Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263452 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 ... 270 B


shoir  16 Mart 2009, 11:42:46

Shoirga savol :)...

Maqsadsiz insonning o'zi yo'q. Hayotdan, yashashdan maqsadingiz nima? (Ibodatdan tashqari)

Namoz o'qiganingiz uchun sizni davlat  idoralarida yaxshi qabul qila olishmadi va ishdan chetlatishdi. Biror bir davlat muassasiga ishga kira olmayapsiz, biror firmaga boray desangiz, siz tanlagan kasb bo'yicha firmalarda ham ish yo'q. Boshqalar kabi, o'zingizni tijoratda sinarmidingiz?

1. Ibodat, Alloh rizoligidan tashqari, ota-onamning rizoligi - mening maqsadim.

2. Yo'q, tijoratga quntim yo'q. Shu bolalarga repititorlik qilsam ham kunim o'tadi.

Qayd etilgan


shoir  16 Mart 2009, 12:11:54

Assalamu alaykum.
Shoir, bu go'zal va ibratli savollarni qayerdan olyapsiz yoki birorta savollar tuzilgan kitobcha topib oldingizmi?  :)

Endi savolingizga kelsak, Alhamdulillahki, men hali unaqa "Muslima"larni uchratmadim. Balki ko'chga kam chiqqanim va bu yerda tanishlarim oz bo'lgani uchundir.Vallohi a'lam.
Lekin bunaqalar haqida tanishlarimdan ko'p eshitganman. Bizni suygan va suymagan insonlardan, bizga nafrat to'la ko'zlardan,nafratini so'z bilan ifodalab bergan insonlardan ham...
Ularga munosabatim, Alloh ularni mag'firat qilsin va O'zi Haq yo'lni ko'rsatsin. Alloh ularni Tavba qilishiga imkon bersin va tavbalarini qabul qilmasdan jonlarini olmasin.
Qisqa qilib aytganda, Alloh taolo bularni buyuk IYMON bilan jazolasin!!!

Va alaykum assalom!
Go'zal javoblar uchun tashakkur.
Mana shunday ibratli javoblar bo'laversa, mening ham savolim qaynayveradi.

Munira xonimga savol:
Ushbu mavzuda berilayotgan javoblardan
a) kimlarning javoblari sizga juda ma'qul kelyapti?
b) kimlarning javobi sizni qoniqtirmadi?
c) kimning javobi sizni taajjubga soldi?

Qayd etilgan


shoir  16 Mart 2009, 12:19:39

Muslimaaga savol:
Aqlingizni taniganingizdan so'ng o'qigan eng birinchi islomiy kitobingiz qaysi?

Qayd etilgan


shoir  16 Mart 2009, 12:27:08

Iqtibos
Yana Rukhiyaga savol:
Ayni paytda Vatanning horijda topilmaydigan qaysi jihatini (masalan vatandagi biron joy, biron ovqat, masalan, sumalak, balki yana biron gul va h.) sog'inyapsiz?
Savol uchun rahmat!
Issiqqina tandir somsalarni bilan tandirda yopilgan oddiy nonlar bor-ku shularni sog'indim.
 Ekilgan bog'dagi qip-qizil atirgullar va rayhonlarni,shabadada tebranganda o'zidan ajoyib hushbo'y his taratib turishini rosa sog'indim. Rayhon isini rosa yaxshi ko'raman. Bu yerda esa hali ekilgan to'p-to'p rayhon ko'rmadim.
 Muzdekkina qilib suv sepilgan hovlidan,yerdan taraladigan ajoyib hidni  ham...
Savollariz bilan sog'inchimi kuchaytirib yuboryapsiz! :)

Judayam go'zal javob bo'libdi.

Rukhiyaga savol:
Siz uchun Vatan nima?

Qayd etilgan


shoir  16 Mart 2009, 12:41:56

Muhseenaga savol:
Hozirgi kunda haqiqatni dalil yozayotgan qaysi jurnalistlarni bilasiz?

Qayd etilgan


shoir  16 Mart 2009, 12:45:14

G_u_l_i, siddiqa va Muhseenaga:

Sizlar do'st ekansizlar. Hech bir-biringizdan arazlab qolgan paytlaringiz bo'lganmi? Kim birinchi bo'lib uzr so'ragan?

Qayd etilgan


shoir  16 Mart 2009, 12:47:16

Ziyoda86ga:
Forumda yangi ekansiz. Dastlabki taassurotlaringiz:
Bu forumning nimasi yoqdi. Nimasi yoqmadi?

Qayd etilgan


Hadija  16 Mart 2009, 12:51:16

Muslimaaga savol:
Aqlingizni taniganingizdan so'ng o'qigan eng birinchi islomiy kitobingiz qaysi?

 :as:

Savol u-n tashakkur. Esimni taniganimda o'qigan eng birinchi kitobimni nomini aniq eslay olmayman-u, ammo maxsus bolalar uchun kichik su'ralar tarjimasi bilan yozilgan va namoz ro'za haj haqidagi qisqa ma'lumotlari bor juda kichik kitob edi...

Qayd etilgan


shoir  16 Mart 2009, 12:52:06

Aslida bu savolni oilali ayol userlarga bermoqchi edim-u, lekin istihola qildim. Istasalar ular ham javob berishlari mumkin.

Robiyaga savol:

Tasavvur qiling oilali bo'ldingiz. Turmush o'rtog'inchi ikkinchi xotinga ham uylanmoqchi bo'lyapti. Norozi bo'lmaysizmi?

Qayd etilgan


shoir  16 Mart 2009, 12:58:22

zamiraxonga savol:
Oxirgi marta kimgadir qilgan sovg'angiz?

Qayd etilgan