Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263906 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 ... 270 B


Usmon  10 Mart 2008, 16:10:04

Assalomu alaykum! Forumdoshlarning, jumladan, administratorimizning ba'zi masalalarda fikr va yondashuvlarini bilmoqchi edim (bu menga sizning qarashlarini o'zimning fikrim bilan taqqoslab, kerakli xulosalar chiqarib olishimda yordam bo'lar edi).

Abdulaziz aka, "Diniy bag'rikenglik" tushunchasiga munosabatingiz?

Chustiy, "Светское государство" tushunchasiga munosabatingiz?

Munira Xonim, Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asari haqida fikringiz va umuman, Forobiy qarashlariga munosabatingiz?

Hammaga: "vijdon" va "iymon" tushunchalari ayri holda ko'rib chiqilishi mumkinmi? (Masalan, iymonli, lekin vijdonsiz yoki vijdonli, biroq iymonsiz )

Bu savollarga xohlagan forumdoshdan javob bo'lsa ham xursand bo'lardim.
Javoblar uchun avvaldan rahmat.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Mart 2008, 22:36:52

Assalomu alaykum! Forumdoshlarning, jumladan, administratorimizning ba'zi masalalarda fikr va yondashuvlarini bilmoqchi edim (bu menga sizning qarashlarini o'zimning fikrim bilan taqqoslab, kerakli xulosalar chiqarib olishimda yordam bo'lar edi).


Munira Xonim, Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asari haqida fikringiz va umuman, Forobiy qarashlariga munosabatingiz?


Bu savollarga xohlagan forumdoshdan javob bo'lsa ham xursand bo'lardim.
Javoblar uchun avvaldan rahmat.

Assalamu alaykum.
Bu haqda hech narsa bilmayman.
O'qimaganman ham...Uzr.
Sizga ham savol uchun rahmat...

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Mart 2008, 06:50:15

Assalomu alaykum! Forumdoshlarning, jumladan, administratorimizning ba'zi masalalarda fikr va yondashuvlarini bilmoqchi edim (bu menga sizning qarashlarini o'zimning fikrim bilan taqqoslab, kerakli xulosalar chiqarib olishimda yordam bo'lar edi).

Abdulaziz aka, "Diniy bag'rikenglik" tushunchasiga munosabatingiz?

Va alaykum assalom!
Bu haqda sizga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ushbu fikrlari foyda beradi deb o'ylayman:

Багри кенглик ва осонлик Ислом шариатининг снг улкан максадидир. Бу маънони таъкидловчи хужжат ва далиллар ксп. Багрикенглик инсон табиатига боглик нарсадир. Аллох инсонни худди шу табиат ила сратган. Соф табиат шиддат ва кийинчиликни ёктирмайди. У доимо осонлик ва юмшокликка мойил бслади.

Аллох таоло:
«Агар кспол, калби каттик бслганингда, атрофингдан таркаб кетар сдилар», деган (Оли Имрон. 159).

Исломнинг багрикенглик ва осонлик сифати сзи етиб борган ерларда таркалиши ва бокий колишига тасир килган. Осонлик асосига биноан кишиларнинг кудрати етадиган нарсага таклиф килиш жорий бслган. Токат етмайдиган нарсага таклиф килиш йск.

Аммо таклиф килинадиганларнинг иродаси таклифда сътиборга олинмайди. Чунки, бу ерда максад хавойи нафсга мослашиш смас. Балки, максад иродани шариат такозо килган бузук нарсаларни ботил килиш ва фойдаларни карор топтириш каби инсон фаолистини мсътадиллаштирадиган нарсаларга ксниктиришдир.

Бу борадаги умумий коида «Аафсни халол бслмаган нарсага мойил бслишдан жиловлаш ва халол нарсага мсътадиллик ила ксйиб юборишдир». (Шотибий. Мувафакот. 2-жуз. 109 — бет).

«Ислом багрикенг ва осон бслса хам, унда машаккат тамомила йск килинган смас. Чунки осонлик шариатнинг максадларидан бслгани каби машаккат хам унинг максадларидандир. Бунинг далили савоб олиш машаккатга богликлигидир». (Шотибий. Мувафакот. 1-жуз. 329 — бет).

