Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264100 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 ... 270 B


shoir  11 Mart 2009, 17:32:35

Dilsora va Muhseenaga:
Forumdan qanday yo'qotgan narsangizni topdingiz?

Qayd etilgan


shoir  11 Mart 2009, 17:33:30

Chustiyga:
Pazandalik ota kasbmi yoki keyinroq paydo bo'lganmi?

Qayd etilgan


shoir  11 Mart 2009, 17:34:27

Mashhura:
Siz sevgan va o'zingiz o'shanga o'xshashni orzu qilgan badiiy asar qahramoni kim?

Qayd etilgan


shoir  11 Mart 2009, 17:36:06

Salmoni Forsiy
Oilali erkak bilan, hali uylanmagan yigit o'rtasidagi uchta eng asosiy ijobiy farq nima?

Qayd etilgan


shoir  11 Mart 2009, 17:37:20

Rukhiyaga:
Sog'inch nima? Vatan, ota-ona sog'inchi nima? Qanday sog'iniladi? Ko'proq qaysi holatni sog'inasiz?

Qayd etilgan


shoir  11 Mart 2009, 17:39:03

AbdulAzizga:
Ayni paytda siz judayam orzu qilayotgan narsa?
(Realroq, bu hayoti dunyoda amalga oshishi haqiqatga yaqin orzu bo'lsin)

Qayd etilgan


shoir  11 Mart 2009, 17:40:28

Yana (bir savol kepqoldi) AbdulAzizga:
Hozirgi kundagi "erkaklikka intilayotgan ayollar" qilomishi haqida 3-4 ta so'zlik qanday gap ayta olasiz?

Qayd etilgan


shoir  11 Mart 2009, 17:49:42

Foniyga: (boshqalar ham javgob berishi mumkin)
Deylik, siz uylanyapsiz.
Ikki xil variant bor:
1. O'zingiz topgan shaharlik, muslima qiz.
2. Ota-onangiz topgan qishloqlik oddiy mehnatkash qizi, lekin tarbiyalasa, yaxshi muslima bo'ladi.
Qaysi birini tanlardingiz?

Qayd etilgan


shoir  11 Mart 2009, 17:54:03

Guli, Zamiraxon, zuhraxonga:
Forumda siz eng hurmat qiladigan erkak va ayol yuserlar kimlar? Nima uchun ularni hurmat qilasiz.

Qayd etilgan


mutaallimah  11 Mart 2009, 18:29:23

Masturaga:
O'zbek va arab mentaliteti orasida qanaqa farqlarni ko'rdingiz?
Ijobiy va salbiy jihatlari?
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokaatuh..

Savol uchun tashakkur..
Nafaqat o'zbek va arablarni balki arab bilan arabning urf-odatida ham juda katta farqlar bor.. Arablarning deyarli hammasida bor bo'lgan bolalarga bag'rikenglik o'zbeklarda juddaayam kam uchrasa kerak.(arablarchalik bolani ko'ngliga qaraydigan birorta ham o'zbekni ko'rmaganman).. Yana Misrliklarni ilmga va amal qilishga bo'lgan intilishi hamda ixlosi uncha muncha arablarda ham topilmaydigan hislatlardan.. Aynan men muomala qilgan, o'zim tanigan arablarga qarab aytadigan bo'lsam ularning yurish turishlari ham men uchun ibrat.. Doim ulardek bo'lishga intilaman bag'ri keng, qo'li ochiq, ko'nglida hasadi g'ubori yo'q, ortiqcha gapdan o'zini saqlaydigan ilmga ishtiyoqi baland u insonlarga o'xshashlik juda ham qiyin.. Lekin besh qo'l baravar emas.. Hamma joyda yaxshi va yomon bor bo'lganidek arablarda ham yomon sifatli odamlar yetarlicha bor.. Arablar bolani ko'ngliga "keragidan ortiq" qarashgani sabab ularning farzandlari o'zbek bolalariga qaraganda erkaroq va qizlari to'yi bo'lmaguncha oshxonani ko'rmaydi :)
Men Misrda asosan faqat arablar bilan birga bo'lganim uchun bo'lsa kerak, boshqa davlatda o'zbek ayollarning orasida o'tirsam doim o'zimni "Marsdan tushgan" dek his qilaman :(

Qayd etilgan