Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263886 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 ... 270 B


siddiqa  13 Mart 2009, 04:20:29

Muslimaa va siddiqaga:
Forumdan eng xursand bo'lgan kuningiz qachon edi? Unda qanday xayrli voqea yuz bergan edi?
bilmasdan forumga kirib qolgan kunim  :D :D :D :D :D a'zo bo'lmasdan oldin "Sizni sog'inaman ,yo ,Rasululloh " maqolasini o'qib qolganman ,keyin a'zo bo'lganman ,oldin tanigan birodarim G_u_l_I ni ham userlar orasida ko'rganimda hursand bo'luvdim .

Qayd etilgan


G_u_l_i  13 Mart 2009, 08:54:40

Guli, Zamiraxon, zuhraxonga:
Forumda siz eng hurmat qiladigan erkak va ayol yuserlar kimlar? Nima uchun ularni hurmat qilasiz.

 :as:
Uzr savolingizni ko`rmay qolibman, Adashmasam Guli deb manga murojaat qilgansiz.

Bu forumdagi hamma-hamma user va userkalani hurmat qilaman.
Ayniqsa oldindan yahshi taniydigan:
Muhseena va Siddiqani, sababi ular b-n do`stlashib yahshi tomonga o`zgarganman, keyin doim bir ish qilsak maslahatlashib olamiz.
Munira xonim-bu userka opajonimga hurmatim o`zgacha, uladan ko`p narsalarni o`rganmoqchiman.
Zamiraxon- bu userka b-n ushrashganimzda shunga amin bo`ldim: juda ochiqko`ngil qiz.
Muslima bo`limidagi hamma opajon-u singlillarimni juda yahshi ko`raman: Noza, Muslima, Muslimaa, Rukhiya, Dilsora, Lolo. Agar ro`yhatni davom ettirsam, tugamasa kerakov.
AbdulAziz aka-uladan minnatdorman, forum u-n tinmay hizmat qiladilar.
Zubair-bilmadim nimaga lekin ukamday yahshi ko`raman.
Chustiy- to`g`risini aytsam, pazandalik bo`limidagi postlarini ko`rib, rasa uyalganman. :3 Qiz bola bo`p turib, shunaqa chiroyli taomlar pishira olmasligimdan.
Ro`yhatni uzoq davom ettirishim mumkin edi, ammo ko`p yozib hammani joniga tegmay.

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 16:47:43

Assalomu alaykum!
Anchadan beri bir-biringizga savol bermay qo'yibsiz. Men boshlab bersam-a.

Abdullohga:
Sizningcha biz iqtisodiy krizisdan qachon chiqib keta olamiz?

Assalomu alaykum. Kamina bu narsaga javob berishga juda ojizlik qiladi, (butun dunyo iqtisodchilari ham bu narsa ustida bosh qotirishmoqda-ku, mendek bir ilmsiz qaydan bilsin :)). Ammo har safar NET klubga kirganimda deyarli ko'p marta Moliyaviy krizis haqida yangilik bo'lsa o'qiyman. Olimlarning fikricha, krizis 2012-yilgacha davom etishi mumkin ekan. Bu albatta hamma davlat shu yilda krizisdan chiqadi degani emas, kimdir 2010-yilga kelib ham qutilishi mukin, yana qaysidir davlatda esa bu narsa 2020-yilgacha ham davom etishi mumkin, yana Allohning o'zi bilguvchiroq. Hozircha, O'zbekistonlik iqtisodchilarning fikricha krizis bizga ta'sir qilmagan emish, ammo men o'ylaymanki, shuncha paytgacha ta'sir qilmagan bo'lsa endi ta'sir qiladi. Masalan, birinchi navbatda chet el investitsiyalar keskin kamayib ketish ehtimoli bor, bundan tashqari O'zbekistonning Eksport miqdri ham kamayishi ehtimoldan holi emas. Qolaversa, mehnat muhojirlarining departatsiya qilinishi ham mamlakatda ishsizlikning o'zishiga sabab bo'lishi mumkin. Ko'rganingizdek bu narsalar bari zanjir kabi bir-biriga bog'langan. Bizdan talab qilinadigan narsa esa har qanday narsaga tayyor turish (bularning barchasi Allohdan ekanligiga ishonish) hamda Allohga duolar qilib, o'zimizning faoliyatimizda esa halollikni asos qilib olishimiz muhim deb o'ylayman. E'tiboringiz uchun katta rahmat.

Javob uchun tashakkur, Abdulloh.
O'sha olimlar ham siz bilan bizga o'xshagan odamlar. Ular ham gipoteza qiladi. Hisoblab ko'rib, fikrini aytadi.
Savol berganimniung boisi sizni ham o'z gipotezangizni bilish edi.

Abdullohga yana savol:
Jahon bozorida ayni paytda nO'zbekistonning qaysi mahsulotlariga talab bor?
O'zbek paxtasi savdosiga krizis ta'sir etydimi?