«Бу ерда алохида сътибор бериш лозим бслган бир иш бор. У хам бслса, машаккат таклифни таклиф килинувчининг токатидан ташкарига чикариб юбормаслигидир. Агар баъзи сабабларга ксра токатидан ташкари бслиб коладиган бслса, истисновий рухсатлар келиб уни енгиллатади ва токат чегарасига кайтаради. Бунда сътиборга олинадиган нарса шариат бурилмай, сгилмай, нуксонга ва хаддан ошишга йсл ксймай васат — сртача йслда юришидир. Ана шу у келтирган сироти мустакимдир». (Шотибий. Мувафакот. 4-жуз. 258 — бет).

«Мана шу васатийлик шариатни соф табиатга мослаган рухидир. Бас, шунинг учун табиат унга мойил бслди, акл унга гувохлик берди. Бас, васатийлик — мсътадиллик шариат, акл ва одатдаги муштарак нарсадир. Шунинг учун хам, агар шариатнинг умумий коидасига назар соладиган бслсанг, схшилаб сйлаб кср, албатта, васатийликни топасан». (Шотибий. Мувафакот. 2-жуз. 167 — бет).

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2008, 11:25:14

Abdulaziz: Forum tashkilotchisi sifatida, bir yil oldingi forum bilan hozirgi forumni farqi nimada deb o'ylaysiz? Ijobiy va salbiy tomonga o'zgarishlari nimada deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2008, 11:27:15

Usmon: Hamma yoshiga qarab fikr yuritishi lozim deb o'ylaysizmi? Ba'zi yoshlarimiz xuddi ilm darajalaridan kelib chiqib katta olimlardek fikr qoldiradilar. Buni yaxshi tomoni bormi sizningcha yoki yomon tomonimi?

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2008, 11:29:17

Shoxjahon12: Menimcha, siz Forumni eski a'zolaridansiz. Sizningcha forumni avvalgi holatidan hozirda nima farqlari bor? Ijobiy va salbiy tomonlari nimalardan iborat? (Albatta xolis fikringiz...)

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2008, 11:32:54

Shoir: Sizningcha nima uchun ko'p a'zolarimiz o'z vaqtlarini "Forumdoshlar hayoti" bo'limida o'tkazadilar? Hatto diniy bilimga ega bo'lgan a'zolarimiz ham. Va yana sizningcha, boshqa bo'limlarda foydali narsalarimizni saviyasi pastligimi bunga sabab yoki a'zolarimiz o'zlari buni xohlamaydilarmi?

Qayd etilgan


shoir  11 Mart 2008, 11:45:35

Shoir: Sizningcha nima uchun ko'p a'zolarimiz o'z vaqtlarini "Forumdoshlar hayoti" bo'limida o'tkazadilar? Hatto diniy bilimga ega bo'lgan a'zolarimiz ham. Va yana sizningcha, boshqa bo'limlarda foydali narsalarimizni saviyasi pastligimi bunga sabab yoki a'zolarimiz o'zlari buni xohlamaydilarmi?

Assalomu alaykum!
Forumdoshlarni unday-bunday deyish niyatim yo'q. Forumdoshlar hayoti bo'limi ham judaaa ko'ngilochar emas. Bu yerda ham jiddiy, mulohazaga chorlaydigan, odamni o'ylantirayotgan mulohazalar qoldiriladi. Mana bunga misol shu mavzu ham. Ko'pchilik aynan shunday go'zal postlar uchun kirsa kerak. Boshqa maqsadlari ham bordir, buni men bilmayman va yomon gumonga ham borish niyatim yo'q. Kimning qayerga kirishi o'ziga bog'liq. Agar shu bo'limni hush ko'rib kirishgan ekan, ularni tanqid qilishga haqqimiz yo'q. Boshqa bo'limlarda ham saviyasi past postlar ko'p degan fikrga ham qo'shilmayman. Hamma bo'limda ajoyib, mulohazakor mavzular mavjud. Faqatginba ba'zi yosh va yangi userlar tushunmay postlar qoldirishadi. Bu ham umumiy saviyaga umuman ta'sir ko'rsatmaydi, deb o'ylayman.

