Usmonga:
Sizningcha iqtisodiy krizisdan chiqishning qanday yo'llari bor?
Assalomu alaykum. Savolingiznni ko'rganimdan beri ancha vaqt o'tgan bo'lsa-da, javob yozishga endi fursat topdim. Buning uchun ming bor uzr.
Javobga keladigan bo'lsak.
Wikipediaga murojaat qilsak, hozirgi inqirozga quyidagicha ta'rif berilgan:
2008 yilning Umumjahon moliya inqirozi - 2008 yilda yuz bergan, aksariyat mamlakatlarda asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlarning pasayishi va shu yilning oxirida global retsessiya bilan davom etgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz. (
http://ru.wikipedia.org/wiki/Акономический_кризис_(2008))
Bir qarashda, inqiroz ko'rinishidan arzimagan narsa bilan boshlanib (2006 yil AQSH ipoteka inqirozi), endilikda o'ta jiddiy ko'rinish olgandek.
Lekin, fikrimcha, bu tabiiy jarayon edi va ipoteka inqirozi bilan bo'lmasa, boshqa omil natijasida yuzaga kelardi. Bir tomondan iqtisodiy o'sishning siklliligi, ikkinchi tomondan esa ko'pgina bozorlarning, ayniqsa yoqilg'i xom ashyosi bozorining o'ta "qizib" ketganligi inqiroz uchun yetarli shart-sharoit edi.
Moliyaviy sektordagi "ko'pik"ning "yorilish"i, albatta, real sektorga ham tas'ir o'tkazmay qo'ymasdi. Shuningdek, joriy xalqaro integratsiya darajasini hisobga olsak, AQSHda yuz bergan bunday inqiroz dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida o'z aksini topishi ham tabiiy holat edi.
Bundan chiqishning yo'llariga kelsak, menimcha, faqat vaqt talab qilinadi. E'tibor berayotgan bo'lsangiz, aksariyat davlatlar iqtisodiyotni sog'lomlashtirish uchun bir necha 10-100 milliard dollar sarflamoqdalar. Bu pullarning asosiy qismi inqirozdan eng ko'p jabr ko'rgan yirik banklar, kompaniyalarning bir qismini sotib olish yoki ularni imtiyozli kreditlashga sarflanmoqda.
O'zbekistonga keladigan bo'lsak, 2008 yil yakunlari bo'yicha iqtisodiy o'sish 9%ni tashkil qilibdi. Buning ustiga, sanoat, qishloq xo'jaligi, xizmatlar va qurilish sohalari - istisnosiz ravishda barchasida faqat o'sish kuzatilibdi. Birorta sohada hatto turg'unlik ham kuzatilmabdi. Davlat budjeti profitsit bilan amalga oshirilgan, inflatsiya ham prognozdagidan oshmagan. Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar joyidami, demak hali inqiroz biz tomonga qadam ranjida qilmagan yoki..
Xalqaro moliya tizimiga juda chuqur integratsiyalashmaganimizni inobatga olsak, agar inqiroz bizga ta'sir qilsa ham, asosan, mahsulotimiz importerlari sotib olish qobiliyatlarining pasayishi hamda xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizdan keladigan pul tushumlarining kamayishi orqali, ya'ni bilvosita ta'sir qilishi mumkin deb o'ylayman.
Uzoqqa borib o'tirmay, har birimiz o'zimizga savol bersak bo'ladi: "Turmush darajamda inqiroz paytida qandaydir o'zgarish bo'ldimi?"
Shaxsan men: "
Yo'q!" deb javob bergan bo'lardim, "
men inqirozdan oldin qanday yashayotgan bo'lsam, hozir ham shunday yashamoqdaman"...