Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263785 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 ... 270 B


Munira xonim  08 Fevral 2008, 13:21:16

Shoir: O'z oilasiga gapini o'tkaza olmaydigan erkaklarga munosabatingiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Fevral 2008, 13:22:04

Muslima: Menimcha, siz sog'inchni ko'p his qilgansiz. Uni tushuntirib bera olasizmi?Sog'inch nima o'zi?

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Fevral 2008, 13:26:04

Mastura: Siz ishongan insonlar sizga ko'p marta aziyat berishsa, siz bu holatdan qanday chiqasiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Fevral 2008, 13:29:09

Salmoni Forsiy: Meni bilishimcha, sizning diniy ilmingiz bor. Siz "G'ARIBLAR" deganda nimani tushunasiz? Va sizningcha G'arib bo'lib yashash osonmi?

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Fevral 2008, 13:30:52

Rukhiya: Rasululloh sav:Kimki o'ziga yaxshi ko'rgan narsasini boshqa bir birodariga yaxshi ko'rmagunchi komil mo'min bo'la olmaydi", degan hadislarini siz qanday tushunasiz? Va sizningcha musulmonlar komil mo'min bo'lsih uchun bu hadisga amal qila olishyaptimi?

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Fevral 2008, 13:31:58

Diydor opa: Zamon Islomga moslashadimi yoki Islom zamonga moslashadimi, degan savolga qanday javob bergan bo'lardingiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Fevral 2008, 13:34:21

Ali Rizo Bek: Bir do'stingizga yoki birodaringiz chin yurakdan Xolis Alloh uchun yaxshilik qildingiz. U esa bu yaxshilikni pul bilan o'lchashga harakat qildi. Siz shunda og'rinasizmi va qanday  yo'l tutasiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 22:30:52

Abdulaziz: Ko'nglimda qabrlar bisyordir, degan iborani qanday tushunasiz?

Ajoyib savol. Birdaniga javob berish juda qiyin ekan.
Ko'ngil bu insonning hayr va sharri to'qnashadigan, insoniylik xususiyatlari jamlangan maskan. Qabr esa o'lim darakchisi.
Bu narsa bir yoqlama qaraganda shunday.
Aslida esa qabr asosiy vatanga bir ko'prik xolos.

"Ko'nglimda qabrlar bisyor" hikmatini biryoqlama tushunsak, qalbimga ko'mib qo'ygan armonlarim, orzularim ko'p degan ma'no ham kelib chiqadi.

Agar kengroq ma'noda tushunadigan bo'lsak, kqalbimda o'priklar bisyor: ular qayerga olib boradi bilmayman: bu ko'prik Alloh rizosiga olib boradimi yoki undan uzoqqa...

Xullas, Hozir aqlimga kelganlari shular bo'ldi. Yana o'ylab yaxshi fikrlar kelib qolsa yozib yuborarman.

Qayd etilgan


mutaallimah  09 Fevral 2008, 09:08:19

Mastura: Siz ishongan insonlar sizga ko'p marta aziyat berishsa, siz bu holatdan qanday chiqasiz?
Assalomu alaykum.
Ajoyib savol uchun tashakkur!
Har qanday vaziyatdan chiqishni o'ziga yarasha usullari bo'ladi albatta. Ba'zida o'ta qattiq ba'zida esa judayam muloyim bo'lish kerak. Lekin men ishongan inson menga bir marta aziyat yetkazsa undan qattiq ranjiyman, va unga ishonmaslikka harakat qilaman, yana meni hafa qilgan insonga hech yaxshi gap ayta olmayman..
Menimcha bu meni eng yomon sifatlarimdan bo'lsa kerak... Vallohu A'alam.

Qayd etilgan


Muslimа  09 Fevral 2008, 10:53:50

Muslima: Manimcha, avataringizdan siz hijobga kirgansiz. Bu savol oddiy savol. O'zingizga olmang. Hijobda bo'la turib, xunuk ishlarni qiladigan qizlarga munosabatingiz?

Assalomu alaykum!
Bunaqa qizlarga munosabatim albatta salbiy. Ular o'zlaricha insonlarni aldamoqchilar, insonlarni aldasalarda Allohni aladay olmaydilar! Alloh hammani amalini ko'rib bilib turguvchi! Alloh hammani qalbida nima niyat borligini juda yaxshi biladi. Haq taolodan qo'rqmasalar, o'zlarini tog'irlashga harakat qilmasalar ularga Allohni O'zi kifoya qiladi, inshaAlloh! Faqat eng alam qiladigani ular ham hijobli qizlarni bir vakilasi, ularni yuzi. Ular qilgan nomaqulchiliklar tufayli, boshqa qalbida haqiqatda Alloh rizosini istab hijobga kirganlarga ham malomat yetishi!
Alloh hammamizni to'g'ri yo'lida bardavom aylasin!


P.S. Savol uchun tashakkur! O'zimga olganim yo'q. :)

Qayd etilgan