Abdulaziz: Forum tashkilotchisi sifatida, bir yil oldingi forum bilan hozirgi forumni farqi nimada deb o'ylaysiz? Ijobiy va salbiy tomonga o'zgarishlari nimada deb o'ylaysiz?
Forumning avvalgi va hozirgi holatida bir qancha farqlarni sezaman.
Avvallari bu darajada ko'p userlar bo'lmasdi. Asosiy 20-30 ta user hammasi bir-birini tanir va qattiq hurmat qilardi.
Biron-bir masala yuzasidan yozilgan post birodarlarcha muhokama qilinib, ko'pchilik o'zining yakdil fikrini bildirar edi.
Ixtiloflar, fitnaga olib kelubchi postlar deyarli qilinmas, haqiqiy islomiy birodarlik ruhi sezilib turardi.
Shuningdek, ko'ngilochar, bema'ni postlar juda kam bo'lar edi.
Buni ko'pchilik eski muxlislarimiz eslashsa kerak.
Hozirgi forumda userlar soni ancha oshgan.
Ko'p userlarning o'z uslubi va forumda ishtirok etish tarzi mavjud.
Yaxshi jihati ko'pchilikning muhokamalarda ishtirok etishi va qilinayotgan hayrli amallardan bahramand bo'lishi va o'ziga munosib xulosa chiqarishidadir. Bu haqda ulardan juda ko'p maktub va go'zal fikrlarni olib, juda xursand bo'lamiz.
Yangi forumda paydo bo'lgan katta muammolardan biri ixtilofga borish va fitnaga olib keluvchi harakatlar bo'ldi...
Mashaalloh, Alloh o'zi bildirdi va ba'zi fitnalardan O'zi asrab qoldi.
Yana bir muammo ba'zi userlarimizning o'zaro birodarlik ruhidan chiqib, bir-birlariga g'arazda bo'lishlari va afsuski, bu holatning ba'zida forumdagi postlarga ham ta'siridir.
Yana bir bor aytamiz, bizlar birodarlarmiz, har xil bo'lmag'ur fikr va xayollarni uloqtirib, yaxshi gumonda bo'laylik va birodarchilik munosabatlarida Alloh va Rasuli roziligiga erishaylik.
Yana bir narsani qayta-qayta takrorlashni lozim deb topyapman. Yangi forumdoshlarga tarbiya jarayonini muloyimlik bilan amalga oshiraylik, toki ular forumdan bezib qolishmasin.
Moderatorlarga!
Bundan keyin har qanday g'arazli, fitnakor va ixtilofga olib keluvchi postlarni o'chirib yuboravering.
Yangi a'zolarga esa muloyimlik bilan, axloq doirasida tushuntiring, agar yomon bo'lsa ham unga yaxshi gapisak, inshaalloh tushunadi va o'zini o'nglaydi.
Forumimiz hammamiz uchun qadrli bo'lgan birodarona maskanga aylanadi, inshalloh.
Barchalarimizga Allohning salomi, rahmati, barakoti, mag'firatini tilab, AbdulAziz