Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263921 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 ... 270 B


AbdulAziz  04 Fevral 2008, 08:13:26

Abdulaziz akaga:

Islomdagi dastlabki ta'limni kidan olgansiz?

Albatta ota-onamdan. Yana, buvijonim, umrlarini uzoq qilsin, har kuni yotishdan avval "Ixlos" va "Nos" suralarini o'qitardilar va shuni doimo odat qilinglar deb aytardilar. O'zlkari suralarni yodlatardilar....

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Fevral 2008, 08:17:06

AbdulAziz:
Ayni paytda, shu bugun, 1-2 soat oldin qaysi kitobni o'qidingiz?

"Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar" degan mo'jaz risolani o'qidim.
Judayam chiroyli hikoyalar, hikmatli so'zlar berilgan ekan.
Mana shulardan biri:

Bir olim g'iybatchiga debdi:
- Aytaylik. sen yomonlayotgan odamning obro'si kamaydi, ammo bu to'kilgan obro' senikiga kelib qo'shilmaydi-ku...

Qayd etilgan


shoir  04 Fevral 2008, 10:56:24

Shoirga:
Shunday holatlar insonning oniy xayolotida bo'lib turadi. Ba'zida inson emas, boshqa jonzot bo'lib qolishni, xayoliy orzu qilganmisiz?

Yo'q. Faqat inson bo'lishni orzu qilganman..

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Fevral 2008, 16:12:20

Akbar:
Sizga yanbeh bergan insonlarga qanday munosabatda bo'lasiz?

Avvalo savol uchun raxmat. Agar kimda kim menga tenbeh bersa va uning tanbehi to'g'ri bo'lsa men unga hurmat bilan qarayman. Kamchilligini ko'rib uning yuziga aytish bu juda ham yaxshi odat. Men undan hecham xafa bo'lmasdim.

Qayd etilgan


Farida  04 Fevral 2008, 19:24:45

Bergan va beradigan javobiyla uchun tashakkur.

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Fevral 2008, 13:02:58

Mastura:
Sizga uchta makondan birida qiyomatgacha qolish imkoniyati bo'lganda qaysi birini tanlardingiz.
1. Qohira, Misr.
2. Ar-Riyod, Saudiya.
3. Toshkent, O'zbekiston.
Assalomu alaykum.
Hmmm juda qiyin savol ekan.. To'g'risini aytsam o'zim ham bilmay qoldim qaysi birini tanlashni...

Qayd etilgan


Shukurulloh  05 Fevral 2008, 21:40:52

Muslima:
Qachon shahrizga kelasiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Fevral 2008, 08:59:08

Munira honimga
siz qanday insonni kuchli inson deb bilasiz?


Assalamu alaykum.
Avvalo savolingizga vaqtida javob berolmaganim uchun uzr.

G'azabi kelganda o'zini bosib olgan insonni eng kuchli inson deb hisoblayman....

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Fevral 2008, 09:02:15

Munira opaga: Siz haqiqiy musulmon deganda qanday insonlarni tushinasiz?

Assalamu alaykum.
Avvalo savolingizga kechikib javob berganim uchun uzr...

Qur'oni karim va Hadisi shariflar asosida yashagan va ularni hayotidagi eng katta ne'mat va boylik deb bilgan insonni...

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Fevral 2008, 13:20:26

Abdulaziz: Ko'nglimda qabrlar bisyordir, degan iborani qanday tushunasiz?

Qayd etilgan