Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264102 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 ... 270 B


Y_U_R_I_S_T  11 Mart 2009, 20:13:25

Yuristga:
Kleajakda qaysi sohad ishlashni rejalashtiryapsiz?
- Sud
- Prokuratura
- Militsiya
- Mudofaa
- MXX
- boshqa soha

Avvalo savol uchun sizga tashakkur.

Aslida Yuridik Institutiga kirgan barcha talabaning dastlabki orzusi Prokuror bo'lish bo'ladi. Ammo borgan sari o'zining kelajagi qanday bo'lishini oydinlashtirib boradi.

Mening maqsadim Davlat organlaridan birontasida ham ishlash emas. (Xozircha albatta, yana vaqt ko'rsatadi) Institutning o'zida qolib, ilmiy ish bilan shug'ullanish niyatim bor. Balki keyinchalik ko'rarmiz, kelajagamiz qanday ko'rinish olar ekan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Mart 2009, 08:56:51

AbdulAzizga:
Ayni paytda siz judayam orzu qilayotgan narsa?
(Realroq, bu hayoti dunyoda amalga oshishi haqiqatga yaqin orzu bo'lsin)

Alloh tezroq nasib qilib, dastimga bersayu, ota-onam bilan Hajga borib kelsam. Chunki onamning ko'p yillardan beri orzulari shu.
Alloh jumla mo'minu muslimalar qatorida bizga ham mnasib aylasin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Mart 2009, 09:00:14

Yana (bir savol kepqoldi) AbdulAzizga:
Hozirgi kundagi "erkaklikka intilayotgan ayollar" qilomishi haqida 3-4 ta so'zlik qanday gap ayta olasiz?

Bunaqalar soqol qo'ya olmayaptilar xolos...  : )

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Mart 2009, 10:04:47

Munira xonimga:
Hozirgi kunlarda qizlarimizda islomga yaqinlashish ko'p kuzatilmoqdami yopki islomdan uzoqlashish. Bunga nima sabab?

Assalamu alaykum.
Savol uchun rahmat.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Avvalo, Allohga hamd bo'lsinki hozirgi qizlarimizni orasida Islomga qiziqish kuchayib boryapti. Albatta, bu meni nazarimda. Va buning sabablari, avvalo, hidoyat Allohdan,qolaversa,ularda tafakkur ba haqiqiy ilm olish ishtiyoqi kuchli. Va qizlarimiz (ota-onalarga) qaraganda, sabr bilan tinglashni va tinglagan narsalarni mulohaza qilib ko'rish salohiyatiga egadirlar.
Buning sabablarini juda ko'p keltirishimiz mumkin.
Asosiysi, haqiqiy muslim va muslimalarimiz safi ko'payaversin.

Qayd etilgan


Robiya  12 Mart 2009, 15:39:46

Robiyaga:
Bir paytlar harbiy, huquq sohasiga qiziqishingizni va shu sohada ishlamoqchi ekanligingizni yozgandingiz. Hozir fikringiz o'zgardimi?

Assalamu alaykum Shoir! Savol uchun rahmat...

  Haa, o'sha bir paytlar shu sohalarga qiziqish katta edi,buni tan olaman. Sekin-asta,bu fikr o'zgardi... Hayotda kishining o'zgarishida, albatta ijobiy tomonga ma'lum sabablar bo'ladi. Meni aytish mumkin bo'lsa, ijobiy tomonga o'zgarishimda FORUM.ZIYOUZ.COM SAYTI va uning ajoyib user va userkalarining hissasi juda yuqori. Menga ISLOMni tanitgan Alloh bunda ushbu forumni vosita qildi... Bundan judayam xursandman. Xudo xohlasa bundan keyin faqatgina Alloh amrlari va SUNNATga rioya qilgan holda yashamoqchiman.

