Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265033 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 ... 270 B


Muslimа  11 Iyun 2008, 15:12:54

Muslima:

Agar sizda hamma imkoniyat (vaqt, skaner, fayl, tayyor elektron kitoblar, internet, komputer va h.) bo'lganda forumga qaysi kitoblarni kiritardingiz?

Assalamu alaykum!
O'xoooooooo, agar manda shunaqa imkoniyat bo'lganida, forumni eng yaxshi kitoblar bilan to'ldirardim :)
Eng avvalo, "Saodat asri qissalari" ni hamma qismlarini joylardim. Chunki o'zim bu kitobni sevib o'qiman, boshqalarga ham avvalo shu kitobni ilinardim.

Savol uchun tashakkur, Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  15 Iyun 2008, 18:08:36

Yurist:

Ziyouzning boshqalardan qanday afzalliklarini kashf etdingiz?

Assalomu alaykum.

Savolingizga kech javob berayotganim uchun uzr.

Men bunday afzalliklarni "Kashf etishim"ga hojat yo'q. Chunki bu yaqqol ko'rinib turadi. Bunday afzalliklardan biri bu forumning va umuman saytning o'z nomiga loyiqligi. Ya'ni haqiqatdan "Ziyo"  tarqatuvchi manbadir. Ushbu Forumga a'zo bo'lgan kunim hayotimdagi unutilmas kundir. Men bundan zarracha achinmayman, aksincha bir-biridan ajoyib do'stlar orttirganimdan xursandman.

Afzalliklar haqida bundan tashqari yana ko'p narsani sanasam bo'ladi. Bir qancha hayrli loyihalarning o'tkazilishi ham Forumning bir ustunligidir. Men biron narsani o'ta maqtashni yoqtirmayman. Yaxshisi saytga tashrif buyuradiganlarning o'zlari ham baho berishsin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  17 Iyun 2008, 15:50:47

Akbarga:

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi sizga nima berdi?

Assalomu alaykum! Avvalambor savol uchun katta raxmat!

Men uchun bu viktorina juda ham ko'p narsani o'rganishim uchun yordam berdi. O'zim bilmagan juda ko'p narsalarni o'rganishim uchun imkoniyat berdi. Shu viktorina tufayli dinimizni anchagina sir-sinoatlaridan boxabar bo'ldim. Xullas juda ko'p narsani o'rganishim uchun yordam berdi.

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyun 2008, 14:01:05

Assalomu alaykum!

Muzayyana: Miss va Muzayyana orasida qanday farq va o'xshashlik bor?

Qayd etilgan


Muzayyana  21 Iyun 2008, 14:53:28

Assalomu alaykum!

Muzayyana: Miss va Muzayyana orasida qanday farq va o'xshashlik bor?

V alekum assalom!
Man sizga faqrni aytsam, farq o'zimga sezilgani juda katta.
Manga misol uchun Muzayyana ko'proq yoqyapti.
Sababi, Missda yo'q ko'p narsa xozir endi Muzayyanada bor.
Oddiy misol, bu xijob!
Miss ko'p narsalarni bilmasdi,
lekin Muzayyana, Alxamdulillax ko'p narsani anglab,
tushunib yetdi.
Orzu-niyatlari boshqa tomonlarga o'zgarib ketdi.
opajon farq juda juda ko'p...

PS: Biror kun bafurja o'zginangizga aytib berman, xop?

Qayd etilgan


Hadija  24 Sentyabr 2008, 12:16:55

Muzayyana Alloh rozi bo'lsin, Ilmingiz bundada ziyoda bo'lsin :).

Qayd etilgan


Muzayyana  06 Noyabr 2008, 10:24:42

Muzayyana Alloh rozi bo'lsin, Ilmingiz bundada ziyoda bo'lsin :).

Muslimaa Allox xammamizdan xam rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


Zamiraxon  07 Dekabr 2008, 19:05:26

Qizlarga savol: NIma uchun menga Muslima bo'limiga dostup yo'q?

Qayd etilgan


Robiya  09 Dekabr 2008, 13:43:23

Qizlarga savol: NIma uchun menga Muslima bo'limiga dostup yo'q?

Assalamu alaykum aziz forumdoshim!

Muslima bo'limi moderatori Rukhiya opajonga PM yozib, ma'lum qildizmi bo'limga kirish istagingizni? Agar hali yozmagan bo'lsangiz, albatta yozing, shundan keyin u kishi sizga dostup beradilar. Agar yozgan bo'lsangiz, unda opajonimiz vaqtlari yo'qligi sababli yoki boshqa vajdan netga kirolmayotgandirlar. Albatta dostup beriladi asalim, keyin birga mazza qilib iymonlashamiz, Insha Allah!..

Qayd etilgan


Zamiraxon  09 Dekabr 2008, 16:32:04

 :as:
Javobingiz uchun kattakon rahmat.
P.S. "asalim" deganingiz menga juda-juda yoqib ketdi, anchadan beri bunaqa shirin so'z eshitmagandim.
Olloh barchamizning dilimizga mehrli uchqunlarini solsin.

Qayd etilgan