Yurist:
Hayotda yutuq bilan birgalikda mag'lubiyat ham bo'ladi.
Masalan, men Respublika fan olimpiadasida nohaqlik bilan mag'lubiyatga uchraganimda, dastlab uncha bilinmagan, lekin shuncha tayyorgarlik, shuncha harakat, hammasi bir-ikki pachka pul oldida "puf" bo'lganidan, xo'rligim kelgandi. Bu mening katta hayotdagi birinchi mag'lubiyatim edi. Imtihondan chiqib, (natijalar aniq) dadamni ko'rishim bilan qayerdandir yig'i kelgan. Hech to'xtata olmaganman. Alamli yig'i edi bu. Birinchi mag'lubiyatning haqsizlikning birinchi yig'isi edi... Undan keyin esa haqsizlik uchun umuman yig'i kelmadi...
Sizda ham shunaqa holat bo'lganmi?
Assalomu alaykum.
Yaramni yangiladingiz.
Menda ham aynan Fan Olimpiadasida shunday holat bo'lgan. 9-sinfda Ona-tili va adabiyot fani bo'yicha Viloyat bosqichi edi. Haqiqatdan o'sha vaqti eng bilimga to'lgan davrim edi.(maqtanish uchun aytganim yo'q) Insho va testni hammadan yuqori bahoga topshirganman. Ammo og'zaki savol-javobda....
Bilasizmi menga qanaqa savollar berishgan: "Kecha "Maslahat" ko'rsatuvini ko'rdim. Unda shunday gap aytildi: "Ayolni sevmaslik jinoyat, sevish jazo" Bu nima degani?"
.... Ona-tili va adabiyot fani bo'yicha bo'layotgan olimpiadada berilgan savolni qarang. O'sha vaqti 13 yosh edim. Albatta javob berishga harakat qildim. Baribir...
Keyin umuman boshqa bir bolaga kitob chiqargan ekansan deb yuqori baho qo'yishib meni balimni pasaytirishgan. O'shanda Imtihon bo'layotgan xonani o'zidan "Insofsiz ekansizlar!" deb yig'lab chiqib ketganman. (ancha ko'nglim bo'sh) Hech esimdan chiqmaydi, Viloyat Xalq ta'limi bo'limi rahbari o'rinbosari bo'lib ishlaydigan bir opa (ismi esimdan chiqibdi, ular ham hakamlar orasida bor edi) orqamdan chiqib: "O'g'lim, xafa bo'lma, men ham farzandim senday bo'lishini xoxlayman" degan edi. Buni eshitib battar yig'laganman. Quvonchdan albatta
Keyinchalik bunaqa xolatlarga ko'nikib ketganman. Oxirgi marta to'yib yig'lagan vaqtim, bu o'qishga kirgan kunim. O'shanda o'qisang, izlansang o'z kuching bilan o'qishga kira olish mumkinligini ko'rib rosa xursandchilikdan yig'laganman. Yana Yuridik Institutiga!
"Zakovat: dagi mag'lubiyatlar esa yig'lashga olib kelmaydi. Sababi bu o'yin. Hayot esa o'yin emas!!!