Qayd etilgan


Robiya  12 Mart 2009, 15:48:25

Robiyaga:
 Agar siz ishlaydigan joyda boshqa odamlarga zulm holati bo'lsa, unda ham shu ishdfa ishlayveraridingiz?
  Agar ishlasam, ishlaydigan joyimda zulm holatini ko'rsam,avvalo bu zulmga qarshi kurashardim, odamlarga zulm qilinishiga qarab turolmayman, boshqalarning yordami bilan albatta. Bu foyda bermasa...bilmadim,menimcha ketmasdim, zulmni yo'qotardim Alloh madadi ila :)

Qayd etilgan


shoir  12 Mart 2009, 16:43:50

Yana ushbu userlarga ham savol berilgan:

Usmon, T.Yusupov, Ikbaljohn, Musannif Adham, Diydor, Uzmus, Muslima, Noza, Muslimaa, Siddiqa, Fatima, Shohjahon12, Akbar, Abdurahmon, Dilsora, Muhseena, Chustiy, Mashhura, Salmoni Forsiy, Rukhiya, Foniy, Guli, Zamiraxon, Zuhraxon.

Ushbu userlardan ham ajoyib javoblarni kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  12 Mart 2009, 17:31:59

Salmoni Forsiy
Oilali erkak bilan, hali uylanmagan yigit o'rtasidagi uchta eng asosiy ijobiy farq nima?
Uzr,savolingizni ko'rmabman.
Endi meni fikrimga kelsak,iqtisodiy tomondan mustaqil bo'lmagan yigitlarga uylanishni tavsiya etmayman.Chunki oilali inson har qanday holatda o'z oilasini har tomondan ta'minlay olishi kerak.Ishlamaydigan yigit uylanib,keyin ota-onasini qo'liga qarab o'tirishi chiroyli ko'rinmasa kerak.Hozirgi jamiyatimizdagi eng dolzarb muammolardan biri bo'lsa kerak.
Savolingizga aniq javob bera olmaganim uchun uzr.

Qayd etilgan


Zamiraxon  12 Mart 2009, 19:36:49

Zamiraxonga:
Forumda siz eng hurmat qiladigan erkak va ayol yuserlar kimlar? Nima uchun ularni hurmat qilasiz.

Assalomu alaykum
O'g'il bola userlardan:
Forumimiz oshpazi - Chustiy
Forumimiz yuristi, bilimdoni - Y_U_R_I_S_T
Forumimizda yangiliklardan bizni xabardor qiladigan akamiz - Musannif Adham
Forumimiz "otaxoni" - Abdulaziz aka
Forumimiz shoiri - Shoir
...va boshqa qolgan userlarimizni xurmat qilaman
Qiz bolalardan esa hamma mo'mina , muslima opa-singillarimni, ayniqsa Munira Xonim, Muslima, Muslimaa, Dilsora, lolo, Noza, mutaallimah, Guli, siddiqa, Munisa88 - sizlarni Olloh yo'lida yaxshi ko'raman. Olloh hammangizdan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Muhseena  12 Mart 2009, 19:57:13

Dilsora va Muhseenaga:
Forumdan qanday yo'qotgan narsangizni topdingiz?
:as: Alloh rozi bo'lsin,bu savol ayni manga tegishli savol ekan.Haqiqattan ham har bir inson bir ish qilayotganda bir nimani maqsad qiladi.Niyatsiz hech bir ish bo'lmaydi.Man yo'qotgan narsa bu yaxshi,islomiy muhit edi.Shunday muhitni hozir topdim desam yanglishmayman.Alloh taolo niyatimga yarashasini ortig'i bilan bermoqda,hozir ko'p muslimalar bilan tanishdim.Alloh ulardan rozi bo'lsin. Ular bilan birodarligimiz abadiy bo'lsin.Bundan tashqari mani ijobiy tomonga o'zgarishimga hissa qo'shayotgan,yaxshiliklarini ayamayotgan birodarlarimizdan Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan