Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265303 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 ... 270 B


Abdullоh  24 Aprel 2009, 17:29:58

Abdulloh, Zubayrga savol:

Tasavvur qiling. Sizni yolg'onchilikda ayblashyapti (Alloh saqlasin!). Lekin siz ular qilaypotgan tuhmatdan xolisiz. Lekin chalg'ituvchi argumentlar sizning zararingizga xizmat qilayapti. Yoshingiz kichik bo'lgani sabablimi yoxud boshqa vaj bilanmi, aybsizligingizni isbotlash behuda ketayapti. Tezroq bu masalani hal qilmasangiz sizning zararingizga ko'p ishlar bo'lishi mumkin.
Shunaqa holatdan qanday chiqasiz?

Huddi shunga o'xshash voqea yaqinda sodir bo'ldi. Avval ham bunday holat bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin eslay olmayman.

Shu desangiz, qaysidir kuni 3-4 para Ingliz tili darsi edi. Biz darsga chiqdik. Ingliz tili guruhimizda 11 ta talaba bor. Darsga chiqsak, o'qituvchi yo'q ekan. Talabalarda shunday holat bo'lsa, tezda darsdan qochishga tushishadi. Kelishib, hammamiz "quyon" bo'ldik. Biz kelishgan edikki, hech kim o'qituvchini kutmasligi kerak. Hamma birin ketin tarqala boshladi. Men ham zalda ketayotgan edim Ingliz tili kafedrasi mudiri meni chaqirdi va u menga bir hujjatni kompyuterda terib berishimni aytdi. U kishiga kompyuterda tez yozishimni o'rtoqlarim aytishgan ekan. Shunday qilib, men u kishining ishini bajardim va kafedra mudir ingliz tili o'qituvchimiz kelganda meni o'zi darsdan ozod qilganligini aytibdi. Shu sababli menga "nb" tushmagan.

Keyin bilsam, o'sha kuni birozdan so'ng o'qituvchimiz darsga kelgan ekan va xonada 2-3 ta talaba o'tirganini ko'rib, qolgan (darsdan qochgan talabalarga) katta "nb" qo'yibdilar.

Keyin bir o'rtog'im aytdiki, guruhdagi ba'zi talabalar: "O'zi bizlarni ketkizib yuborib, darsga kiribti-da" deyishibdi. Chunki menga "nb" tushmagan edi-da. Men ozmuncha asabiylashdim. Ularga tushintirishga harakat qildim. Ba'zilari tushundi, ba'zilari yo'q. Lekin Allohga shukr, ikki kundan so'ng yana ingliz tili darsi bo'ldi va kafedra mudir meni yana darsdan ozod qildi. Hamma narsa a'yon bo'ldi.

Bundan xulosa qilib aytishim mumkinki, agar shunday holatga tushsam, avvalo haqiqatni anglatishga harakat qilaman. Agar bu o'z samarasini bermasa, Allohga tavakkal qilaman.

Qayd etilgan


imlaah  24 Aprel 2009, 18:35:21

Imlah opaga savol:

Sizga o'zini yaqin oladigan "birodar"laringiz ham tuhmat qilgan hollari bo'lganmi?
Bunaqa holatda o'zingizni qanday tutgansiz?

Savol uchun tashakkur.
Bunday holatga dastlab bundan o'n yillar muqaddam uchraganimda turmush o'rtog'im o'sha "birodarim" bilan aloqlarni Assalamu alaykumdan boshqasini bas qilishga buyurganlarida hayron bo'lgandim.Nahot birodarlar orasida shunday holat yuz bersa deb ko'p vaqt o'ylanib yurganman.Hayot umr o'tgani sayin unda turfa voqeliklarni ko'rib ba'zilarida ishtirok etib o'rganib hulosa qilinar ekan.Keyinchalik bunday "birodalar"ga  juda ko'p bora uchradim.Orada uchragan har qanday tubanlikka va nizoga sabab avvalo o'zimni haddi harakatimni ,muomalamni tekshiraman.Hulosani o'z amalimdan chiqazib shu "birodar" bilan faqatgina salom alikni qoldirib boshqa har qanday muomalamni bas qilaman.

Qayd etilgan


ZUBAIR  24 Aprel 2009, 19:27:34

Abdulloh, ZUBAIRga savol:

Tasavvur qiling. Sizni yolg'onchilikda ayblashyapti (Alloh saqlasin!). Lekin siz ular qilaypotgan tuhmatdan xolisiz. Lekin chalg'ituvchi argumentlar sizning zararingizga xizmat qilayapti. Yoshingiz kichik bo'lgani sabablimi yoxud boshqa vaj bilanmi, aybsizligingizni isbotlash behuda ketayapti. Tezroq bu masalani hal qilmasangiz sizning zararingizga ko'p ishlar bo'lishi mumkin.
Shunaqa holatdan qanday chiqasiz?
:as:
Bunday bo'lishdan alloh srasin. Agar siz aytgan xolat yuz beradigan bo'lsa, hamma narsa mening zararimga hal bo'layotgan bo'lsa, bunday xolatda faqat sabr yordam berishi mumkin.

Qayd etilgan


Muhseena  24 Aprel 2009, 20:15:48

Siddiqa, G_u_l_i, Muhseena, Zamiraxonga:

Yoningizdagi yaqinlaringiz sizni tushunmayotgan yoki tushunishni xohlamayotgan bir paytda o'zingizni qanday his qilasiz? Uning chorasi nimada deb o'ylaysiz?
:as:
Savol uchun tashakkur!
 
