Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264541 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 ... 270 B


shoir  06 Iyun 2008, 17:45:19

Robiya:

Kuniga ziyouz forumi uchun qancha vaqt ajratasiz?

Qayd etilgan


shoir  06 Iyun 2008, 17:46:58

saraton07:

Ko'z oldingizda haqsizlikni ko'rganingizda unga munosib javob bera olasizmi?

Qayd etilgan


shoir  06 Iyun 2008, 17:47:56

Akbarga:

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi sizga nima berdi?

Qayd etilgan


shoir  06 Iyun 2008, 17:48:55

Yurist:

Ziyouzning boshqalardan qanday afzalliklarini kashf etdingiz?

Qayd etilgan


shoir  06 Iyun 2008, 17:51:31

Usmon:

Sizningcha jamiyatda ayollarning aktivlashishi ijobiy holmi yoki salbiy?

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  06 Iyun 2008, 18:57:00

Ulugbek-Uz:

Ziyouz forumi haqida dastlabki tasavvuringiz qanday bo'ldi?

дастлабки.... Шоир жаноблари, ман форумга аъзо бслган санага сътибор қилинг.
                     Умуман олганда зиё-уз сайтини 2004 йилдан буён биламан. 2006 йил форумга аъзо бслганимдан буён имконист доирасида форумда иштирок стганман. Охирги кунларда активроқ бслганимнинг сабаби ҳам имконист даражасидан келиб чиқади, албатта.

тасаввур....... Тасаввурми ёки таассурот? Таассурот демоқчи бслдингиз манимча.
                       Хуллас, лснда қилиб айтадиган бслсам, сз номи билан Зиё ва Илму-ирфон тарқ
                       атадиган маскан деб биламан.



Qayd etilgan


saraton07  07 Iyun 2008, 00:26:48

saraton07:

Ko'z oldingizda haqsizlikni ko'rganingizda unga munosib javob bera olasizmi?

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Aziz(a)lar.

Ajoyib savol beribsiz ,raxmat.
Bilasizmi, yaxshilik va yovuzlik  tushunchalari borki,ular o'rtasida shavqatsiz kurash to qiyomat davom etadi.
Tabiiyki,yovuzlik hamisha yaxshilikning poyiga bolta urish bilan ovora.
Parvardigori Olamning  qonun  qoidali yaxshilikka xizmat qilishga  buyurishdir.
Shunday ekan,dilida Ollohning Kalomi ozgina bo'lsada nurlanib turgan har bir inson,   yaxshilik uchun   kurashishi  farz.

Haqsizlik esa-  yovuzlikning bir  a'zosi.U har xil  ko'rinishda ro'baro' bo'ladi albatta.
Bu  jirkanchlikka qarshi   imkonim boricha kurashaman,Olloh qodir qilgancha,albatta.
Ko'z yumib ketmayman.Hech bo'lmaganda,o'z vaqtida bo'lmasada,biroz keyinroq bo'lsada  zarba berishga intilaman.Ollohdan tilaymanki,hech qachon haqsizlikning qo'li ustun kelmasin.

 Xullas,javobim shuki, gohida munosib,gohida  nomunosib javob beraman.Chin dildan aytyapman buni.
Hammaga haqsizlikka qarshi kurashishda Tangrimdan quvvat tilayman.

Olloh yagona  Iloh,Muhammad s.a.v. so'nggi payg'ambar.
Ollohu Akbar.

Qayd etilgan


Robiya  07 Iyun 2008, 15:29:27

Robiya:

Kuniga ziyouz forumi uchun qancha vaqt ajratasiz?

Assalomu alaykum! Men vaqtim bo'lgan kunlar forumga kirishga harakat qilaman. Aytadigan bo'lsam, bir haftada o'rtacha 5 soat forumda "nafas olaman".

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Iyun 2008, 10:29:50

AbdulAzizga:

Sizda ziyorat qilish imkoniyati tug'ildi deylik. Lekin bu ziyorat ham, sayohat uchta muqaddas masjid (Masjidul haram, Masjidun nabaviy, Masjidul-aqso) bo'lmasin. Siz shu uch masjiddan tashqari qayerni tanlardingiz va nima uchun?

Go'zal savol uchun tashakkur.
Avvalo siz zikr qilgan uchta masjidni ziyorat qilish katta orzularimdan biridir.

Bu uchta masjiddan tashqari... yaqinda Mishariy Roshid al-Afasning ramazondagi tarovih namozi qiroatlarini eshitib juda maza qildim.
Niyat qildim. Inshaalloh, Kuvaytdagi al-Masjidul-Kabir masjidiga borib, Mishariy Roshid al-Afasning qiroatini eshitaman, deb...

Qayd etilgan


Muslimа  11 Iyun 2008, 15:03:28

Muslimaga savolim:


Xristianlik cherkoviga boradigan va shu dinga e'tiqod qiladigan, lekin ovqatlangandan keyin omin qiladigan, Ollohga shukrona qiladiganlarga munosabatingiz qanday?

Assalamu alaykum!
Savol uchun tashakkur, kech javob yozganim uchun uzr :)

Bu insonlarga qarab turib faqat Allohga shukur qilaman, boshqa narsa hayolimga ham kelmidi. Sababi agar Allohimni mehribonchiligi va rahnmati bo'lmaganida edi, man ham o'shalarni biri bo'lishim mumkin edi (Astag'firulloh!). Bizlarni musulmon qilib, O'zining maqbul dinida sobit qilgan, Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga ummat qilib yaratgan Allohga cheksiz hamdlar aytaman! Alloh hech kimni Haq yo'ldan adashtirmasin! Adashganlarga esa insof bersin! Amin!

Qayd etilgan