Lekin ba'zi userlarning ataylab, forumda bir fitna yoxud ixtilof, o'zlarining shaxsiy g'arazlarini ifodalash uchun kirishlari va shu holatda post qoldirishlari odamni hafa qiladi... 

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2008, 11:57:40

Shoir, javobingiz uchun rahmat.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Men ham boshqa bo'limlarni saviyasi past demoqchi emasman.
Faqat ba'zi a'zolarimizni befoyda postlarini nazarda tutgan holda, ular shunday o'ylarmikin, degan ma'noda shu savolni bergandim.
Bu forumda asosiy bo'limlar va postlkar insonga ko'p foydali ilmni beradi...
Alloh bardavom qilsin...

PS:Bu mavzu ham o'zimga juda yoqadi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Mart 2008, 20:19:47

Abdulaziz: Forum tashkilotchisi sifatida, bir yil oldingi forum bilan hozirgi forumni farqi nimada deb o'ylaysiz? Ijobiy va salbiy tomonga o'zgarishlari nimada deb o'ylaysiz?

Forumning avvalgi va hozirgi holatida bir qancha farqlarni sezaman.
Avvallari bu darajada ko'p userlar bo'lmasdi. Asosiy 20-30 ta user hammasi bir-birini tanir va qattiq hurmat qilardi.
Biron-bir masala yuzasidan yozilgan post birodarlarcha muhokama qilinib, ko'pchilik o'zining yakdil fikrini bildirar edi.
Ixtiloflar, fitnaga olib kelubchi postlar deyarli qilinmas, haqiqiy islomiy birodarlik ruhi sezilib turardi.
Shuningdek, ko'ngilochar, bema'ni postlar juda kam bo'lar edi.
Buni ko'pchilik eski muxlislarimiz eslashsa kerak.

Hozirgi forumda userlar soni ancha oshgan.
Ko'p userlarning o'z uslubi va forumda ishtirok etish tarzi mavjud.
Yaxshi jihati ko'pchilikning muhokamalarda ishtirok etishi va qilinayotgan hayrli amallardan bahramand bo'lishi va o'ziga munosib xulosa chiqarishidadir. Bu haqda ulardan juda ko'p maktub va go'zal fikrlarni olib, juda xursand bo'lamiz.
Yangi forumda paydo bo'lgan katta muammolardan biri ixtilofga borish va fitnaga olib keluvchi harakatlar bo'ldi...
Mashaalloh, Alloh o'zi bildirdi va ba'zi fitnalardan O'zi asrab qoldi.
Yana bir muammo ba'zi userlarimizning o'zaro birodarlik ruhidan chiqib, bir-birlariga g'arazda bo'lishlari va afsuski, bu holatning ba'zida forumdagi postlarga ham ta'siridir.
Yana bir bor aytamiz, bizlar birodarlarmiz, har xil bo'lmag'ur fikr va xayollarni uloqtirib, yaxshi gumonda bo'laylik va birodarchilik munosabatlarida Alloh va Rasuli roziligiga erishaylik.
Yana bir narsani qayta-qayta takrorlashni lozim deb topyapman. Yangi forumdoshlarga tarbiya jarayonini muloyimlik bilan amalga oshiraylik, toki ular forumdan bezib qolishmasin.

Moderatorlarga!
Bundan keyin har qanday g'arazli, fitnakor va ixtilofga olib keluvchi postlarni o'chirib yuboravering.
Yangi a'zolarga esa muloyimlik bilan, axloq doirasida tushuntiring, agar yomon bo'lsa ham unga yaxshi gapisak, inshaalloh tushunadi va o'zini o'nglaydi.

Forumimiz hammamiz uchun qadrli bo'lgan birodarona maskanga aylanadi, inshalloh.
Barchalarimizga Allohning salomi, rahmati, barakoti, mag'firatini tilab, AbdulAziz

Qayd etilgan