Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264026 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 ... 270 B


AbdulAziz  14 Mart 2009, 17:21:29

Bunaqa holat juda ko'p bo'lgan. Sizga savol: Men boyagina hadisni forumga joylayotganimda qortiq degan so'zga duch keldim. Lekin bilimim ojizlik qilib, bu so'zga tushunmadim. U nima?

Qortiq degani ho'kiz shoxidan yasalgan qon tortuvchi moslama.
Payg'ambar SAV zamonlarida ham qon oldirish bo'lgan. Payg'ambar SAV ham qon oldirib turganlar.
Bunda o'sha qon olinadigan joy biroz kesilib qortiq bilan so'rib olingan. Shu ish bilan shug'ullanuvchini qortiqchi deyilgan.

Qayd etilgan


Hadija  14 Mart 2009, 17:43:39

Ko'pincha forumdan kitob olib o'qimaganman, asosan sitening o'zidan ya'ni, islom.ziyouz.com dan olib o'qiyman. U yerdan o'qigan kitoblarim, "Vijdon Azobi", "Ayollarga xos masalalar", "Islom ikki o't orasida", "Rasululloh izdoshlari", hozirda ayni damda o'qiyotganim "Rasulullohni ko'rganmisiz?" shu :)

Yana Muslimaaga savol:
Sizga (iymoningizga) judayanm yaxshi ta'sir ko'rsatgan kitob qaysi?

 :as:

Iymonim yanada ziyoda bo'lishiga sabab bo'lgan kitob, yaqinda tahrir qilingan "Rasululloh izdoshlari" va yaqinda tahriri tugash arafasida turgan "Rasulullohni ko'rganmisiz" kitoblari ta'siri katta bo'ldi. Izoh: "Rasululloh izdoshlari" kitobini o'qib, Abu Bakr  :ra:  haqlarida ancha ma'lumotlarga ega bo'ldim va mehrim ham bo'lakcha bo'ldi huddi Umar  :ra: ga bo'lganidek :)...

Shoirga savol :)...

Maqsadsiz insonning o'zi yo'q. Hayotdan, yashashdan maqsadingiz nima? (Ibodatdan tashqari)

Namoz o'qiganingiz uchun sizni davlat  idoralarida yaxshi qabul qila olishmadi va ishdan chetlatishdi. Biror bir davlat muassasiga ishga kira olmayapsiz, biror firmaga boray desangiz, siz tanlagan kasb bo'yicha firmalarda ham ish yo'q. Boshqalar kabi, o'zingizni tijoratda sinarmidingiz?

Qayd etilgan


Muhseena  14 Mart 2009, 19:14:28

Dilsora va Muhseenaga:
Forumdan qanday yo'qotgan narsangizni topdingiz?
:as: Alloh rozi bo'lsin,bu savol ayni manga tegishli savol ekan.Haqiqattan ham har bir inson bir ish qilayotganda bir nimani maqsad qiladi.Niyatsiz hech bir ish bo'lmaydi.Man yo'qotgan narsa bu yaxshi,islomiy muhit edi.Shunday muhitni hozir topdim desam yanglishmayman.Alloh taolo niyatimga yarashasini ortig'i bilan bermoqda,hozir ko'p muslimalar bilan tanishdim.Alloh ulardan rozi bo'lsin. Ular bilan birodarligimiz abadiy bo'lsin.Bundan tashqari mani ijobiy tomonga o'zgarishimga hissa qo'shayotgan,yaxshiliklarini ayamayotgan birodarlarimizdan Alloh rozi bo'lsin.

Mazmunli javob uchun tashakkur.

Yana Muhseenaga savol:
Forumdagi qaysi user (erkak va ayol userlar)ning qaysi fazilati sizga ma'qul keldi. Nima uchun?
:as: userkaladan Munira opa,Muslimaa, Zamiraxon,Imlaah opa,Nozalarni yaxshi ko'rib qoldim.Bundan tashqari G_u_l_i va Siddiqa eng yaqin birodarlarimdan bo'lishadi.Ularning qalblari musaffo,iymonda mustahkamlar deb yaxshi gumon qilaman,Ular bilan uchrashtirgani uchun Allohga shukronalar aytaman.Userlardanmi?...Adminimiz juda qalbi sof deb gumon qilaman,hamma narsani to'g'ri tushunadilar,yomon gumonni bilmaydilar,yordamlarini hech kimdan ayamaydilar,yaxshi jurnalistlar.Zubair juda zehni o'tkir bola.Qolganlar ham yaxshi. :)

Qayd etilgan


Rukhiya  14 Mart 2009, 19:34:39

Iqtibos
Yana Rukhiyaga savol:
Ayni paytda Vatanning horijda topilmaydigan qaysi jihatini (masalan vatandagi biron joy, biron ovqat, masalan, sumalak, balki yana biron gul va h.) sog'inyapsiz?