:bsm:
Alloh taolo Kahf surasi 45-oyatda marhamat qiladi:

(Ey Muhammad alayhissalom,odamlarga) hayoti dunyo misolini keltiring! (U) xuddi bir suv kabidirki,Biz osmondan yog’dirgach,(avval-kishi hayotining bahorida) u sababli zamin nabototi (bir-biriga) aralashib-chirmashib ketur,so’ngra (hayot kuzi kelgach),shamollar uchirib ketadigan xas-xashakka aylanib qolur.Alloh hamma narsaga Qodir bo’lgan Zotdir.

Alloh taolo umrimizni qanchalik tez o’tib ketishini ta’riflar ekan,har bir inson o’ziga berilgan imkoniyatlardan foydalanib qolishi zarur.Uni faqat yaxshilikka ,ibodatga sarflashimiz biz uchun xayrli yo’ldir.Ammo dunyoda har xil insonlar bor.Kimdir nima uchun hayotga kelib-ketayotganini anglolmay yashaydi.Kimdir esa uning aksi,ya’ni hayotini toat-ibodatga bag’ishlaydi.
 
:bsm:
Azhob surasi 71-oyatda Alloh taolo marhamat qiladi:
Kim Allohga va Uning Payg’ambariga itoat etsa,bas, u buyuk saodatga erishibdi."

Hayotga nega kelib ketayotganini anglagan kishilar BUYUK SAODATga erishish maqsadi bilan yashaydilar.Lekin buni his qila olmagan kishilar bizni tushunmaydilar.Ularning nazdida bu bir hom-hayoldek,amalga oshirib bo’lmaydigan orzudek tuyuladi.Juda ko’pchili hozirda 5 kunlik dunyoda yaxshi yashab qol-degan shior bilan yashamoqda.
Oddiy misol sochini tagidan qirib olib,ko’chada bemalol yurgan  qizni holatini man umuman tushunmasligim mumkin,xuddi u ham Jazirama issiqda mani yengi uzun ko’ylakda yurishimni tushuna olmagani kabi.Demak hayot shu.Hayotda kimdir sizni tushunib yashaydi,kimningdir siz bilan umuman ishi yo’q,kimdir sizga qarshi.Hayotda har xil muammolar bo’ladi.Juda ko’p hollarda mani tushuna olishmayapti.Ammo shu paytda faqat sabr va sabr qilishga harakat qilyapman.Qanchalik qo’limdan kelyapti buni bilmayman,har holda kurashishga imkonim darajasida harakat qilyapman.Bu holatda faqat  Allohga muhtojman.
 
:bsm:
Fotir surasi 15-oyatda:"Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar.Allohning O’zigina (barcha odamlardan) Behojat va (barcha) maqtovga Loyiq Zotdir.

Faqat bir narsani tushunishlarini juda ham istardim.Haqiqiy musulmon kishi birovga faqat va faqat yaxshilikni ilinadi.Hech ham birovga ozori tegmaydi.Shunga intilib yashayotgan odamlarni tushunmay,ularni umidlarini so’ndirish uchun harakat qilayotgan kishilarga Allohim to’g’ri yo’lni ko’rsatsin. Iymon,islom nuri bilan siylasin! :amn:

Qayd etilgan


Robiya  25 Aprel 2009, 15:40:27

Robiyaga savol:

Hayotda ba'zida umidsizlanish kayfiyati ham bo'ladi.
Shunday holatda qanday qilib o'zingini ovutasiz?

Savol uchun tashakkur AbdulAziz aka!

Bunaqa paytlarda Odamlarning ko'ziga ko'rinmaydigan joyga borib, Allohga iltijo qilaman, munojot qilaman...

Qayd etilgan


Muhseena  26 Aprel 2009, 06:58:37

:bsm:
:as:

AbdulAziz,Salmoni Forsiy,Chustiyga savol:

Sizningcha "qabr" qanday maskan,uni qanday tasavvur qilasiz?Iloji bo'lsa hadis va rivoyatlar bilan javob bersangiz

Qayd etilgan


Muhseena  26 Aprel 2009, 07:01:39

:bsm:
:as:

Mutaallimah,AbdulAziz,G_u_l_i,Chustiyga savol:

Islom dinini o'rganishni xohlaydigan insonga eng avval qaysi kitobni o'qishni tavsiya qilardingiz?
Sizningcha u kitob qaysi jihati bilan insonga ta'sir qilishi mumkin?

Qayd etilgan


Muhseena  26 Aprel 2009, 07:05:46

 
:bsm:
:as:

Siddiqa,Munavvara,Robiyaga savol:

Deylik siz bir kitob yozmoqchisiz.Kitobingizda qalbizdagi eng katta muammoni yoritish niyatidasiz.Sizni qalbingizni qiynayotgan muammo va uni yechimini qisqa qilib qanday izohlagan bo'lardingiz.

Qayd etilgan


Muhseena  26 Aprel 2009, 07:17:56

 
:bsm:
:as:


Munira opa,Imlaah opaga savol:

Hozirda din insonning qalbida bo'lishi kerak,tashqarisida emas-degan gaplarni ko'p uchratamiz.
" Hijob o'rash shart emas,Alloh qalbimizdaku,hijob o'rab olib,jirkanch ishlarni qilayotganlar qancha.Biz ro'mol o'ramasak ham,bunaqa ishlar qilmaymiz.Hijob o'radingmi uyda o'tir."-deydigan ayollarga javobingiz qanday bo'ladi?

Qayd etilgan


Muhseena  26 Aprel 2009, 07:25:38

 
:bsm:
:as:

Zubairga savol:

Qalbni  asrash (masalan,hasad,g'iybat) nimaga bog'liq?Hech hasad qilganmisiz?

Qayd etilgan