Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263897 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 ... 270 B


Robiya  18 Fevral 2008, 17:05:50

Assalomu alaykum! Bu savolim barcha userlarga! Hurmatli , qadrdon userlar sizlar bir vaqtning o'zida 2 forumda birdek harakat qila olasizlarmi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  19 Fevral 2008, 15:04:23

 Robiya opaga:

Siz Islomdagi Salovatlarni eshitganiyizda o'zingizni qanday his qilasiz?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  19 Fevral 2008, 15:32:55

Assalomu alaykum! Bu savolim barcha userlarga! Hurmatli , qadrdon userlar sizlar bir vaqtning o'zida 2 forumda birdek harakat qila olasizlarmi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.
Man bu forumdan tashqari koreys saytidagi forumga kirib turaman. Bu ikki forumni solishtirib bo'lmaydi. Eng avvalo mentalitet farqi darxol seziladi.

Qayd etilgan


Robiya  20 Fevral 2008, 11:46:07

Robiya opaga:

Siz Islomdagi Salovatlarni eshitganiyizda o'zingizni qanday his qilasiz?

Assalomu alaykum!
 Savol uchun tashakkur. Salovat so'zining o'ziyoq menda boshqacha his-tuyg'ularni yuzaga chiqaradi. Ularni eshitganimda ko'z yoshlarimni to'xtata olmayman. Judayam ta'sirchanman deya olmaymanu, ammo salovatlarni eshitgan har bir kishida shunday bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


shoir  22 Fevral 2008, 18:15:45

Assalomu alaykum! Bu savolim barcha userlarga! Hurmatli , qadrdon userlar sizlar bir vaqtning o'zida 2 forumda birdek harakat qila olasizlarmi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.

Va alaykum assalom!
Bilmadim, men faqat shu forumda qatnashaman.
Boshqa forumlarga ham kirganman. Lekinb ulardagi o'zaro tortishuvloar, nizolar, zerikarli mavzular menga yoqmagani uchun a'zo ham bo'lmaganman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Fevral 2008, 07:55:17

Bir yaqin akaxonimiz so'rab qoldilar:
"Davron, to'g'risini ayting, siz ham ba'zida yig'lab turasizmi?"
Savolda hech qanday shumlik yoxud yumor yo'q, u jiddiy qo'yilgan edi.
O'ylanib qoldim: Hazrati Umar, dunyoni titratgan, shayton undan qochadigan hazrati Umar... yig'layverganlaridan ko'zlari oldi yoshlar izidan tarnov bo'lib qo;lgan ekan...
Alhamdulillah, savolga o'z javobimni berdim...

Bugun sizlarga ham shu bilan bog'liq savollarni bermoqchiman.

Munira opa:
1. Odatda ayollarni ko'p yig'laydi deyishadi. Erkaklarchi? Ko'pincha buyuk sahobiylarni o'qiganimizda ularning ham ko'p yig'laganliklarini guvohi bo'lamiz. Savol umumiy: oxirat uchun ham, dunyo uchun ham, sizningcha kim ko'p yig'laydi?

2. Sizni iymon bilan birinchi ta'sirlantirib, qalbdan yig'latgan voqea qaysi edi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Fevral 2008, 08:00:01

Salmoni Forsiy:
Odatda yigit kishi o'z yig'isini doim yashiradi. Ko'pchilik yig'lash bu ojizlikdan nishona deyishadi. Aslida-chi? Siz yig'ingizni yaqinlaringizdan yashirasizmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Fevral 2008, 08:03:45

Rukhiya:
Ko'pincha insonlar nima sababdan yig'laydilar:
- sog'inchdan
- yaqinlarini yo'qotganlarida
- hayot qiyinchiliklaridan
- boshlariga musibat tushganda
- birovlarning taqdirini ko'rib, o'qib
- kino, kitobdan ta'sirlanib
- Alloh uchun, gunohlarini kechishini yolvorib
- Islom ahllarining tarixidan mutaassir bo'lib
- Alloh va Rasulini sog'inib...

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Fevral 2008, 08:05:07

Usmon:
Birinchi marta qaysi kitobni, yoxud hikoyani o'qiganingizda, hoh yashirib, hoh oshkora to'yib-to'yib yig'lagansiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Fevral 2008, 08:07:22

Birodar:
Islom tarixidagi siz har o'qiganingizda, eshitganingizda ko'zingizdan yosh keltiradigan voqea qaysi?

Qayd etilgan