Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263671 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 ... 270 B


Hadija  13 Mart 2009, 21:34:53


Yana Muslimaaga savol:
1. Ayni paytda qaysi kitobni tahrir qilyapsiz?
2. Tahrir qilib, forumga kiritib bo'lingan kitoblardan, qaysi birini sizga tahrir uchun yuborilishini istardingiz (tasavvur qiling: hali u kitoblar tahrir qilinmagan)

1. Ayni paytda, "Rasulullohni ko'rganmisiz" kitobini tahrir qvomman (bu safar juda cho'zilib ketdi tahrir :))
2. Qur'onning ilmiy mo'jizalarini tahrir qilishni istardim va yana hali forumga joylanmagan ammo agarda tahrir qilish k-k b-sa, "Nubuvvat xonadoni xonimlari" kitobini jooon deb tahrir qilardim...

Diqqat! Kim savollarga yaxshi javob bersa, unhga bitta Rahmat va yana savollr beriladi.

Yana Muslimaaga savol:
Forumda siz eng sevib o'qigan kitob (5 tagacha variant berishingiz mumkin)

Ko'pincha forumdan kitob olib o'qimaganman, asosan sitening o'zidan ya'ni, islom.ziyouz.com dan olib o'qiyman. U yerdan o'qigan kitoblarim, "Vijdon Azobi", "Ayollarga xos masalalar", "Islom ikki o't orasida", "Rasululloh izdoshlari", hozirda ayni damda o'qiyotganim "Rasulullohni ko'rganmisiz?" shu :)

Qayd etilgan


ORIF  13 Mart 2009, 23:36:24

ORIFga savol:
Siz muhim marosimni suratga olgani bordingiz. Marosim bvoshlandi. Bir-ikki kadrni suratga oldingiz. Qarangki, fotocajmera batareyasi tugab qolibdi. Aksiga olib, qo';shimcha batareya va zaryadkani ham olmagansiz.
Qanday yo'l tutardingiz?

Hayotda ham shunga o'xshash voqealar bo'lganmi?

Shoir, savolingiz uchun tashakkur. Albatta bunday vaziyat bo`lgan.
2007 yilning Noyabr oyi o`rtalari edi. Yaponiyadan nufuzli mehmonlkar keldi. Ularni UZdagi tashrifini/sayohatini suratga olish menga topshirildi. Reys Toshkentdan-Samarqandga-Buxoro-Toshkent. Samarqandda kechkiga yaqin batareya tugay deb qoldi. Kechki bazm vaqtida quvvatlovchi matohni chiqarib stolimiz yonidagi tokga uladim. Bir ozdan quvvatga qo`yib yana suratga olardim. Fikr xayolim ishdaligidan bazm tugagach quvvatlovchi uskunani o`sha joyda unutib qoldiribman. Mehmonxonaga kelib Batareyani quvvatlantirmoqchi bo`lib qarasam... u yo`q. Ichimga g`ulg`ula tushdi. Ertasi kuni ertalab tong sahar yana o`sha joyga bordik. Xullas ...... topolmadik.
"Ish qilib batareya pand bermasinda" - degancha Buxoroga qo`ndik. Bu yog`iga quvvatni tejash kerak edi. Har ehtimolga qarshi Buxorodagi tanishlarda kichik digital aparat ovoldim. Shu kuni kun og`gunga qadar o`zimni batareyam arang yetib kelgan. Xizmatim ham oxiriga yetgandi.

Toshkentga qaytib ikki kun quvvatlovchi uskuna izlaganman. Va keyinchalik yana bir qo`shimcha batareya sotib qoldim.

2008 yil boshlarida esa Andijonda ikki kunlik xizmat safaridamiz. Binchi ish kunimizning so`nggi kadri. To`satdan shtattivda turgan photokamera qulab tushdi. Photokamera Linzasi ikkiga bo`linib ketdi. Men shokdaman...... O`sha tun qanday holga tushganim va xayolimdan nimalar kechganini hech unutmasam kerak. Ertngi ish kunida esa o`zim bilan qo`shimcha olib chiqgan kichin sifravoy photoapparatim ish berdi. Kayfiyatim qanchalik rasvo bo`lmasin.... baribir ishlash kerak edi.

Bunday hodisalarni hech kimda ro`y berishini istamayman.
.... . . ..... ..... . .. ..........

Qayd etilgan


ZUBAIR  14 Mart 2009, 00:21:16

ZUBAYRga savol:

Menimcha yoshingiz kichik bo'lsa kerak. Sizga forumda va boshqa suhbatlarda, hali yosh ekansan, tushunmabsan - deya tanbeh berishganmi? Siz bunaqa tanbehlarni qanday qabul qilasiz.

