Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264868 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 ... 270 B

mutaallimah  28 Fevral 2008, 16:06:16

mastura:
Qur'oni karimni (ayniqsa, Shayx Ajmiy qiroati) eshitganingizda ko'ngil eriydi, lekin ko'p holatlarda yig'lay olmaysiz. Qiroatda esa jamoat, qorining oyatlardan mutaassir bo'lib, yig'layotganini eshitasiz. Allohdan qo'rqib yig'lash uchun zamon va makonning ahamiyati bormi?
Assalomu alaykum.
Yo'q zamon va makonning Allohdan qo'rqib yig'lash uchun umuman ahamiyati yo'q..

Assalomu alaykum!
Manimcha ahamiyati bor. Masalan hech qachon bozorda yoki hammomda Allohdan qo'rqib yig'lay olmaysiz. 
Odatda masjidda yoki tanholikda, yaxshi kishilar davrasida Allohdan qo'rqib maza qilib yig'lanadi.
Bozorda uchar savdogarning yolg'on gapirib qasam ichganini ko'rganizda qanday ahvolga tushasiz?! O'ylamismi nahotki Allohdan qo'rqmasa shu qasami urushligidan deb?! balki sizga farqi yo'qdir lekin Mo'min inson uchun bu judayam qo'rqinchlik holat..
Hamomda bo'lsa eng haqir joy bo'lgani uchun ham hamma u yerda o'ziga o'lim yetishligidan qo'rqadi va bundan Allohdan panoh tilaydi... ayniqsa qattiq kasallik bilan sinovda turgan inson hozir o'lib qolmasmikinman deb qo'rqadi.. Allohdan qo'rqishlik uchun hech qanday makonning ahamiyati yo'q.. Yig'lash esa Allohdan chin qalbdan qattiq qo'rqqanda bo'ladi.. (bu meni fikrim albatta.)

Qayd etilgan

Salmoni Forsiy  28 Fevral 2008, 16:52:33

Salmoni Forsiy:
Odatda yigit kishi o'z yig'isini doim yashiradi. Ko'pchilik yig'lash bu ojizlikdan nishona deyishadi. Aslida-chi? Siz yig'ingizni yaqinlaringizdan yashirasizmi?

Aslida yig'lash bu qalbning yumshoqligidan deb bilaman.Qalbi qattiqlar rahm shavqatni ham,mehr muruvvatni ham  umuman bilmaydigan kishilardir.Yig'lash yolg'iz Alloh uchun bo'lishi kerak.Buni boshqalarga ko'rsatish kerak emas.
Ko'pgina valiy zotlar ham Allohdan qo'rqib ko'z yosh to'ganlar.
Bildirmaslikka harakat qilaman lekin ba'zan buning iloji bo'lmaydi.Ro'parangizdagi inson ko'zlaringiz qizarganidan baribir bilib oladi.

Qayd etilgan

ikbaljohn  28 Fevral 2008, 18:20:20

ikbaljohn:
Hayotda hamma narsa bo'ladi. Musofirchilikda esa ko'rmagana har qanday holatlarni ko'rasiz. Musofirchilikda biron qayg'u-musibat tushganda yig'lab olganmisiz? Va bu sizni yengillatganmi?

Кандай тушунтирсам скан....
Кандайдир ишлар купайиб кетиб, 1 йил давомида уйга бора олмадим.Уйга кеч,тунги 12дан кейин кириб бордим.Уйдегилар ухлашган скан.Ховлимизда айланиб юрибман.Уйимизнинг хар бир карич ерини бриб курдим.Куйхонаю,подвалгача кириб курдим ва кузимдан ёш чикиб кетди.Бу узок согинишдан кейинги севинч ёшлари сди.Карасам,туппа-тузук хунграб йигласпман.А­с,сшитганлар,курганлар нима деб уйлайди деб услиб кетдим.
Яна йиглоки скан деб уйламелар.Бир шунака буп коган-да.Бумасам сна йигитларга хос сифатларни тилаб ёзадиганлар чикиб колади.
  Лекин узимми жичча дийдам каттикрок.