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 16:54:28

Masturaga:
O'zbek va arab mentaliteti orasida qanaqa farqlarni ko'rdingiz?
Ijobiy va salbiy jihatlari?
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokaatuh..

Savol uchun tashakkur..
Nafaqat o'zbek va arablarni balki arab bilan arabning urf-odatida ham juda katta farqlar bor.. Arablarning deyarli hammasida bor bo'lgan bolalarga bag'rikenglik o'zbeklarda juddaayam kam uchrasa kerak.(arablarchalik bolani ko'ngliga qaraydigan birorta ham o'zbekni ko'rmaganman).. Yana Misrliklarni ilmga va amal qilishga bo'lgan intilishi hamda ixlosi uncha muncha arablarda ham topilmaydigan hislatlardan.. Aynan men muomala qilgan, o'zim tanigan arablarga qarab aytadigan bo'lsam ularning yurish turishlari ham men uchun ibrat.. Doim ulardek bo'lishga intilaman bag'ri keng, qo'li ochiq, ko'nglida hasadi g'ubori yo'q, ortiqcha gapdan o'zini saqlaydigan ilmga ishtiyoqi baland u insonlarga o'xshashlik juda ham qiyin.. Lekin besh qo'l baravar emas.. Hamma joyda yaxshi va yomon bor bo'lganidek arablarda ham yomon sifatli odamlar yetarlicha bor.. Arablar bolani ko'ngliga "keragidan ortiq" qarashgani sabab ularning farzandlari o'zbek bolalariga qaraganda erkaroq va qizlari to'yi bo'lmaguncha oshxonani ko'rmaydi :)
Men Misrda asosan faqat arablar bilan birga bo'lganim uchun bo'lsa kerak, boshqa davlatda o'zbek ayollarning orasida o'tirsam doim o'zimni "Marsdan tushgan" dek his qilaman :(

Va alaykum assalom!
Javob uchun tashakkur. O'qib maza qildim.

Masturaga yana savol:
Bu savol biroz g'alati tuyulishi mumkin, lekin hayotiy savol. Dunyoqarashingizni belgilaydigan savollardan.

Tasavvur qiling. Siz turmushga chiqyapsiz. Ikkita variant bor:
1. Ilmi yuksak, qori, ham fiqh, kalom ilmlari bilimdoni bo'lgan bir arab yigitidan sovchi keldi.
2. Diniy ilmi deyarli yo'q, lekin iymonli bir o'zbek yigitidan sovchi keldi.
Ota-onangiz ixtiyorni sizga berdilar. Ikkisidan birini tanla, dedilar.
Siz qaysi birini tanlardingiz?

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Mart 2009, 16:56:47

Muslima va NOZAga:
Sizningcha, jomiyatimizning hozirgi muslima qizlariga qanday fazilatlar yetishmaydi?

Avvalo 5 qo'l baravar emas.
Ayrim muslimalarda ibrat yo'q. Muslimada avvalo boshqalarga ibrat bo'lishi kerak hox uyda, hox ko'chada, hox kiyinishda.
Chunki muslimani ko'rgan odam unga havas ila qariydi.
Biron bir nojo'ya qilig'i bilan muslima boshqalarga dinni yomon ko'rsatib qo'yishi mumkin.

Ayrimlarida hayo yo'q, ayrimlarida sabr yo'q, ayrimlarida qanoat yo'q...

Lekin har bir muslimani orqasida uga mahramlar (otasi, akasi, turmush o'rtog'i) turadi.
Mahrami muslimani yo'lga sola olsa jamiyatdagi muslimlar ham muslimalar ham hammamiz uchun ibrat bo'la olardilar

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 16:59:39

Yuristga:
Kleajakda qaysi sohad ishlashni rejalashtiryapsiz?
- Sud
- Prokuratura
- Militsiya
- Mudofaa
- MXX
- boshqa soha

Avvalo savol uchun sizga tashakkur.

Aslida Yuridik Institutiga kirgan barcha talabaning dastlabki orzusi Prokuror bo'lish bo'ladi. Ammo borgan sari o'zining kelajagi qanday bo'lishini oydinlashtirib boradi.

Mening maqsadim Davlat organlaridan birontasida ham ishlash emas. (Xozircha albatta, yana vaqt ko'rsatadi) Institutning o'zida qolib, ilmiy ish bilan shug'ullanish niyatim bor. Balki keyinchalik ko'rarmiz, kelajagamiz qanday ko'rinish olar ekan.

Javob uchun rahmat.
Ilohim, shu halol yo'lingizdan ayirmasin!

Yana Y_U_R_I_S_Tga savol:
Tasavvur qiling, institutda ishlayotgan paytingizda sizni boshqa davlat organiga ishga taklif qilishdi. Rad etishning iloji yo'q. Siz ishlay boshladingiz. Ish shu darajada ko'pki, boshqa mehnat bilan shug'ullanishga imkon yo'q. Lekin oylik kam... Nima qilardingiz?