Assalamu Alaykum. 
Hali menda bunday xolat bo'lgani yo'q. Agar bo'lgan taqdirda ham albatta xolatga qarab ijobiy qabul qilaman. To'g'ri, yosh bo'lganim uchun hali ko'p narsani tushunmasligim mumkin. Lekin to'g'ri tanbeh berilganda albatta o'sha tanbeh olgan ishimni to'grilashga harakat qilaman.

Haqiqatdan ham o'zingiz yoshlik qilib nojo'ya fikrlar aytganm holatingiz bo'lganmi?

Bilmadim, eslolmayman, bunday xolat bo'lmagan bo'lsa kerak :7

Qayd etilgan


mutaallimah  14 Mart 2009, 00:30:31

Masturaga:
O'zbek va arab mentaliteti orasida qanaqa farqlarni ko'rdingiz?
Ijobiy va salbiy jihatlari?
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokaatuh..

Savol uchun tashakkur..
Nafaqat o'zbek va arablarni balki arab bilan arabning urf-odatida ham juda katta farqlar bor.. Arablarning deyarli hammasida bor bo'lgan bolalarga bag'rikenglik o'zbeklarda juddaayam kam uchrasa kerak.(arablarchalik bolani ko'ngliga qaraydigan birorta ham o'zbekni ko'rmaganman).. Yana Misrliklarni ilmga va amal qilishga bo'lgan intilishi hamda ixlosi uncha muncha arablarda ham topilmaydigan hislatlardan.. Aynan men muomala qilgan, o'zim tanigan arablarga qarab aytadigan bo'lsam ularning yurish turishlari ham men uchun ibrat.. Doim ulardek bo'lishga intilaman bag'ri keng, qo'li ochiq, ko'nglida hasadi g'ubori yo'q, ortiqcha gapdan o'zini saqlaydigan ilmga ishtiyoqi baland u insonlarga o'xshashlik juda ham qiyin.. Lekin besh qo'l baravar emas.. Hamma joyda yaxshi va yomon bor bo'lganidek arablarda ham yomon sifatli odamlar yetarlicha bor.. Arablar bolani ko'ngliga "keragidan ortiq" qarashgani sabab ularning farzandlari o'zbek bolalariga qaraganda erkaroq va qizlari to'yi bo'lmaguncha oshxonani ko'rmaydi :)
Men Misrda asosan faqat arablar bilan birga bo'lganim uchun bo'lsa kerak, boshqa davlatda o'zbek ayollarning orasida o'tirsam doim o'zimni "Marsdan tushgan" dek his qilaman :(

Va alaykum assalom!
Javob uchun tashakkur. O'qib maza qildim.

Masturaga yana savol:
Bu savol biroz g'alati tuyulishi mumkin, lekin hayotiy savol. Dunyoqarashingizni belgilaydigan savollardan.

Tasavvur qiling. Siz turmushga chiqyapsiz. Ikkita variant bor:
1. Ilmi yuksak, qori, ham fiqh, kalom ilmlari bilimdoni bo'lgan bir arab yigitidan sovchi keldi.
2. Diniy ilmi deyarli yo'q, lekin iymonli bir o'zbek yigitidan sovchi keldi.
Ota-onangiz ixtiyorni sizga berdilar. Ikkisidan birini tanla, dedilar.
Siz qaysi birini tanlardingiz?

Assalommu alaykum..
Bu haqida o'ylab ko'rmaganman.. Shuning uchun bu savolga javob bera olmayman...

Qayd etilgan


Rukhiya  14 Mart 2009, 00:56:29

Rukhiyaga:
Sog'inch nima? Vatan, ota-ona sog'inchi nima? Qanday sog'iniladi? Ko'proq qaysi holatni sog'inasiz?

 :as:
Savol uchun rahmat!

Sog'inch ko'p hollarda vaziyatizga qarab ham farqlanar ekan.Avvallari juda ham yurtimi sog'inib,o'zimi ko'p hollarda nimadir yetishmayotgandek his qilar edim. Chunki hozir yashab turgan yerimizga hali ko'nikib ulgurmagan edim. Albatta hozir sog'inmayman,demoqchi emasman.Lekin nisbatan ko'nikdim.Alhamdulillah ota-onam, opa-singillariz,turmush o'rtogim barchalari yonimdalar.
Qaysi holatni sog'inasiz degan savolizga kelsak. O'zimizni musulmon insonlarni juda sog'inaman,ular bilan suhbat qurishni sog'inaman. Keyin o'zimizni o'zbekchada mazza qilib,bemalol suhbatlashni sog'inib ketaman.  :) Baribir o'z ma'daniyatimiz,ona tilimiz,o'z vatandoshlarimizga nima yetsin?

Qayd etilgan


siddiqa  14 Mart 2009, 06:30:45

:as:
M-n b-sa, SHOIR ga savol bersam... :) Albatta hazilomus...


