yashaydigan qiz bilan int orqalimi yoki biror sabab bilan tanishib qoldingiz.U haqida faqat chiroyli gumonlar qilasiz.Hayolingizda siz bilgan qiz soliha muslima siz bu ahvolda shu qiz bilan turmush qurishga jiddiy ahd qila olasizmi?

Savol uchun tashakkur! Alloh rozi bo'lsin!
Chet elda yashaydigan qiz bilan internet orqali tanishish ancha shubhali holat.
Bunda, birinchidan, hozirda ko'p qizlarimiz ilm olish bahonasida, chetga mahramsiz chiqib ketmoqdalar. Islom shariatiga ko'ra, ilm olish maqsadidami yoki boshqa maqsaddami, mahramsiz chet-el tugul yurtimizdagi boshqa uzoq shaharga borish ham mumkin emas. Shariatimiz ayoldagi xos xususiyatlarni hisobga olib, shunday hukmni qilgan. Chet-elda mahramsiz yurgan har qanday qiz, garchi u hijobda bo'lsa-da, garchi "ilmli", yuksak axloqli bo'lsa-da, men undan shubha qilaman.
 
Ikkinchidan, gap-so'zlar, kiyimni "islomiylashtirish" hozirgi kunda moda tusiga kirib qolgan. Mini yubka kiyib yurgan o'zbek qizi ham namoz o'qishi bilan maqtanishi mumkin. Aytmoqchi bo'lganim, ayniqsa internetda turfa postu, avatar, imzolar bilan o'zini islomiy qilib ko'rsatish juda oson va hamma ham eplay oladigan holat bo'lib qoldi. Ayniqsa, chet-elda yashab yoki ilm olib yurib, inetnetga tez kirib turadigan qizlar orasida shunday holatlar juda ko'p. Turmush, bu jiddiy masala. Uni faqat yaxshi gumonlar bilan hal qilinmaydi. Sizga juft bo'lishni istayotgan qiz yoki yigitni avvalo uni taniydigan, biladigan katta yoshdagi muslim va muslima birodarlar tomonidan tekshiriladi. Ota-ona rizoligi dega narsa ham bor. Chunki qari bilganni pari bilmaydi. Odatda yoshlar tuyg'ular girdobiga g'arq bo'lib, turfa ajoyib va'dalarga ishonib, haqiqiy hayotni unutib qo'yadilar.

Internet yoki boshqa manba orqali berilgan va'dalar, gap-so'zlar (garchi islomiy tus berilib aytilgan bo'lsa-da) ga ko'r-ko'rona ishonib qolish musulmonga xos xislat emas. Hozirgi kunda musulmon xushyor bo'lishi kerak, laqma bo'lib, hamma narsaga ishonib ketmasligi kerak. Chunki biz sahobalarning Saodat zamonida emas, fisqu-fujur avj olgan og'ir zamonda yashayapmiz. Turmush esa jiddiy narsa. Uni jiddiy fahmlash kerak. Keyin sovchilik, to'ydan oldin kelin va kuyovni ko'rish, turli gumonlardan xoli bo'lishning islomiy odoblari bor.
Allohim barchamizga o'zimizga mos bo'lganini nasib etsin!

Qayd etilgan


siddiqa  08 Aprel 2009, 07:12:32

Siddiqaga savol:

Siz hijoblanishingiz cuhun ota-onangiz qarshi bo'lishyapti, lekin siz juda xohlayapsiz.
Siz ularga qarshi bora olasizmi?
Eshitdim................. itoat etdim deya olmagan muslimalar qalbi to'la qabrlar bo'larkan .Ota-ona .....ro'mol o'ray olmaganimning sababi ham kuchsizligim ,kurashda bardavom bo'lmayotganimdir .inshaAlloh sekin sekin tushuntirayaman,hidoyat Allohdan faqat shu uzun ro'mollar hijronida o'tib ketishdangina qo'rqaman ,ularga qarshi shijoat bn kurashishga Alloh so'nmas kuch bersin ,inson o'zligini yo'qotiob yashashdan ko'ra bahtsizroq oqibat yo'q.

