Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263788 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 ... 270 B

shoir  14 Mart 2009, 15:31:18

Abdulhafizga savol:
Hech chatga kirganmisiz? O'zbekcha chatlar haqida fikringiz?

Qayd etilgan

shoir  14 Mart 2009, 15:33:02

AbdulAzizga:
Ayni paytda siz judayam orzu qilayotgan narsa?
(Realroq, bu hayoti dunyoda amalga oshishi haqiqatga yaqin orzu bo'lsin)

Alloh tezroq nasib qilib, dastimga bersayu, ota-onam bilan Hajga borib kelsam. Chunki onamning ko'p yillardan beri orzulari shu.
Alloh jumla mo'minu muslimalar qatorida bizga ham mnasib aylasin!

Javob uchun tashakkur.
Alloh nasib etsin! Ota-onangiz baxtingizni ko'rib yursinlar.

Yana AbdulAzizga savol:
Tasavvur qiling Alloh sizga Hajga borish uchun imkoniyat nasib qildi. Haj deyarli hal bo'ldi. Lekin o'sha paytda biron qo'shningiz yoki mahram bo'lmagan qarindoshingiz mablag'ga judayam muhtoj bo'lib qoldi. Siz o'ylanib qoldingiz, agar o'sha muhtojga bersangiz, onangizning necha yillik orzulari (zo'rg'a erishgan paytingizda) usholmay qolishi mumkin...
Qanday yo'l tutardingiz?

Go'zal savollar uchun tashakkur!
Yaxshi savol bo'libdi.

O’sha muhtoj bo’lib qolgan yaqinimizga o’sha pulni berardim. Inshaalloh, hajni boshqa sanaga qoldirardim. Onam bundan xafa bo’lmaydilar. Tushunadilar. Zora, bu amalimiz Allohga xush yoqib hajning savobidan-da ortiqroq savoblar bersa. O’zi barakot bersa hech narsa emas. Lekin orada bir birodarimiz muhtoj bo’lib turgan paytda, menda imkoniyat bo’lib turib, unga yordam bermasdan hajga ketishni o’zim uchun zulm deb bilaman.
Yaqinda bir hikoya o’qib qolgan edim.

Buyuk muhaddis va faqih Abdulloh ibn Muborakning tushiga farishtalar kiribdi. Ular o’zaro suhbat qurishayotganmish.
— Bu yil hajga nechta odam keldi?
- Olti yuz ming.
- Nechtasining haji qabul qilindi?
- Shomdagi Ali degan oyoq kiyim ta’mirchisining haji sababidan hammasining haji qabul qilindi.
Abdulloh ibn Muborak shunday hikoya qiladi:
"œUyg’onishim bilan Shomga qarab yo’l oldim. O’sha odamni izlab, uyini topdim. O’zimni tasnishtirganimdan so’ng u hayajonlanib, o’zini qo’yarga joy topa olmadi. Tushimni unga so’zlab berdim. Taqsir, nima amal qilgan edingizki, Alloh sizning va boshqa barcha hojilarning hajini qabul qildi? — deya so’radim. U bo’lgan voqeani gapirib berdi:
- Men oyoq kiyim ta’mirchisi edim. O’ttiz yildan beri hajga niyat qilib, o’ttiz yuz dirham kumush yig’dim. Mana shu yil hajga ketmoqchi edim. Ayolim xomilador edi. Qo’shnimizning uyidan kelayotgan ovqat hidi unga yoqib, o’sha taomdan istadi. Qo’shnimnikiga kirib vaziyatni tushuntirdim. Qo’shnim: "œEy, Ali, bizning bu taomimiz sizga halol emas. Uch kundan beri bolalarim tuz totgani yo’q. Butun Shom shahridan biron ish topolmadim. Hech kim menga ish bermadi. O’lib yotgan bir hayvonni ko’rdim-da, zarurat yuzasidan undan bir parchasini kesib, bolalarimga pishirayotgan edim"¦ Sizga halol bo’lmaydi bu." Buni eshitib unga ichim achidi. Haj uchun to’plagan kumushlarimni unga olib kelib berdim va : "œBuni bolalaring uchun nafaqa qil, bizning hajimiz shu bo’lsin!" dedim."

Javob uchun tashakkur.
Juda ibratli bo'libdi.

AbdulAzizga savol:
Kelkajakda inshaalloh uylanib, ayolingiz ishlash niyatini bildirsa, rozi bo'larmidingiz?

Qayd etilgan

Robiya  14 Mart 2009, 15:34:39

Tasavvur qiling. Siz turmushga chiqyapsiz. Ikkita variant bor:
1. Ilmi yuksak, qori, ham fiqh, kalom ilmlari bilimdoni bo'lgan bir arab yigitidan sovchi keldi.
2. Diniy ilmi deyarli yo'q, lekin iymonli bir o'zbek yigitidan sovchi keldi.
Ota-onangiz ixtiyorni sizga berdilar. Ikkisidan birini tanla, dedilar.
Siz qaysi birini tanlardingiz?

Ikkinchisini... Islomni bilmasa-da,iymoni borku, bu holda eng muhimi shu... Keyin hidoyatga sababchi bo'lish ham hammaga nasib etavermaydi. Yelkama-yelka turib, ISLOMni o'rgatib (erkaklarga bu gap yoqmasada, to'g'ri ma'noda, unaqa haq-huquq o'rgatishmas :)),ham o'rganib,...bu menimcha tayyoridan savobliroq, Vallohu a'lam!

