Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263699 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 ... 270 B


Robiya  03 Iyun 2008, 01:31:12

saraton07: forumga kirib o'zngizga qanday foyda oldingiz va olyapsiz?

Qayd etilgan


Robiya  03 Iyun 2008, 01:32:47

Usmon: raqobat forum va undagi bo'limlar uchun nechog'lik ahamiyatga ega deb bilasiz? Biznnig forumimizda ham bo'limlar orasida raqobat seziladimi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Iyun 2008, 08:01:32

AbdulAziz aka: agar Sizga shunday bir imkoiyat berilsa, qaysi bo'lim moderatorligini tanlardingiz?

Aslida men barcha ochiq bo'limlar uchun texnik jihatdan moderatorlik qila olaman.
Hozircha administratorlik yetadi. Bo'limlarni maxsus ixtisoslashgan shaxslarga ishonib topshirganmiz.
Ular bu vazifalarni juda yaxshi bajarishyapti.
Savolingizga kelsak, forumda barcha bo'limlarning mavqei, o'ziga xos jihatlari bor. Men ajratib o'tirmas edim. Qaysi biriga qo'ldan kelgancha yordamim tegsa xursand bo'lardim.

Qayd etilgan


shoir  03 Iyun 2008, 14:13:19

Shoir: ensiklopediyani forumga kiritishda yana kimlarni taklif qilgan bo'lardiz? Ya'ni, kim shu vazifani bajara oladi?

Barcha forumdoshlarni taklif qilardim.
Ayniqsa, Usmon, Ulugbek-Uz, saraton07, Foniy, ikbaljohnning bu ishni uddalay olishlariga umid qilaman.

Qayd etilgan


Muslimа  03 Iyun 2008, 14:38:11

Assalamu alykum!

Muslima opajonimga savolim: opajon, nega forumda juda kamnamo bo'lib qolgansiz?

Vaalaykum assalom!
Singiljonim, omonmisiz?
Ming afsuski, hozirda vaqtim juda ham kam :( Ish ko'p.
Alloh nasib qilganida Juma kunlari amallab netga kirmasam, boshqa kuni vaqt topa olmayamman. (Alloh rozi bo'lsin, viktorina tashkilotchilarini sharofati bilan, juma kuni amallab bo'lsa ham vaqt topib kiraman! :)) InshaAlloh ishim sal kamaysa, yana forumda faolroq bo'laman. Duo qilib turing, asalim, duolarizga muhtojman...
Alloh barchamizdan rozi bo'lsin! :)

Qayd etilgan


Muzayyana  05 Iyun 2008, 14:03:38

Assalomu alekum!
Noza opaga savolim:
Avvallari Muslimaga kirib turgansiz,
xozir endi nimagadir umuman qadam izi qilmaysiz?
Sababi nima shuni?

Qayd etilgan


shoir  06 Iyun 2008, 17:41:52

AbdulAzizga:

Sizda ziyorat qilish imkoniyati tug'ildi deylik. Lekin bu ziyorat ham, sayohat uchta muqaddas masjid (Masjidul haram, Masjidun nabaviy, Masjidul-aqso) bo'lmasin. Siz shu uch masjiddan tashqari qayerni tanlardingiz va nima uchun?

Qayd etilgan


shoir  06 Iyun 2008, 17:42:50

Munira opa:

Qaysi surani o'qiganingiz yoxud eshitganingizda ko'pincha yig'laysiz va nima uchun?

Qayd etilgan


shoir  06 Iyun 2008, 17:44:04

Muslima:

Agar sizda hamma imkoniyat (vaqt, skaner, fayl, tayyor elektron kitoblar, internet, komputer va h.) bo'lganda forumga qaysi kitoblarni kiritardingiz?

Qayd etilgan


shoir  06 Iyun 2008, 17:44:42

Ulugbek-Uz:

Ziyouz forumi haqida dastlabki tasavvuringiz qanday bo'ldi?

Qayd etilgan