Qayd etilgan


Muhseena  08 Aprel 2009, 07:19:17

Muhseenaga savol:

Siz hozir tahsil olayotgan sohada o'qishingiz ota-onangiz xohlaganmi yoki o'zingiz?
Siz kelajakda bu sohada yangilanish yarata olaman deb o'ylaysizmi?(masalan din uchun xizmat qiladigan)
:as: savol uchun tashakkur! Juda nozik joyimni topibsizda opajon  :D.Jurnalistika sohasiga uncha qiziqmaganman.Man til o'rganishni xohlardim,o'qishga kirguncha ham tarjimon bo'laman deb niyat qilardim.Keyinchalik onam shu fakultetda o'qishimni xohladilar,o'qishda ham til o'rganish imkoniyati ham jurnalist bo'lish imkoniyati paydo bo'ldi.Keyin rozi bo'ldim.Aslida til o'rganish uchun kirdim,o'zim o'rganishni orzu qilgan arab tilini o'qimoqdaman,alhamdulillah.Lekin shu ikki yil davomida jurnalistikani ham chuqur o'rgandim.Bu sohaning xalq,omma uchun foydasi nihoyatda katta .Jurnalistni aslida xalqqa ziyo tarqatuvchi shaxs deb tushunaman,garchi bizda kamroq amal qilinsa ham.Shu kungacha jurnalist bo'lmayman deyman-u,lekin siz aytgandek,qalbimda uyg'ongan yana bir tilagim tufayli  shu sohada ishlashni niyat qildim.Albatta niyatim dinimizga xizmat qilish.Bilamizki hozirda jurnalistikamiz bu borada ancha oqsamoqda.Borini ham yo’q qilib tashlashyapti.Amaliyot davomida ayrim Muslim birodarlarimiz yozgan maqolalardan domlalarimiz hayiqishdi,negadir diniy maqolalarni darrov tanqid qilishga urinadilar.O'qish davomida domlalardan,kursdoshlardan har xil gaplar chiqadi.Ular bilan gohida tortishishga to’g’ri keladi.Keyin gohida ko’nglim ham qolib ketadi,eh shular ham jurnalistmi deb.Shunday vaqt bo’ldiki,erkak domlalar bilan hijob borasida tortishdik,ayrim ayol domlalar bilan ham.Ko’pchilik o’qiydigan gazetalarning jurnalistlari dars berishadi.Ammo ulardan dinimiz uchun biron bir jo’yali ish qilganlarini negadir kuzatmadim.Ular uchun hozi eng birinchi o’rinda ma’naviyat-ma’rifat turadi go’yoki.Ammo ularning asl o’zagi Islom dini ekanligini aytadigan bo’lsak,ancha-muncha gap eshitib olamiz.Hozir shu fikrga keldimki,ko’pchilik dinga amal qiluvchi mo’min mo’minalarni ilmsiz deb hisoblar ekan,ayni shundan keyin man ularga bunday emasligini isbotlash uchun ham jurnalist bo’lish istagi kuchaydi.Opajon balki shunday kunlar kelarki,yozgan maqolalarim dinimiz uchun azgina bo’lsada xizmat qilar.Kimgadir ziyo ulashish nasib qilar.Duo qilib turing,shu niyatim so'nmasin.Chunki hali harakatimni boshlab yubormaganman.Inshaalloh yaxshi maqolalar yozib forumga ham joylash niyatim yo’q emas.

Qayd etilgan


imlaah  08 Aprel 2009, 07:25:03

AbdulAziz javobingiz uchun rahmat.
Uzr so'ragan holda qarshi bo'lmasangiz yana bir savolim to'g'rirog'i iltimosim Musannif Adham ,Chustiy va Umar ibn Abdulaziz larga bergan savolimga ham siz javob berib ko'rsangiz.Men hali bu savolga o'zim kutgan darajada javobni topa olmadim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Aprel 2009, 07:49:02

AbdulAziz javobingiz uchun rahmat.
Uzr so'ragan holda qarshi bo'lmasangiz yana bir savolim to'g'rirog'i iltimosim Musannif Adham ,Chustiy va Umar ibn Abdulaziz larga bergan savolimga ham siz javob berib ko'rsangiz.Men hali bu savolga o'zim kutgan darajada javobni topa olmadim.

Aslida bu savolga javobim ham yuqoridagi javobim bilan bir xil.

Bilishimcha sizlar ota onangizdan uzoqda mustaqil yashaysizlar.Ba'zilaringiz o'qish va ba'zilaringiz ish sababli.Aytingchi uylanishga qaror qilsangiz.Forumda islomiy postlar qoldirayotgan qizga   yozganlariga ko'ra turmush qilish taklifini qila olasizlarmi?