Qayd etilgan

mutaallimah  28 Fevral 2008, 18:45:36

:) :D Atigi bir yilda shunaqa yig'lagan bo'lsez biz nima qilarkanmiza uch yildan oshib ketyaptii uyniyam yaqinlarniyam ko'rmaganimizga :(

Qayd etilgan

Munira xonim  28 Fevral 2008, 20:57:50

Bir yaqin akaxonimiz so'rab qoldilar:
"Davron, to'g'risini ayting, siz ham ba'zida yig'lab turasizmi?"
Savolda hech qanday shumlik yoxud yumor yo'q, u jiddiy qo'yilgan edi.
O'ylanib qoldim: Hazrati Umar, dunyoni titratgan, shayton undan qochadigan hazrati Umar... yig'layverganlaridan ko'zlari oldi yoshlar izidan tarnov bo'lib qo;lgan ekan...
Alhamdulillah, savolga o'z javobimni berdim...

Bugun sizlarga ham shu bilan bog'liq savollarni bermoqchiman.

Munira opa:
1. Odatda ayollarni ko'p yig'laydi deyishadi. Erkaklarchi? Ko'pincha buyuk sahobiylarni o'qiganimizda ularning ham ko'p yig'laganliklarini guvohi bo'lamiz. Savol umumiy: oxirat uchun ham, dunyo uchun ham, sizningcha kim ko'p yig'laydi?

2. Sizni iymon bilan birinchi ta'sirlantirib, qalbdan yig'latgan voqea qaysi edi?

Assalamu alaykum.
Juda ham ajoyib savollar uchun tashakkur:

1.Menimcha, ko'proq ayollar yig'lashadi. CHunki ular erkakalrga nisbatan ta'sirchan va nozik,hissiyotga beriluvchan bo'lishadi. Lekin ayollar ham ko'pincha bu dunyoning g'am tashvishlari uchun yig'lashadi.
Erkaklarni yig'laganini ham ko'rganman....lekin buni ko'rish juda qiyin. Erkak kishini yig'laganiga chidab turish juda mushkul.

2.Hazrati Umar r.a.ning o'z qizlarini ko'mishlari va iymonga kelishlaridagi hodisotlar.
Bunday hodislara ko'p, lekin bu hodisani yuz marta o'qigan bo'lsam ham, har gal yig'latadi...

Alloh taolo barchamizni ulug' sahobiylar va ulug' onalarimizdek chin dunyosi uchun yig'laydiganlardan qilsin. U xoh erkak, xoh ayol bo'lsin...

Qayd etilgan

Intizor  29 Fevral 2008, 05:18:00

ikbaljohn:
Hayotda hamma narsa bo'ladi. Musofirchilikda esa ko'rmagana har qanday holatlarni ko'rasiz. Musofirchilikda biron qayg'u-musibat tushganda yig'lab olganmisiz? Va bu sizni yengillatganmi?

Кандай тушунтирсам скан....
Кандайдир ишлар купайиб кетиб, 1 йил давомида уйга бора олмадим.Уйга кеч,тунги 12дан кейин кириб бордим.Уйдегилар ухлашган скан.Ховлимизда айланиб юрибман.Уйимизнинг хар бир карич ерини бриб курдим.Куйхонаю,подвалгача кириб курдим ва кузимдан ёш чикиб кетди.Бу узок согинишдан кейинги севинч ёшлари сди.Карасам,туппа-тузук хунграб йигласпман.А­с,сшитганлар,курганлар нима деб уйлайди деб услиб кетдим.
Яна йиглоки скан деб уйламелар.Бир шунака буп коган-да.Бумасам сна йигитларга хос сифатларни тилаб ёзадиганлар чикиб колади.
  Лекин узимми жичча дийдам каттикрок.
:) :D Atigi bir yilda shunaqa yig'lagan bo'lsez biz nima qilarkanmiza uch yildan oshib ketyaptii uyniyam yaqinlarniyam ko'rmaganimizga :(

Hmmm siz  ham yig'laysiz hohlaganizcha toyib-toyib hongrab yig'lashiz mumkin  :D Hech kim ustizdan kulmidi ishonoring  Faqat dastromolchani kattarog'idan olishni esda saqleng  ;D  Bu tajribada sinalgan  ;)

Qayd etilgan

AbdulAziz  29 Fevral 2008, 07:23:01

ikbaljohn:
Hayotda hamma narsa bo'ladi. Musofirchilikda esa ko'rmagana har qanday holatlarni ko'rasiz. Musofirchilikda biron qayg'u-musibat tushganda yig'lab olganmisiz? Va bu sizni yengillatganmi?