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 17:05:59

AbdulAzizga:
Ayni paytda siz judayam orzu qilayotgan narsa?
(Realroq, bu hayoti dunyoda amalga oshishi haqiqatga yaqin orzu bo'lsin)

Alloh tezroq nasib qilib, dastimga bersayu, ota-onam bilan Hajga borib kelsam. Chunki onamning ko'p yillardan beri orzulari shu.
Alloh jumla mo'minu muslimalar qatorida bizga ham mnasib aylasin!

Javob uchun tashakkur.
Alloh nasib etsin! Ota-onangiz baxtingizni ko'rib yursinlar.

Yana AbdulAzizga savol:
Tasavvur qiling Alloh sizga Hajga borish uchun imkoniyat nasib qildi. Haj deyarli hal bo'ldi. Lekin o'sha paytda biron qo'shningiz yoki mahram bo'lmagan qarindoshingiz mablag'ga judayam muhtoj bo'lib qoldi. Siz o'ylanib qoldingiz, agar o'sha muhtojga bersangiz, onangizning necha yillik orzulari (zo'rg'a erishgan paytingizda) usholmay qolishi mumkin...
Qanday yo'l tutardingiz?

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 17:08:52

Yana (bir savol kepqoldi) AbdulAzizga:
Hozirgi kundagi "erkaklikka intilayotgan ayollar" qilomishi haqida 3-4 ta so'zlik qanday gap ayta olasiz?

Bunaqalar soqol qo'ya olmayaptilar xolos...  : )

Qoil. Original javob bo'libdi.

Yana AbdulAzizga savol:
Oldingi savolda "erkaklikka intilayotgan ayollar" haqida so'ragandim.
"Ayollikka intilayotgan erkaklar" haqida nima deya olasiz?

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 17:14:19

Munira xonimga:
Hozirgi kunlarda qizlarimizda islomga yaqinlashish ko'p kuzatilmoqdami yopki islomdan uzoqlashish. Bunga nima sabab?

Assalamu alaykum.
Savol uchun rahmat.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Avvalo, Allohga hamd bo'lsinki hozirgi qizlarimizni orasida Islomga qiziqish kuchayib boryapti. Albatta, bu meni nazarimda. Va buning sabablari, avvalo, hidoyat Allohdan,qolaversa,ularda tafakkur ba haqiqiy ilm olish ishtiyoqi kuchli. Va qizlarimiz (ota-onalarga) qaraganda, sabr bilan tinglashni va tinglagan narsalarni mulohaza qilib ko'rish salohiyatiga egadirlar.
Buning sabablarini juda ko'p keltirishimiz mumkin.
Asosiysi, haqiqiy muslim va muslimalarimiz safi ko'payaversin.

Va alaykum assalom!
Javob uchun tashakkur. Men salbiy javobni kutgandim. Alhamdulillah, adashgan ekanman.

Yana Munira xonimga savol:
Tasavvur qiling, yaqinlaringizdan biriga o'qishda, ishda yoki oilada Alloh buyurgan buyruqqa (masalan, hijob) qarshi harakat qilishni majburlashmoqda. Agar ularning aytganini qilishmasa, o'qishi, ishi, hatto oilasidan ayrilishi mumkin. Siz bunga qanday munosabatda bo'lardingiz?

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 17:17:16

Robiyaga:
Bir paytlar harbiy, huquq sohasiga qiziqishingizni va shu sohada ishlamoqchi ekanligingizni yozgandingiz. Hozir fikringiz o'zgardimi?

Assalamu alaykum Shoir! Savol uchun rahmat...

  Haa, o'sha bir paytlar shu sohalarga qiziqish katta edi,buni tan olaman. Sekin-asta,bu fikr o'zgardi... Hayotda kishining o'zgarishida, albatta ijobiy tomonga ma'lum sabablar bo'ladi. Meni aytish mumkin bo'lsa, ijobiy tomonga o'zgarishimda FORUM.ZIYOUZ.COM SAYTI va uning ajoyib user va userkalarining hissasi juda yuqori. Menga ISLOMni tanitgan Alloh bunda ushbu forumni vosita qildi... Bundan judayam xursandman. Xudo xohlasa bundan keyin faqatgina Alloh amrlari va SUNNATga rioya qilgan holda yashamoqchiman.

Va alaykum assalom!
Ilohim, niyatingizga erishib yuring.

Yana Robiyaga savol:
Siz ham tasavvur qiling. Turmushga chiqdingiz. Avvaliga rozi bo'layotgan turmush o'rtog'ingiz sizning ishlashingizga qarshi bo'lyapti. Agar ishlamasangiz, shuncha yil olgan bilimlaringiz, mehnatinmgiz...
Qanday yo'l tutardingiz?

Qayd etilgan