Islomiy post qilish degani uning islomiy ilmi, salohiyati yoxud axloqi ham islomiy degan fikrni keltirib chiqarmaydi. Forumlarda o'zlari islomiy postlar qilib, har bir mulohazasiga "islomiy ruh" berib yurgan, lekin hayotda umuman boshqacha bo'lgan ko'p insonlarni ko'rdim. Hozirgi davrda siyrat qolib, suratga qarab turmush taklif etishlik axmoqlikdir.

Qayd etilgan


mutaallimah  08 Aprel 2009, 08:23:31

Mutaallimahga savol:

"Kishi o'z yaxshi ko'rgan narsasini mo'min birodariga ham yaxshi ko'rmaguncha, haqiqiy mo'min bo'la olmaydi".
Bu hadisi Sharifni qanday izohlaysiz?
Sizningcha hozirda musulmonlar shu hadisga amal qilgan holatda yashay olishyaptimi?
Va sizningcha mo'minning eng yaxshi ko'rgan narsasi nima va u ko'proq birodarlariga nimani ilinishi lozim?

Assalamu alaykum.
Ajoyib savollar uchun katta raxmat opajon :)
Mo'min inson hoh ma'naviy hoh moddiy bo'lsin o'zi uchun sevimli bo'lgan hamma narsani birodariga ilina olsagina haqiqiy mo'min hisoblanadi. O'zi uchun eng sevimli narsani boshqa birovga ilinish ham katta jasorat talab qiladi ba'zida :)
Menimcha afsuslar bo'lsinki ayni davrda aksar (hamma emas) musulmonlar bu hadisga umuman teskari hayot kechiradilar...
Mo'min uchun eng sevimli narsa bu ILM o'rganish va o'rganganlariga amal qilish bo'lsa kerak.. Mo'min inson nafaqat birodariga balki umuman dushmani deb bilgan odamiga ham o'zining go'zal xulqi va shirin gaplarini ilinishi lozim.. Chunki go'zal muomala bu eng katta va eng kuchli da'vat demakdir.. (mening fikrimcha)..

Qayd etilgan


AbdurRohman  08 Aprel 2009, 11:32:07

AbdurRahmonga savol:

Sizningcha, sevib va bir-birlarining faqat yaxshi tomonlarini ko'rib turmush qurgan yoshlar baxtli hayot kechiradimi yoki tanimagan holda, ota-onalari yoki qarindoshlari, tanishlari dalolat qilganidan keyin bir-birlarini faqat 1-2marta ko'rib turmush qurganlar baxtli bo'ladimi?
Iltimos, taqdirdagi bo'ladi, deb qutulmang. Bu gapga qarshiligim yo'q, lekin inson bunga sababchi bo'ladi. Vallohi a'lam.

 :as:
AbdulAziz akani gaplarida jon bor, hammani o'ziga mos savol bergansiz ;D


Javob: javobni o'zim ko'rganlarimdan kelib chiqib aytaman. Man guvohi bo'lganlarimni ko'pchiligida ota-onasi topib bergan qizga uylanib, lekin chiqishib ketolmagan, yoki bo'lmasam ota-onasi qistovi bilan turmushga chiqib, eriga mehrsiz bo'lib, oxirida hatto oila buzilishiga ham olib kelgan. Bunday holatlarning yana bir yomon tomoni oila buzilib ketgandan keyin ota-ona o'zini aybdor his qiladi, bir umr o'zini aybdor his qiladi.
Xullas mani fikrim o'zi tanishib, o'zi turmush qurgan yoshlar baxtli hayot kechiradi.

Qayd etilgan


Abdullоh  08 Aprel 2009, 15:49:59

Abdullohga savol:

Meni bilishimcha siz hali yoshsiz, lekin sizning postlaringizni o'qib juda ilmli, aqlli va salohiyat egasi ekanligingizni fahmladim. (Bu maqtov emas) Sizni bu holatda keng va to'g'ri fikrlashingizga kimning tarbiyasi ko'proq foyda bergan?
Ota-onangizmi, ustozlaringizmi yoki o'zingiz o'qigan kitoblar va birodarlaringizmi?

