Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263373 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 ... 270 B


shoir  13 Mart 2009, 18:34:55

:as:
M-n b-sa, SHOIR ga savol bersam... :) Albatta hazilomus...

Siz moboda, forum.ziyouz.com sitening jurnalisti emasmisiz? :)

Va alaykum assalom!
Agar shunaqa shtat ochilsa da'vogarlardan biri men bo'laman  : )

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 18:47:28

Muslimaa va siddiqaga:
Forumdan eng xursand bo'lgan kuningiz qachon edi? Unda qanday xayrli voqea yuz bergan edi?

Forumdan xursand bo'lgan va yanada forumga qiziqishim ortganiga sabab bo'lgan kun, forum admini, janob Abdulazizdan "Rasululloh izdoshlari" kitobini olib tahrir qilib yana forumga joylagan kunim bo'lgan... U kitobni o'qib juda ta'sirlanganman va hursand bo'lganimki, ilmim yanada oshishiga, savollarimga javob topa olganimga hursand bo'lganman. Yana Chorsudan bir birodarim tomonidan hadya qilingan Qirq Hadis kitobini ham 1 kun ichida o'qib, yoqqani u-n, forumga joylashni niyat qilib yurgandim, afsuski 8 kunga kechikgan ekanman :) Mandan oldin joylashgan ekanlar, ammo bilmay joylab qo'ygandim. Ochig'i o'sha kuni juda hursand bo'lganman, yelkamdan tog' ag'darilganidek :)...

Javob uchun tashakkur!

Yana Muslimaaga savol:
1. Ayni paytda qaysi kitobni tahrir qilyapsiz?
2. Tahrir qilib, forumga kiritib bo'lingan kitoblardan, qaysi birini sizga tahrir uchun yuborilishini istardingiz (tasavvur qiling: hali u kitoblar tahrir qilinmagan)

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 18:50:02

Dilsora va Muhseenaga:
Forumdan qanday yo'qotgan narsangizni topdingiz?
:as: Alloh rozi bo'lsin,bu savol ayni manga tegishli savol ekan.Haqiqattan ham har bir inson bir ish qilayotganda bir nimani maqsad qiladi.Niyatsiz hech bir ish bo'lmaydi.Man yo'qotgan narsa bu yaxshi,islomiy muhit edi.Shunday muhitni hozir topdim desam yanglishmayman.Alloh taolo niyatimga yarashasini ortig'i bilan bermoqda,hozir ko'p muslimalar bilan tanishdim.Alloh ulardan rozi bo'lsin. Ular bilan birodarligimiz abadiy bo'lsin.Bundan tashqari mani ijobiy tomonga o'zgarishimga hissa qo'shayotgan,yaxshiliklarini ayamayotgan birodarlarimizdan Alloh rozi bo'lsin.

Mazmunli javob uchun tashakkur.

Yana Muhseenaga savol:
Forumdagi qaysi user (erkak va ayol userlar)ning qaysi fazilati sizga ma'qul keldi. Nima uchun?

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 18:51:53

Muslimaa va siddiqaga:
Forumdan eng xursand bo'lgan kuningiz qachon edi? Unda qanday xayrli voqea yuz bergan edi?
bilmasdan forumga kirib qolgan kunim  :D :D :D :D :D a'zo bo'lmasdan oldin "Sizni sog'inaman ,yo ,Rasululloh " maqolasini o'qib qolganman ,keyin a'zo bo'lganman ,oldin tanigan birodarim G_u_l_I ni ham userlar orasida ko'rganimda hursand bo'luvdim .

Javob uchun tashakkur.

Yana siddiqaga savol:
ZiyoUz forum,ida va saytida siz sevib o'qwigan 3 ta maqola nomini keltiring.

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 18:55:49

Guli, Zamiraxon, zuhraxonga:
Forumda siz eng hurmat qiladigan erkak va ayol yuserlar kimlar? Nima uchun ularni hurmat qilasiz.

 :as:
Uzr savolingizni ko`rmay qolibman, Adashmasam Guli deb manga murojaat qilgansiz.

