Muslima: Menimcha, siz sog'inchni ko'p his qilgansiz. Uni tushuntirib bera olasizmi?Sog'inch nima o'zi?
Assalomu alaykum opajonim!
Ming bora uzr, o’tgan safar shoshilinchda savolizni ko’rmay qolgan ekanman. Shunga javob sal kechikdi. Uzr opajon!
Javobga kelsak: Siz aytgandek sog’inchni ko’p his qilmaganman. Shunchaki, yaqinlarimga, o’zim yaxshi ko’rgan insonlarimga balki qattiq bog’langanim uchun, ularni olisligidan qiynalaman. Buni qanday tushuntirsam ekan, huddi olisga ketgan yoki olisda bo’lgan yaqinlarim yuragimni bir parchasini o’zlari bilan olib ketgandek bo’ladi, man uchun.
Lekin hammasidan ham ko’ra har bir musulmonni qalbida bo’lgan sog’inch, mani ham ko’nglimda bor, ALHAMDULILLAH! Bu sog’inch dardini malhami Havzi Kavsar bo’yidagi diydor va inshaAllah Jannatdagi CHIN VISOL bo’ladi. Allohdan eng katta umidim shu"¦