Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264092 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 ... 270 B


AbdulAziz  28 Fevral 2008, 08:11:23

mastura:
Qur'oni karimni (ayniqsa, Shayx Ajmiy qiroati) eshitganingizda ko'ngil eriydi, lekin ko'p holatlarda yig'lay olmaysiz. Qiroatda esa jamoat, qorining oyatlardan mutaassir bo'lib, yig'layotganini eshitasiz. Allohdan qo'rqib yig'lash uchun zamon va makonning ahamiyati bormi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Fevral 2008, 08:15:51

Yurist:
Hayotda yutuq bilan birgalikda mag'lubiyat ham bo'ladi.
Masalan, men Respublika fan olimpiadasida nohaqlik bilan mag'lubiyatga uchraganimda, dastlab uncha bilinmagan, lekin shuncha tayyorgarlik, shuncha harakat, hammasi bir-ikki pachka pul oldida "puf" bo'lganidan, xo'rligim kelgandi. Bu mening katta hayotdagi birinchi mag'lubiyatim edi. Imtihondan chiqib, (natijalar aniq) dadamni ko'rishim bilan qayerdandir yig'i kelgan. Hech to'xtata olmaganman. Alamli yig'i edi bu. Birinchi mag'lubiyatning haqsizlikning birinchi yig'isi edi... Undan keyin esa haqsizlik uchun umuman yig'i kelmadi... :)

Sizda ham shunaqa holat bo'lganmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Fevral 2008, 08:18:04

Robiya:
O'qishda har qanday holat bo'ladi. Siz haq bo'lib turib, bahoingizni qo'yishmasa, aksincha umuman darsga kelmay yoki kallasida alif bo'lmaganlar a'lo baho olib ketsa, domla esa esa sizga qo'ymayapti. Yig'lab olasizmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Fevral 2008, 08:19:36

ikbaljohn:
Hayotda hamma narsa bo'ladi. Musofirchilikda esa ko'rmagana har qanday holatlarni ko'rasiz. Musofirchilikda biron qayg'u-musibat tushganda yig'lab olganmisiz? Va bu sizni yengillatganmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Fevral 2008, 08:20:41

Muslima:
Biron bir muslima birodaringizning hijoblanganini ko'rganingizda to'yib-to'yib yig'laganmisiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Fevral 2008, 08:21:24

shoir:
Qaysi asarning qaysi qismida doim ko'zingizga yosh keladi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Fevral 2008, 08:22:12

Barchaga:
Mana shu bergan savollarimdan, garchi boshqalar uvhun berilgan bo'lsa-da, istalganiga javob berishingiz mumkin.

PS. Alloh uchun, Islom uchun qayg'urish, Undan qo'rqaib yig'lash, tavba qilish, Rasululloh SAVni sog'inib ko'z yosh to'kish barchamizga ko'p-ko'p nasib etsin!

Qayd etilgan


mutaallimah  28 Fevral 2008, 10:07:06

mastura:
Qur'oni karimni (ayniqsa, Shayx Ajmiy qiroati) eshitganingizda ko'ngil eriydi, lekin ko'p holatlarda yig'lay olmaysiz. Qiroatda esa jamoat, qorining oyatlardan mutaassir bo'lib, yig'layotganini eshitasiz. Allohdan qo'rqib yig'lash uchun zamon va makonning ahamiyati bormi?
Assalomu alaykum.
Yo'q zamon va makonning Allohdan qo'rqib yig'lash uchun umuman ahamiyati yo'q..

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  28 Fevral 2008, 10:49:04

Yurist:
Hayotda yutuq bilan birgalikda mag'lubiyat ham bo'ladi.
Masalan, men Respublika fan olimpiadasida nohaqlik bilan mag'lubiyatga uchraganimda, dastlab uncha bilinmagan, lekin shuncha tayyorgarlik, shuncha harakat, hammasi bir-ikki pachka pul oldida "puf" bo'lganidan, xo'rligim kelgandi. Bu mening katta hayotdagi birinchi mag'lubiyatim edi. Imtihondan chiqib, (natijalar aniq) dadamni ko'rishim bilan qayerdandir yig'i kelgan. Hech to'xtata olmaganman. Alamli yig'i edi bu. Birinchi mag'lubiyatning haqsizlikning birinchi yig'isi edi... Undan keyin esa haqsizlik uchun umuman yig'i kelmadi... :)

Sizda ham shunaqa holat bo'lganmi?

Assalomu alaykum.

Yaramni yangiladingiz.  :2  Menda ham aynan Fan Olimpiadasida shunday holat bo'lgan. 9-sinfda Ona-tili va adabiyot fani bo'yicha Viloyat bosqichi edi. Haqiqatdan o'sha vaqti eng bilimga to'lgan davrim edi.(maqtanish uchun aytganim yo'q) Insho va testni hammadan yuqori bahoga topshirganman. Ammo og'zaki savol-javobda....
Bilasizmi menga qanaqa savollar berishgan: "Kecha "Maslahat" ko'rsatuvini ko'rdim. Unda shunday gap aytildi: "Ayolni sevmaslik jinoyat, sevish jazo" Bu nima degani?"
.... Ona-tili va adabiyot fani bo'yicha bo'layotgan olimpiadada berilgan savolni qarang. O'sha vaqti 13 yosh edim. Albatta javob berishga harakat qildim. Baribir...

Keyin umuman boshqa bir bolaga kitob chiqargan ekansan deb yuqori baho qo'yishib meni balimni pasaytirishgan. O'shanda Imtihon bo'layotgan xonani o'zidan "Insofsiz ekansizlar!" deb yig'lab chiqib ketganman. (ancha ko'nglim bo'sh) Hech esimdan chiqmaydi, Viloyat Xalq ta'limi bo'limi rahbari o'rinbosari bo'lib ishlaydigan bir opa (ismi esimdan chiqibdi, ular ham hakamlar orasida bor edi) orqamdan chiqib: "O'g'lim, xafa bo'lma, men ham farzandim senday bo'lishini xoxlayman" degan edi. Buni eshitib battar yig'laganman. Quvonchdan albatta  :7

Keyinchalik bunaqa xolatlarga ko'nikib ketganman. Oxirgi marta to'yib yig'lagan vaqtim, bu o'qishga kirgan kunim. O'shanda o'qisang, izlansang o'z kuching bilan o'qishga kira olish mumkinligini ko'rib rosa xursandchilikdan yig'laganman. Yana Yuridik Institutiga!

"Zakovat: dagi mag'lubiyatlar esa yig'lashga olib kelmaydi. Sababi bu o'yin. Hayot esa o'yin emas!!!

Qayd etilgan


Abdusalom  28 Fevral 2008, 15:50:22

mastura:
Qur'oni karimni (ayniqsa, Shayx Ajmiy qiroati) eshitganingizda ko'ngil eriydi, lekin ko'p holatlarda yig'lay olmaysiz. Qiroatda esa jamoat, qorining oyatlardan mutaassir bo'lib, yig'layotganini eshitasiz. Allohdan qo'rqib yig'lash uchun zamon va makonning ahamiyati bormi?
Assalomu alaykum.
Yo'q zamon va makonning Allohdan qo'rqib yig'lash uchun umuman ahamiyati yo'q..

Assalomu alaykum!
Manimcha ahamiyati bor. Masalan hech qachon bozorda yoki hammomda Allohdan qo'rqib yig'lay olmaysiz. 
Odatda masjidda yoki tanholikda, yaxshi kishilar davrasida Allohdan qo'rqib maza qilib yig'lanadi.

Qayd etilgan