Bir yaqin akaxonimiz so'rab qoldilar:
"Davron, to'g'risini ayting, siz ham ba'zida yig'lab turasizmi?"
Savolda hech qanday shumlik yoxud yumor yo'q, u jiddiy qo'yilgan edi.
O'ylanib qoldim: Hazrati Umar, dunyoni titratgan, shayton undan qochadigan hazrati Umar... yig'layverganlaridan ko'zlari oldi yoshlar izidan tarnov bo'lib qo;lgan ekan...
Alhamdulillah, savolga o'z javobimni berdim...
Bugun sizlarga ham shu bilan bog'liq savollarni bermoqchiman.
Munira opa:
1. Odatda ayollarni ko'p yig'laydi deyishadi. Erkaklarchi? Ko'pincha buyuk sahobiylarni o'qiganimizda ularning ham ko'p yig'laganliklarini guvohi bo'lamiz. Savol umumiy: oxirat uchun ham, dunyo uchun ham, sizningcha kim ko'p yig'laydi?
2. Sizni iymon bilan birinchi ta'sirlantirib, qalbdan yig'latgan voqea qaysi edi?