Assalamu alaykum.
Shoir, bu go'zal va ibratli savollarni qayerdan olyapsiz yoki birorta savollar tuzilgan kitobcha topib oldingizmi?
Endi savolingizga kelsak, Alhamdulillahki, men hali unaqa "Muslima"larni uchratmadim. Balki ko'chga kam chiqqanim va bu yerda tanishlarim oz bo'lgani uchundir.Vallohi a'lam.
Lekin bunaqalar haqida tanishlarimdan ko'p eshitganman. Bizni suygan va suymagan insonlardan, bizga nafrat to'la ko'zlardan,nafratini so'z bilan ifodalab bergan insonlardan ham...
Ularga munosabatim, Alloh ularni mag'firat qilsin va O'zi Haq yo'lni ko'rsatsin. Alloh ularni Tavba qilishiga imkon bersin va tavbalarini qabul qilmasdan jonlarini olmasin.
Qisqa qilib aytganda, Alloh taolo bularni buyuk IYMON bilan jazolasin!!!
Va alaykum assalom!
Go'zal javoblar uchun tashakkur.
Mana shunday ibratli javoblar bo'laversa, mening ham savolim qaynayveradi.
Munira xonimga savol:Ushbu mavzuda berilayotgan javoblardan
a) kimlarning javoblari sizga juda ma'qul kelyapti?
b) kimlarning javobi sizni qoniqtirmadi?
c) kimning javobi sizni taajjubga soldi?