AbdulAzizga:
Ayni paytda siz judayam orzu qilayotgan narsa?
(Realroq, bu hayoti dunyoda amalga oshishi haqiqatga yaqin orzu bo'lsin)
Alloh tezroq nasib qilib, dastimga bersayu, ota-onam bilan Hajga borib kelsam. Chunki onamning ko'p yillardan beri orzulari shu.
Alloh jumla mo'minu muslimalar qatorida bizga ham mnasib aylasin!
Javob uchun tashakkur.
Alloh nasib etsin! Ota-onangiz baxtingizni ko'rib yursinlar.
Yana AbdulAzizga savol:
Tasavvur qiling Alloh sizga Hajga borish uchun imkoniyat nasib qildi. Haj deyarli hal bo'ldi. Lekin o'sha paytda biron qo'shningiz yoki mahram bo'lmagan qarindoshingiz mablag'ga judayam muhtoj bo'lib qoldi. Siz o'ylanib qoldingiz, agar o'sha muhtojga bersangiz, onangizning necha yillik orzulari (zo'rg'a erishgan paytingizda) usholmay qolishi mumkin...
Qanday yo'l tutardingiz?
Go'zal savollar uchun tashakkur!
Yaxshi savol bo'libdi.
O’sha muhtoj bo’lib qolgan yaqinimizga o’sha pulni berardim. Inshaalloh, hajni boshqa sanaga qoldirardim. Onam bundan xafa bo’lmaydilar. Tushunadilar. Zora, bu amalimiz Allohga xush yoqib hajning savobidan-da ortiqroq savoblar bersa. O’zi barakot bersa hech narsa emas. Lekin orada bir birodarimiz muhtoj bo’lib turgan paytda, menda imkoniyat bo’lib turib, unga yordam bermasdan hajga ketishni o’zim uchun zulm deb bilaman.
Yaqinda bir hikoya o’qib qolgan edim.
Buyuk muhaddis va faqih Abdulloh ibn Muborakning tushiga farishtalar kiribdi. Ular o’zaro suhbat qurishayotganmish.
— Bu yil hajga nechta odam keldi?
- Olti yuz ming.
- Nechtasining haji qabul qilindi?
- Shomdagi Ali degan oyoq kiyim ta’mirchisining haji sababidan hammasining haji qabul qilindi.
Abdulloh ibn Muborak shunday hikoya qiladi:
"œUyg’onishim bilan Shomga qarab yo’l oldim. O’sha odamni izlab, uyini topdim. O’zimni tasnishtirganimdan so’ng u hayajonlanib, o’zini qo’yarga joy topa olmadi. Tushimni unga so’zlab berdim. Taqsir, nima amal qilgan edingizki, Alloh sizning va boshqa barcha hojilarning hajini qabul qildi? — deya so’radim. U bo’lgan voqeani gapirib berdi:
- Men oyoq kiyim ta’mirchisi edim. O’ttiz yildan beri hajga niyat qilib, o’ttiz yuz dirham kumush yig’dim. Mana shu yil hajga ketmoqchi edim. Ayolim xomilador edi. Qo’shnimizning uyidan kelayotgan ovqat hidi unga yoqib, o’sha taomdan istadi. Qo’shnimnikiga kirib vaziyatni tushuntirdim. Qo’shnim: "œEy, Ali, bizning bu taomimiz sizga halol emas. Uch kundan beri bolalarim tuz totgani yo’q. Butun Shom shahridan biron ish topolmadim. Hech kim menga ish bermadi. O’lib yotgan bir hayvonni ko’rdim-da, zarurat yuzasidan undan bir parchasini kesib, bolalarimga pishirayotgan edim"¦ Sizga halol bo’lmaydi bu." Buni eshitib unga ichim achidi. Haj uchun to’plagan kumushlarimni unga olib kelib berdim va : "œBuni bolalaring uchun nafaqa qil, bizning hajimiz shu bo’lsin!" dedim."