 :as:
M-n b-sa, SHOIR ga savol bersam... :) Albatta hazilomus...

Siz moboda, forum.ziyouz.com sitening jurnalisti emasmisiz? :)

Va alaykum assalom!
Agar shunaqa shtat ochilsa da'vogarlardan biri men bo'laman  : )
assalamu aleykum bu bo'limni jonlantirib yubordingizku ,agar ziyouzda shunaqa bo'lim ochilsa savolsevar Shoir janoblariga hech ikkilanishsiz  bayroqni topshiramiz  :D :D :D

Qayd etilgan


siddiqa  14 Mart 2009, 06:44:28

Muslimaa va siddiqaga:
Forumdan eng xursand bo'lgan kuningiz qachon edi? Unda qanday xayrli voqea yuz bergan edi?
bilmasdan forumga kirib qolgan kunim  :D :D :D :D :D a'zo bo'lmasdan oldin "Sizni sog'inaman ,yo ,Rasululloh " maqolasini o'qib qolganman ,keyin a'zo bo'lganman ,oldin tanigan birodarim G_u_l_I ni ham userlar orasida ko'rganimda hursand bo'luvdim .

Javob uchun tashakkur.

Yana siddiqaga savol:
ZiyoUz forum,ida va saytida siz sevib o'qwigan 3 ta maqola nomini keltiring.
forumdagi deyarli barcha maqolalardan hikmat topish mumkin ,ko'plaridan tasirlanganman ,
Mustahkam Qoyalar - bu voqeani avvalllari o'qigandim ,ziyouzda huddi boshqa insonga aylanib o'qigandekman ,tasir qilgan .
 la tahzan (O'kinma kitobidan parchalar .
Antiqa Mushk buni davom ettirish mumkin,forumdagi maqolalardan hali ko'phikmat topaman inshaALLOH

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Mart 2009, 08:09:48


Yana Munira xonimga savol:
Tasavvur qiling, yaqinlaringizdan biriga o'qishda, ishda yoki oilada Alloh buyurgan buyruqqa (masalan, hijob) qarshi harakat qilishni majburlashmoqda. Agar ularning aytganini qilishmasa, o'qishi, ishi, hatto oilasidan ayrilishi mumkin. Siz bunga qanday munosabatda bo'lardingiz?

Assalamu alaykum.
Go'zal savollaringiz uchun tashakkur. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Yaqin birodarlarimni hayotlarida bunaqa hodisalarga ko'p guvoh bo'lganman va bo'lib kelyapman, ming afsuski.
Men har doim ularga birinchi bo'lib Alloh roziligi turishni anglatganman. Allohni yo'lida, uning buyruqlarini bajarishda sobit qolgan holatda, Allohga tavakkul qilib davom  etishliklarini maslahat berganman. Va har doim shu fikrimda qolaman,InshaAlloh. Bu fikrimdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Ish, o'qish ekanku, men agar kerak bo'lsa oiladagilarga ham qarshi chiqib shu yo'lda bardavom bo;lishlikni tavsiya qilgan bo'lardim. (hatto oiladan ajrashgacha olib kelsa ham) Bu meni shaxsiy fikrim.
Alloh barchamizni faqat O'ziga ibodat va itoat qiladiganlardan qilsin!!!  Amiyn!!!

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Mart 2009, 08:55:48

AbdulAzizga:
Ayni paytda siz judayam orzu qilayotgan narsa?
(Realroq, bu hayoti dunyoda amalga oshishi haqiqatga yaqin orzu bo'lsin)

Alloh tezroq nasib qilib, dastimga bersayu, ota-onam bilan Hajga borib kelsam. Chunki onamning ko'p yillardan beri orzulari shu.
Alloh jumla mo'minu muslimalar qatorida bizga ham mnasib aylasin!

Javob uchun tashakkur.
Alloh nasib etsin! Ota-onangiz baxtingizni ko'rib yursinlar.

Yana AbdulAzizga savol:
Tasavvur qiling Alloh sizga Hajga borish uchun imkoniyat nasib qildi. Haj deyarli hal bo'ldi. Lekin o'sha paytda biron qo'shningiz yoki mahram bo'lmagan qarindoshingiz mablag'ga judayam muhtoj bo'lib qoldi. Siz o'ylanib qoldingiz, agar o'sha muhtojga bersangiz, onangizning necha yillik orzulari (zo'rg'a erishgan paytingizda) usholmay qolishi mumkin...
Qanday yo'l tutardingiz?

Go'zal savollar uchun tashakkur!
Yaxshi savol bo'libdi.