Savol uchun rahmat!
Issiqqina tandir somsalarni bilan tandirda yopilgan oddiy nonlar bor-ku shularni sog'indim.
 Ekilgan bog'dagi qip-qizil atirgullar va rayhonlarni,shabadada tebranganda o'zidan ajoyib hushbo'y his taratib turishini rosa sog'indim. Rayhon isini rosa yaxshi ko'raman. Bu yerda esa hali ekilgan to'p-to'p rayhon ko'rmadim.  
 Muzdekkina qilib suv sepilgan hovlidan,yerdan taraladigan ajoyib hidni  ham...
Savollariz bilan sog'inchimi kuchaytirib yuboryapsiz! :)

Qayd etilgan


Hadija  14 Mart 2009, 20:15:21

Iqtibos
Yana Rukhiyaga savol:
Ayni paytda Vatanning horijda topilmaydigan qaysi jihatini (masalan vatandagi biron joy, biron ovqat, masalan, sumalak, balki yana biron gul va h.) sog'inyapsiz?


Savol uchun rahmat!
Issiqqina tandir somsalarni bilan tandirda yopilgan oddiy nonlar bor-ku shularni sog'indim.
 Ekilgan bog'dagi qip-qizil atirgullar va rayhonlarni,shabadada tebranganda o'zidan ajoyib hushbo'y his taratib turishini rosa sog'indim. Rayhon isini rosa yaxshi ko'raman. Bu yerda esa hali ekilgan to'p-to'p rayhon ko'rmadim.  
 Muzdekkina qilib suv sepilgan hovlidan,yerdan taraladigan ajoyib hidni  ham...
Savollariz bilan sog'inchimi kuchaytirib yuboryapsiz! :)


Haqiqatda Katta uzun daraxt ayniqsa Majnuntol soyasi ostida ariqdan suv shildirab oqib tursa o'tlar ustida o'tirvolib, shriin hayollar qilsang :))

Rukhiya Alloh rozi bo'lsin, sizni postingizni o'qib ayrim narsalar yodimga tushib ketdi... Haya, anu smileklar buncha chiroyli? :)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 03:35:18

Akbarga:
Erkak kishi uchun eng kerak bo'lgan uchta fazilat (diniy fazilatlar - iymon-e'tiqod dan tashqari)

Avvalo savol uchun katta rahmat.

Men bu savolga o'z fikrimni bildirmoqchiman. Erkak kishida birinchi navbatda mardlik fazilati, vadaga vafolilik va mehribonlik fazilatlari juda muhum o'rin tutadi deb o'ylayman.

Bulardan tashqari erkak kishi hech qachon tushkun holda bo'lmasligi kerak. Har qanday vaziyatda boshqalarga dalda bo'lish erkak kishi uchun eng oliy fazilatlardan hisoblanadi.

Bu meni fikrim.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  15 Mart 2009, 04:11:06

Abdulhafizga savol:
Hech chatga kirganmisiz? O'zbekcha chatlar haqida fikringiz?
Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur. Chatga biror marta ham kirmaganman. Shu narsaga qiziqmadim to'g'risi, shuning uchun fikr bildira olmayman.

Qayd etilgan


siddiqa  16 Mart 2009, 06:22:34

forumdagi deyarli barcha maqolalardan hikmat topish mumkin ,ko'plaridan tasirlanganman ,
Mustahkam Qoyalar - bu voqeani avvalllari o'qigandim ,ziyouzda huddi boshqa insonga aylanib o'qigandekman ,tasir qilgan .
 la tahzan (O'kinma kitobidan parchalar .
Antiqa Mushk buni davom ettirish mumkin,forumdagi maqolalardan hali ko'phikmat topaman inshaALLOH

Yana siddiqaga savol:
Siz forumda bo'lishini orzui qilayotgan kitob qaysi?

