Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265055 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 ... 270 B


Muslimа  09 Fevral 2008, 11:00:10

Muslima:
Qachon shahrizga kelasiz?

Assalomu alaykum!
Alloh nasib qilsa yozda. Har yili yozda boramiz. InshaAlloh bu yil bahorda borish niyatimiz ham bor. Lekin, agar ilojim bo'lganida hozir ham jon dib ketardim, buvijonimni juda sog'indim...

Qayd etilgan


Rukhiya  09 Fevral 2008, 20:21:10

Rukhiya: Rasululloh sav:Kimki o'ziga yaxshi ko'rgan narsasini boshqa bir birodariga yaxshi ko'rmagunchi komil mo'min bo'la olmaydi", degan hadislarini siz qanday tushunasiz? Va sizningcha musulmonlar komil mo'min bo'lsih uchun bu hadisga amal qila olishyaptimi?

Assalom alaykum!
Savol uchun rahmat!
Bu hadisdan tushunganim shu-ki.Inson nimani o'ziga ravo ko'rsa shuni boshqalarga ham ilinish kk.Bir narsa aniqki inson hech qachon o'ziga yomonlikni ravo ko'rmaydi.Mani fikrimcha bu hadisda barcha ezgu ishlar va yaxshilikni rovo ko'rish nazarda turilmoqda.Wallohi a'lam.Yaxshilikni turlari esa juda ko'p.Hoh moddiy hoh ma'naviy bo'sin.Shu narsalarni hammasini boshqalarga ham ilinish kk.
M: O'zi to'q bula turib boshqa och qolmasliki.Boshqalarni ham o'ylashligi.Ilm olib saodatga erishni istagani kabi boshqalarga ham shuni ravo ko'rish.Umuman bu narsaga yozaman desam gapim ko'p. Qisman javob berishni ma'qul ko'rdim.
Bundan hulosa qilib aytish mumkin-ki yaxshilikni har tamonlama birga baham ko'rish.
Iqtibos
Va sizningcha musulmonlar komil mo'min bo'lsih uchun bu hadisga amal qila olishyaptimi?

Boshqa musulmonlarning qalblarida nima borligi Allohgagina ayon.Balki a'mal qilguvchilar ham ko'pdir.
Ammo avfsus-ki,ba'zilarni ko'rib bunga a'mal qilayotganlariga guvoh bo'lasan kishi.Faqat (har tomonlama)o'zim bulay deydigan insonlar ham kam emas.

Qayd etilgan


AbdurRohman  10 Fevral 2008, 10:12:38

Ali Rizo Bek: Bir do'stingizga yoki birodaringiz chin yurakdan Xolis Alloh uchun yaxshilik qildingiz. U esa bu yaxshilikni pul bilan o'lchashga harakat qildi. Siz shunda og'rinasizmi va qanday  yo'l tutasiz?
Assalomu aleykum! og'rinsam kerak, lekin xozirda odamlani ahvoliga qarab juda qattiq xafa bo'lmasdim va unga tushuntirardim, albatta

Qayd etilgan


Robiya  14 Fevral 2008, 15:09:35

Shoir: hozir forumga yangi a'zo bo'layotganlar haqida qanday fikr bildirasiz?

Qayd etilgan


Robiya  14 Fevral 2008, 15:13:52

Foniy: forum az'olarining bildirayotgan fikrlari, qoldirayotgan postlari haqida nima deya olasiz?

Qayd etilgan


Robiya  14 Fevral 2008, 15:19:39

Y_U_R_I_S_T - bu forumdan tashqari yana boshqa forumga ham kirasizmi? Agar kirsangiz, forum.ziyouz.comning boshqa forumlardan farqi nimada?

Qayd etilgan


shoir  15 Fevral 2008, 09:32:46

Shoir: hozir forumga yangi a'zo bo'layotganlar haqida qanday fikr bildirasiz?

Ular forumga juda tez moslashib ketishyapti. ba'zilarining tirishqoqligiga tan berdim.
Masalan, Usmon, darsxona bo'limini juda foydali postlar bilan to'ldiryapti.
Yurist, intellektual bilimlarini bizga ham baham ko'ryapti.
...Ba'zilari esa boshida tushunmay, keyin ko'nikib ketishadi. Ba'zi salbiy fikrlar ham bor. Mayli ularni aytmay qolay.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  15 Fevral 2008, 10:10:55

Y_U_R_I_S_T - bu forumdan tashqari yana boshqa forumga ham kirasizmi? Agar kirsangiz, forum.ziyouz.comning boshqa forumlardan farqi nimada?

To'g'risini aytsam internet olami  1 yil oldin menga yaqin soha emas edi. 1 yildan internetdan doimiy foydalanib kelaman. Forumlarga kelsak birinchi bor www.iguzar.uz forumida o'z "faoliyatimni" boshlaganman. Ikkinchi Forum esa bu ziyouz.com Forumi. Ba'zida premera.uz Forumiga ham kirib turaman, lekin menga uncha yoqmaydi.
ziyouz.com Forumining boshqa forumlardan farqi haqiqatdan uning o'zbekonaligi, foydalanuvchilarning esa dunyoqarashi va bilimi ancha yuqoriligi va ayniqsa foydalanuvchi auditoriyasi nafaqat son jihatdan, balki sifat va hudud jihatdan ham kengligi ancha ma'qul tushdi. Eng muhimi ma'muriyat Forum ishlariga ma'suliyat bilan yondoshadi(administrator va moderatorlar). Men ko'p Forumlarga kiraman lekin yoqmasa boshqa qaytib kirmayman. Lekin ko'rib turibsizki ziyouz.com da "yashayapman".

Qayd etilgan


Muslimа  16 Fevral 2008, 09:30:46

Muslima: Menimcha, siz sog'inchni ko'p his qilgansiz. Uni tushuntirib bera olasizmi?Sog'inch nima o'zi?

Assalomu alaykum opajonim!
Ming bora uzr, o’tgan safar shoshilinchda savolizni ko’rmay qolgan ekanman. Shunga javob sal kechikdi. Uzr opajon!
Javobga kelsak: Siz aytgandek sog’inchni ko’p his qilmaganman. Shunchaki, yaqinlarimga, o’zim yaxshi ko’rgan insonlarimga balki qattiq bog’langanim uchun, ularni olisligidan qiynalaman. Buni qanday tushuntirsam ekan, huddi olisga ketgan yoki olisda bo’lgan yaqinlarim yuragimni bir parchasini o’zlari bilan olib ketgandek bo’ladi, man uchun.
Lekin hammasidan ham ko’ra har bir musulmonni qalbida bo’lgan sog’inch, mani ham ko’nglimda bor, ALHAMDULILLAH! Bu sog’inch dardini malhami Havzi Kavsar bo’yidagi diydor va inshaAllah Jannatdagi CHIN VISOL bo’ladi. Allohdan eng katta umidim shu"¦

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  16 Fevral 2008, 13:32:39

Salmoni Forsiy: Meni bilishimcha, sizning diniy ilmingiz bor. Siz "G'ARIBLAR" deganda nimani tushunasiz? Va sizningcha G'arib bo'lib yashash osonmi?
Assalomu alaykum.
G'ariblar- Bu dunyoga haqqan tashqari berilmaslik,o'zini dunyodan nafsini tiyish.G'arib bo'lib yashash oson emas.(qisqachasi)

G'ariblarga jannat bo'lsin Yo Rabbiy,
Ohir Kunda omad kulsin Yo Rabbiy.

Qayd etilgan