O’sha muhtoj bo’lib qolgan yaqinimizga o’sha pulni berardim. Inshaalloh, hajni boshqa sanaga qoldirardim. Onam bundan xafa bo’lmaydilar. Tushunadilar. Zora, bu amalimiz Allohga xush yoqib hajning savobidan-da ortiqroq savoblar bersa. O’zi barakot bersa hech narsa emas. Lekin orada bir birodarimiz muhtoj bo’lib turgan paytda, menda imkoniyat bo’lib turib, unga yordam bermasdan hajga ketishni o’zim uchun zulm deb bilaman.
Yaqinda bir hikoya o’qib qolgan edim.

Buyuk muhaddis va faqih Abdulloh ibn Muborakning tushiga farishtalar kiribdi. Ular o’zaro suhbat qurishayotganmish.
— Bu yil hajga nechta odam keldi?
- Olti yuz ming.
- Nechtasining haji qabul qilindi?
- Shomdagi Ali degan oyoq kiyim ta’mirchisining haji sababidan hammasining haji qabul qilindi.
Abdulloh ibn Muborak shunday hikoya qiladi:
"œUyg’onishim bilan Shomga qarab yo’l oldim. O’sha odamni izlab, uyini topdim. O’zimni tasnishtirganimdan so’ng u hayajonlanib, o’zini qo’yarga joy topa olmadi. Tushimni unga so’zlab berdim. Taqsir, nima amal qilgan edingizki, Alloh sizning va boshqa barcha hojilarning hajini qabul qildi? — deya so’radim. U bo’lgan voqeani gapirib berdi:
- Men oyoq kiyim ta’mirchisi edim. O’ttiz yildan beri hajga niyat qilib, o’ttiz yuz dirham kumush yig’dim. Mana shu yil hajga ketmoqchi edim. Ayolim xomilador edi. Qo’shnimizning uyidan kelayotgan ovqat hidi unga yoqib, o’sha taomdan istadi. Qo’shnimnikiga kirib vaziyatni tushuntirdim. Qo’shnim: "œEy, Ali, bizning bu taomimiz sizga halol emas. Uch kundan beri bolalarim tuz totgani yo’q. Butun Shom shahridan biron ish topolmadim. Hech kim menga ish bermadi. O’lib yotgan bir hayvonni ko’rdim-da, zarurat yuzasidan undan bir parchasini kesib, bolalarimga pishirayotgan edim"¦ Sizga halol bo’lmaydi bu." Buni eshitib unga ichim achidi. Haj uchun to’plagan kumushlarimni unga olib kelib berdim va : "œBuni bolalaring uchun nafaqa qil, bizning hajimiz shu bo’lsin!" dedim."

Qayd etilgan


G_u_l_i  14 Mart 2009, 09:01:22

Guli, Zamiraxon, zuhraxonga:
Forumda siz eng hurmat qiladigan erkak va ayol yuserlar kimlar? Nima uchun ularni hurmat qilasiz.

 :as:
Uzr savolingizni ko`rmay qolibman, Adashmasam Guli deb manga murojaat qilgansiz.

Bu forumdagi hamma-hamma user va userkalani hurmat qilaman.
Ayniqsa oldindan yahshi taniydigan:
Muhseena va Siddiqani, sababi ular b-n do`stlashib yahshi tomonga o`zgarganman, keyin doim bir ish qilsak maslahatlashib olamiz.
Munira xonim-bu userka opajonimga hurmatim o`zgacha, uladan ko`p narsalarni o`rganmoqchiman.
Zamiraxon- bu userka b-n ushrashganimzda shunga amin bo`ldim: juda ochiqko`ngil qiz.
Muslima bo`limidagi hamma opajon-u singlillarimni juda yahshi ko`raman: Noza, Muslima, Muslimaa, Rukhiya, Dilsora, Lolo. Agar ro`yhatni davom ettirsam, tugamasa kerakov.
AbdulAziz aka-uladan minnatdorman, forum u-n tinmay hizmat qiladilar.
Zubair-bilmadim nimaga lekin ukamday yahshi ko`raman.
Chustiy- to`g`risini aytsam, pazandalik bo`limidagi postlarini ko`rib, rasa uyalganman. :3 Qiz bola bo`p turib, shunaqa chiroyli taomlar pishira olmasligimdan.
Ro`yhatni uzoq davom ettirishim mumkin edi, ammo ko`p yozib hammani joniga tegmay.

Va alaykum assalom!
Koooo'p-ko'p yozavering. Jonimizga tegmaydi. Maroq bilan o'qiyapmiz.

Yana G_u_l_iga savol:
Tasavvur qiling, yaqinlaringizdan biri sigaret chekadi. Siz bunga toqat qilolmaysiz. Yoshining kattaligi yoki hurmati yuzasidan unga bu aybini aytish mushkul. Qanday yo'l tutardingiz?

Ro`za tuting, derdim! Manimcha bu foydali bo`ladi. Har holda kuni b-n sigaret chekolmasdilar! ;D

Qayd etilgan