Hozir shayh MSMY kitoblarini sekinlik bn o'qiyammiz ,shu kitobni 19 juzi "Olamlarga rahmat Payg'ambar" bo'lishini hohlardim ,chunki bozorda judayam qimmat bo'lib ketibdi  :( :(

Qayd etilgan


shoir  16 Mart 2009, 10:39:48

Abdulhafizga savol:
Hech chatga kirganmisiz? O'zbekcha chatlar haqida fikringiz?
Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur. Chatga biror marta ham kirmaganman. Shu narsaga qiziqmadim to'g'risi, shuning uchun fikr bildira olmayman.

Va alaykum assalom!
Umuman, biron marta ham kirmaganmisiz? Qiziqishga ham, nima ekan bu chat deganlari deb ham umuman kirmaganmisiz?
Haqiqatdan ham shunaqa bo'lsa, unda yana boshqa savollar bor.

Qayd etilgan


shoir  16 Mart 2009, 11:38:01

Javob berilmagan savollar:

Usmonga:
Sizningcha iqtisodiy krizisdan chiqishning qanday yo'llari bor?

T.Yusupovga:
Sizningcha, iqtisodiy krizis tufayli O'zbekistonning qaysi sanoat tarmoqlariga jiddiy zarar yetdi?

Ikbaljohnga:
Forumni ko'ngilochar mavzularsiz tasavvur etish mumkinmi?
Sizningcha, ko'ngilochar mavzularning qanday chegaralari mavjud bo'lishi kerak?

Musannif Adhamga:
Ilmni pulga sotishda mukkasiga berilganlarga munosabatingiz?

Diydor opaga:
Shijoat haqida fikringiz? U hozir bizda bormi, yetarlimi?

Uzmusga:
Insoniy muhabbat qachon ibodatga aylanadi?

Muslimaga:
Sizningcha, jomiyatimizning hozirgi muslima qizlariga qanday fazilatlar yetishmaydi?

Fatimaga:
Forum sizni o'zgartirdimi? Agar "Ha" bo'lsa, qanday?

Shohjahon12ga:
Eski forumdoshlardan kimlarni xotirlab turasiz?

Abdurahmonga:
Siz kimdan yoki nimadan qo'rqasiz? (Allohdan qo'rqish, qiyomat kuni, o'lim va h. islomiy qo'rquvdan tshqari)

Dilsoraga:
Forumdan qanday yo'qotgan narsangizni topdingiz?

Chustiyga:
Pazandalik ota kasbmi yoki keyinroq paydo bo'lganmi?

Mashhura:
Siz sevgan va o'zingiz o'shanga o'xshashni orzu qilgan badiiy asar qahramoni kim?

Foniyga:
Deylik, siz uylanyapsiz.
Ikki xil variant bor:
1. O'zingiz topgan shaharlik, muslima qiz.
2. Ota-onangiz topgan qishloqlik oddiy mehnatkash qizi, lekin tarbiyalasa, yaxshi muslima bo'ladi.
Qaysi birini tanlardingiz?

zuhraxonga:
Forumda siz eng hurmat qiladigan erkak va ayol yuserlar kimlar? Nima uchun ularni hurmat qilasiz.

Y_U_R_I_S_Tga savol:
Tasavvur qiling, institutda ishlayotgan paytingizda sizni boshqa davlat organiga ishga taklif qilishdi. Rad etishning iloji yo'q. Siz ishlay boshladingiz. Ish shu darajada ko'pki, boshqa mehnat bilan shug'ullanishga imkon yo'q. Lekin oylik kam... Nima qilardingiz?

Ulug'bek-Uzga savol:
Deylik siz bir shaharliik qizni sevib qoldingiz. U qiz har tomondan o'zingizga mos. Ilmi, farosati ham yetarli. Bir-biringini yaxshi tushunasizlar.
...Qishloqqa bordingiz, shunda onangiz senga bir yaxshi qiz topib qo'ydim, menga har tomonlama yoqdi. Shuni kelin qilmoqchiman, dedilar.
Qanday yo'l tutasiz?

Muslim_4101 ga savol:
forum.ziyouz.com da siz qadrlaydigan, va faqat shu forumga xos uchta jihat qaysi?

The_Alchemistga savol:
Fotogallereyadagi olgan rasmlaringizni ko'rdim.
Dunyoning nechata va qaysi davlatlarida bo'lgansiz?

ORIFga savol:
O'zingiz maza qilib suratga tushirgan 3 ta joy va lavha?

Qayd etilgan