Alloh hammamizga iymonli,insofli,taqvoli juftlarni uchrashtirsin!

Qayd etilgan

shoir  14 Mart 2009, 15:39:10

Tashakkur. Yaxshi javob bo'libdi.
Ushbu savolni Diydor opagha bergan edim. Halki javob bermabdilar. Siz ham javob bering-chi.

Shijoat haqida fikringiz? U hozir bizda bormi, yetarlimi?

Qayd etilgan

Zamiraxon  14 Mart 2009, 15:40:14

Zamiraxonga yana savol:
Forumda o'zingiz hayotda ko'rmagan 3 ta userni kimga o'xshatasiz, yoki qanday tasavvur qilasiz (forumda yozgan postlaridan xulosa qiling).

 :as:
Abdulaziz akani O'zb kanalidagi "Tutash taqdirlar" serialidagi Begzod ismli bir yigitga o'xshataman :)
Musannif Adhamni boshqa temalarga postlar yozmasliklaridan (Olloh bilguvchiroqdir) judayam vaqtlarini qizg'anadigan, ishlari reja asosida tuzilgan user deb tasavvur qilaman.
Zubair ni samimiy, kamtar, raxmatlar borasida qo'li ochiq  :D , vatanini sog'ingan deb o'ylayman, bilmadim nimaga... Rostdan ham chet eldamilar? :)

Qayd etilgan

shoir  14 Mart 2009, 15:48:00

Va alaykum assalom!
"Tutash taqdirlar" qanaq2a serial ekan? Qiziq, bir ko'rish kerak ekan, o'sha bola AbdulAzizga rostanam o'xsharmikan?  : )

Musannif Adham, vaqtini faqat foydali narsalarga sarflaydiganlardan, kerakli gap bo'lsagina aytadilar.

Joylagan rasmlariga ko'rsa, Zubayr Saudiya Arabistonidalar.

Yana Zamiraxonga savol:
Qalbingiz nimadandir siqilib turgan paytda forumdan (mavzular, birodarlaringiz) taskin topganmisiz?

Qayd etilgan

Robiya  14 Mart 2009, 15:49:51

Shijoat haqida fikringiz? U hozir bizda bormi, yetarlimi?

Shijoat... O'zim tushunganimcha javob beraman: Bir narsa qilishga,biror narsaga erishishga jahd bilan kirishmoq.Qanaqa tushunishga bog'liq,qaysi sohadaligiga bog'liq. Masalan,ilm olishga shijoat, do'st orttirishga, yaxshilik qilishga,... va hokazolar. Albatta shijoat ma'lum darajada yetarli,ortib ham ketyapti (Salbiy ma'nodagisiga qarab): boylik orttirishga, ...

Kerakli sohalarda esa albatta,albatta yetyaptimas, kam,nuqsonlarimiz bor...

Nuqtai nazarim xato bo'lishi ham mumkin, men shunaqa tushunaman shijoatni :)

Qayd etilgan

Munira xonim  14 Mart 2009, 15:58:53

Yana Munira xonimga savol:
Muslimalik niqobi ostida sharr ishlarni qilib yurgan munofiqalarga duch kelganmisiz. Ularga qanday munosabatda bo'lgansiz?

Assalamu alaykum.
Shoir, bu go'zal va ibratli savollarni qayerdan olyapsiz yoki birorta savollar tuzilgan kitobcha topib oldingizmi?  :)

Endi savolingizga kelsak, Alhamdulillahki, men hali unaqa "Muslima"larni uchratmadim. Balki ko'chga kam chiqqanim va bu yerda tanishlarim oz bo'lgani uchundir.Vallohi a'lam.
Lekin bunaqalar haqida tanishlarimdan ko'p eshitganman. Bizni suygan va suymagan insonlardan, bizga nafrat to'la ko'zlardan,nafratini so'z bilan ifodalab bergan insonlardan ham...
Ularga munosabatim, Alloh ularni mag'firat qilsin va O'zi Haq yo'lni ko'rsatsin. Alloh ularni Tavba qilishiga imkon bersin va tavbalarini qabul qilmasdan jonlarini olmasin.
Qisqa qilib aytganda, Alloh taolo bularni buyuk IYMON bilan jazolasin!!!

Qayd etilgan

Zamiraxon  14 Mart 2009, 16:00:37

Zamiraxonga savol:
Qalbingiz nimadandir siqilib turgan paytda forumdan (mavzular, birodarlaringiz) taskin topganmisiz?

Bunaqa holat juda ko'p bo'lgan. Sizga savol: Men boyagina hadisni forumga joylayotganimda qortiq degan so'zga duch keldim. Lekin bilimim ojizlik qilib, bu so'zga tushunmadim. U nima?

Qayd etilgan

AbdulAziz  14 Mart 2009, 17:15:40

AbdulAzizga savol:
Kelkajakda inshaalloh uylanib, ayolingiz ishlash niyatini bildirsa, rozi bo'larmidingiz?

Agar oila yumushlaridan ortsa, vaziyatga qarab, uy sharoitida ishlash mumkin bo'lgan yoki faqatgina ayollar ishlaydigan, yosh bolalar yoki bog'cha ta'limiga ruxsat etishim mumkin. Chunki jamiyatning ta'lim tizimida muslimalar ham ishlasa, mutaallim bolajonlar ham iymonli, odobli bo'lib tarbiyalanadi.
Lekin uyda o'tirib o'z bolalariga go'zal tarbiya bergan ayoldan yaxshisi yo'q.

Qayd etilgan