Кандай тушунтирсам скан....
Кандайдир ишлар купайиб кетиб, 1 йил давомида уйга бора олмадим.Уйга кеч,тунги 12дан кейин кириб бордим.Уйдегилар ухлашган скан.Ховлимизда айланиб юрибман.Уйимизнинг хар бир карич ерини бриб курдим.Куйхонаю,подвалгача кириб курдим ва кузимдан ёш чикиб кетди.Бу узок согинишдан кейинги севинч ёшлари сди.Карасам,туппа-тузук хунграб йигласпман.А­с,сшитганлар,курганлар нима деб уйлайди деб услиб кетдим.
Яна йиглоки скан деб уйламелар.Бир шунака буп коган-да.Бумасам сна йигитларга хос сифатларни тилаб ёзадиганлар чикиб колади.
  Лекин узимми жичча дийдам каттикрок.

Haqiqatda judayam ta'sirli... Agar shu holatingizni ota-onangiz ko'rib qolishganda bormi... Ularning yig'ilari siznikidan aslo kam bo'lmasdi...
Onaning yig'isi... Ba'zan hayron qolaman. Xursand qilaman deb bir gapirsang ham yig'layveradilar, boshqa gap gapirsang ham...

Qayd etilgan

AbdulAziz  29 Fevral 2008, 07:32:05

2.Hazrati Umar r.a.ning o'z qizlarini ko'mishlari va iymonga kelishlaridagi hodisotlar.
Bunday hodislara ko'p, lekin bu hodisani yuz marta o'qigan bo'lsam ham, har gal yig'latadi...

Istalgan sahobiyning hayoti inson uchun yig'lashga arzigulik taassurotlarga boydir. Uning mustahkam iymoni, haq yo'lida aytgan gaplari, qilgan ishlari... Ularni o'qib, eshitib yig'lay boshlaydi, musulmon.
Lekin umrlari mobaynida o'sha mudhish voqeani eslab ho'ng-ho'ng yig'lagan, "Otajon, agar meni o'ldirsangiz, soqolingizni kim tarab qo'yadi, uning changini kim artadi?" deya yolvorib, ko'zlari yonib turgan ma'sum qizalog'ini ham qo'llari bilan yerga ko'mgan Hazrati Umar haqidagi ushbu hikoyani har gal o'qiganimda, eshitganimda... yig'layveraman.

Bir akaxonimiz bor. Ularning hikoyalari: "Saodat asri qissalari" yangi chiqqanda shunchalik qiziqib ketdimki, uni metroda ham, yurgan yo'limda, bozorda ham o'qib yurdim. Metrodan chiqib, bozor oralab masjidga ketayotgan paytimda Hazrati Umarning qizaloqlarini o'ldirish voqealariga keldim... Uni o'qiyapman-u, ko'zimdan yosh aslo to'xtamas, hikoyani oxirigacha arang o'qib oldim. So'ng bir chetga o'tdim-da, ho'ng-ho'ng yig'lay boshladim... Odamlar esa bu jinnimi deya menga qarab-qarab ketayotganini o'shanda sezmagan ham edim..."

Qayd etilgan

Usmon  29 Fevral 2008, 09:45:18

Usmon:
Birinchi marta qaysi kitobni, yoxud hikoyani o'qiganingizda, hoh yashirib, hoh oshkora to'yib-to'yib yig'lagansiz?
Assalomu alaykum, AbdulAziz aka.
To'g'risi - hozir esimda yo'q, qaysi asarni o'qiganimda yig'i kelgani. Lekin agar esimda bo'lgandayam buni pinhon tutishni ma'qul ko'rgan bo'lardim.

Qayd etilgan

Foniy  29 Fevral 2008, 10:18:47

Assalomu alaykum!
Iqtibos
Ollohning rasuli buyuradi:
"- Kimki Ollohdan qo'rqib yig'lasa, ko'krakdan chiqqan sut ko'krakka kirmaguncha, u ham jahannamga kirmaydi..."

Iqtibos
Payg'ambarimiz (s.a.v.) shunday duo qilardi:
"- Ollohim, menga o'lmasimdan oldin, sendan qo'rqib yig'laydigan ikki ko'z ber!"

Yana Payg'ambarimiz (s.a.v.) dedilarki:
"- Imonli kishi yolg'iz Ollohdan qo'rqqani sababli ko'zidan pashsha boshichalik yosh to'kkan bo'lsa va bu yosh issiq yonog'ini ho'llagan bo'lsa, u kishiga jahannam olovi hech tegishi mumkin emas!"

"- Kim Olloh qo'rquvidan yig'lasa, Olloh u ko'zni jahannam otashiga harom qiladi"

Umr o'tdi, kechirgaysan, Ilohim!
Ko'zim yoshli: axir, ko'p-ku gunohim...

Abu Homid G'azzoliy, Mukoshafat-ul qulub.

Qayd etilgan