Bu forumdagi hamma-hamma user va userkalani hurmat qilaman.
Ayniqsa oldindan yahshi taniydigan:
Muhseena va Siddiqani, sababi ular b-n do`stlashib yahshi tomonga o`zgarganman, keyin doim bir ish qilsak maslahatlashib olamiz.
Munira xonim-bu userka opajonimga hurmatim o`zgacha, uladan ko`p narsalarni o`rganmoqchiman.
Zamiraxon- bu userka b-n ushrashganimzda shunga amin bo`ldim: juda ochiqko`ngil qiz.
Muslima bo`limidagi hamma opajon-u singlillarimni juda yahshi ko`raman: Noza, Muslima, Muslimaa, Rukhiya, Dilsora, Lolo. Agar ro`yhatni davom ettirsam, tugamasa kerakov.
AbdulAziz aka-uladan minnatdorman, forum u-n tinmay hizmat qiladilar.
Zubair-bilmadim nimaga lekin ukamday yahshi ko`raman.
Chustiy- to`g`risini aytsam, pazandalik bo`limidagi postlarini ko`rib, rasa uyalganman. :3 Qiz bola bo`p turib, shunaqa chiroyli taomlar pishira olmasligimdan.
Ro`yhatni uzoq davom ettirishim mumkin edi, ammo ko`p yozib hammani joniga tegmay.

Va alaykum assalom!
Koooo'p-ko'p yozavering. Jonimizga tegmaydi. Maroq bilan o'qiyapmiz.

Yana G_u_l_iga savol:
Tasavvur qiling, yaqinlaringizdan biri sigaret chekadi. Siz bunga toqat qilolmaysiz. Yoshining kattaligi yoki hurmati yuzasidan unga bu aybini aytish mushkul. Qanday yo'l tutardingiz?

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 19:00:36

ORIFga savol:
Siz muhim marosimni suratga olgani bordingiz. Marosim bvoshlandi. Bir-ikki kadrni suratga oldingiz. Qarangki, fotocajmera batareyasi tugab qolibdi. Aksiga olib, qo';shimcha batareya va zaryadkani ham olmagansiz.
Qanday yo'l tutardingiz?

Hayotda ham shunga o'xshash voqealar bo'lganmi?

Qayd etilgan


Hadija  13 Mart 2009, 19:01:26


Yana Muslimaaga savol:
1. Ayni paytda qaysi kitobni tahrir qilyapsiz?
2. Tahrir qilib, forumga kiritib bo'lingan kitoblardan, qaysi birini sizga tahrir uchun yuborilishini istardingiz (tasavvur qiling: hali u kitoblar tahrir qilinmagan)

1. Ayni paytda, "Rasulullohni ko'rganmisiz" kitobini tahrir qvomman (bu safar juda cho'zilib ketdi tahrir :))
2. Qur'onning ilmiy mo'jizalarini tahrir qilishni istardim va yana hali forumga joylanmagan ammo agarda tahrir qilish k-k b-sa, "Nubuvvat xonadoni xonimlari" kitobini jooon deb tahrir qilardim...


Shoirga savol :)...

Tasavvur qiling, bundan 10 yildan keyin ham, ayni shu forumda shunday shiddatlik bilan faol bo'lishlikni tasavvur qila olasizmi?

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 19:03:58

Muslim_4101 ga savol:

forum.ziyouz.com da siz qadrlaydigan, va faqat shu forumga xos uchta jihat qaysi?

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 19:08:01

Shoirga savol :)...

Tasavvur qiling, bundan 10 yildan keyin ham, ayni shu forumda shunday shiddatlik bilan faol bo'lishlikni tasavvur qila olasizmi?

Hmm, judayam bunaqangi faol bo'lolmasam kerak.
Chunki u paytda oilam bo'ladi, bo'lalalrim bo'ladi.
Ularning tashvishi, shirin erkaliklaridan ortib, kamroq kirsam kerak.

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2009, 19:11:06


Yana Muslimaaga savol:
1. Ayni paytda qaysi kitobni tahrir qilyapsiz?
2. Tahrir qilib, forumga kiritib bo'lingan kitoblardan, qaysi birini sizga tahrir uchun yuborilishini istardingiz (tasavvur qiling: hali u kitoblar tahrir qilinmagan)

1. Ayni paytda, "Rasulullohni ko'rganmisiz" kitobini tahrir qvomman (bu safar juda cho'zilib ketdi tahrir :))
2. Qur'onning ilmiy mo'jizalarini tahrir qilishni istardim va yana hali forumga joylanmagan ammo agarda tahrir qilish k-k b-sa, "Nubuvvat xonadoni xonimlari" kitobini jooon deb tahrir qilardim...

Diqqat! Kim savollarga yaxshi javob bersa, unhga bitta Rahmat va yana savollr beriladi.

Yana Muslimaaga savol:
Forumda siz eng sevib o'qigan kitob (5 tagacha variant berishingiz mumkin)

Qayd etilgan