Assalamu alaykum. Fikr va mulohazalaringiz uchun katta rahmat. Endi savolingizning javobiga kelsam. Avvalambor, ota-onamni hidoyatga boshlagan Alloh taologa cheksiz shukronalar va hamd aytaman. Mening o'ylashimcha, agar ota-onam (ayniqsa, dadamlar) o'z vaqtida g'aflat uyqusidan uyg'onib, yolg'iz Allohni tanimaganida, men ham ana shu g'aflatda yurganlar safida bo'lishim hech gap emas bo'lardi. Alloh avvalambor dadamlarni keyin esa onamlarni hidoyatga boshlagan. Chunki, hidoyat - yolg'iz Allohdandir. Yoshligimdan ota-onam menga Allohni tanitgan, islomni o'rgatgan (Alloh o'zi u kishilarning umrlarini uzoq qilsin). Qush inida ko'rganini qiladi, deganlaridek, men ham u kishilarning ortidan ketmoqdaman.

Bundan tashqari bobomlarning ham xizmatlari katta (U kishini Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin). Shu o'rinda maktabdagi ustozlarni ham eslash maqsadga muvofiq deb o'ylayman. Ular bizga ilm berganlar, tafakkurga chorlaganlar.

Men kitob o'qishni juda yoqtiraman. (Yoshligimda "Go'ro'g'li" turkumini sevib o'qirdim). Shu o'qigan kitoblarim, ayniqsa insonni o'ylshga, tafakkur qilishga chorlaydiganlari tarbiyamga katta hissa qo'shgan deb o'ylayman. (Adashmasam, islom olamiga oid eng birinchi o'qigan kitobim "Nur ul-yaqiyn"). Va hozirgi kunda men uchun sevimli bo'lgan Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari va diniy-ma'rifiy dasturlari menga juda katta yordam bermoqda.

P.S. Agar javob yozishda gaplarning tuzilishi, so'zlarning qo'llanilishida xatolik o'tgan bo'lsa, uzr so'rayman. To'g'risi, juda hayajonlandim.

Qayd etilgan


Hadija  08 Aprel 2009, 16:14:31

Siddiqaga savol:

Siz hijoblanishingiz cuhun ota-onangiz qarshi bo'lishyapti, lekin siz juda xohlayapsiz.
Siz ularga qarshi bora olasizmi?
Eshitdim................. itoat etdim deya olmagan muslimalar qalbi to'la qabrlar bo'larkan .Ota-ona .....ro'mol o'ray olmaganimning sababi ham kuchsizligim ,kurashda bardavom bo'lmayotganimdir .inshaAlloh sekin sekin tushuntirayaman,hidoyat Allohdan faqat shu uzun ro'mollar hijronida o'tib ketishdangina qo'rqaman ,ularga qarshi shijoat bn kurashishga Alloh so'nmas kuch bersin ,inson o'zligini yo'qotiob yashashdan ko'ra bahtsizroq oqibat yo'q.

 :as:

Alloh rozi bo'lsin... InshaAlloh, harakatda barakat!
Alloh "hijob"ni ayni farz ekanligini alnglatib, qalbimizda unga nisbatan ilohiy bir ne'mat, hijoblanishlik mehrini berdimi. Albatta, haqiqiy, farz etilgan "hijob"lanishlikni ham o'zi nasib etadi. Faqatgina, umid, ishonch va harakatni susaytirmasdligimiz k-k. Duolarda bardavom bo'laylik... :)

P/S: Ilohim, niyatlaringizga yeting faqatgina hayirlisini nasib qilsin...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Aprel 2009, 18:14:33

Akbarga savol:

Siz bir qizni Alloh yo'lida yaxshi ko'rib uylandingiz. Keyingi hayot tarzingizda unda kutmagan va siz yoqtirmagan "fazilatlar" ko'rina boshladi.
Shunda qanday yo'l tutasiz?

Assalamu alaykum! Savol uchun katta raxmat.

Agar unda men yoqtirmagan holat bo'lsa birinchi navbatda uni o'sha holatini dinimizga zidmi yoki zidmasmi shuni bilardim. Agar dinga zid bo'lsa albatda unga to'g'ri tushintirib, bu holatni tashlashi kerakligini aytardim. Agar dinga talluqli holat bo'lmasa unga o'sha holati yoqmasligini ochiq aytardim va tashlashini so'rardim. Faqat dindan kelib chiqqan holda hammasini tinch yo'l bilan, janjal chiqarmasdan hal qilishga harakat qilardim.

Qayd etilgan